O’zbekistonda Respublikasida prezidentlik lavozimi 1990 yil 24 martda Respublika Oliy Kengashining o’n ikkinchi
chaqiriq birinchi sessiyasida ta`sis etildi va shu munosabat bilan O’zbekistonning 1978 yil Konstitutsiyasiga Respublika
prezidenti haqidagi maxsus 12-bob kiritildi. Respublika Konstitutsiyasiga 118 – moddada O’zbekiston Respublikasi
prezidenti davlat boshlig’i deb e`lon qilindi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Respublika Oliy Kengashining birinchi sessiyasida xalq deputatlari
tomonidan yashirin ovoz berish yo’li bilan saylandi.
1991 yil 29 dekabrda bo’lib o’tgan respublika prezidentligiga saylov «O’zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi
to’g’risida»gi 1991 yil 18 noyabr Qonuniga asosan amalga oshirilgan. 1991 yil dekabridagi prezidentlik sayloviga
tayyorgarlik vaqtida ushbu lavozimga ikkita nomzod: O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi va
O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasidan I.A.Karimov va «Erk» partiyasidan uning rahbari M.Solih
ko’rsatilgan edi.
Saylov to’g’risidagi qonunga asosan, Markaziy saylov komissiyasi tushgan hujjatlarni ko’rib chiqib, ikkala nomzodni
ro’yxatga oldi.
Markaziy Saylov Komissiyasi 1991 yil 30 dekabrda saylov natijalarini yakunlab, saylov to’g’risidagi qonunning 35-
moddasiga asosan, saylovchilarning 86 foiz ovozini to’plagan I.A.Karimov 1991 yil 29 dekabrdagi saylovda saylangan
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ekanligi to’g’risida qaror chiqardi .
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga
o’ttiz besh yoshdan kichik bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston
hududida muqim yashagan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Bir shaxs surunnasiga ikki
Do'stlaringiz bilan baham: |