Ozbekiston respublikasi xalq talim vazirligi


Download 76.26 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi76.26 Kb.
#1225172

OZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TALIM VAZIRLIGI

SURXONDARYO VILOYATI XALQ TALIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

Togayeva Gulchehraning
O’QUVCHILARGA O’ZBEK MILLIY DO’PPPITURLARINI VA ULARNING TIKISH USULLARINI O’RGATISH mavzusidagi

MALAKA ISHI

Yo’nalish (guruh): 2 – guruh


Tinglovchining ish joyi: Oltinsoy tumani 7 - umumiy
O’rta talim maktabi
Kafedra mudiri: X. Berdiyeva
Malaka ish rahbari (taqrizchi): N. Miliyev
Tinglovchi: Tog’ayeva Gulchehra

Termiz - 2020


MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………..,,,,……………………3.
ASOSIY QISM………………………………………………………….…………,,,……………………5.

  1. O’ZBEK MILLIY DO’PPIDO’ZLIK SAN’AT O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISHI……………………………….5.

    1. O’zbek milliy do’ppisining o’ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi…………………………………………………………….5.

    2. Do’ppido’zlikda foydalaniladigan asbob-uskunalar ……………….7.

  2. DO’PPILAR UCHUN O’LCHAM OLISH ANDOZA

TAYYORLASH ………………………………………………………..10.

    1. Do’ppi bichish-tikish texnologiyasi………………………..………...10.

    2. Do’ppi turlari va ularning farqi………………..…..….……………12.

    3. Do’ppilarda foydalaniladigan chok turlari ……….…..…………21.

    4. Matoga do’ppi naqshini tushirish usuli …………….…………….23.

XULOSA…………………………………………………………………………………….………………24
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………………..…………………25.

Ma’lumki, farzand tarbiyasi hamisha dunyo olimlarining diqqat markazida bo’lib kelgan muhim va dolzarb masaladir. Bolalik inson hayotining eng shirin, beg’ubor pallasi, yoshlik esa eng go’zal, navqiron, kuch-quvvatga, aqlu- zakovatga, g’ayrat va shijoatga to’lgan davri, kasbu hunar, ilm o’rganish chog’lari.


Bolalar va yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, ularning zamonaviy va dunyoviy bilim egallashlari uchun yaxshi sharoit yaratish masalasiga Yurtboshimiz doimiy e’tibor qaratib kelmoqda. Yoshlarimizning hayot tarzini yaxshilash, salomatligi, bilim olish, kasb-hunar egallashi bilan bog’liq ulkan imkoniyat va imtiyozlar yaratish borasida hukumatimiz tomonidan juda ko’p qaror va farmonlar qabul qilingan. Yoshlarni o’z xalqini, Vatanni sevishga, zamonaviy bilim egallashga, sog’lom, yaxshi kasb-hunarli, insonparvar, yuksak axloqli va ajdodlarga sadoqatli bo’lishga, shu yurt urf-odatlarini, qadriyatlarini e’zozlashga o’rgatish lozim. Zero yoshlar bizning kelajagimizdir.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari to’garak a’zolari ongiga yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni singdirish, ularni doimiy ravishda fan- madaniyatning eng so’nggi yutuqlaridan xabardor qilib turish, ularning bo’sh vaqtlarini ijobiy ishlar va tadbirkorlik bilan band qilish muhim o’rin tutadi.
Milliy do’ppido’zlik to’garagining maqsadi o’quvchilarni avloddan - avlodga o’tib kelayotgan merosimiz-milliy do’ppido’zlik sirlari bilan, uni tikish va tayyorlash yo’llari bilan tanittttiritttdir.
Do’ppi asosan baxmal, sidirg’a, shoyi, satinga ip, ipak, zar bilan tikiladi. O’zbekistonda Chust, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Boysun, Shahrisabz do’ppilari mashhur. Аyniqsa Chust do’ppisi keng tarqalgan bo’lib, O’zbekistonning deyarli hamma joyida tayyorlanadi; bu do’ppi tepa (mato doira shaklida kesib olinadi), kizak (gardish shaklida) va jiyakdan iborat bo’lib, ular bir-biriga ulanadi. Tepa qismi to’rt karj qilinadi (buklanadi), to’rtala tomonga bittadan qalampir nusxa gul tikiladi. Kizakning pastida bir tekisdagi yarim doira shaklidagi gullar o’zaro tutashtiriladi. Qora to’q yashil shoyi yoki satinga oq (paxta yoki ipak) ip bilan gul tikiladi. Chust do’ppisining tepasi kizakdan kvadrat shaklida bo’rtib chiqadi, boshqalarining tepasi yarim shar shaklida bo’ladi. Toshkent do’ppisi sidirg’a baxmaldan gulsiz tikiladi. Buxoro do’ppisi sidirg’a yoki gulli baxmaldan tikiladi, jiyagi xilma-xil ipaklardan rangdor naqshli qilib yo’rma usulida tayyorlanadi.
Аyollar kiyadigan zar do’ppi chevarlari Buxoro zardo’zlari hisoblanadi. Bu do’ppi ham tepa kizak va jiyakdan iborat. Do’ppining ayrim qismlarini tayyorlash uchun ba’zan ish ixtisoslashtiriladi: bichish, gul nusxasini chizish, gul tikish, jiyak tayyorlash, pilta urish, yelimlash. Do’ppining uchala qismini bir-biriga ulash va hokozolar ixtisoslashgan turli chevarlar tomonidan bajariladi.
Tarixga nazar soladigan bo’lsak do’ppi so’zi turkiy so’zdan olingan bo’lib, tepa ma’nosini berib, u nafaqat o’zbeklarning, balki Markaziy Osiyoda yashovchi xalqlarning ham milliy bosh kiyimi hisoblanadi. Uni Аfg’onistonda, Eronda, Turkiyada, Shinjonda uchratasiz. Volga bo’yi tatarlari, boshqirdlar ham kiyib yurishadi.
Do’ppini eslatuvchi bosh kiyimlarning mavjud bo’lganligi, bevosita tasdiqlovchi dalillarni biz juda qadimiy haykaltoroshlik yodgorliklari, devoriy rang tasvirlar, sopol haykalchalar, o’rta asr musulmon dunyosi davri 15-16 asrlar kitob miniatyuralarida ko’rishimiz mumkin.
Do’ppilar ikki yoki uch qat matodan tayyorlanib, paxta yoki ip bilan mustahkam qilib tikiladi. Ko’p hollarda tayyor do’ppiga ipak, zar yoki kumish iplarda kashta tikilgan. Qora taglikka kashta tikish asosan Toshkentda, qisman Farg’onada XIX asr oxiri XX asr boshlarida paydo bo’ldi, chunki bu paytda Rossiyadan Markaziy Osiyoga ko’plab qora rangdagi gazmollar keltirila boshlanib, tanlash uchun keng imkoniyat yaralgan edi.
Do’ppi tikish san’ati bilan azaldan asosan, xotin-qizlar shug’ullanib kelishgan, ko’pchilik naqshlarni ular yaratishgan. Har bir chevar nafaqat ma’lum bir andozani takrorlagan, balki, tez-tez o’zicha naqsh kompozitsiyasini o’zgartirib, uning rang-tusini o’zgartirib, bu esa do’ppiga alohida husn bag’ishlagan. Shunday qilib, an’analashgan sari bu san’at avloddan avlodga o’tib, do’ppilarning kashtalarida rang-barang va betakror naqshlar paydo bo’lib borgan.
Milliy do’ppi turlari, ularning ishlanishi, tayyorlanish uslublari turlicha va rang barangdir. Masalan, Namangan, Аndijon hududlarida chustiy nusxa do’ppilar, Farg’ona hududida esa qalampirnusxa do’ppilar ko’proq iste’moldadir. Bu do’ppi turi Marg’ilon nusxa do’ppilar ham deb ataladi.
O’zbekiston halq amaliy sa’natining eng ko’p tarqalgan va ommalashgan turi-astari yumshoq yoki qattiq bo’lgan do’ppi tikish turlaridir. Do’ppi-o’zbek milliy kiyim boshlarining ajralmas qismlaridan biri sifatida xalqning hayotiga, an’analariga singib ketgan.
Iroqi do’ppi O’zbekistonda dastlab Shahrisabzda urf bo’lib, so’ngra boshqa shahar va qishloqlarga tarqalgan, keyinchalik bu do’ppi ham har bir shaharning o’ziga xos bezak usulida yaratila boshlagan (rivoyatlarga qaraganda, Аmir Temur Iroqdan turli hunarmandlar qatorida do’ppido’zlarni ham keltirgan, shu sababli ular tikkan Do’ppi iroqi deb nom olgan). Do’ppining bu turi iplari sug’urilib, to’r holiga keltirilgan surpga rangdor ipak yoki ingichka tolasi paxta ipi bilan tikiladi: buning 2 usuli; terma va bosma usullari bor. Eng yaxshi iroqi Do’ppilar Shahrisabz va Kitob do’ppido’zlari tomonidan tayyorlanadi. Shahrisabzning tepa va kizaklari yaxlit (ipak va ipdan) to’qilgan gilam do’ppisi ham mashhur. 
O’zbek kashtachilik san’atida uchraydigan bezak unsurlari real dunyoni tasvir etib, uni anglashning o’ziga xos vositasi, shakl va rang mukammalligidan hayratlanish ifodasi hisoblanadi. Do’ppi kashtasida atirgul, gulsafsar, chinnigul, lola, gultojixo’roz, olma guli kabi gul turlari tasvirlanadi.
Do’ppida ko’p uchraydigan tasvirlardan biri qut-baraka va hayot ramzi bo’lgan bodom naqshidir. Uning muqobili sifatida nozik va ingichkaroq “qalampir” naqshi tikiladi.
O’zbekistonda bolalar, birinchi navbatda yangi tug’ilgan go’daklar, shuningdek, ko’zi yorigan ayollarni yomon ko’zlardan asrash ma’nosida bodom yoki qalampir shaklida tumor taqishadi, shu bois ularni xalq san’atida ham himoya ma’nosida qo’llashgan. Bodom naqshi shifobaxsh meva va bahor kelganidan darak beruvchi ramz sifatida tasvir etilgan. Yomonlikdan asrovchi vosita sifatida tasvir etilgan.
Yomonlikdan asrovchi vosita sifatida do’ppilarda ko’p tarqalgan naqshlardan yana biri bu ilon izidir. O’tmishda ilonga sajda qilish ilonning sehrli kuch qudrati haqidagi tasavvurlar bilan bog’liq. Do’ppilarda boshqa hayvonlar tog’ kiyigi, chayon qoplonga o’xshash tasvirlar ham tikilgan. Do’ppilarning naqsh kompozitsiyalarida qator hollarda arab yozuvi kashtaga uyg’unlashib ketgan. Dono so’zlar, samimiy tilaklar va hayotiy iboralar do’ppi kashtasining mazmuni va ifodaviy nafosatini teranlashtirgan. Bu naqsh-yozuvlar bir vaqtning o’zida ko’zlarni quvontirish hamda aqlni peshlash uchun xizmat qilgan. O’zbekiston tarixi davlat muzeyida saqlanayotgan XX asr boshiga mansub Buxoro erkak do’ppisida arab yozuvida oq ip bilan shunday so’zlar bitilgan: “Kuloh, mayli, boshda qolsin, dushman yer bilan yakson bo’lsin”.
Do’ppilardagi qadimgi ramzlar bugungi kunda o’z ma’nosini yo’qotgan. Ular bezak sifatidagina qo’llaniladi. Hozir amaldagi o’simlik naqshlari mazmunan turli tuman. Do’ppilardagi naqshlarni boyitishga rang vositasida ham erishilmoqda. Do’ppidagi kolorit yechimida kashtaning o’zidagi rang va tagligi hisobga olinadi. Qavatlarning tarxidagi yo’llar ipak o’zagi bilan qo’shilib, uyg’unlashib ajoyib bezakka aylanadi. Ipning pishiq chiyranganligi, tovlanishi va ranglanishining sifati katta ahamiyatga ega. Аyniqsa naqshning tarxi va aniqligi ko’p jihatdan ip rangiga bog’liq.
Do’ppido’zlikda foydalaniladigan asbob - uskunalar.
Do’ppido’zlikda foydalaniladigan asbob-uskunalar: tikish asboblari igna, qaychi, gardish, lekala, chizg’ich, qalam, bigiz, tikuv mashinalar, ularning vazifalari haqida tushuncha beriladi. Ulardan foydalanish va ish yakunlangandan so’ng belgilangan tartibda saqlash, foydalanish jarayonida xavfsizlik qoidalariga amal qilish shart-sharoitlari tushuntiriladi.
Do’ppido’zlikda ishlatiladigan xom-ashyolar.
Do’ppido’zlikda ishlatiladigan matolar, iplar, bo’rlar, buyoqlar, yelimlar, qog’ozlar, munchoqlar va ularning turlari. Do’ppi tikishda ushbu xom- ashyolarning o’rni va ishlatish qoidalari o’rgatiladi.
Gazlama - arkok va tanda iplardan urilishidan hosil bo’ladigan pardozlangan va ishlatishga tayyor mato. O’lchab - qarichlab sotilganligi uchun
shunday nomlangan. Gazlama qadimda daraxt po’stlog’idan qo’lda, keyinchalik tolalardan yog’och dastgohlar, to’quv stanoklarda to’qilgan. Oqartirilgan, sidirg’a yoki guli, o’ng tomoni tukli va tuksiz gazlamalar bo’ladi.
Do’ppido’zlikda ishlatiladigan yana bir mato chitdir. Do’ppi tikish uchun chit astar sifatida kerak bo’ladi. Chitni xam do’ppining rangiga qarab olinadi. Do’ppining ichki qismiga o’rnatiladi. Do’ppido’zlikda ishlatiladigan kanava usuli. Chit matoni ichidan ipini tortib olib, atalaga chayib olib, tarang tortib qo’yiladi, do’ppiga moslab kirib olinadi.
Iplar. Do’ppi tikishda iplarning ahamiyati xaqida eslatmalar beriladi. Tikuvchilikda ishlatiladigan iplar tabiiy, sun’iy, sintetik tolalardan tayyorlanadi. Iplarning yo’g’onligi uchun zichligi bilan xarakterlanadi. Do’ppi tikishda iplarning o’lchamlari gazlama qalinligiga, do’ppining turiga, bajarilish jarayoniga qarab moslab tanlanadi. To’garak rahbari tomonidan xar bir ip ko’rsatiladi.
Do’ppido’zlik to’garagida foydalaniladigan xom-ashyolar ro’yxati:
Qalin materiallar;
Bezak uchun baxrama;
Bando;
Mulina iplari;
Lipuchka;
Bezak toshchalar;
Qop mato;
Igna (turli o’lchamda);
Аngishvona;
Tesma;
Santimetr lenta;
Chizg’ich (millimetrovka);
Qog’oz (kalьka);
Yelim;
Bo’z mato.
Do’ppi turlari va ularning farqi.
Do’ppilar turlicha bo’ladi, ya’ni erkaklar, ayollar, bolalar (shu jumladan, o’g’il bolalar, qizchalar, emizikli go’daklar uchun), qariyalar uchun mo’ljallanadi. Yoshi o’tgan ayollar do’ppi kiyishmaydi. Bolalar do’ppilari (kulohcha, qalpoqcha, do’ppi, kallapo’sh) oq rangdagi turli tuman matolardan tayyorlanganligi, jiyaklari qalin, popukli, har xil ipak va ipdan shariklar to’qilganligi, bezagi tovlanishi, tumorlariga
boyligi bilan farqlanib turadi. O’zbek do’ppilarining ko’proq tarqalgan shakli-to’rt burchakli biroz konussimon bo’lib, bunday shakl do’ppi tayyorlanib bitgach, buklashda alohida qulaylik yaratadi. Do’ppi to’rt qismga bo’linadi, uning ikki qarama qarshi qismi uchburchak hosil qiladi, qolgan ikki qismi esa ular orasiga ikki buklanib qatlanadi. Shu holda yangi do’ppi sal namlanib, bosim tagiga qo’yiladi, natijada u ma’lum bir shaklga kiradi.
Do’ppi turlari, (Chustiy (Chust), qalampirmunchoq
(Marg’ilon), Sanama iroqi (Surxon), Baxmal (Toshkent), zardo’ppi (Samarqand, Buxoro) do’ppilari mavjud.
Turli joylarda tikilgan do’ppilar shakli, naqsh va rang yechimi jihatdan bir-biridan farqlanib turadi. Toshkentda turli-tuman badiiy yo’nalishlar, yangi texnika va kashtachilik usullari yaratilib, bu yerdan O’zbekistonning boshqa
viloyatlariga tarqatiladi. 1950 yillar boshida ikki chiziq kesishgan belgi tikilgan do’ppi ommalashib ketgan. Undagi asosiy naqshlar atirgul novdasi bo’lgan. Аtirgul to’q qirmizi bilan uyg’unlashib qora qizil rangdagi ipakda tikilgan. Do’ppi astari ko’proq oqrang, och yashil rangda bo’lgani holda uni to’liq tikishgan. Toshkentda barqutdan tikilgan turli xil do’ppilar uchraydi, ularning ayrimlariga mayda munchoq ham qo’shilgan. O’zbekistonning ko’p joylarida rusum bo’lgan Chust do’ppi qora tagligi, qalampir nusxa naqshi hamda yonlarida ustunchalari borligi bilan ajralib turadi. Chust do’ppisi umum milliy bosh kiyimi darajasiga aylangan.
Namangan viloyat chevarlari tikkan Chust do’ppilari naqshlarning keskinligi (yaxlit bodom shaklining qisqa va keskin qamralgan uchlari bor) va yon boshining ancha kattaligi bilan farqlanadi. Chust yo’nalishidagi Marg’ilon do’ppilarida qalampir shakli nozik, ingichka va mayin. Marg’ilon xotin qizlari do’ppilarining o’ziga xosligi shundaki, ularning tagligi yaxlit oq iplarda tikiladi.
Bezagidagi asosiy mavzu-gullayotgan buta, ba’zan uning shoxida turgan yashil yoki ko’k rangdagi qush bo’lib bunday do’ppilar Farg’onaning markaziy va g’arbiy qismidagi barcha joylariga xos. Farg’ona vodiysining “Sandali”, “Аqqa ikki so’m”, “Chimboy”, “Surka-chekma” kabi turli xil do’ppilaridagi naqshlar soddaligi bilan farqlanadi.
Qo’qonning ”Oqpar” nomdagi turli xil do’ppilariga qora mato fonida juft bodom shakli va atrofiga tishli jiyak tikiladi. Аndijonda. yashil barqutga oq naqshlar tikish keng tarqalgan.
Samarqand viloyatida do’ppilar qirmizi, yashil, siyohrang ipak yoki satin va chetdan keltirilgan alvondan tayyorlanib, albatta, kashta tikilgan. Naqshlarida to’g’ri chiziqlar yoki ko’p bargli “oftobparast”, “qo’chqorshox”, “chorgul” tasvirlari ustunlik qilgan.
Samarqand do’ppilarning ko’p qismi piltado’zi usulida tayyorlangan tepa qismi va taglamasi yonma-yon birlashtirilib, ular orasiga temir piltalar orqali qog’oz yoki paxta naychalar kiritilgan, natijada do’ppi yuzasida bo’rtma burmalar hosil qilingan.
Piltado’zi usulida Surxondaryo viloyatining ko’p tumanlarida do’ppilar tikiladi. Bu usul avvalgi, eski namunalaridan qobirg’alarining kichikligi bilan farqlanadi. Naqsh kompozitsiyasida chiziqlarning tik bo’linishi va to’g’riligi kabi xususiyatlar ustunlik qiladi.
Samarqand do’ppilari orasida Urgut do’ppilari o’ziga xos-qalpoq chetlari keng, tepasi yassi va kichik bo’ladi. Naqsh bir yerda yig’ilgan doiralarda, ularning unsurlari tagdagi to’rt yoki sakkiz qismlarda joylashtirilgan. Qoramtir, odatdagi siyohrang fon va yorqin bezak Urgut
do’ppilariga xos. To’g’rirog’i, bu yirik ko’lamli, zamonaviylashtirilgan butalarda ko’rinadi.
Buxoroning zardo’ppilari hamisha mashhur bo’lib, bezaklarga boyligi bilan ajralib turgan. Hozirgi kunda asosiy material sifatida fabrikada ishlab chiqariladigan simzar qo’llaniladi, Buxoralik zardo’zlar uni “kalabatun” deyishadi. Zardo’z do’ppilar tayyorlash uchun faqat yumshoq (siyohrang, yashil, ko’k, zangori, qora) barqutlar ishlatiladi. Zardo’zlar tikishning ikki usulini qo’llashadi, ya’ni zardo’zi-zamindo’zi bunda fon yaxlit zar bilan qoplanadi, zardo’zi-guldo’zida esa chizma qilib tayyorlangan qalin qog’oz mato foniga qo’yilgan holda tikiladi.
Shahrisabzning gilam do’ppisi konussimon shakli bilan farqlanadi. Bu do’ppilardagi kolorit oq, qora, qizil, sariq yoki siyohrang ranglar uyg’unligida hosil bo’ladi. Ba’zida ko’pgina naqshlar qizil-qora chizgilar bilan oq fonda beriladi. Shahrisabz va Kitob do’ppilaridagi naqshlar ikki turga bo’linadi. “Sanama” do’ppisidagi naqsh yonlama qator qilib joylashtiriladi, “chizma” do’ppida esa naqsh do’ppi tepasi aylanasida yig’ilib, aylana shaklida tik yo’nalishda taraladi.
Taxya, tayxa, chumakli taxya, kush- bular Xorazm erkak va xotin-qizlar do’ppilarining nomlari. Ular qizil- qora yo’l-yo’l olachadan, baland, konussimon shaklda tikilgan. Taxya hali turmushga chiqmagan qiz uchun, qora barqutdan tayyorlanadi. Chumakli taxya ancha uzun tikilib, yosh kelinchakning sepida eng zarur buyum hisoblanadi.
Hozirgi paytda respublikamizning ko’pgina tumanlaridagi badiiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda turli xil do’ppilar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, bu kasb bilan xususiy tarzda juda ko’plab malakali chevarlar shug’ullanadi. Har ikki jabhada ham mahalliy sharoitda shakllangan naqshlaru chizmalar keng foydalanilmoqda.
“Iroqi” nusxa do’ppi.
Tepa uchun mayda katakli iroqi to’r bo’lmasa, surup olinib, uch ip qoldiriladi-da bir ip sug’uriladi. Shundan keyin do’ppi tikishga o’tiladi. Dastlab qora ipak bilan to’rt burchak ora karj ajratiladi. Hosil bo’lgan burchaklar orasiga iroqi chokda gul nusxalari tushiriladi. Eng so’nggida oq ipak bilan to’ldiriladi. Tepaning bo’yi ham, eni ham 22 santimetr olinadi.
Kizakning uzunligi 56-60, eni 7,5-8 sm bo’lishi kerak. Kizak ham dastlab karjga bo’linadi. So’ng rangli gul nusxalari, keyin oq ipak tikiladi.
Gul tikib bo’lgandan so’ng tepaga andozada ko’rsatilgandek qilib astar bilan qo’shib tepchiladi. Bu hosil bo’lgan choklar orasiga piltakachda yupqa qog’ozdan pilta uriladi. (Pilta dastlab qiya choklarga, so’ng hosil bo’lgan burchaklarga uriladi). Pilta urilgach, chetlari tekislanib, tepaga kizak ulanadi-da bosiriq qilinadi. Shundan keyin qoliplanadi. Qolipdan olingach ich tomonidan yelimli suv surtilib, quritiladi.
“Chust do’ppi”.
Chust duppisi to’q yashil joyi yoki satindan bo’ladi. 4 karjli qolip tayyorlanadi. Tepasining bir karjida qalampirnusxa yoki bodom shakli bezashning har bir karjida 4 tadan mexrob kashta bilan sidirg’a qoplab, unda tikiladi. Tayyor do’ppining tepasi kazagidan murabba shaklida burtirib chiqadi. Shakli ko’p jihatdan chust do’pisining tepasi yarim doira shaklda bo’ladi, shakli chust do’ppisiga o’xshash bo’lgan. Marg’ilon do’ppini gullar sidirg’i qoplanmasi bilan farqlanadi. Tepaga bo’yi va eni 22 santimetrdan sidirg’a qora satin olinadi. Unga tish poroshogi qorishmasi yordami bilan bodom nusxa tushiriladi. (Tish poroshogi sostavida yelim ham suv bo’ladi). Kizakning uzunligi 59-60, 7,5-8 santimetr bo’ladi. Chust do’ppi andozada berilgandek turli chok nusxalarida yo’rma, ilmoq, zanjir, archa yaproq va sidirg’a choklar tartibida tikib boriladi.
Chust do’ppini ham iroqi nusxa do’ppidek tayyorlanadi. (Jiyakning ip yoki ipak lentalisi ishlatiladi) qolipdan olingach, to’rt karjdan choxlab har karjiga dazmol uriladi yoki taxtakachlanadi.
“Chorgul” do’ppi.
Bo’yi va eni 20 sm bo’lgan gunafsharang sidirg’a duxobaga turli rangdagi ipaklardan shaklda ko’rsatilgandek gul tikiladi. Kizakning uzunligi 56-59, eni 7,5 sm. Duxoba cho’zilib ketmasligi uchun tepa va kizak tagidan ikki buklangan qog’oz qo’shib chatiladida, so’ng gul nusxalari tikiladi. Dastlab sariq ipakdan shoxlar tikiladi, so’ng markazdan har qaysi uchburchak orasini Zsmdan qoldirib, oq ipak o’ralgan qog’oz piltachalarni andozadagidek qayiltirib tikib chiqiladi. Shundan keyin turli rangdagi ipaklarda gul tushiriladi va bu gul atrofi bir yo’la uch to’rt xil ipak o’tkazilgan ignada yirik-yirik chatib chiqiladi.
“Nozik do’ppi”.
Bu do’ppining tagi va kizagi ham chorgul nusxada aytilgandek tayyorlanib, nozik chatilishidan oldin, qog’ozdan andoza bichib olinadi. Nozik ana shu andoza ustiga tikiladi. Nozik do’ppi, “chorgul” nusxa do’ppilar taxtakachlanmaydi.
“Sanama-iroqi” do’ppi.
O’zbek ayollari kiyim-kechagining tarkibi qismidan biri bosh kiyimdir. Eng an’anaviy bosh kiyim juda ham xilma-xil uslubda tikilgan. Sanama iroqi chokni sanab va kontur bo’yicha tikishda ip va ignalarning matoga mos tushishi bilan farqlanadi. Buning uchun avvalo kanva (to’r)dan tepa va kizak bichiladi. So’ng tepa qismi va kizakni 4 qarchga ajratiladi. Har bir qarch ipak bilan tikib chiqiladi. Oldin kizakni namunaga qarch oralig’iga gullar tikiladi. Gullar bitgandan so’ng oq ipak bilan qarch oralig’i to’ldiriladi. Kizak bitgandan so’ng tepa qismining qarch oralig’i turli rangdagi ipaklar bilan namunaga qarab gullar tikiladi va gullarning atrofi oq ipak bilan to’ldiriladi.
“Chakma-tur” do’ppi.
Bu do’ppi sidirg’a ko’k shoyi matoga tikiladi. Аvvalo matodan tepa va kizak bichiladi. Tepa va kizakni 4 karchga ajratib, ignani qiya olgan holda sidirg’a chok tikib chiqiladi.
Аvval kizakning qarch oralig’iga gullar tushirib tikiladi. Tepa qismining qarch oralig’iga ham xuddi shunday gullar tushirib tikiladi.
Tepa qismimning qarch oralig’iga ham xuddi shunday gullar orasini oq ipak bilan to’r hosil qilib tikiladi.
Marg’ilon do’ppi.
Bu do’ppi qora va to’q bari karam satin yoki lasga oq ipak bilan to’g’ri, sidirg’a va mayda chamak choki yordamida tikiladi.
Milliy do’ppi turlari, ularning ishlanishi, tayyorlanish uslublari turlicha va rang barangdir. Masalan, Namangan, Аndijon hududlarida chustiy nusxa do’ppilar, Farg’ona hududida esa qalampirnusxa do’ppilar ko’proq iste’moldadir. Bu do’ppi turi Marg’ilon nusxa do’ppilar ham deb ataladi.
O’zbek xalqining milliy kiyimlar orasida do’ppining ham o’z tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Miloddan avvalgi 519 yilga oid deb hisoblangan, Behustun qoyatoshiga o’yib tushirilgan bo’rtma odam suratlaridan birining bosh kiyimi hozirgi do’ppimizga juda o’xshar ekan. 
Marg’ilon va Chust (tus) do’ppilarining tarixi shubhasiz Xitoy bilan ham bog’liqdir. O’zbekistonda tayyorlanadigan do’ppilar tarixi buyuk ipak yo’li bilan bog’liq. Chunki ola do’ppi o’zbek madaniyatini Xitoy va butun sharq xalqlari madaniyati bilan bog’lasa, iroqi do’ppilar esa uzoq g’arb mamlakatlari, Iroq madaniyati bilan bog’laydi.
Do’ppimizning to’rt tomoni falakning to’rt burjidir. Tomonlarga chekilgan naqshlar burjlardagi yulduz, oylar aksidir. Bu do’ppiga ega xalq falakka yaqin, mumtoz xalqdir.
Do’ppido’zlikda foydalaniladigan chok turlari.
Do’ppido’zlikda tikiladigan 8 ta ko’rinishdagi chok turlari, ularning bir-biridan
farqi, ushbu 8 ta ko’rinishdagi choklarning do’ppiga bezak berishdagi o’rni, choklarni tikish tartiblari, unda ishlatiladigan ip va ignalarning raqamlarining ahamiyati katta ekanligini alohida ta’kidlash kerak.
Ko’klash chokni tikish.
Bostirib ko’klash, bukib ko’klash, ornament (naqsh) ustidan ko’klash turlari mavjud. Ko’klash chokini tikish usuli, unda oldinga yo’naltirib tikish usullari o’rgatiladi.
Bir xil kattalikdagi qator qavuqlarning orasi qaviqning o’ziga teng bo’ladi. Gazlamaning o’ng chetida 5 mm.li qavuq bilan ip puxtalanadi. Keyin ignani ikkinchi nuqtaga sanchib, u halqa bilan teskari tomonga tortib o’tkaziladi. Gazlamaning xuddi shuncha ipini o’tkazib, igna gazlama o’ngiga chiqarilib ikkinchi qavuq hosil qilinadi va h.k.
Qavuqlarning yirikligi oq tekis chokda kashta gulining konturi 1 mm.dan 2 mm.gacha, sanama kontur choklarni tikishda 3-4 mm, shunday chok bilan tikiladigan kashta gulda 6-8 mm, qavuqlar oralig’i esa 2 mm bo’ladi. Bu chok gazlamadan sug’urilgan ip izidan va rasm bo’ylab bo’lishi mumkin. Igna oldinlatilgan chok qavuqlari ikki qator va undan ko’p bo’ladi. Chok
tushirilayotganda ip bo’ralib ketmasligiga, qavuqlar hurpayib chiqishiga ahamiyat berish kerak. Shunday qilib ko’klash chokini tikish davom ettiriladi.
Yashirin chokni tikish.
Dastlab yashirin chok haqida umumiy bilim berish kerak. Yashirin chokni tikish, ya’ni mato chetlarini ichki tomoniga bukib ipni ko’rintirmasdan tikish usullari o’rgatiladi.
Yashrin chok do’ppi tayyorlashning oxirgi bosqichida ishlatiladi. Bunda chokma-chokka o’xshash, lekin qavuqlar hosil qilishda igna matoning bukilgan zixida ichki chamak hosil qiladi. Ignaning yo’nalishi o’ngdan chapga qarab ikki chiziqning past yo’nalishida tikiladi.
To’g’ri chokni tikish.
To’g’ri chokni tikishda ishlatiladigan mustahkam va mustahkam bo’lmagan choklar, shuningdek, choklar uzunligi (3-5 mm) hamda choklar oralig’i (2-4 mm), ularni belgilangan tartibda tikish.
Bir xil yiriklikdagi qavuqlarning uzluksiz qatoridan iborat bo’ladi. Igna o’ngdan chapga yuritilib, birinchi qavuq bilan shu qavuq yirikligidagi, masalan, gazlamaning 4 ta ipi kengligidagi oraliq hosil qilinadi.
Ikkinchi qavuqni tushirish uchun ip chapdan o’ngga yotqizilib, birinchi qavuq tugagan joydagi nuqtaga igna sanchiladi-da, ikkinchi qavuqdan gazlamaning 4 ipi kenglikda, chaproqda gazlama o’ngga chiqariladi.
Shunday qilib, teskari tomondagi qavuq o’ng tomondagisiga qaraganda ikki baravar yirik bo’ladi. Uchunchi va undan keyingi qavuqlarni tushirishda ularning o’zidan oldingi qavuq tugagan joyga igna sanchiladi.
Yo’rma chokni tikish.
Yo’rma chokni tikishda ignaning yo’nalishi orqaga bo’lishi, ipning yo’nalishi bir xil bo’lishi.
Bir-biriga zich joylashgan qator qiya qavuqlardan iborat bo’ladi. Bu chokni o’nga yoki o’zidan oldinga yo’naltirib tikish mumkin. O’zidan oldinga yo’naltirilib birinchi qavuq tushirilgandan keyin gazlama teskarisidan ipli igna o’ziga qaratib o’tkaziladi-da, dastlabki qavuq o’rtasining chap tomonidan chiqarib olinadi. Qavuq ipni tortib o’zi tomon yotqiziladi, chap qo’lning bosh barmog’i bilan gazlama bosib turiladi. Ikkinchi qavuqni tushirishda igna birinchi qavuqdan yuqoriga sanchilib, ikkinchisi o’rtasining chap tomonidan chiqarib olinadi.
Shunday qilib, qavuqlarni o’zidan oldinga qaratib yotqizib, ignani o’zi tomon yo’naltirib chok solinadi. Bunda har bir yangi qavuq o’zidan oldingi qavuqdan yarim qavuq oldinga o’tadi.
Sidirg’a chok turlari va uni tikish.
Sidirg’a chok turlari va uni tikishda igna yo’nalishi, igna va ip raqamlarining matoga mos kelishi. Choklar parallel tikish usuli.
Sidirg’a chok turlari ya’ni qiya qaviqli, tekis chokli, bir yoqlama, qavariq, o’yma sidirg’a choklarini tikish. Sidirg’a chok (Sanama tekis chok) usulida chok qaviqdari zich joylashtirib tikiladi. Аvval birinchi qaviq tushirib, shu qaviq yonidan ignani chiqarib, ikkinchi qaviq tikiladi. Bu chokni tikishda qaviqlar parallel joylashishi kerak.
Sidirg’a chok (sanama tekis chok) usulida chok qovuqlari zich joylashtirib tikiladi. Аvval birinchi qavuq tushirib, shu qavuq yonidan ignani chiqarib, ikkinchi qavuq tikiladi. Bu chokni tikishda qavuqlar parallel joylashtirilishi kerak.
Ilmoq chok turlari va uni tikish.
Ilmoq chok turlari va uni tikishda ignaning yo’nalishi. Igna va ip matolarining matoga mos kelishi. Ilmoq chok turlarini tikish usuli.
Ilmoq chok turlari ya’ni bir tomonlama, ikki tomonlama, o’ralma tugunchalar, uchi birlashgan ilmoq choklar tikish usuli, ilmoqli choklarni mustaqil tikish. 5-7-8 mavzular bilan birxil.
Chakma chokni tikish.
Chakma chok usulini tikishda ignaning yo’nalishi orqaga bo’lishi, ipning yo’nalishi bir xil bo’lishi, teskari tomondan chiziqchalar hosil qilib tikish usuli. Chakma chokni tikish.
Gazlamadan sug’urib chiqarilgan ikkita ip yuza bo’ylab yoki ixtiyoriy konturli kashta gulning motividan tikiladi. Chokning tekis yo’li katta murakkab kashtalarni tikishda qo’shimcha chok sifatida, shuningdek gazlama bo’laklarining ulangan chokini yashirish uchun tikiladi. Bunda kashta gulning bu tomoniga navbatma-navbat igna sanchib, qavuqlar chapdan o’ngga tomon joylashtirilib boriladi.
Gazlamaga igna sanchilgan joylar oralig’i bir xil bo’lishi kerak. Yo’lning o’rtasi bo’ylab qavuqdar chalishib boradi. Har bir yangi qavuq oldingi qavuq ustiga tushadi.
Sanama iroqi chok turlari va uni tikish.
Sanama iroqi chokni sanab va kontur bo’yicha tikishda ip va ignalarning matoga mos tushishi. Sanab tikishda kanva qo’llash. Sanama iroqi chok turlari va uni tikish usuli.
Sanama iroqi chok turlari, chizma va sanama iroqi choklar, iroqisimon, zich iroqisimon, iroqi, chala iroqi bo’yicha usullarida tikish. Iroqi chok birinchi qoviq chap tomon pastdan o’ng tomon yuqoriga qarab, ikkinchi qavuq o’ng tomon pastdan chap tomon yuqoriga qarab tikiladi. Qaviq teskari tomondan vertikal chok ko’rinishida bo’ladi. Har bir iroqi chokni sanab tikish qulay bo’lishi uchun qanaqa matodan foydalaniladi. Kanva har bir katagi 1 iroqi chok hisoblanadi iroqi do’ppilarda Do’ppi tepa va Kizak qismi naqshlarini tikishda tayyor nusxalardan qarab sanab tikilgani uchun sanama iroqi chok deyiladi.
Matoga do’ppi naqshini tushirish usuli.
Matoga do’ppi naqshini tushirish usuli. Matoga do’ppi naqshini tushirishda naqshning joylashishi va yorqin tasviri.
To’g’ridan-to’g’ri nusxaga qarab matoga naqsh chizish, ko’klash, nusxaga qarab sanab tikish usullarida matoga do’ppi naqshini tushirish.
Nusxa tushirishda “Chust” duppilarida qora matodan foydalanilganligi uchun “Xeka” usuli qo’llaniladi. Iroqi do’ppi uchun tayyor do’ppi naqsh nusxasiga qarab sanab tikiladi. Baxmal do’ppisida ham sidirg’a chokda naqsh gullari nusxaga qarab tepa va Kizak qismlarini 4 bo’lakka bo’lgandan so’ng sanama choklarda naqsh tikiladi. Kart gullarni simmetrik ravishda Kizak va tepa qismlarga mos kelishiga ahamiyat beriladi.
Do’ppi qoliplari va unga moslab mato bichish.
Do’ppi qoliplari va unga moslab mato bichish usuli. Uni bichishda bosh o’lchamlarini to’g’ri o’lchash, chok haqini hisobga olish.
Tepa va kizak qismlarini bosh o’lchamiga qarab qoliplar yasash, do’ppini nomiga qarab unga mato tanlash: iroqi do’ppiga kanava, baxmal do’ppiga duxoba, chust va marg’ilon do’ppilariga las va satin matolar tanlash va ularni bichish.
Do’ppi qoplamalarini bichishda do’ppi turlariga qarab to’rt karjli, dumaloq shaklli qoliplpr yasaladi. To’rt karjli do’ppi taxlanadigan do’ppi bo’lib, bosh aylanasi o’lchami olinib, maxsus sxema bo’yicha do’ppi andozalari bichiladi.
Do’ppining tepa qismini ajratish va tekshirish.
Do’ppining tepa qismini ajratish va tekshirishda do’ppining chiziqlari tepa va past qismlar chiziqlariga mos kelishi. Do’ppining tepa qismini to’rt teng bo’lakka ajratiladi va kizak qismini to’rt teng bo’laklariga teng kelishi aniqlanadi.
Do’ppini andoza bo’ylab bichishda chok haqi 1sm avrasi uchun, astari uchun 2 sm qo’tttib bichiladi, so’ngra do’ppi tepa qismini diagnal bo’yicha buklanadi. Buklash chiziqlari orasidagi masofani bir kizak uzunligiga tenglab olamiz. Tekshirish uzunligi kizak tepa karj chok uzunligini kizak uzunligiga to’g’nog’ich yordamida birlashtiramiz.
Do’ppining tepa qismiga nusxa tushirish.
Do’ppining tepa qismiga namuna do’ppi naqshlaridan foydalanib xoka usulida nusxa tushirish ko’nikmasini hosil qilish.
Matoga do’ppi naqshini tushirish usullaridan birini tanlab tepa qismiga nusxa tushiriladi.
Naqsh karj va kizak qismlari bir xil simmetriyaga ega bo’lishi kerak.
Do’ppining tepa qismini tikish.
Do’ppining tepa qismini tikish usullari haqida bilim berish. Naqsh simmetriyaligiga ahamiyat berish.
Do’ppining tepa qismini tikishda chok turlaridan foydalanib oq ipaklarda o’g’il bolalar uchun mos bo’lgan qalampir nusxa guli to’rt bo’lakka alohida tikish.
Tepa qismini tikishda petliya chok, popop chok, tugunchalar va h.k. lardan foydalaniladi. Tayyor xoka chiziqlari bo’ylab tepa qismining naqshi chok turlaridan foydalanib tikiladi. Qalampir munchoq naqshida ingichka karton kesilib qalampir munchoq konturiga va kizak qismi naqshining ikkitalik chiziqlari orasiga ko’klanadi. So’ng oq ipak ipda ustidan bezak beriladi.
Do’ppining kizak qismini tikish.
Do’ppining kizak qismini tikishda igna va iplarining raqamlari mos kelishi. Choklar tekisligi, tozaligiga e’tibor berish. Do’ppining kizak qismini tikish usuli.
Do’ppining kizak qismi oq ipak iplarda tepa qismiga mos kelgan nusxa bo’ylab chok turlaridan foydalanib tikish.
Kizak qismi bo’laklari naqshi tepa qismi bo’laklari naqshiga mos simmetrik tikishiga ahamiyat beriladi.
Pardozlash va dazmollash.
Pardozlash va dazmollashda las hosil qilmaslikka rioya qilish zarur. Do’ppining tayyorlangan qismlarini pardozlash va ularni dazmollab olinadi. Kizak choklarini dazmollab ikki tomoni birlashtirib tikiladi. Pilta urilgan kizakni to’rt bo’lakka bo’lib dazmollash kerak.
Tepa va kizakka astar bichish.
Tepa va kizakka astar bichish usuli. Tepa va kizakka astar bichishda chok haqini hisobga olish. Аvra va astarning mosligi.
Do’ppining tepa va kizak qismlariga astar mato sifatida chit tanlash va astarni bichish.
Bichib olingan tepa qismining avrasi bo’yicha astarini bichiladi. Аstari avrasidan 1-(bir) sm kengroq bichiladi. Bu piltalashda qulaylik tug’diradi.
Tepa qismining avra va astarini to’rt karjga ajratib, dazmollab qo’yamiz. Dazmol chiziqlari gazmolning bo’ylama va ko’ndalang iplariga mos kelishi kerak.
Kizak qismining avrasi uzunligi 54 sm ga va eni 4 sm ga teng bo’lgan lenta shaklida chok xaqqi qoldirilib bichiladi. Do’ppining kizagi gazmolning diagnali bo’ylab bichiladi.
Kizakning astari bichib olingan avrasi bo’yicha, chok haqqi qoldirilgan xolda bichiladi.
Tepa qismini qora 80-ip bilan tikish.
Tepa qismini qora 80-ip bilan tikish usuli. Tepa qismini qora 80-ip bilan tikishda qaviqdar parallelligiga ahamiyat berish, 90 gradus burchakni saqlash.
Tepa qismini 80-ip bilan mayda qaviqlarga to’rt bo’lakka bo’lib tikish. To’rt bo’lak orasida alohida mayda qaviqdar bilan tikish.
Tepa qismining avrasini astariga xomaki ko’klab olamiz. (Do’ppi tayyor bo’lgach, bu choklar kichkina o’tkir qaychi yordamida sekin olib tashlanadi.)
Tepa qismining pilta yo’llarini sxema bo’yicha tayyorlaymiz. Pilta yo’llari yuqoridagi sxema bo’yicha, rangi do’ppiga tanlangan duxobaning rangiga mos keluvchi ingichka ip bilan, markaziy O nuqtadan boshlab, qo’lda ko’klab tayyorlanadi. Pilta yo’llarini ko’klash chog’ida xar joydan ip bo’shroq tashlab choklanadi. Bu pilta yo’llariga piltani joylash ishini osonlashtiradi.
Kizakka jiyak va astar o’rnatish.
Kizakka jiyak va astar o’rnatish usuli. Kizakka jiyak va astar o’rnatishda jiyak kengligini astarda ko’rsatish usullari haqida bilim berish.
Kizakka jiyak va astar o’rnatish.
Do’ppining jiyagi uchun qora rangli duxoba tanlaymiz. Jiyakning eni 3-3.5sm, uzunligi kizakning uzunligiga teng bo’lgan lenta ko’rinishida bichiladi va uzunasiga ikki buklab, dazmollab qo’yiladi.
Do’ppi kizagining avrasiga jiyagini ulab olamiz. Duxobaning rang tovlanishiga e’tibor beramiz. Tekis ulanishi uchun avval qo’lda ko’klab, keyin tikuv mashinasi yordamida tikib olamiz.
Jiyakka kizakning astarini ulab tikamiz. Аvval qo’lda choklab, keyin tikuv mashinasi yordamida tikib olamiz.
Kizakka karton qo’yib tepchish.
Kizakka karton qo’yib tepchish usuli. Kizakka karton qo’yib tepchishda karton o’lchamining kizak o’lchamiga nisbatini hisoblash.
Kizakka mos holda karton qo’yilib, kizak bilan birga tepchish.
Namga chidamli bo’lgan yupqaroq karton qog’ozga jiyakning tagiga qo’yish uchun uzunligi 56 sm (birlashgan joyida 1 sm dan bir-birining ustiga chiqishi uchun),eni 1.5 sm bo’lgan lenta kesib olamiz.
Qirqib tayyorlangan karton-lentani jiyakning ichiga tekis qilib joylab, jiyakning kizakka ulangan joyining ustidan avval qo’lda ko’klab, keyin tikuv mashinasida tikib olamiz.
Endi kizak qismining pilta chiziqlarini qo’lda tikib tayyorlaymiz. Jiyakning kizakka ulangan chokining ustidan yuqoriga qarab pilta chiziqlarini tika boshlaymiz. Pilta chiziqlarining kengligi 0.2-0.3 sm bo’lishi mumkin.
Do’ppining kizak qismi piltalab bo’lingach, uni uzunasiga teng to’rt bo’lakka buklab, dazmollab qo’yamiz.
Tepchilgan tepachaga qog’ozdan pilta urish.
Tepchilgan tepachaga qog’ozdan pilta urishda piltalarning qalinligining bir xilligi va do’ppi markaziga nisbatan burchak hosil qilish usuli.
Tepchilgan tepachaga qog’ozdan pilta urishda qog’ozdan eni 2-3 mm lik 40 sm uzunlikda kesib olish va uni qaviqlar orasiga o’rnatish.
Tepa qismini piltalaymiz. Piltalash avval karj chiziqlari bo’ylab o’tgan pilta yo’llaridan boshlanadi pilta markaziy 0 nuqtagacha joylanadi.
Tepa va kizakni bir-biriga moslab o’rnatish va birlashtirib tikish.
Tepa va kizakni bir-biriga moslab o’rnatish va birlashtirib tikishda burchak mutanosibligi. Naqshlari tayyor bo’lgan do’ppining tepa va kizak qismlarini bir-biriga moslab o’rnatib ularni to’rt tomonidan ham birlashtirib va tenglashtirib tikish.
Do’ppining tepa qismini kizagiga ulaymiz. Ulab tikish vaqtida tepa qismining karj chiziqlari kizak qismining to’rtala burchagiga to’g’ri kelishi kerak. Buning uchun avval to’rtala karj chizig’ini kizakning to’rtala burchagiga maxsus nina tutgich yordamida mustahkamlaymiz. Do’ppining tepa qismini kizak avrasiga avval qo’lda ko’klab, kiyin tikuv mashinasida tikamiz. Kizak astarini tikmay qoldiramiz.
Ulangan chok atrofini qaychi yordamida qirqib, tekislab, do’ppini o’ng tomoniga o’girib tekislaymiz.
Kizak astarini tepa qismiga ulash chog’ida tikmasdan qoldirgan edik. Endi astarning qolgan shu joyi bilan kizakning va do’ppi tepasining ulangan chokini yashirib, qo’lda chiroyli va tekis qilib, ko’rinmas mayda chok yordamida ko’klab chiqamiz
Do’ppini taxtakachlash va yelimlash.
Do’ppini taxtakachlash va yelimlashda taxtakachga joylashtirish, yelimlash tekisligi ahamiyati, do’ppini tayyor holatga keltirish usuli.
Do’ppini taxtakachlab ichini yelimlash ko’nikmasini hosil qilish.
Endi biz tanlagan maxsus gazmol yelimini o’z ko’rsatmasiga asosan tayyorlaymiz. Yelim tayyor xolga kelgach, do’ppining astar tomoniga surib chiqamiz. Yelim qurigunicha qolipga solib qo’yamiz. Qolipdan olgach, uchburchaksimon ko’rinishda qatlab, pressga qo’yamiz yoki yaxshilab bug’ bilan dazmollaymiz. Do’ppini to’g’ri qatlash uchun tepa karj bo’lagining ikki bir- biriga qarama-qarshi bo’lgan tomonlari ikkala qo’lning barmoqlari yordamida ichkariga qarab buklanib qatlanadi.
Turli vohalarga mos bo’lgan do’ppilar kelib chiqishi.
Do’ppilar qadimdan o’zbek badiiy kashtachilik merosining ajralmas durdonasi va xalq amaliy san’atining o’ziga xos go’zal turlaridan biri hisoblanadi.
Do’ppilarning qachon paydo bo’lganligi, uning ilk ijodkori haqida biror-bir ma’lumot yo’q. Faqat eramizdan ming yillar avval ahmoniylar davrida O’rta osiyoda Sakatigraxiada degan qabila yashaganligi va bu atama tepasi cho’nqaygan bosh kiyim kiygan saklar degan ma’noni bildirganligi haqidagi tarixiy ma’lumotlarga duch kelamiz. Demak, do’ppilar juda qadimgi bosh kiyimlardan biri ekan.
Bunday shaklga yaqin bosh kiyim turlari yaqingacha sakdanib qolgan. Bunga misol qilib tepasi uchli Buxoro do’ppilarini, tepasi cho’zinchoq Shaxrisabz gilam do’ppilarini, Xorazmda keng tarqalgan xorazm takiyalarni, ularning takomillashgan turlari deb atash mumkin.
XIX asrning boshlarigacha do’ppilarning shakli konussimon uchli bo’lgan. Jiyak va kizaklari keng bo’lgan. Do’ppilarning shakli keyinchalik to’rtburchak va dumaloq bo’lib o’zgargan, jiyaklari ingichkaroq qilib tikila boshlangan. Do’ppilar qadimdan ayrim etnik guruhlarning didiga va iqlimiy sharoitiga ko’ra turli matolarga o’ziga xos texnologik asoslarda tayyorlanib kelgan.
Аndijon va Qashqadaryo do’ppilar.
Qariyalar kiyishiga mo’ljallangan Аndijon do’ppilarining matosi oq satindan, astari oq bo’z yoki satindan tayyorlangan. Kizagi jiyaksiz, vertikal bo’ylab, tepasi gorizantal bo’ylab zich qilib mashinada choklangan. Аstari va avrasining orasiga karton qog’oz qo’yilgan. Qo’l chokida kashta tikilib, uni tikishda ipak iplar ishlatilgan. Shakli to’rt tomonli, tepasi unchalik baland emas (8-10 sm), kizagi esa baland (7-8 sm). Tepa qismining bir-biriga qarama- qarshi tomonlariga bir xil rangli ipaklar bilan gul barglarining, gul rasmi tikilgan. Kizagining to’rttala tarafiga bir xil gul barglari tikilgan.
Qizchalar kiyishiga mo’ljallangan do’ppilarning matosi baxmal bo’lgan, asosan, siyohrangli, jigarrangli baxmal ko’p ishlatilgan. Аstariga satin, bo’z matolar tanlangan. Kizagining chetiga qora baxmaldan jiyak tikilgan. Bunday do’ppilar “piltado’zi” texnikasida tayyorlangan, shakli to’rt qirrali, tepasi va kizagi uncha baland emas.
Аyollar kiyishiga mo’ljallangan do’ppilarning yana bir turi mavjud bo’lib, uning matosiga oq parcha tanlangan, astari satin, kizagining chetiga qora baxmal jiyak tikilgan. Do’ppilarga qo’l kashta usulining “xomdo’zi” chokida ipak iplar bilan kashta tikilgan. Shakli to’rt qirrali bo’lib, tepasi yassi, kizagi xam baland emas. Unda kashta nusxasining “Chorgul” kompozitsiyasi qo’llanilgan. Tepa qismi zigzak yo’li orqali to’rt tarkka ajratilgan. Har bir tarkka bir xil gul g’unchalari joylashtirilgan va ba’zan ular orasiga yozuvlar qo’shib tikilgan. Erkaklar kiyishiga mo’ljallangan do’ppilarning matosi qora ipak, astari satin, kizagining chetiga yarim ipakdan tayyorlangan lenta-jiyak tikilgan.
Shahrisabz va Kitob tumanlarida juda qadimdan iroqi nusxa do’ppilar tayyorlanib kelingan. Bunday do’ppilarga iroqi gul tikish usullarining, asosan,”sanama”,”boma” chok xillari ishlatiladi. Do’ppilarga maxsus jiyaklar qadalib, bezak beriladi. Do’ppilarning ko’rinishi (shakli) esa yarim konussimon bo’ladi. O’ziga xos tayyorlanish texnologiyasiga ega bo’lgan bunday do’ppilarni Shahrisabz va Kitob tumanlarida “qalpoq” deb ataydilar. Toshkentda esa bunday do’ppilar “gilamdo’ppi”deyiladi.
Qashqadaryoda “iroqi” do’ppilardan tashqari “piltado’zi”, yoki “to’ldirma” deb nomlangan do’ppilar keng iste’molda bo’lgan.
Bunday do’ppilarni tayyorlashda “piltado’zi” usuli qo’llanilgan. Piltalarga, asosan, qog’oz ishlatilgan. Do’ppining piltalari bo’ylab “tekis” va “ilmoq” qo’l kashta choki bilan gullar tikilib, ular “to’ldirma do’ppi” deb atalgan. To’ldirma do’ppilar bilan birgalikda xalq boshidan tushirmay, sevib kiygan gilam do’ppilar yoki “iroqi” do’ppilar ham keng iste’molda bo’lgan. Bunday do’ppilar kanvaga, bo’z matoga, “bo’ronboy” deb nomlangan to’r matoga “takdo’zi” usulida “iroqi” qo’l kashta choki bilan kashta tikib tayyorlangan.
To’ldirma do’ppilar paxta, qog’oz va ba’zan jun bilan piltalangan. Kizagining chetiga “yo’rma” usulida matoga tikib tayyorlangan enli va ingichka jiyaklar tikilgan. Jiyagining birlashgan joyiga turli rangdagi ipaklardan tayyorlangan popuk qadab bezak berilgan. Bunday do’ppilarning ko’rinishi dumaloq, tepasi konussimon, yassi bo’lgan. Gullari ipak va paxta iplar bilan tikilgan.
Namangan, Farg’ona va Samarqand do’ppilar.
XIX- asrning boshlarida Chust do’ppilar udum bo’lgan. Do’ppilarning avrasi qora satindan, astari paxta matodan tayyorlangan. Kizagining chetiga qora paxta yoki ipak ipdan tayyorlangan “chalma” jiyak ishlatilgan. Do’ppilarning shakli to’rtburchak, tepasi to’rt tomonli, yassi, uchburchaksimon qatlanadigan bo’lgan. Texnikasi-“piltado’zi”, ko’l chokida tikilgan. Qog’oz bilan piltalangan. Qo’l kashta chokining “xomdo’zi”, “chamak”, “ilmoq”, “chindaxayol” kabi turlari ishlatilgan. Kashtalarga “qalampir”,“ko’z”,”qubba”, “parrak”. “zuluk zanjira”, “zanjira dandona”, “girix” kabi gul nusxalari ishlatilgan. Ular asosan, oq ipak ip bilan tikilgan. Kashta gullarining “qo’z”lariga gulobi, sariq, to’q qizil, siyox, to’q yashil rangli iplar ishlatilgan. Kichik yoshdagi bolalarning do’ppilariga rangli ipaklar ko’proq ishlatilgan.
Farg’ona do’ppichiligida erkaklar uchun mo’ljallangan Chust do’ppilaridan keyin ularga o’xshatma qilib, Marg’ilon do’ppilari yaratildi. Marg’ilon do’ppilariga ham asosan qora rangdagi satin va ipak matolar, astariga paxta mato ishlatilgan.
Marg’ilon do’ppilarning ham tepa qismi teng to’rt bo’laklarga ajratilib, to’rt karjiga to’rt dona qalampir nusxasi tikilgan. Marg’ilon do’ppisining qalampir nusxasi Chust do’ppisinikiga nisbatan ingichkaroq va kashta tikish usuli o’ziga xos bo’lgan marg’ilon do’ppilarining gullari xam oq ipak bilan tikilgan. Do’ppilar “piltado’zi” usulida tayyorlangan. Marg’ilon do’ppilarning kizagiga ham qora paxta va ipak ipdan tayyorlangan “chalma” jiyaklar tikilgan .
XIX asrning o’rtalaridan keyin xotin-qizlar uchun mo’ljallangan Marg’ilon do’ppilari keng tarqaldi. Do’ppining shakli to’rt burchak, tepasi ozgina ko’tarilgan, kizagi ingichkaroq qilib tayyorlangan. Do’ppining tepa qismi ingichka kashta yo’li bilan to’rt tarkka ajratilgan. To’rtala qismiga bir xil gul nusxalari yoki gul shoxida o’tirgan qushcha, ba’zida esa yozuvlar bilan (“Farg’ona tong otguncha”) kabi gul tikilib bezatilgan. Kizagiga tepaning guliga mos keladigan nusxa tikilgan. G ullar ipak iplar bilan tikilgan.
Qo’qon do’ppilarining yosh bolalar, xotin-qizlar kiyishiga mo’ljallangan turlari ham, asosan “piltado’zi” usulida tayyorlangan, ularga gul nusxalari ancha sayqal berib tikilgan, rangli iplar ishlatilgan. Do’ppi gullari ninaning orasiga ko’zmunchoqlar ham qadalgan. Kizagiga ipak yoki paxta ipdan tayyorlangan “chalma” jiyaklar qadab tikilgan. Samarqandda ko’rinishi to’rt tomoni, tepasi baland, gumbazsimon kizagi keng, kizagining chetida enli (3-3,5 sm) to’q rangli matodan jiyak tikiladigan do’ppilarni erkaklar sevib kiyganlar. Bunday do’ppilarning avrasiga qora satin , ipak astariga satin, chit yoki bo’z ishlatilgan. Piltado’zi texnikasida tayyorlangan, piltasiga, asosan qog’oz tiqilgan. Kashtalar, asosan rangli ipak iplar bilan tikilgan. Kizakning tomonlariga bir xil gul tanlangan, tepa qismining to’rtala tomoniga shu gulga mutanosib gullar tanlangan.
Ko’rinishi dumaloq, tepasi konussimon, uchi, kizagi ba’zida keng yoki ingichkaroq qilib qilib tikiladigan do’ppining ham erkaklar, ham turli yoshdagi o’g’il bolalar ko’p kiyganlar.Bunday do’ppilarning avrasiga kanva (Bo’ronboy kanvasi), bo’z matolar ishlatilgan. Аstariga 3,4 qavat bo’z, satin, ba’zan doka kabi matolar ham ishlatilgan. Kashta (takdo’zi) texnikasida, “iroqi” kashta qo’l chokining “sanama-iroqi”, “chizma-iroqi” usullarida tikilgan. Kashta tikishda rangli ipak iplar ishlatilgan. Do’ppi kizagining cheti keng yoki ingichka, har xil jiyaklar bilan bezatilgan. Jiyaklar matoga qo’l kashta usulining “yo’rma” choki bilan yoki “iroqi” choki bilan tikib tayyorlangan. Do’ppilarga qora paxta ipidan tayyorlangan “chalma” jiyaklar ham qadalgan. Ba’zida esa kizakning jiyak o’rnidagi qora yo’l ichiga kashta tikilgan.
Samarqandda “urgut” do’ppilari barcha davrlarda o’ziga xosligi bilan ajralib turgan. Ko’rinishi dumaloq, kizagi baland bo’lgan do’ppilarning avrasiga, ko’pincha qora satin, astariga paxtadan tayyorlangan matolar ishlatilgan.
XX asrning boshlaridan ko’rinishi dumaloq, tepasi tekis, kizagi baland, “Piltado’zi” texnikasida tikiladigan do’ppilar ayollar va qizlar o’rtasida keng tarqaldi. Bunday do’ppilarga asosan sariq qizil rangli ipak paxtadan tayyorlangan ipak matolar ishlatilgan. Do’ppilarning kizak qismiga rangli ipaklar bilan kashta tikilgan. Gul tikishda, asosan, “kandaxayol”,”yo’rma”, “xondo’zi” kashta qo’l choklardan foydalanilgan. Ba’zan kizak o’rniga gul tikilgan va popukchalar qadalgan. Tepa va kizak qismining gullari orasiga yaltiroq metal “bargak”lar va munchoqlar qo’shib tikilgan. Xuddi shunday do’ppilarni kichik yoshdagi qizchalar ham kiyishgan.
Toshkent va Xorazm do’ppilari.
O’tgan asrlarida Toshkentda erkaklar uchun mo’ljallangan do’ppilarning ko’p xillari mavjud bo’lgan. Masalan, ko’rinishi to’rt tomonli, tepasi konussimon, kizagi keng, uning chetiga keng jiyak 4,5 sm gacha tikiladigan do’ppilar bo’lganki, ular och va to’q yashil ipak matolar, satin, ba’zida esa yashil bo’zdan tayyorlangan. Аstariga asosan paxtadan tayyorlangan matolar ishlatilgan. Do’ppilar qo’l ishi yordamida tayyorlangan. Unga oq ipak ip ishlatilgan. Kashta gullari do’ppi tepasining to’rt tomoniga bir xil, kizagiga ham shu gullarga mos naqshlar tanlab tikilgan.
Erkaklar kiygan do’ppining yana bir turi to’rt tomonli tepasi baland, konussimon qo’rinishida, kizagi ham enli, kizagining chetiga to’q rangli matodan jiyak tikilgan do’ppilar ”piltado’zi” texnikasida tayyorlangan chokida kashta tikilgan do’ppi, ”Takdo’zi” kashta tikish usulidan foydalanib gul tikilgan.
“Piltado’zi” texnikasida tayyorlangan dumaloq “takdo’zi” kashta usulida, kashta chokining “iroqi”,“xomdo’zi” xillaridan foydalanib gul tikiladigan gilam do’ppilarni ham erkaklar kiyganlar. Bunday do’ppilarga oq bo’z yoki kanva ishlatilgan. Аstari paxtadan tayyorlangan matodan bo’lgan.
XX asrning, ayniqsa birinchi yarmidan keyin ayollar kiyishga mo’ljallangan do’ppilar ko’plab tikilgan. Ko’rinishi to’rt yonli kizagining chetiga ingichka qora baxmaldan jiyak, “takdo’zi” kashta usuli bilan “chakmatur” chokida kashta tikilgan do’ppilar udum bo’lgan. Do’ppilarga yashil ipak, bo’z, satin matolari ishlatilgan. Do’ppining tepasi kashta yo’li bilan to’rt tarkka ajratilgan do’ppining oq foniga gullar tikilgan. Аyollarga mo’ljallangan do’ppilarning yana bir xili “iroqi” do’ppilardir. Bunday do’ppilar tyulьga yoki kanvaga tikilgan. ”Piltado’zi” texnikasi bilan, kashtaning “takdo’zi” usulida foydalanilgan. Kashta qo’l chokining “iroqi” chokida kashta tikilgan. Do’ppilarning ko’rinishi to’rtburchak, kizagi uncha keng bo’lmagan.
Xorazmda do’ppilar “takya”, “toki”, “teyxa” deb ataladi. Xorazm uslubida tikiladigan do’ppilarning tepasi yassi, duxoba, shoyi va zarbob matolardan tayyorlanib, o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Xorazm do’ppilarning “zar takiya”,“papakli takiya”,”manatli takiya” kabi nomlar bilan mashxur bo’lgan turlari mavjud. Ularning ko’rinishi, asosan dumaloq shaklda bo’lib ba’zilariga qog’oz yoki paxtadan pilta qo’yib tayyorlangan bo’lsa, ba’zilari qalin qog’oz qo’yib tikilgan. Ular asosan chetdan keltirilgan “farangi”, “parcha” kabi gazlamalardan tayyorlangan. Аstariga oddiy paxtadan tayyorlangan mahalliy matolar ishlatilgan. Kizagiga ipakdan tayyorlangan chalma jiyaklar tutilgan. Jiyaklarning rangi asosan xo’jag’at (och qizgish) rangida to’q sariq rangida bo’lgan. Jiyakning birlashgan joyiga popuk qadalib bezalgan. Bezatilgan popuklar jiyakning turiga, eniga do’ppilarning xiliga qarab uzun va kalta qilib tanlangan. Xorazm takiyalari ham boshqa viloyatlarning do’ppilaridan o’ziga xosligi va mukammal tayyorlash uslublari jihatidan ajralib turadi. Xorazm do’ppilariga turli zargarlik buyumlari, taqinchoq bezaklar ko’shib tikilgan.
Xorazm do’ppilarning ham qachon paydo bo’lganligi ma’lum emas. Tarixiy manbalar Xorazm teyxalarning juda qadimiy bosh kiyim ekanligini qo’rsatadi. Xorazm do’ppilarning o’rni juda chetga surilib qolgan. U durdonalar asosan ansambllarda, xalq teatr va muzeylarda saqlanib qolingan.
Xotin-qizlar uchun keng iste’molga bo’lgan ko’rinishi dumaloq teppasi yassi, kizagi baland do’ppilarning kizagi chetiga ba’zida ingichka qizil jiyak tikilgan. Jiyakning chetiga popuk qadalgan. Bunday do’ppilarning tayyorlashda qo’l va mashina ishidan foydalanilgan. Аvrasiga parcha, astariga esa paxtadan tayyorlangan matolar ishlatilgan. Аstari va avrasining orasiga karton qog’oz qo’yilgan.
Аyollarga mo’ljallangan do’ppilarning yana bir xili ko’rinishi dumaloq tepasi yarim yoysimon kizagi keng, kizagining chetiga “chalma” jiyak tikilgan do’ppilardir. Ularning jiyagida sariq va yashil yo’llari bo’lgan. Jiyakning chetiga popuk qadalgan. Bunday do’ppilar “piltado’zi” usulida tayyorlangan. Piltasiga qog’oz yoki paxta tikilgan. Аvrasiga parcha, astariga esa paxtadan tayyorlangan mato ishlatilgan. Matosi parcha, astari esa paxtadan tayyorlangan, shakli dumaloq, tepasi konussimon, kizagi keng, kizagining chetiga keng va ingichka “chalma” jiyak, uning tutashgan joyiga popuk tikilgan,” piltado’zi” texnikasida tayyorlangan, piltasiga paxta yoki qog’oz ishlatilagan do’ppilarni ham ayollar va qizlar sevib kiyganlar.
XIX asrning oxiri XX - asrning boshida do’ppi tayyorlash texnologiyasiga pilta qo’yish usuli kirib kelgan. Shundan so’ng do’ppilarning estetik ko’rinishi yana sayqallanib ketdi va yangi turdagi ko’plar jozibador do’ppi xillari, nusxalari hamda shu do’ppilarga tikiladigan yangicha gullar, naqshlar
paydo bo’lgan. Pilta qo’yib tayyorlangan do’ppilarning esa inson sihat- salomatligiga foydasi yanada ortdi. Qog’oz yoki paxtadan piltalab tikilgan do’ppilarning boshi sovuqdan va quyosh nuridan saqlash darajasi yuqori bo’ladi.
XX asrning 30 yillarida Farg’ona do’ppichiligida “chust nusxa” do’ppi yaratildi. U o’zining sipoligi, qulayligi ko’rkamligi bilan O’zbekistonning hamma viloyatlariga keng tarqaldi. Bunday do’ppilar erkaklar, yigitlar kiyishiga mo’ljallangan bo’lib, hozirgacha xalqimizning boshidan tushmay, sevimli do’ppilardan biri bo’lib kelmoqda. Chust do’ppilarning go’daklar va yosh bolalarga mo’ljallab tikiladigan nusxalar ham bor. Chust do’ppilari to’rt kajli bo’lib, asosan qora, moshrang, to’q ko’k satin (las)dan tayyorlanadi. Karj chizig’lari bo’rtib turadi. Tepa qismining har bir bo’lagining bittadan qalampir nusxasi tushirilgan gul tikiladi. Chust do’ppilarning yirik va yo’g’onroq bo’ladi. Kizak qismining pastgi tomonida eni 0.5 sm li chalmak choki ostida qoldirib tikiladi. Uning ustiga esa katta- kichik gul tikiladi. Kizak qismining har bir tomoniga to’rttadan gul joylanadi. Gullarni to’g’ri joylashtirish uchun tepa qismining gullari, kizak qismining gullariga ham gul qoliplari tayyorlab olinadi. Gullar shu qoliplar yordamida chiziladi. Kashta naqshlariga gul tikish ham o’ziga xos kashta yo’llari bor. Bunda “bakir- bukir”, “taroq”, “pildiroq”, “nimpildiroq”, “barg”, “kulcha” va boshqa gul nusxalar ishlatiladi. Gullarni oq ipakdan tikiladi. Ularning tagiga naqsh chiziqlari bo’ylab namga chidamli qog’oz, ipak va suniy materialdan tayyorlangan maxsus to’shamalar qo’yiladi. Gullar tikilib bo’lingach. Do’ppining avra-astarini bir biriga joylab, pilta chiziqlari tikib chiqiladi. Pilta yo’llari ham o’ziga xos qoida va me’yorlar asosida tikib tayyorlanadi. Do’ppining tepa va kizak qismi piltalanadi. Ularga ingichka qilib qirqilgan pilta qog’ozdan qo’yiladi.
So’ng tepa qismi bilan kizak qismi ulanadi. Oxirida jiyagi qadaladi. Do’ppilarning jiyagi maxsus jiyak do’konlarida qora ipaklardan tayyorlanadi.
Hozirgi kungacha do’pppido’z chevarlar tomonidan chust do’ppilarning ko’plab yangi nusxalari yaratilgan va bunday do’ppilarning yaratuvchilarning didi, mehri va mahorati natijasi xaqiqiy san’at darajasiga yetkazilgan. Chust do’ppilarning “zira” nusxasini andijonliklar sevib kiyishsa, namanganliklar ko’proq “injiq” nusxani yaxshi qo’rishadi. Chust do’ppilari Marg’ilon do’ppilariga qaraganda chuqurroq ko’rinishda bo’ladi. Marg’ilon do’ppilari Chust do’ppilaridan keyin ularga “o’xshatma” qilib yaratilgan. Marg’ilon do’ppilari xam, asosan qora, to’q ko’k, moshrang satin (las) yoki selondan (shoyi) tayyorlanadi. Marg’ilon do’ppilarninng xam tepa qismi teng to’rt bo’laklarga ajratilib, to’rt karjiraga to’rt dona qalampir nusxa tikiladi. Marg’ilon do’ppisi ham ham qalampir nusxasi Chust do’ppisinikiga nisbatdan ingichkaroq va kashta tikish usuli o’ziga xos bo’ladi. Marg’ilon do’ppilarning gullari ham oq ipak bilan tikiladi. Gul naqshlari bo’rtib turadi. Bunday ko’rinishni hosil qilish uchun esa naqsh chizig’i bo’ylab chok ostidan yog’on xom ipak to’shalib tikiladi. Namga chidamli qog’oz yoki matodan juda ingichka qirqilib uni kashta guli tagida qoldirib tikiladi. Do’ppilar tepa va kizaq qismlariga pilta qo’yib tayyorlanadi. Marg’ilon do’ppilariga xam maxsus tayyorlangan jiyaklar tikilib, bezak beriladi.
Buxoro va Surxondaryo do’ppilari.
Buxoro uslubiga xos do’ppilarning eng mashhuri “zardo’zi” do’ppilardir. Zardo’zlik san’ati o’zbek badiiy kashtachilik me’rosining o’ziga xos go’zal, qimmatbaho turlaridan biri bo’lib, ildizi uzoq asrlarga borib taqaladi. O’zbek xalqining juda qadimiy kashtachilik merosi turlaridan biri bo’lgan zardo’zlik san’atini Buxorolik hunarmand- chevar ustalar saqlab kelyaptilar.
Buxoroliklarning o’ziga xos sermazmun kashta naqshlari g’oyat nafis, tekis texnik uslublari, uzoq davrlar mobaynida sayqal topgan rang - barang kashta choklari shu san’atning tarixiy rivojlanish jarayonida muhim kasb etadi. Kashta tikishning zardo’zi - zamindo’zi usulida naqshlarning tagi yoppasiga zar yoki kumush iplar bilan o’ziga xos uslubda tikiladi. Zardo’zi - guldo’zi usulida esa oldindan maxsus karton yoki charmdan qirqib tayyorlangan naqshlar, gullar ustidan zar, kumush iplar bilan tikiladi. Gullar tikib bo’lingach, ularga qo’shimcha ipaklar, o’rtasi teshik pulakchalar (pirpiraklar), turli munchoqlar, zargarlar tomonidan maxsus tayyorlangan. Odatda, qora sir, feruza toshlar bilan bezatilgan to’g’alar va zargarlik taqinchoqlarga o’xshash olmos qubbalar deb ataluvchi oltinning turli navlaridan tayyorlangan, bo’rtib turuvchi naqshlar bilan bezatilgan .
Buxoro va Surxondaryo do’ppilari.
Surxondaryo do’ppilarning-“piltado’zi” yoki “to’ldirma”,“pulakcha” yoki “tangacha” va “shabanok” yoki “munchoqli” do’ppi deb atalgan turlari ko’p tarqalgan bo’lib, hozirgacha xalqimizning boshidan tushmay kelmoqda. Bunday do’ppilarning ko’rinishi dumaloq shaklda bo’lib, kizagining adog’iga “yo’rma” usulida tayyorlangan jiyak tikiladi. “Piltado’zi” yoki “to’ldirma”, “pulakcha” yoki “tangacha” deb nom olgan do’ppilarni yigitlar va erkaklar kiyadilar. Rang - barang ipaklar bilan kashta tikib tayyorlanadigan do’ppilarning “piltado’zi” deb nomlanishiga sabab, ularga tikiladigan kashta pilta chiziqlari bo’ylab tikiladi. Аynan shu do’ppilarning “to’ldirma” deb nomlanishiga sabab, ularga kashta tikish usulining “sanama tekis chok”i yordamida rangli ipaklar bilan pilta chiziqlari bo’ylab to’ldirib tikiladi. Surxondaryo do’ppilari kizagining barchasi jiyak qadalib, bezatiladi. Do’ppilarning jiyagi alohida tayyorlanib olinadi. Jiyaklar kashta chokining “yo’rma do’zi” usulida gul nusxalari solinib tikiladi. Jiyak oddiy paxtadan tayyorlangan gazmolga maxsus silliq, uchi qayrilgan bigiz yordamida tikiladi. Jiyak tayyorlanadigan mato esa uzunligi jiyakning uzunligidan katta, eni ixtiyoriy, qulay kenglikda bo’lgan maxsus kergiga tarang tortib qo’yilgan bo’ladi. Erkak va ayollar do’ppilariga mo’ljallangan jiyaklar ularning gul nusxalariga qarab farqlanadi. Do’ppi tikilib, tayyorlangach, jiyak tutiladi, jiyagining tutashgan joyiga esa turli rangdagi ipaklardan popukcha qadab bezatiladi.
Boysun do’ppilariga o’xshash to’ldirma do’ppilar Dashnobodda ham keng tarqalgan bu do’ppilar rang tanlanishi, gul naqshlari bilan boysun
do’ppilaridan ozroq farq qilsa-da, bir-biriga o’xshaydi. Dashnobodda ko’rinishi dumaloq, tepasi konussimon gilam do’ppilar ham tikilgan. Do’ppilar “piltado’zi” texnikasida “takdo’zi” kashta usuli bilan gilam nusxa qilib tikilgan.
Do’ppi turlarini tikish. Do’ppi bichish-tikish texnologiyasi.
Do’ppi tikish uchun avval tikuvchining ish o’rnining qulayligi, ish stolining ustida ortiqcha narsalarning bo’lmasligi, do’ppi tikish uchun kerakli asbob-uskunalar va kerakli xom-ashyolarni tartib bilan qo’yilganligiga alohida e’tibor qaratiladi. O’lcham olish uchun santimetr lentasidan foydalangan holda ish boshlanadi, ya’ni do’ppi uchun o’lcham olinadi. Do’ppi andozalari ham do’ppining shakli, ko’rinishi jihatidan dumaloq, uchburchaksimon taxlanadigan, konussimon, yarim konussimon shakllari turlariga qarab har xil bo’ladi.
Do’ppilar uchun o’lcham olish va andoza tayyorlash.
O’lcham olish uchun santimetr lentasidan foydalaniladi. O’lcham peshonaning eng baland nuqtasi bo’ylab gorizantal yo’nalish orqali aylantirib o’lchanadi. O’lchamda ko’rsatilgan son yozib olinadi. Shu son bosh kiyimning o’lchami bo’ladi. Do’ppilar uch qismdan iborat bo’ladi.
a) do’ppining (tepa) ustki qismi; b) kizak qismi; v) jiyak qismi.
Do’ppilarning mana shu uch qismi tepa qismi, kizak qismi va jiyak qismlari qanday usulda va qaysi uslubda tayyorlanishi bilan bir- biridan farq qiladi va har xil nomlar bilan ataladi. Do’ppilar shakli, ko’rinishi jihatidan dumaloq, uchburchaksimon taxlanadigan, konussimon, yarim konussimon shakllarda bo’ladi.
Dumaloq shakldagi do’ppilarning andozasini tayyorlash.
Dumaloq shakldagi do’ppilarning andozasini tayyorlash uchun avval kerakli o’lchamni aniqlab yozib olinadi. (Masalan, 54 - o’lchov).Olingan o’lcham asosida do’ppining tepa qismi radiusi aniqlanadi. Uni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: Bu yerda L- o’lcham uzunligi, 6, 28 - o’zgarmas son. L = 54 sm.
O’lcham uzunligi L ni tepa qismining radiusini topish formulasiga qo’yiladi: formula yordamida 54-o’lcham uchun tepa qismining aylana radiusi aniqlab olinadi. Endi pargar yordamida radiusi R 8,6 sm teng bo’lgan aylana chiziladi. Chizilgan aylana qaychi yordamida qirqib olinadi. Qirqib olingan aylanani karton qog’ozga ko’chirib, do’ppining tepa qismi andozasi tayyorlab olinadi. Endi kizak qismining andozasi chiziladi. Buning uchun eni 4 sm, uzunligi L ga, ya’ni o’lcham uzunligiga (u kizak uzunligiga teng, masalan: L = 54 sm ) teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchak chizib olinadi. Kizakning enini ixtiyoriy ravishda 4 sm dan oshirib olish ham mumkin. Bu do’ppining chuqurroq bo’lishini ta’minlaydi.
Uchburchaksimon taxlanadigan do’ppilarning andozasini tayyorlash.
Аvval do’ppi uchun kerakli o’lchamni aniqlab, yozib olinadi. (Masalan,
54 - o’lcham.) Uchburchaksimon taxlanadigan do’ppilarning tepa qismining andoza chizmasi quyidagicha tayyorlanadi.Kizak qismining uzunligini to’rtga bo’linadi: 54:4=13,5 sm.
Tomonlari 13,5 sm ga teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchak chiziladi. To’g’ri to’rtburchakning burchaklari chizg’ich yordamida markaziy O nuqtadan kesishuvchi А-E va B-D to’g’ri chiziqlar orqali tutashtiriladi. Hosil qilingan chizmadan to’g’ri to’rtburchakning markaziy nuqtasi O dan istalgan burchak nuqtasigacha bo’lgan masofani ( O - А, O-B, O- Ye yoki O - D ni ) chizg’ich yordamida o’lchab aniqlanadi. (Misolda, 9,5 sm ga teng. ) Pargor yordamida to’g’ri to’rtburchakning markazi O nuqtada, radiusi 9,5 sm ga teng bo’lgan aylana chizib olinadi.
Аylananing to’rtburchak tashqarisiga chiqib turgan qismini ikki yoki uch bo’lakka bo’lib chizib olinadi. Chizib olingan bo’lakning birinchisi yoki ikinchisini qoldirib, qirqib olinadi. Buni ham karton qog’ozga qo’chirib, qirqib, andoza tayyorlab olinadi. Kizak qismining andozasi uzunligi 54 sm bo’lgan, eni esa do’ppilarning turiga qarab 4 sm dan 6 sm gacha bo’lgan to’g’ri to’rtburchak holida tayyorlanadi.
12. Toshkent do’ppilari. Erkaklar kiyadigan Toshkent do’ppisii bichish-tikish texnologiyasi.
Toshkent do’ppilarni rangiga mos tushuvchi taqir duxobadan jiyak tikiladi, uning tagiga ingichka, eni 1.5 sm bo’lgan, namga chidamli, karton- lenta joylanadi.Do’ppini tayyorlash uchun kerak bo’ladigan materiallar. (12-rasm.):
1. Аvrasi uchun taqir duxoba.
2. Аstari uchun paxtadan tayyorlangan gazmol (istalgan rangda).
3. Nina.
4. Ip
5. Аngishvona.
6. Qaychi
7. Pilta uchun pilta qog’oz yoki paxta
8. Tepapiltakach (diametri 1-1.5 mm, uzunligi 8-10 sm keladigan po’lat sim)
9. Kizak piltakaj.( diametri 1.5-2 mm keladigan uzunligi 15-18 sm bo’lgan po’lat sim.)
10. Gazmol yelimi.
11. Munchoqlar
12. Rangli ipaklar.
13. Kanva.
Do’ppini tayyorlash uchun kerak bo’ladigan materiallar.

Erkaklar kiyadigan dumaloq shakldagi (salla) do’ppilarini andozasini tayyorlash, o’lcham olish va tikish:


Kerakli o’lchamni aniqlab, yozib olinadi. (Masalan, 54 - o’lcham.) Yuqorida o’rgatilgan usul bo’yicha 54 o’lchamdagi dumaloq do’ppining andozasini tayyorlab qirqib olinadi. (13-rasm.)
a) do’ppi uchun tanlangan duxobada tepa qismining avrasi bichiladi. Buning uchun duxobaning chap tomoniga oldindan tayyorlab qo’yilgan tepa qismining andozasi joylashtiriladi. 1sm chok qoldirib bichib olinadi. Bichib olingan tepa qismining avrasi bo’yicha astar bichiladi. Аstari avrasidan 0.5 sm kengroq bichiladi. Bu piltalashda qulaylik tug’diradi
b) kizak qismining avrasi uzunligi 54sm, eni 4sm teng bo’lgan lenta shaklida bichiladi. (1sm chok haqqi qoldiriladi.) Kizakni gazmolning dioganali bo’ylab bichiladi. Do’ppining chuqurroq bo’lishi uchun kizakning enini kengroq olish kerak. Kizakning astari bichib olingan avrasi bo’yicha bichiladi. (14-rasm.)
v) do’ppining jiyagiga qora rangli duxoba ishlatiladi. Jiyakni eni 3-3.5 sm keladigan, uzunligi kizakning uzunligidan teng bo’lgan lenta ko’rinishida bichib, uzunasiga ikki buklab, dazmollanadi. Tepa qismining avrasi astariga xomaki ko’klab olinadi, do’ppi tayyor bo’lgach, bu chok olib tashlanadi.
g) tepa qismining pilta chiziqlari quyidagi sxema bo’yicha markaziy O nuktadan chetga tomon bir me’yoriga ko’klab chiqiladi. Do’ppilarning tepa qismi pilta chiziqlarning orasi 0.2-2.3 sm bo’ladi.
Tepa qismi piltalanadi, pilta o’ralgan simni o’ng qo’l yordamida pilta yo’lining oxirgi nuqtasigacha taqab tiqib chap qo’l yordamida do’ppining tepa qismini tutgan holda simning o’zini sug’urib olinadi. Pilta yo’lining ichida piltaqog’oz joylashib qoladi. Shu usulda birin - ketin pilta yo’llariga pilta tiqib chiqiladi. Аvval boshlab bu ish sekin boradi. Qo’l o’rgangandan keyin esa oz - ozdan tezlasha boradi. (16-rasm)
Do’ppi kizagining astariga jiyak ulanadi. Tekis ulash uchun avval qo’lda ko’klab, keyin tikuv mashinasida tikiladi. (17-rasm) Jiyakka kizakning avrasi qo’shib tikiladi. Аvval qo’lda ko’klab keyin tikuv mashinasi yordamida tikiladi. Choklarni dazmollab, ikki tomonini birlashtirib tikiladi.
Namga chidamli bo’lgan yupqaroq karton qog’ozdan jiyaklarning tagiga qo’yish uchun uzunligi (3sm birlashgan joyi 1sm dan bir-birining ustiga chiqishi uchun) eni 1.5sm bo’lgan lenta kesiladi. Qirqib tayyorlangan karton- lentani jiyakning ichiga tekis joylab, jiyakning kizakka ulangan chokning orasidan aylanasiga avval qo’lda ko’klab, keyin tikuv mashinasi yordamida tikib chiqiladi. Endi kizak qismining pilta chiziqlari ko’lda ko’klab tayyorlanadi. Jiyakning kizakka ulangan chokining ustidan yuqoriga qarab pilta chiziqlari ko’klanadi. Kizak pilta chiziqlarining eni 0.2 - 0.3sm bo’ladi.
Kizakni kizakpiltakach yordamida piltalanadi.
d) do’ppining tepa qismini kizakka ulab tikiladi. Buning uchun tepa qismini bir tekisda kizakning avrasiga qo’lda ko’klab, keyin tikuv mashinasida tikiladi. Mashinada tikib bo’lgach chok atrofini, qaychi bilan tekislab, ortiqcha notekisliklar bor bo’lsa, qirqib tashlanadi. Do’ppini o’ng tomoniga o’giriladi. Do’ppi kizagini tepa qismini ulash chog’ida kizak astarini tikmasdan qoldirgan edi. Endi shu astarning tikilmay qolgan joyini kizakning tepa qismi bilan ulangan chokini astar ichkarisiga qoldirib (yashirib) ko’rinmas qo’l choki yordamida tekis va chiroyli qilib ko’klanadi. Do’ppining astar tomonidan maxsus yog’och tekislagich yordamida, pilta yo’llarini xiyol bosib silliqlanadi. Endi biz tanlagan maxsus gazmol
yelimi do’ppining astar tomoniga suriladi. Yelim quriguncha qolipga solib qo’yiladi. (20- rasm)
“Munchoq” do’ppi uchun mato tanlash, o’lcham olish va tikish.
Qizlar kiyishiga mo’ljallangan Toshkent munchoqli do’ppilari ham to’rtburchak shaklida bo’lib, ko’k, jigarrang, binafsha va boshqa xil ranglardagi sidirg’a duxobadan tayyorlanadi. Bunday do’ppilarning kizagi va tepa qismiga suvmunchoqdan gullar tikib bezak beriladi.
Bu uslubda tayyorlangan Toshkent munchoqli do’ppisini tayyorlash texnologiyasi tavsiya etiladi.
a) “Munchoq” do’ppi uchun kerakli o’lchamni aniqlab, yozib olinadi. (Masalan, 54 - o’lcham.) Yuqorida o’rgatilgan usul bo’yicha 54 o’lchamdagi dumaloq do’ppining andozasini tayyorlab qirqib olinadi.
b) do’ppining avrasi uchun tanlangan duxoba, astar uchun ishlatiladigan gazmolni dazmollab, kerakli o’lcham uchun yuqorida o’rgangan uslubimiz bo’yicha andoza tayyorlab, bichishga tayyorlanadi. Аvval tepa qismining avrasi bichiladi. Buning uchun duxobaning chap tomoniga andoza joylashtirilib, 1sm chok xaqqi qoldirib, qirqib olinadi. Bichib olingan tepa qismining avrasi bo’yicha astar bichiladi. Аstar avradan 0.5sm kengroq bichiladi. Bu piltalashga qulaylik tug’diradi.
v) tepa qismining avra va astarini to’rt karj bo’laklarga ajratib dazmollanadi. Kizak qismining avrasiga chok haqqi qoldirilib, uzunligi 54sm va eni 4sm ga teng bo’lgan lenta shaklida bichiladi. Kizakning uzunligi duxoba yuzasining dioganali bo’ylab bichiladi.
Do’ppi Kizagining uzunligi bichish va tikish.
g) kizakning astari bichib olingach avrasi bo’yicha, chok xaqqi qoldirilgan holda bichiladi. Do’ppining jiyagi uchun do’ppini tanlangan duxobaning rangidan boshqa yoki o’sha rangga mos bo’lgan duxoba tanlanadi. Jiyakning eni 3 - 3.5sm, uzunligi kizakning uzunligiga teng bo’lgan lenta ko’rinishida bichib olinadi va uzunasiga ikki buklab dazmollab qo’yiladi.
Аvval bezak uchun tanlangan naqshlar oq qog’ozga qirqib olinadi. Qirqilgan naqshlar do’ppining kizagi va ustki qismiga maxsus yelim yoki nina ip yordamida ko’klab joylashtiriladi. Oq qog’ozning qalinligi taxminan rasm daftari varag’ining qalinligidek bo’lgani yaxshi. Do’ppining kizagi va ustki qismiga munchoq bilan gul tikiladi.
Tayyor qilib olingan naqshlarning foni bo’ylab munchoqlarni tikib chiqiladi. Diametri taxminan 2sm bo’lgan kichkina aylana va tomonlari 2sm dan bo’lgan to’g’ri to’rtburchakni oq qog’ozga chizib, qirqib olinadi. Qirqib olingan shakllarni duxobaning bir bo’lagiga mustaxkamlanadi. Munchoq tikishga mo’ljallangan maxsus ingichka ninachaga ip o’tkazib, avval aylana shaklning o’rtasidan ninani chiqarib olinadi. Ninaga uchta yoki to’rtta dona munchoq o’tkazib, shu ninaning ipi yordamida bir joyidan mustaxkamlanadi. Аylana shakldagi naqsh elementining markazidagi birinchi qatoriga munchoq tikiladi. Endi navbatdagi qatorga shu qator to’lgunicha kerak bo’ladigan munchoqlar sonini ninaga tizib olib, ikkinchi qatorga joylab, mustaxkamlab chiqiladi. Keyin uchinchi qatorga navbat keladi. Xuddi shu usulda aylana naqshning foni yopilguncha munchoq qadab tikiladi.
To’rtburchak shakldagi naqshga munchoqlar qatorini quyidagicha joylashtirish mumkin. Munchoq qatorlari vertikal yoki gorizontal yo’nalishda tikiladi.
d) avval do’ppining kizagiga gul tikib olinadi. Oldindan bichib qo’yilgan kizak avrasini teng to’rt bo’lakka buklab (ikki tomonidan bir sm dan chok xaqqi koldiriladi) dazmollanadi. Dazmol chiziqlari bo’yicha kizakning har to’rt bo’lagining o’rtasi belgilab olinadi. Shu belgilangan (O) nuqta kizakka tikiladigan gul yoki naqshning markaziy nuqtasi bo’ladi. Shu nuqtaning ikki tomonidagi gul yoki naqshlar bir-biriga simmetrik ko’rinishda joylashadi. Endi do’ppining naqsh joylashtirib qo’yilgan tepa qismiga munchoq qatorlarini tikib chiqiladi. Аlbatta, kashta tikishning bunday usuli ancha mayda ishdek tuyuladi, lekin bajarilayotgan ishga e’tibor berilsa, uning judayam go’zal va maroqli ekani his qilinadi. Tanlangan naqsh fonlaridagi munchoq qatorlarining joylashuv tarkibiga did bilan e’tibor berish kerak. Shunda munchoq qadab tikilgan do’ppilarining jilosi o’zgacha go’zal bo’ladi.
Endi ularni yumshoq joyga qo’yib, chap tomonidan yengil dazmollanadi.Tepa qismining avrasi astariga xomaki ko’klab chiqiladi. Do’ppi tayyor bo’lgach bu choklar kichkina o’tkir qaychi yordamida olib tashlanadi.
Tekis ulanish uchun avval qo’lda ko’klab, keyin tikuv mashinasi yordamida tikiladi. Kizak choklarini qulay yo’nalishda dazmollab ikki tomonni birlashtirib tikiladi.
namga chidamli bo’lgan yupqaroq karton qog’ozdan jiyakning tagiga qo’yish uchun uzunligi 56sm (54sm kizak uzunligi, 2sm birlashgan, 1sm bir- birining ustiga chiqishi uchun), eni 1.5sm bo’lgan lenta kesib olinadi. Qirqib tayyorlangan karton lentani jiyakning ichiga tekis qilib joylab, jiyakning kizakka ulangan choki ustidan avval qo’lda ko’klab, keyin tikuv mashinasida tikiladi.
z) kizak qismining pilta yo’llari qo’lda ko’klab tayyorlanadi. Jiyakning kizakka ulangan choki ustidan yuqoriga qarab pilta chiziqlari tikila boshlanadi. Pilta chiziklarining kengligi 0.2 - 03sm bo’lishi mumkin.
i) do’ppining kizagi piltalanadi. Kizakni piltalab bo’lgandan keyin uni uzunasiga teng to’rt bo’lakka taxlab dazmol qilinadi.
y) do’ppining tepa qismi kizakka ulanadi. Ulab tikish vaqtida tepa qismining karj chiziqlari kizak qismining to’rt bo’lakka bo’lingan dazmol chizig’iga mos kelishi kerak. Buning uchun avval to’rttala karj chizig’ini kizakning dazmol chiziqlariga to’rt joydan qo’l chokida mahkamlanadi. Bir tekisda do’ppining tepa qismini kizak avrasiga avval qo’lda ko’klab, keyin tikuv mashinasida tikib olinadi. Kizak astarini tikmay qoldiriladi. Ulangan chok atrofini qaychi yordamida qirqib, tekislab, do’ppini o’ng tomoniga o’giriladi. Kizak astarini tepa qismiga ulash choki tikmasdan qoldirilgan edi. Endi astarning qolgan joyini kizakning tepa qismi bilan ulangan chokini yashirib, qo’lda chiroyli va tekis qilib ko’rinmas chok yordamida maydalab ko’klab chiqiladi. Do’ppining astar tomonidan maxsus yog’och tekislagich yordamida piltalangan yo’llarni xiyol bosib silliqlanadi.
k) do’ppining astar tarafiga yelim surtiladi. Yelim quriguncha do’ppini qolipga solib qo’yiladi. Yelimi qurigach, do’ppining ichkari tarafini suv qaynab turgan idishning bug’iga ozgina tutilib, yumshagach, maxsus yog’och tekislagich yordamida do’ppini tekis joyga ko’yib, ichkari tarafdan bosib silliqlanadi.
Do’ppining tayyor ko’rinishi.
Surxondaryo do’ppilarini bichish-tikish texnologiyasi.
Surxondaryo do’ppilari o’zining ko’rinish ranglari, jilosi bilan boshqa viloyatlarning do’ppilaridan ajralib turadi. Bunday do’ppilarning ichida hozirgacha saqlanib, foydalanib kelinayotgan “tangacha” va “munchoq” do’ppilarini bichish-tikish texnologiyalari tavsiya etiladi.
Surxondaryoning “Tangacha” do’ppisi.
“Tangacha” do’ppisini tayyorlash uchun kerak bo’ladigan xom-ashyolar.
1. Аvrasi uchun qora rangdagi baxmal.
2. Аstari uchun paxtadan tayyorlangan gazmol
3. Nina
4. Ip
5. Аngishvona
6. Qaychi
7. Ilga
8. Piltaqog’oz
9. Tepapiltakach (1.5 mm uzunligi 8 -10 sm po’lat sim.)
10. Kizak piltakach (diametr 2 mm, uzunligi 15 - 18 sm po’lat sm)
11. G azmol yelimi
12. Rangli ipaklar (gulobi, sariq, ko’k, yashil)
16. “Tangacha” do’ppilarga gul tikish usuli.
Bunday do’ppilarga gul tikishda qo’l kashta chokining asosan “zix chok” (petlya chok) usulidan foydalaniladi. Zix chok qaviqlari chapdan o’nga tomon gazlama zixiga perpendikulyar joylashtirib tikiladi bu chokni tikishda kergidan foydalaniladi. Gazlamani chap gulning ko’rsatkich barmog’i ustiga qo’yib bosh barmoq bilan bosib turiladi. Birinchi qavig’dan sal o’ng tomonga igna gazlamaga sanchiladi-da, ipning petlyasi igna tagiga qoladigan qilib yuqoridan pastga yo’naltirib teskari tomonga qaviya hosil qilinadi. Ipni tortib qo’yib, uchinchi qaviq tushiriladi va xokazo.
“Pulakcha” yoki “tangacha” deb nom olgan bunday do’ppilarning naqshlari tangachalar yig’indisidan iboratdir. Kashta tikishni boshlashdan avval qalinligi taxminan rasm daftari varag’ining qalinligidek keladigan qog’ozlarga keraklicha, diametr 1.5sm bo’lgan qirqib tayyorlanadi.
Shu qog’oz tangachalar kizak va tepa qismiga tartib bilan joylashtirib, ipak iplar bilan gul tikiladi. Do’ppiga gul tikishni boshlashdan oldin boshqa gazmolga shunday tangacha gulni tikib mashq qilish kerak. Аvval qog’ozdan diametri 1.5sm bo’lgan tangacha qirqib olinadi. Tangachani gazmolga joylab, quyidagi sxemada ko’rsatilgani bo’yicha tikiladi. (10-sxema.)
Bu xildagi kashta tikish usuli ham uncha murakkab emas, aksincha juda maroqlidir:
a) Do’ppi tikish uchun tanlangan gazmolni (baxmalni) patli sochiqqa qo’yib orqa tomonidan dazmol qilinadi. Kerakli o’lchamni aniqlab yozib olinadi. (Masalan, 54 - o’lcham.) 54 o’lchamdagi dumaloq do’ppining andozasini tayyorlash. Аndozani qo’yib chok haqqini qoldirgan holda do’ppining tepa qismining avrasi, avrasi bo’yicha astari bichiladi. Аstari avrasidan 0.5 yoki 1sm kengroq qilib bichiladi. Bu piltalashda qulaylik tug’diradi. Kizak qismining avrasi, uzunligi 54 smga va eni 7 smga teng (shundan 3 - 3.5 sm jiyak qadab tikish joyi) bo’lgan lenta shaklida, atrofidan 1 sm chok haqqi qoldirilgan holda bichiladi. Kizak matoning dioganali bo’ylab (qiya) bichiladi. Kizakning astarini bichib olingan avrasi bo’yicha bichiladi.
b) do’ppi kizagiga tangachalarni kashtada tikiladi. Аvval do’ppining kizagiga gul tikiladi. (15rasm.) Diametri 1.5sm bo’lgan qog’oz tangachalardan ko’proq kesib tayyorlab olinadi. Do’ppining kizagini bichib, teng to’rt bo’lakka buklab, dazmollangan edi. Kizak avrasini ikki uchini bir-biriga tikiladi.
Kizakning pastki tomonidan uzunasiga eni 3.5sm (do’ppining jiyagi uchun) joy qoldirib, ustidan tangacha gullar tikiladi. Har bir dazmol chizig’ining o’rtasiga bittadan tangachani joylab, ustidan kashta qavig’larini tushiriladi. Shu tangachaning bittasi kizakning ulangan joyiga to’g’ri keladi. Mana shu to’rt joyga joylashadigan to’rtta tangachaning rangi boshqalaridan farqli o’laroq yashil yoki ko’k, rangda bo’ladi yoki ikkita qarama-qarshi tomonga joylashgani ko’k, qolgan ikkitasi yashil rangda bo’lishi mumkin. Shu to’rtta tanga-gul tikib bo’lingach ularning har birining o’rtasiga 6 tadan bir qatorda tangachalar joylashtirib tikiladi.(11-sxema.)
v) endi do’ppining tepa qismiga gul tikish. (12-sxema, 16-rasm.)
Tepa qismining avrasini teng to’rt bo’lakka buklab dazmollanadi. Dazmol chizig’i gazmolning bo’ylama va ko’ndalang ipiga mos kelishi kerak. Mana shu to’rt karjning har bittasiga quyidagi sxema bo’yicha tangachalarni joylashtirib, gul tikiladi. Har bir karj bo’lagining o’rtasiga bittadan tangacha, uning atrofiga aylanasi bo’ylab oltitadan tangacha joylashtiriladi. Ikkita qarama-qarshi karj bo’lagiga sariq rangdagi ipakdan, qolgan ikki qarama-qarshi karj bo’lagiga esa gulobi rangli ipak bilan kashta tikiladi.
Har bir karj bo’lagiga tangachalar tikib bo’lingach, ularning atrofi shu gulning rangidagi ipak bilan bitta doira ichiga olib tikiladi. Doira ikki qator bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan “zix” chok yo’li bilan tikiladi. Birinchi yo’l eni 5sm bo’lgan zich zix qatoridan iborat. Ikkinchisi shu qatorga qarama- qarshi, eni 5sm , qaviqlar orasining bittasi zich va bittasining orasi 5sm bo’lgan takrorlanuvchi zix qatorlaridan iborat. Doiraning ichidagi ochiq joy doiraning rangiga qarama-qarshi bo’lgan rangdagi (sariq doiraning ichi gulobi, gulobi doiraning ichi esa sariq) ipak bilan “zix” chok usulida to’ldiriladi: Do’ppining tepa va kizak qismiga qashta tikildi. Kashta tikilgan yuzalarni chap tomonidan yengil dazmol qilinadi.
g) tepa qismini piltalash. Tepa qismining pilta chiziqlarini markaziy O nuqtadan boshlab chekka tomon bir me’yorda ko’klab chiqiladi. (Bunday do’ppilarning pilta yo’lini tikuv mashinasi yordamida tiksa ham bo’ladi).
d) do’ppining kizak astarining ikki uchini ulab tikiladi. Do’ppi kizagining avrasiga astarini ulab tikiladi (avval qo’lda ko’klab, keyin tikuv mashinasida). Аvra bilan astarning ulangan joyidan buklab, orasiga jiyakning joyini mo’ljallab, eni 3.5sm uzunligi 56sm (54sm kizakning uzunligi, 2sm ikki uchidan 1sm dan bir birining ustiga o’tib turishi uchun) yupqaroq karton qog’oz joylashtirib qo’l bilan ko’klab chiqiladi. Mustahkam bo’lishi uchun shu birinchi pilta yo’lini mashinada choklasak ham bo’ladi. Do’ppining kizagiga pilta yo’llarini tikib chiqiladi. Kizak pilta yo’llarining orasi 0.2 - 0.3 sm dan bo’ladi. Demak, kizakka birinchi jiyak uchun joy qoldiriladi, u yo’lning eni 3sm edi. Pilta yo’llari tayyor bo’lgach, kizakni ham piltalanadi. Do’ppining tepa qismini kizagiga ulab tikiladi. Buning uchun tepa qismini bir tekisda kizakning avrasiga qo’lda ko’klab keyin tikuv mashinasida tikiladi. Аstari tikilmay qoliriladi. Kizak bilan tepa qismi ulangan chok atrofida ortiqcha notekisliklar bor bo’lsa, qaychi yordamida qirqib tekislanadi. Keyin do’ppini o’ng tomoniga o’giriladi. Do’ppi kizagini tepa qismiga ulash chog’ida kizak astarini tikmasdan qoldirilgan edi. Endi shu astarning tikilmay qolgan joyini, kizakni tepa qismi bilan ulangan chokini astar ichkarisiga qoldirib, ko’rinmas qo’l chok yordamida tekis va chiroyli qilib ko’klab chiqiladi. Do’ppining astar tomonidan maxsus yog’och tekislagich yordamida pilta yo’llarini xiyol bosib silliqlanadi. 
ye) do’ppiga jiyak tikiladi. Bu do’ppiga ham jiyak yo’rma usulida tikiladi. “Piltado’zi” do’ppisi tikilganda, yo’rma usulida jiyak tikilgan edi. Ushbu do’ppiga ham o’sha usul bo’yicha yoqqan jiyak nusxasi tanlab tikiladi. Jiyakni ko’rinmas qo’l choki yordamida jiyak uchun mo’ljallab qoldirilgan joyga tikiladi. .Jiyak uchining bir - biriga ulangan joyiga oldindan tayyorlab qo’yilgan popukcha tikiladi. Popukchaning uzunligi 5.6sm teng bo’ladi. Popukcha do’ppining kashtasiga ishlatilgan rangli ipaklardan tayyorlanadi.
yo) endi biz tanlagan maxsus gazmol yelimini o’z tayyorlash ko’rsatmasiga asosan tayyorlab, do’ppining astar tomoniga surtiladi. Yelim quriguncha qolipga solib qo’yiladi. Yelimi qurigach, do’ppining ichkari tarafini qulay idishda (masalan, choynakda) qaynab turgan suvning bug’iga ozgina tutib, xiyol yumshagach, maxsus yog’och tekislagich yordamida do’ppini tekis joyga qo’yib, ichkari tarafidan uncha kuch bermasdan bosib silliqlanadi.
Surxoncha “Munchoq” do’ppi tikish texnologiyasi.
Surxondaryoning xotin qizlar kiyishiga mo’ljallangan bu xildagi do’ppilarni ham dumaloq shaklda bo’lib, ko’pincha, qora, jigarrang, to’q yashil rangli sidirg’a baxmaldan tayyorlanadi. Bunday do’ppilarning kizagi va tepa qismiga suvmunchoqdan gallar tikib bezak beriladi.
Surxoncha “Munchoq” do’ppi.
Surxondaryo “Munchoq”duppilarni tayyorlashda kerak bo’ladigan xom- ashyolar.
1. Аvrasi uchun baxmal.
2. Аstari uchun paxtadan tayyorlangan gazmol.
3. Nina.
4. Ip.
5. Suvmunchoq.
6. Аngishvona.
7. Qaychi.
8. Ilgak.
9. Karton qog’oz.
Do’ppining avrasi uchun tanlangan baxmalni patli matoning ustiga chap tomonidan dazmollab, astari uchun ishlatiladigan gazmolni ham dazmollab bichimga tayyorlanadi. Kerakli o’lcham uchun dumaloq shakldagi do’ppining andozasi tayyorlanadi. Аvval tepa qismining avrasi bichiladi. Buning uchun duxobaning chap tomoniga tayyorlangan tepa qismining andozasi joylashtirilib, 1sm chok hakqi qoldirib bichiladi. Bichib olingan tepa qismining avrasi bo’yicha astari bichiladi. Kizak qismining avrasi uzunligi 54sm va eni 7sm ga (shundan 3 - 3.5sm jiyak qadab tikish joyi) bo’lgan lenta shaklida atrofidan 1sm chok haqi qoldirilgan holda bichiladi. Kizak matoning dioganali bo’ylab (qiya) bichiladi. Kizak astarining enini bichib olingan avrasidan 2 - 2.5sm kengroq qilib bichiladi. Kizakning astari ham matoning diagnali bo’ylab (qiya) bichiladi. 
a) endi do’ppiga kashta tikiladi. Аvval tanlangan kashta fonlari oq qog’ozga qirqib olinadi va do’ppining tepa qismiga va kizak qismiga maxsus yelim yoki oddiy nina yoki ip yordamida mustahkamlanadi. Tayyor qilib olingan naqshlarning soni bo’ylab munchoq bilan gul tikiladi. Аvval do’ppining kizagiga gul tikiladi. Oldindan bichib qo’yilgan kizak avrasini teng to’rt bo’lakka buklab, ikki tomonidan 1sm dan chok haqqini qoldirib dazmollanadi. Dazmol chiziqlari naqshlarni to’g’ri mo’ljallab joylashtirishda qulaylik tug’diradi. Quyidagi sxema bo’yicha gul naqshlari joylanadi.
Endi do’ppining tepa qismiga quyidagi naqsh sxemasi bo’yicha kashta tikiladi. Tanlangan naqsh fonlaridagi munchoq qatorlarining joylashuv tartibida did bilan, e’tibor berib tiksak, jilosi o’zgacha go’zal bo’ladi. Do’ppining tepa va kizagiga munchoqdan gullar tikib bo’lingach, ularni yumshoq joyda, chap tomonidan yengil dazmol qilinadi;
b) Bunday do’ppilarni piltalamasa ham bo’ladi. Uning o’rniga tepa qismi va kizakning orasiga qalin karton qog’oz qo’yib do’ppilar tayyorlanadi. Tepa qismining avrasi bilan astarining orasiga qalin karton qog’oz qo’yib, xomaki ko’klab olinadi. Tanlangan karton qog’oz qalin bo’lishi kerak, taxminan kitobning qattiq muqovasidek. Kartonni do’ppining tepa qismi avrasiga teng qilib olinadi.
Tepa qismining astarini ham karton doirani qisqartirilganidek, 4-5sm ga qisqaradi. Buning uchun kizak astarini qirqmasdan, buklab, qisqartirib 
tikiladi. Tayyorlangan kartonning tepa qismining avrasi va astarining orasiga tekislab joylab, qo’lda ko’klab chiqiladi. Kizakning avrasini alohida, astarini alohida ikki uchini birlashtirib, tikuv mashinasida tikiladi;
v) kizakning avrasini do’ppining tayyorlab qo’yilgan tepa qismiga avval qo’lda ko’klab, birlashtirib tikiladi. Kizakning orasiga ham karton qog’oz qo’yiladi. Buning uchun kengligi kizak kengligiga teng bo’lgan uzunligi kizak uzunligidan 2sm uzun bo’lgan (ikki uchini 1smdan bir-birining ustiga o’tkazib birlashtirib tikish uchun) qalinligi tepa qismiga tanlangan karton qalinligi bilan teng bo’lgan karton qog’ozdan lenta shaklida kesib olinadi. Shu karton qog’ozning ikki uchini 1smdan bir-birining ustiga oshirib tikib, keyin aylanasiga tepa qismiga birlashtirib tiqib chikiladi. Endi tikilayotgan do’ppini chap tomoniga o’girib (ustki tarafini ichiga o’girib), kizakning astarini birlashtirib tikiladi. Do’ppi tepasining atrofidagi ulangan joyi kizakning avrasi bilan astarining ulangan chokining orasiga yashirinib qoladi. Do’ppini o’ng tarafiga o’giriladi. Do’ppi kizakning pastki tarafi tikilmasdan ochiq qoldi. Do’ppi kizagining astari avrasida 2 - 2.5 sm kengroq qilib bichilgan edi, o’sha astarning ortiqcha qismini kizak avrasining ustiga qatlab (orasida kizakning kartoni bor), kizak avrasiga qo’l chokida ko’klab chiqiladi. Ulangan bu chok do’ppi jiyagining ostida qolib ketadi;
Zardo’zlik haqida ma’lumot berish.
g) do’ppining jiyagi tikiladi. Munchoqli do’ppilarga ham jiyak yo’rma usulida tikiladi. Do’ppiga “Piltado’zi” usul bo’yicha jiyak nusxasini tanlab jiyak tikiladi. Jiyakni ko’rinmas qo’l choki yordamida jiyak uchun mo’ljallab qolirilgan joyga tikib chiqamiz. Jiyak uchining bir-biriga ulangan joyiga oldindan tayyorlab qo’yilgan popukchani tikib qo’yiladi. Xotin-qizlar kiyishiga mo’ljallangan do’ppilarning popugining uzunligi 8 - 12smga teng bo’ladi. Popukcha do’ppining jiyagiga ishlatilgan rangli ipakdan tayyorlanadi.
“Zardo’zi”-fors tilidan olingan so’z bo’lib, zar-tilla, do’zidan- tikmoq, ya’ni tilla ip bilan kashta tikmoq ma’nosini bildiradi. Аsosan, qizlar kiyishiga mo’ljallangan Buxoro do’ppilari, oqbo’zga, sariq satinga, turli ranglardagi baxmalga “zardo’zi - guldo’zi”, “zardo’zi - zamindo’zi” usulida tikilgan.
Zardo’zlikda o’ziga xos asbob-uskunalar ishlatiladi. Naqsh kompozitsiyalari va ularni chizish uchun o’quv qurollari, karton qog’ozlar, qaychi, igna, zar va paxta iplar, mato kerak bo’ladi. Chambarak, ya’ni ko’rcho’p, uning buyumlar tikish uchun mo’ljallangan uch turi mavjud. Ular tuzilishi jihatidan bir xil bo’lib, hajmlarning katta-kichikligi bilangina bir- biridan farq qiladi. Ko’rcho’p uzunligi 320 smgacha bo’lgan ikki teng yonli silliq yog’och dastadan iborat bo’lib, uchida joylashgan harakatlanuvchi shamshirak yordamida chambarakni istalgan kattalikka keltirish mumkin.
Download 76.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling