qarorini uch kun mobaynida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning tasdig’iga kiritadi.
Respulika Prezidenti Konstitutsiyada ko’rsatilgan ushbu vakolatlarini amalga oshirish uchun yordamchi tariqasida
Prezident devonini tuzadi va uning ishiga rahbarlik qiladi. Respublika Prezidentining devoni alohida davlat hokimiyati
organi hisoblanmaydi. Uning vazifasiga Prezidentning vakolatlarini amalga oshirishda zarur tashkiliy, huquqiy-maslahat,
moddiy-texnik va boshqa har tomonlama sharoit yaratib berish, Prezidentning boshqa davlat tizimi organlari bilan
aloqasini mustahkamlashda yordam berish kiradi. Respublika Prezidenti o’z faoliyatining asosiy sohalari bo’yicha davlat
maslahatchilarini tayinlaydi va ular orqali Prezident devoni ishiga rahbarlik qiladi.
Isloxatlar yo’lini bundan buyon ham jadal amalga oshirshda g’oyat muhim ahamiyatga ega bo’lgan yirik muammolar
yuzasidan qabul qilingan qarorlarni birgalikda muhokama etish va qabul qilish uchun O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzurida maxsus iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo’yicha idoralararo kengash
tuzilgan. Kengash ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yagona strategiyasini hamda bu strategiyani ro’yobga chiqarishning
amaliy chora-tadbirlarini ishlab chiqadi, iqtisodiy har tomonlama rivojlantirish muammolarini muhokama qiladi va ular
yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi. Bu tavsiyalar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga asos bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 91-moddasiga ko’ra, Respublika Prezidenti o’z vazifasini bajarib turgan
davrida boshqa xaq to’lanadigan lavozimni egallashi, jumladan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi hamda vakillik
organining deputati bo’lishi mumkin emas. Bu holat Prezidentning ijroiya hokimiyatini boshqarishdan va hokimiyat
bo’linishi prinsipiga asosan qonunchilik hokimiyatidan mustaqil bo’lishi kerakligidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham
Do'stlaringiz bilan baham: |