O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


Download 312.6 Kb.
bet1/3
Sana26.12.2021
Hajmi312.6 Kb.
#182918
  1   2   3
Bog'liq
21 10.01.2018




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O‘zbekiston Respublikasida o‘lcham birliklarini qo‘llash to‘g‘risida

“Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro o‘lchamlar tizimi (SI)ning o‘lcham birliklarini belgilangan tartibda qo‘llashga yo‘l qo‘yilishi;

o‘lcham birliklarining nomi, belgisi, ularni yozish va qo‘llash qoidalari “O‘zstandart” agentligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Xalqaro o‘lchamlar tizimiga kiritilmagan o‘lchamlarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi;

tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida kontrakt shartlariga muvofiq o‘lchamlarning boshqa birliklari ham ishlatilishi mumkinligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashga ruxsat berilgan, Xalqaro o‘lchamlar tizimi (SI)ning o‘lcham birliklari nomi va belgilanishi 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashga ruxsat berilgan Xalqaro o‘lchamlar tizimiga kiritilmagan o‘lcham birliklari, ularning nomi va belgilanishi 2-ilovaga muvofiq;

O‘lcham birliklarini yozish va qo‘llash qoidalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilab qo‘yilsinki:

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, ilmiy-texnik va boshqa nashrlarda, shu jumladan, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishda, o‘quv, o‘quv-metodik va turli ma’lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan o‘lcham birliklari, ularning nomi va belgilanishi qo‘llaniladi;

O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashga ruxsat berilgan Xalqaro o‘lchamlar tizimiga kiritilmagan o‘lcham birliklari faqat o‘lchamning son qiymatini Xalqaro o‘lchamlar tizimi (SI)ning o‘lcham birliklarida ifodalash imkoni bo‘lmagan yoki maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda qo‘llanadi.

4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

5. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilinganidan olti oy o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va “O‘zstandart” agentligi bosh direktori A.U. Karimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2018-yil 10-yanvar,

21-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-yanvardagi 21-son qaroriga


1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashga ruxsat berilgan Xalqaro o‘lchamlar tizimi (SI)ning o‘lcham birliklari


Download 312.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling