O’zbekiston Respublikasi viloyatlari va shaharlarida uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi eng oqsoq va sust rivojlanayotgan sohalardan biri bo’lib qolmoqda


Download 15.93 Kb.
Sana14.03.2023
Hajmi15.93 Kb.
#1266932
Bog'liq
Kirish


Kirish


Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi viloyatlari va shaharlarida uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi eng oqsoq va sust rivojlanayotgan sohalardan biri bo’lib qolmoqda. Bu soha strategik jihatdan muhim ahamiyat kasb etuvchi sohalardan biri bo’lib, aholiga xavfsiz va farovon yashash imkoniyatlarini yaratgan holda jamiyatning barqarorligiga o’z ta'sirini ko’rsatadigan soha hisoblanadi. Bu sohani rivojlantirmasdan, aholi turmush darajasini ko’tarmasdan turib xalq ishonchini qozonib bo’lmaydi. O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki davrdan boshlab ko’p yillar davomida uy joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasida qator va tizimli islohotlar amalga oshirilganligiga qaramasdan, uy joy xizmat darajasi va ko’rsatilayotgan xizmatlar darajasi pastligicha qolmoqda. Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi hozirgi vaqtda investorlar uchun, davlat - xususiy sheriklik asosida faoliyat yurituvchilar uchun jozibador emas. Bunga esa mamlakatimizda bu sohani tashkil etish va boshqarish bo’yicha me'yoriy-huquqiy asosning yo’qligi, asosiy vositalarning eskirish darajasining yuqoriligi va katta xarajat talab qilishi va shunga mos ravishda talab va taklif bildirilmaganligini keltirib o’tish mumkin. Vaholanki, barcha tomonlar uy-joy kommunal sohasidagi davlat va xususiy biznesning samarali hamkorligidan manfaatdor. Mahalliy hokimiyat organlari qonunga muvofiq aholini zarur darajada sifatli uy-joy kommunal xizmatlari bilan ta'minlash majburiyatining yengillashi, aholi uchun kommunal xizmat ko’rsatish sohasi sifati darajasining ko’tarilishi, biznes vakillari o’z biznesiga uy-joy kommunal infratuzilmani jalb qilishdan manfaatdor, chunki investisiyalarni samarali boshqarish uzoq vaqt kafolatlangan barqaror moliyaviy daromad manbai bo’lib hisoblanadi. Davlat organlari va xususiy biznes vakillari o’rtasidagi o’zaro tushunish, loyihalarni amalga oshirish jarayonlaridan orttirilgan tajribalardan unumli foydalangan holda, davlat-xususiy sheriklik modelini amalga tadbiq etish uy-joy kommunal infratuzilma tizimini modernizasiya va rekonstruksiya qilish, rivojlanish darajasini saqlash va xizmatlar sifatini oshirishga yordam beradi.
Ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanishda joylardagi ijro hokimiyati organlari va uy-joy mulkdorlari shirkatlari o‘rtasida kompleks yondashuv hamda o‘zaro hamkorlik mexanizmi shakllanmaganini qayd etish zarur. 
Ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash borasida ta’sirchan nazorat o‘rnatilmagan, ko‘p hollarda undan texnik foydalanish va aholining xavfsiz yashashini ta’minlash borasidagi me’yor va talablar buzilishiga yo‘l qo‘yilmokda. Ko‘p xonadonli uylarda ta’mirlash-tiklash ishlarini o‘tkazishning qoida va muddatlariga rioya etilmayapti, bu esa, tabiiyki, aholining haqli noroziligiga sabab bo‘lmoqda. 
Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrdagi "Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida"gi 581-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 apreldagi «2017-2021 yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2922-sonli, 2022-yil 19-iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5152-sonli qarorlarining qabul qilinishi mavzuning dolzarbligini belgilab beradi.
Kurs ishining maqsadi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari quyidagilar:
- uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining ahamiyatini o‘rganish;
- uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini tashkil etish maqsadi va vazifalarini yoritish;
- uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish zaruriyatini o‘rganish;
- “BESHYOG’OCH AZIM SERVIS” UJMSh ning asosiy texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;
- “BESHYOG’OCH AZIM SERVIS” UJMShning xo‘jalik faoliyati faoliyatini tahlil qilish;
- “BESHYOG’OCH AZIM SERVIS” UJMSh ning 2020-yil daromadlar va xarajatlar smetasini tahlil qilish;

  • “BESHYOG’OCH AZIM SERVIS” UJMSh ning iqtisodiy faoliyatidagi mavjud muammolarni hal etish chora tadbirlarini ishlab chiqish;

  • uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Kurs ishining obyekti sifatida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridan biri Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi “BESHYOG’OCH AZIM SERVIS” shirkati olingan.
Kurs ishining predmeti sifatida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining faoliyati olingan.
Kurs ishining nazariy-uslubiy asosini O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, Farmonlari va asarlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi me’yoriy xujjatlari, vatanimiz hamda horijiy olimlarning ilmiy ishlari, shuningdek, uy-joy mulkdorlari shirkati va aholiga kommunal xizmatlari ko’rsatish bo’yicha chop etilgan boshqa texnik-iqtisodiy adabiyotlar tashkil etadi.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Download 15.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling