O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar jismoniy tarbiyasida milliy va harakatli oyinlarning tarbiyaviy ahamiyatini ilmiy-amaliy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
- II BOB. Tadqiqot maqsadi, vazifalari, uslubiyati va uni tashkil qilish . . . . . .
- III BOB. Pedagogik tadqiqot jarayonida olgan natijalarni tahlil qilish. . . . . . .
- Ishning maqsadi va vazifalari.
- I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI
- 1.2. 7-8 yoshli bolalar jismoniy tarbiyasining ijtimoiy-ruxiy asoslari
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI BOSHLANG’ICH TA’LIMI USLUBIYOTI FAKUL’TETI
FAKULTETLARARO JISMONIY TARBIYA VA SPORT KAFEDRASI
BOLALAR JISMONIY TARBIYASIDA MILLIY VA HARAKATLI O’YINLARNING TARBIYAVIY AHAMIYATINI ILMIY-AMALIY ASOSLARI
MALAKAVIY BITIRUV ISHI bakalavr darajasini olish uchun
Ish ko’rib chiqildi va himoyaga qo’yildi ______________ «_____»____________2013 y.
Ilmiy rahbar: kat.o’q.N.K.O’tkirov _____________
NAVOIY-2013 2
KIRISH . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 1.1. O’quvchilarni jismoniy tarbiyalashda o’zbek milliy harakatli o’yinlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari.. . . . . . . . . . .. . 1.2. 7-8 yoshli bolalar jismoniy tarbiyasining ijtimoiy-ruxiy asoslari.. . . . . . 1.3. Boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy tarbiya darslarida milliy o’yinlardan foydalanishning muxim omillari. . . . . . . . . . . .. 1.4. Bolalar jismoniy tarbiyasida milliy harakatli o’yinlardan foydalanish zaruriyatlari …………………………………..... . . . .. . . II BOB. Tadqiqot maqsadi, vazifalari, uslubiyati va uni tashkil qilish . . . . . . 2.1. Mazkur malakaviy ishining maksadi.. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 2.2.Tadqiqot vazifasi.. . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. 2.3. Tadqiqotda qo’llanilgan usullar.. . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 2.4. Test mashqlari. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 2.5. Pedagogik tajriba . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 2.6. Matematik statistikasi. . . . . . . . . . . ..... . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
3.1. Jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi milliy harkatli o’yinlar tasnifi va ularni o’rgatish yullari. . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . ……................................ 3.2. Atsiklik jismoniy mashqlar nagruzkasini me’yorlash…………. 3.3. Harakatli o’yinlarni me’yorlash..........................................................
3
Mavzuning dolzarbligi. O’zbek xalqining ming yillar davomida yaratgan, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan ijod boyliklarini to’plash, o’rganish, bu boy xazinalar asosida yosh avlodni ma’naviy boy, axloqiy pok, jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bugungi kunnig dolzarb masalalaridan biridir. Ayniqsa, O’zbekiston mustaqillikga erishgandan so’ng milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Bu hayotning hamma jabhalarida turli darajada o’zini namoyon eta boshladi, jumladan tarbiyaning asosiy qismlaridan biri jismoniy madaniyatda ham. “Jismoniy tarbiya, - deyiladi O’zbekiston Respublikasinig “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi qonuni”da, - O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi qonuni” da, - O’zbekiston Respublikasi xalqlar milliy madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va madaniy, ma’naviy kamolatining muhim vositasi” ekanligi ta’kidlanadi (1). Bu esa yosh avlodni sog’lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy madaniyat oldiga katta ma’suliyatli vazifalar qo’yadi. YOsh avlodni jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, ularning jismoniy sifatlarini rivojlantirishiga qaratilgan jismoniy madaniyatini milliylashtirishiga, bunda xalqimizning unitilib borayotgan milliy o’yinlarini to’plash, hayotga-maktabga tadbiq etish, rivojlntirish yo’llari va usullarini qayta ko’rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
O’zbek xalqining ko’p yillar davomida shakllangan, avlodlariga meros bo’lib qolgan milliy harakatli o’yinlaridan foydalanish mustaqillikka erishgan bugungi kunlarimizda juda ham zarur. O’zbek xalq milliy harakatli o’yinlarini ilmiy jihatdan tadqiq etish, ularni maktab, bog’cha o’quv dasturlariga kiritish, ijtimoiy-tarbiyaviy 4 ahamiyatga ega bo’lgan turlarini sport darajasiga ko’tarish jismoniy madaniyat fani oldidagi eng dolzarb muammolardan biriga aylanganligini ko’rsatadi. SHu nuqtai nazardan qaraganda biz tanlagan mavzuning dolzarbligi va muhimligi yaqqol namoyon bo’ladi. Maktabda jismoniy tarbiya darslarida xalq milliy harakatli o’yinlarini o’tkazish usullarini to’liq egallamagan o’qituvchilar hozircha ko’pchilikni tashkil etadi. Buning ustiga ijtimoiy voqe’lik, pedagogik amaliyot va nazariyot keng omma o’rtasida tug’ilib, rivojlangan xalq pedagogikasining eng yaxshi yutuqlaridan samarali qo’llash, xalq pedagogikasi g’oyalari asosida fikr yuritish o’quv tvrbiyaviy ishning muvaffaqiyatini ta’minlovchi hal qiluvchi omillardan ekanligiga guvoh beradi. SHu bois tadqiqot natijalaridan amaliyotda keng foydalanish mumkin.
Ishning nazariy ahamiyati shundaki, unda asosiy va muhim o’rinni tajriba-tadqiqot ishlari, tahlillar tashkil etadi, maktabda jismoniy tarbiya darslarida o’zbek xalq milliy harakatli o’yinlari vositasida 7-8 yoshli bolalarda pedagogik ta’sirning to’liq, aniq maqsad asosidagi yo’nalishi yaratiladi. Ishning maqsadi va vazifalari. Hozirgi zamon pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biri xalq xazinalarini insonparvar pedagogik tarbiya tizimida qo’llash va ulardan mohirona foydalanish, bu bebaho, xalqchil, ma’naviy boyliklarni o’qituvchilarning har kungi ta’lim-tarbiyaviy ishlariga aylantirishdan iborat. SHunga ko’ra o’sib borayotgan avlodning tarbiya tizimida xalq pedagogikasi tajribalari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblanadi.
SHundan kelib chiqib, tadqiqotning maqsadini maktabda jismoniy tarbiya darslarida xalq milliy harakatli o’yinlaridan foydalanish orqali 7-8 5 yoshli o’quvchilarning jismoniy sifatlarini oshirish yo’llarini aniqlash, rivojlantirish, milliy o’yinlarning rolini oshirishning samaradorligini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotda mana shunday maqsadlarni ko’zda tutgan holda, biz o’z oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydik. 1) jismoniy madaniyatning xalq an’analari bilan bog’liqligini ko’rsatib berish, o’zbek xalq o’yinlarining va respublika ijtimoiy hayotining turli tomonlari bilan bog’liqligini oydinlashtirish; 2) xalq milliy haraktli o’yinlaridan foydalanish orqali umumta’lim maktablarining 7-8 yoshli o’quvchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlab, rivojlanish jarayonini kuzatish orqali ma’lum xulosalar chiqarish; 3) jismoniy tarbiya darslarida o’zbek xalq o’yinlaridan foydalanish orqali bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalashning samarador usullari, shakllari, yo’llarini aniqlash; Tadqiqotning ob’ektini o’zbek xalq milliy o’yinlari, maktab o’quvchilarining jismoniy rivojlanish jarayoni umumta’lim maktablaridagi 7-8 yoshli bolalarning milliy harakatli o’yinlarga asoslangan jismoniy tarbiya darslari tashkil etadi. 6
o’yinlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari
Jismoniy madaniyatning komil insonnini jismoniy tarbiyalashlik muqaddas vazifalarini bajarishda barcha o’quv yurtlari ta’lim tizimidagi yosh avlodni jismoniy baquvvat, chaqqon, irodali, vatanparvarlik ruxida tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” qonuni (6), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (2) hamda “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qonunlari (1), O’zbekiston Respublikasi Prezidentening 2002 yil 24 oktyabrdagi PF-31-54 sonli “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish” to’g’risidagi farmonni (8) va uni bajarish tadbirlariga suyangan xolda yangi usullarni tashkil qilish va o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ishlar samarali bajarilishi uchun bolalarning eng kichik yoshidan boshlab milliy o’yinlar vositasi bilan jismoniy salomatlik “poydevorini qurish” ni amalga oshirish mumkin.
O’zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish to’g’risida Kadrlar tayyorlashdagi oqilona tizim g’oyat muxim ahamiyatga ega. SHu bois respublikamizda jismoniy madaniyatning maqsad va vazifalari hukumatning hamda respublika madaniyat va sport ishlari vazirligining qarorlarida kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Respublikada amalga oshiralayotgan jismoniy madaniyatning o’z oldiga qo’ygan maqsadi sog’lom, ruhan tetik va bunyodkor insonni xayotga tayyorlashdan iborat. Bu maqsad Respublikada jismoniy madaniyat bilan shug’ullanuvchi barcha muassasa tashkilotlar uchun zaruriy vazifadir. 7
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Biz sog’lom avlodni tarbiyalab yetkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki sharqona odob-axloq va umumbashariy g’oyalar ruxida kamol topgan insonni tushunamiz”, - deydi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi yig’ilishidagi ma’ruzasida. “Sog’lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilganligi, xalqaro xayriya jamg’armasi tashkil qilinganligi xam kelgusida sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi.
Har kim o’zini jismonan tarbiyalashi uchun jismoniy madaniyat va sportning zarurligini tushunib yetishi va qunt bilan o’ziga yoqqan ma’lum bir jismoniy mashg’ulotlar tizimi asosida salomatligini shakllantirishi kerak. Xalqimiz farzandlarining jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish tarbiyaning ajralmas qismi bo’lgan jismoniy madaniyat jarayonida amalga oshiriladi.
Jismoniy madaniyatning maqsadi jamiyatning sog’lom, xushchaqchaq, har tomonlama jismoniy rivojlangan, mehnat va Vatan himoyasiga tayyor turgan quruvchilarini tarbiyalashdan iborat uzoq muddatli, uyushtirilgan pedagogik jarayondir.
Jismoniy madaniyat jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi: a) sog’liqni mustahkamlash organizmni chiniqtirish va jismoniy rivojlanish darajasini hamda ish qobiliyatini oshirish; b) hayotga zarur bo’ladigan, jumladan, amaliy xarakterga ega bo’lgan harakat malaka va ko’nikmani egallash; v) kishining ma’naviy va irodali sifatini tarbiyalash; g) jismoniy sifat (tezkorlik, kuch, epchillik, chidamlik ) ni o’stirish; d) maxsus sport mashqini bajarish texnikasini egallash.
SHu bilan birga o’zbek xalq milliy o’yinlarini to’plash va ularni hayotga tadbiq etish, ulardan oqilona foydalanish bugungi kunda oldimizda turgan ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muhim vazifa bo’lib 8 hisoblanadi. Ushbu vazifa yosh avlodni sog’lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy madaniyat oldiga ham katta ma’suliyat yukladi. YOshlarni har tomonlama jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, o’quvchilar jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bu muammoni umumta’lim maktab o’quvchilari jismoniy madaniyatini tashkiliy va pedagogik jarayonlar bilan birga bir-biriga bog’lab kelgan uzviylikda ko’rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi, bunda milliy xalq o’yinlarining roli katta ekanligini qayta-qayta ta’kidlab o’tmoqchimiz. SHuning uchun xalqimizning asrlardan-asrlarga o’tib kelayotgan milliy o’yinlarini avaylab- asrab keyingi avlodga yetkazish yo’llarini izlash, ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish bizning maqsadimizdir.
Milliy xalq o’yinlarini xalqimzning bir necha yillik madaniy boyliklari haqidagi tasavvurlarini ma’lum darajada kengaytiradi, hozirgi hayotga singdirish yo’llarini boyitishga yordam beradi.
Milliy harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning eng ta’sirchan usullaridan bo’lib, o’quvchilarda aqliy, ahloqiy va nafosat tarbiyasini birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir. SHuning uchun bolalar o’yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning hatti- harakatlari kabi jihatlariga ham e’tibor berish zarur. Boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy madaniyatini qiziqarli va foydali o’tkazish uchun biz tavsiya etayotgan ba’zi milliy o’yinlardan foydalanishda ham xuddi shu xususiyatlarga e’tibor berish kerak.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida qadriyatlarga muhabbat uyg’otish, xalq an’analarini avaylab-asrashga o’rgatish ko’p jihatdn o’zbek xalq milliy o’yinlpridan unumli foydalanib bilishga bog’liq. CHunki milliy o’yinlar orqali bola bir tomondan jismoniy bilimlarni egallasa, ikkinchi tomondan, jismoniy madaniyaga qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi. 9 O’quvchilarning jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish masalalari ko’pgina olimlar tomonidan o’rganilgan. (20,34,36,54,61,69,70) kabi olimlarning tadqiqotlarida bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi, harakat faolligi sustligi aniqlangan.
Xalq milliy o’yinlarining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlarini o’rganish borasida talay ishlar qilindi.. Bir qancha olimlar (20,34,36,54) o’z tadqiqotlarida xalq milliy harakatli o’yinlarida foydalanish haqida u yoki bu darajada fikr yuritganlar.
Bolalar va o’smirlarning harakat faolligini oshirishga yordam beradigan omillar: milliy harakatli o’yinlar, milliy mashqlar elementlari, bellashuvlar va sport turlari, jismoniy tarbiyaning an’anaviy vositalaridan foydalanish yo’llari ko’rsatilgan.
So’nggi yillarda professor F.N.Nasriddinov boshchiligida bir guruh mutaxasisliklar, yosh tadqiqotchilar milliy o’yinlarni o’rganish, ularni xalq o’rtasida ommalashtirish maqsadida bir qator ilmiy-amaliy ishlarni, nashrlarni amalga oshirishga muvaffaq bo’ldilar. Bu sohada proffesor A.Q.Atoyevning ilmiy ishlarini ham aytib o’tish o’rinlidir. Uning xalq o’yinlaridan maktabda, oilada, darsdan tashqarida, jamoat joylarida foydalanish haqidagi bolalarni tarbiyalashda chaqqonlik, epchillik darkor, kuch-quvvat kabi xususiyatlarining takomili to’g’risidagi tadqiqotlari qiziqish uyg’otadi. Bulardan tashqari har yili o’tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjumanlar va shu munosabat bilan nashr etilayotgan to’plamlarda ham xalq milliy o’yinlariga e’tibor kuchaygani, ularni o’rganish, to’plash borasida tadqiqotlar yaratilmoqda (21).
SHu bilan birga pedagogika fani ham yoshlarning jismoniy tarbiyasi, ularda harakatli sifatlarni rivojlantirish, muntazam olib boriladigan 10
mashg’ulotlar orqali jismoniy madaniyatga extiyoj va qiziqishni uyg’otish muammolariga xamisha diqqat qilib keldi va kelmoqda.
Ko’rinadiki, bir qator ishlarda u yoki bu tarzda mazkur muammo haqida fikrlar yuritilgan bo’lsa-da, o’zbek halq milliy o’yinlari vositasida 7-8 yoshli o’quvchilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash muammosi jismoniy madaniyat tizimida hamda, xalq pedagogikasida to’liq xolda maxsus tadqiqod predmeti bo’lgan emas. SHu nuqtai nazardan qaraganda, mazkur ish bu muammoni ilmiy yo’nalishda yechishga qaratilganligi bilan muhimdir. Bu esa eng avvalo Respublikamizning mustaqilligi, qolaversa, xayot talablari asosida o’zbek xalq milliy o’yinlarini tashkil etish bilan bog’liq masalalarni to’liq yaxlit holda ilmiy-pedagogik asoslash va ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Tarbiya doimo jamiyat uchun muhim vazifani bajargan va kishilarning turli avlodlari o’rtasidagi aloqa va vorislikni amalga oshirgan tarbiyaning o’z maqsadi va vazifalari, mazmuni, shakli va usullari bo’yicha davrlarosha o’zgarib borgan. Bu o’zgarishlar kishilar o’rtasidagi munosabatlar bilan chambarchas bog’liq. SHundan kelib chiqib, tarbiyada Vatan himoyasiga tayyor, mehnatga ijtimoiy faoliyatga, hayotga har tomonlama rivojlangan komil insonni tarkib toptirishga e’tibor berish kerak. Jismoniy ma’daniyat tarbiya jarayonida bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun tarbiyaning bir-biri bilan o’zaro bog’langan har birining mazmuni, vositalari, shakl vausullarining o’ziga xos xususiyatlarini tushunish kerak bo’ladi. Bizning ilmiy tadqiqot ob’ektimiz bo’lgan o’zbek xalq milliy o’yinlarida boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy sifatlarini
11
tarbiyalashda ham ana shu o’ziga xosliklarni hisobga olish zarurligi kelib chiqadi. Pedagogikada qabul qilingan yosh davrlaridan biz uchun eng muhimi kichik maktab yoshidir. Har bir yosh guruhiga jismoniy va ruhiy rivojlanishining muayyan darajasi mos keladi.
Kichik maktab yoshining xususiyatlari. Kichik maktab yoshida o’qish bolaning butun hayot tarzini o’zgartiradi va unga yangi talablar qo’yadi. CHunki bog’cha yoshida bolalarda, asosan nutqining rivojlanishiga, ahloq me’yorlarining shakllanishiga asosiy e’tibor beriladi. Ularni tarbiyalashda maxsus tashkil etiladigan o’yin faoliyati katta o’rin tutadi. Bolaning rivojlanishi uchun didaktik ta’lim beruvchi va jamoa bo’lib birgalikda harakat qilishga o’rgatuvchi o’yinlardan foydalaniladi.
Kichik maktab yoshida organizmning umumiy yetilishi fonida bolalarning harakat sohasi jadal rivojlanadi. Bu davr sport bilan, jismoniy madaniyat bilan faol shug’ullanish uchun juda qulaydir.
Mana shu jihatdan bolaning aynan shu xususiyatlarni rivojlantiruvchi milliy xalq o’yinlaridan foydalanish tarbiyada ko’zlangan maqsadga yetish imkonini tezlashtiradi.
Jismoniy rivojlanishning jadalligi skletning tez o’sishi, umurtqa pog’onasini bukikligining shakllanishi, yurak, tomir tizimining rivojlanish xususiyatlari va boshqalar bolaning oqilona tashkil etilgan va butun hayot rejimini talab etadi.
Turli yoshdagi har xil jinsdagi bolalar ruhiyatining rivojlanishi, o’zgarishlari, ularning ahloqiy va jismoniy kamol topishiga ijobiy ta’sir qiladigan omillar, shart-sharoitlarni bilish, ulardan unumli foydalanish xozirgi kunlarda o’qituvchilar, jismoniy madaniyat mutaxassislari uchun nihoyatda zarur bo’lib qoldi. 12
Har bir o’quvchi yosh davrining ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy madaniyat darslarini olib borish orqali o’quvchilar ongiga, ruhiga ta’sir o’tkazish o’z vaqtida o’z-o’zini anglashni vujudga keltiradi. Bolada o’zini anglash tuyg’usi qancha erta uyg’onsa, shaxsiy nuqtai nazar, o’z huquqini his etish, o’zining aqliy va jismoniy imkoniyatlarini baholash shunchalik tez paydo bo’ladi.
Boladagi e’tiqod, muomala, muloqot, mustaqil xulq -atvorni shakllantirish, ulardagi tashabbuskorlik hamda to’siqlarni yengishga intilishni jismoniy madaniyatda milliy xalq o’yinlari orqali xam tarbiyalash mumkin, bunda ularga yosh psixalogiyasi xussiyatlaridan kelib chiqqan holda ruhiy turtki berish maqsadga muvofiqdir.
O’zbek milliy xalq harakatli o’yinlarining bolalarning ruhiy jihatdan kamol toptirishda ahamiyati ulkan. Umuman, o’yinlarning ahamiyati haqida ko’pchilik ruhshunoslar va pedagoklar qimmatli fikrlarni aytib ta’kidlab o’tishgani ma’lum (15,16,17,21,46,67,68,69,70). Eng sodda ruhiy jarayonda eng murakkab ruhiy jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o’yinlar katta rol o’ynashini jahon psixologlari ham turli davrlarda turlicha yo’llar
bilan isbotlab berishgan (15,16,17,21,46,67,68,69,70).
O’yinlar bolalar uchun voqe’likni aks ettirish vositasidir. Bu voqe’lik bolani qurshab turgan voqe’likdan ancha qiziqarlidir. O’yinning qiziqarliligi, uni anglab yetishning osonligidadir. Kattalar xayotida faoliyat, xizmat, yumush qanday ahamiyatga ega bo’lsa, bolalar hayotida ham o’yin xuddi shunday ulkan ahamiyat kasb etishi mumkin.
O’yin mazmunining rivojlanishi bolaning kattalar hayoti va faoliyatining mohiyatiga chuqurroq kirib borishida, atrofdagi voqea- xodisalarga mknosabatining o’zgarishida, shuningdek, o’yin mazmuni ham syujeti shart-sharoit va jamiyat a’zolari turmushining tobora to’g’ri aks
13
ettirishida ko’rinadi. SHuning uchun bolalarda o’yin qobiliyatining o’sishi o’z-o’zicha yuzaga kelmaydi, balki kattalarning, tarbiyachilarning ta’siri natijasi atrof muhit bilan tanishish, sayrlar uyushtirish, shaxslar aro munosabatlarning mohiyatini tushuntirish va hokazolar natijasida amalga oshadi.
Katta kishilar xayoti va faoliyatining o’rnini bosuvchi narsalar ularni harakatini umulashgan xolda ifodalashning moddiy tayanchi hisoblanadi. SHunday ekan, o’yin faoliyatida bola harakatini rivojlanishi o’yin mazmuniga ko’proq bog’liqdir. CHunki bolaning hatti-harakati qanchalik ixcham va umulashgan bo’lsa, ular kattalarning faoliyati mazmunini aks ettirishda shunchalik yiroqlashadi. Binobarin, u odamlarning narsalarga va bir-birlariga munosabatini amalda bajarishaga o’tadi va shuning uchun narsalar bilan harakat qilishda kattalarning munosabatlarini to’g’ri ifodalashga intiladi.
Har qanday o’yinning va o’yin faoliyatining diqqat markazida bola kattalarning faoliyati va o’zaro munosabatini, muomalasini o’ziga xos tarzda aks ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. SHunga ko’ra o’yin ijtimoiy axamiyat kasb etib, bolada insoniyat tomonidan asrlar davomida yaratilagan qimmatli bilimlar, amaliy ko’nikmalar, malakalar va odatlarni, xalqning ijodiy boyliklarini o’rganishga imkoniyat yaratiladi, oqibatda uni shaxslar aro muloqotlarning mohiyatiga olib kiradi.
Bolalar jismoniy tarbiya darsining boshqa shakllariga nisbatan o’yinlarda ko’proq so’zlashni eslab qolish va esda tutish imkoniyatiga ega bo’ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Bundan esa shunday xulosa kelib chiqadi. 1. O’yin bola tomonidan ma’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bo’lib, birtalay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi.
14
2. SHu boisdan personajning nutq boyligini egallash, hatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo’ladi va oson amalga oshadi. O’yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, bolaning hulq- atvoriga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ham, boshlang’ich sinf o’quvchilarda ham, yuqori sinf o’quvchilarida ham o’z xulqini boshqarish ko’nikmalarini o’yinlar orqali ham tarkib toptirish munkin. CHunki biror maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotga nisbatan milliy xalq o’yinlarida xulq ko’nikmalarni oldinroq va osonroq egallash mumkin. Ayniqsa, bu omil maktabgacha yoshdagi bolalarda yosh davrining xususiyati sifatida o’zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o’z xulqini o’zi boshqarish ko’nikmasi o’yin faoliyatida ham boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba’zan ular ayrim vaziyatlarda, masalan; musobaqa paytida o’yindagiga qaraganda yuqoriroq ko’rsatkichga erishishlari ham mumkin.
O’yin va o’yin faoliyati bolada o’z hulqini boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Halq o’yinlari faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to’g’risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatining yaqqol narsalar bilan bog’liq jihatini aks ettiradi. Narsa bilan o’yin harakatlarining takomillashuvi harakat shakli, xususiyati, bosqichi, u kabilarni qisqartirish va umumlashtirish xisobiga amalga oshiriladi. O’yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ularning aqliy ko’rinishidagi mantiqan izchil, shaklga o’tishning asosini tashkil qiladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling