tuzadi, ularning rahbarlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.
Prezident Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo’mondoni hisoblanadi. U Qurolli Kuchlarning oliy
qo’mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlarni beradi.
Konstitutsiyaning 95-moddasida respublika Prezidentiga o’ta muhim vakolat yuklangan bo’lib, bu Oliy Majlisni tarqatib
yuborish huquqidir. Respublika Oliy Majlisi qonunchilik faoliyatida hal qilish qiyin bo’lgan qarama-qarshiliklar,
ixtiloflar bo’lishi yoki Oliy Majlis bir necha marta Konstitutsiyaga zid qarorlar qabul qilgan bo’lishi mumkin. Bunday
holatlar Oliy Majlisning normal faoliyatini tahdidga soladi.
Respublika Prezidenti davlat boshlig’i sifatida bunday hollarda o’zining Konstitutsiyaviy vakolatlaridan foydalanib,
ixtilofni hal qilish choralarini ko’radi. Hal qilib bo’lmayligan ixtiloflar yuzaga kelgan taqdirda, Konstitutsiyaning 95-
moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga Konstitutsiyaviy sud bilan bamaslahat qabul qilgan qarori
asosida Oliy Majlisni tarqatib yuborish huquqi berilgan. Oliy Majlis favqulodda holat joriy etilgan davrda tarqatilishi
mumkin emas.
O’zbekiston Konstitutsiyasida Respublika Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va
qonunlarga rioya etilishning kafilidir, deb belgilangan. Respublika Prezidenti fuqarolarning huquq va erkinliklarini
respublika hududidagina emas, balki uning tashqarisida, boshqa davlatlar hududlarida ham ta`minlashning asosiy kafili
bo’ladi.
O’zbekiston Prezidenti respublika fuqaroligiga qabul qilish, siyosiy boshpana berish masalalarini ham hal qiladi.
O’zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va faxriy yorliqlari bilan fuqarolarni mukofotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |