O‘zbekiston respublikasi xorijiy mamalakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi to‘G‘risida


Download 32.95 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi32.95 Kb.
#244441
  1   2   3
Bog'liq
O


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XORIJIY MAMALAKATLAR BILAN TASHQI IQTISODIY ALOQALAR VAZIRLIGI TO‘G‘RISIDA

1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik yoki TIAV deb ataladi) respublikaning barcha tashqi iqtisodiy aloqalarini muvofiqlashtirishni, tartibga solishni, nazorat qilishni hamda boshqarishni amalga oshiruvchi, respublikadan tashqarida, shuningdek, chet ellarda O‘zbekiston Respublikasining vakili bo‘luvchi, barcha tashqi iqtisodiy masalalarda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlari borasida respublika nomidan hamda respublika manfaatlarini ko‘zlab qatnashuvchi davlat organi hisoblanadi. Vazirlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bevosita rahbarligi ostida amalga oshiradi.

2. Vazirlik yagona tashqi iqtisodiy siyosatni hamda uni rivojlantirish strategiyasini shakllantirish hamda amalga oshirish, ham ichki, ham tashqi bozorda umumdavlat manfaatlarini ta’minlash, chet el mamlakatlari bilan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, savdo-sotiq, sport, madaniy hamkorlikning samaradorligini oshirish, turistik va boshqa xil aloqalarni, hamkorlik qilishning yangi shakllarini rivojlantirish, bu sohadagi boshqaruvni takomillashtirish hamda xalqaro maydonda samarali ish olib borishlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga zarur sharoitlar yaratib berish maqsadida tuzilgandir.

3. Vazirlik o‘z faoliyatida xalqaro huquq me’yorlariga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzgan bitimlariga, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, Vazirlik faoliyatiga taalluqli bo‘lgan boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qiladi.

4. Vazirlik o‘z faoliyatini tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning umumdavlat, savdo-siyosiy, iqtisodiy, rejaviy, valyuta-kredit, moliyaviy va tahliliy masalalariga, ularning samaradorligini oshirishga, ana shunday aloqalar tartibini takomillashtirishga hamda vazirliklar, idoralar, tashqi iqtisodiy tashkilotlar, birlashmalar va korxonalar, jamoat tashkilotlari, konsorsiumlar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqa davlat hamda jamoat korxonalariga, mulkchilikning barcha shaklidagi tashkilotlarga, shu jumladan jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda “Tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari” yoki “Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari” deb yuritiladi) ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratadi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining asosiy vazifalari:

tashqi iqtisodiy sohada O‘zbekiston Respublikasi davlat istiqloli va iqtisodiy mustaqilligi qoidalarini ro‘yobga chiqarishdan;

O‘zbekiston Respublikasining tashqi aloqalarini har tomonlama va teng huquqli asosda rivojlantirishni ta’minlash zamirida yagona tashqi iqtisodiy, valyuta-kredit, investitsiya va narx-navo siyosati yuritishni, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishda bu aloqalarning samaradorligini oshirishni ta’minlashdan;

tashqi iqtisodiy, valyuta-kredit siyosati hamda O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish va bunday aloqalar istiqbolini belgilash tizimi hamda ularni rivojlantirish dasturlarining muhim masalalari yuzasidan takliflar ishlab chiqishda faol qatnashishdan;

iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy masalalar va hamkorlikning o‘zga turlari bo‘yicha, shu jumladan to‘lov hisob-kitob munosabatlari, chet el kreditlarini olish va davlat kreditlarini. berish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining chet el mamlakatlari bilan, xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalarini tayyorlashda ishtirok etishdan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining topshirig‘iga binoan muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzishdan;

davlat, bank va tijorat kreditlarini jalb etish ishlarida ishtirok etishdan, ularning hisobini yuritish va ulardan qanday foydalanilayotganligini nazorat qilishdan, kredit evaziga a’mollar bajarish uchun o‘z tasarrufidagi tashqi iqtisodiy tashkilotlarga topshiriqlar berish hamda kreditlar hisobiga tuzilayotgan bitimlar berilgan kreditlarning shartlariga mos ekanligi tezlikda nazorat etilishini ta’minlashdan;

O‘zbekiston Respublikasining savdo iqtisodiy hamkorlik borasidagi xalqaro shartnomalari yuzasidan tomonlarning majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni ta’minlashdan;

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hamda davlatlarning O‘zbekiston ham a’zo bo‘lgan o‘zga ittifoqlari tarkibiga kirgan davlatlarning idoralari bilan tashqi iqtisodiy sohada o‘zaro hamjihat siyosat yuritishda birgalikda harakat qilishdan, shu jumladan boshqa chet el mamlakatlarining tashqi iqtisodiy tashkilotlari bilan hamkorlik qilishdan;

umumdavlat ahamiyatiga molik mollar (ishlar, xizmatlar) bilan eksport-import a’mollari o‘tkazishni tashkil etishdan;

tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda chet ellarda hamda respublika hududida chet el tashkilotlari va firmalari ishtirokida obyektlar qurilishini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirishdan;

tashqi iqtisodiy faoliyatni, shu jumladan me’yoriy-huquqiy faoliyatni ishlab chiqish, amalga oshirish va uning davlat tomonidan tartibga solib borilishini takomillashtirishdan, tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining ichki va tashqi bozorda O‘zbekistonning davlat manfaatlariga, shu sohada amal qilib turgan qoida va me’yorlarga rioya etishlarini nazorat qilish, ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirib turish va tahlil etib borishdan;

siyosiy-iqtisodiy va moliya-kredit holatini, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini, tashqi iqtisodiy aloqalarning xususiyatlarini, chet el mamlakatlarining tegishli qonunlarini, chet ellik sheriklarning ishonchli va ishbilarmonlik nufuzini o‘rganish va tahlil etishdan;

O‘zbekistonning eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda respublikaning import mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan;

respublika iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etishning va ulardan samarali foydalanish ustidan, respublika sarmoyasini chet ellarda oqilona joylashtirish ustidan nazorat o‘rnatishning umumdavlat siyosatini ishlab chiqishda va bu siyosatni yuritishda faol ishtirok etishdan;

talab-ehtiyojlarni o‘rganish va shu asosda jahon tovarlar bozorining, investitsiya, injiniring, konsalting, marketing bozorlarining va boshqa ishlar hamda xizmatlar bozorining, xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanish tamoyillari istiqbolini belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini narx-navo, valyuta, moliya, kredit, huquqiy masalalar yuzasidan, tashqi bozorning chet elga chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga, texnikaviy xususiyatlariga bo‘lgan talablar yuzasidan tijorat asosida uslubiy, axborot va maslahat yo‘sinidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashdan;

tijorat siriga rioya etgan va uni saqlagan holda mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari o‘rtasida tuzilayotgan savdo-iqtisodiy shartnomalar, bitimlar va ahdlashuvlarni muqarrar tarzda ekspertizadan o‘tkazish va hisobga olishdan;

mulkchilik shakli va kimning tasarrufida ekanligidan qat’i nazar yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan chet el tashkilotlari va xalqaro tashkilotlarni tashqi iqtisodiy, aloqalar qatnashchilari sifatida ro‘yxatga olish tartibini belgilash hamda ularni ro‘yxatga olish, chet el firmalari, kompaniyalari va tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishdan;

tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga mollar (ishlar, xizmatlar)ni eksport-import qilish uchun, shu jumladan eksport va import hamda tranzit yuklarni tashish uchun litsenziyalar berish tartibini belgilash va ularga litsenziyalar berishdan;

mollar (ishlar, xizmatlar)ni eksport va import qilish kvotasi yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va kiritishdan;

respublika tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining mollar (ishlar, xizmatlar)ni litsenziyalash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etishlarini nazorat qilishdan;

noan’anaviy eksport dasturlarini, shu jumladan ilm-fanni ko‘p talab qiladigan mahsulotlarni, texnologiyalar va xizmatlarni, butlov mahsulotlarini yetkazib berish, ishlab chiqarish-texnologiya kuchlarini jamlash va ilmiy hamkorlik dasturlarini ishlab chiqishda va ularni amalga oshirishda ishtirok etishdan;

eksport dasturlarini hamda chet el investitsiyalarini sug‘urta qilish tashkilotlari tuzishdan;

Vazirlik ko‘rsatmasi bilan chet el mamlakatlariga qisqa muddatli va uzoq muddatli xizmat safariga yuborilayotgan xalq xo‘jaligi mutaxassislarining chet elga chiqishi to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilish, chet el pasportlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi, berilishi hamda saqlanishini ta’minlashdan, zarur ruxsatnomalarni olish, Vazirlik tizimidagi xodimlarning chet elda bo‘lish muddatlarini, chet el pasportlarining, respublika va chet el ruxsatnomalarining amal qilish muddatlarini nazorat qilishdan, chet elga borishi Vazirlik tomonidan rasmiylashtirilayotgan shaxslarga tegishli tushuntirish va yo‘l-yo‘riq berishdan;

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi tomonidan berib qo‘yilgan huquqlar doirasida aksiyali jamiyatlarda davlatga tegishli aksiyalarni (ulushlarni, paylarni) idora etishdan;

milliy ahamiyatga molik bo‘lgan keng ko‘lamdagi loyihalar bo‘yicha xalqaro savdo-sotiqlarni (tendyerlarni) tanlov asosida o‘tkazishdan;

qo‘shma korxonalar va tashqi iqtisodiy aloqalarning boshqa qatnashchilari faoliyatini tekshirish uchun auditorlik xizmatini, yirik tashqi iqtisodiy loyihalar va dasturlarning xolis ekspertizasini yo‘lga qo‘yishdan;

qo‘shma korxonalar va chet el korxonalari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, umumlashtirish va bu faoliyat samaradorligini tahlil etishdan;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tarkibiga kirgan mamlakatlarda va chet ellarda respublikaning savdo vakolatxonalarini ochish, ularning kadrlar tarkibini belgilangan tartibda qaror toptirish, Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda o‘z vakillarini O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari huzurida iqtisodiy maslahatchi etib tayinlashdan;

O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari huzuridagi savdo vakolatxonalari hamda iqtisodiy maslahatchilar faoliyatiga rahbarlik qilishdan;

Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasining savdo vakillarini va ularning o‘rinbosarlarini, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda respublikaning chet ellardagi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilarni tayinlash hamda vazifasidan ozod etish (chaqirib olish) to‘g‘risidagi taqdimnomalarni va takliflarni kiritishdan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Vazirlikning viloyatlar va Toshkent shahridagi vakolatli vakillari faoliyatiga rahbarlik qilish, ularning ishini tashkil etish va muvofiqlashtirib borishdan;

respublikada va chet ellarda tashqi iqtisodiy faoliyat uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va stajirovkadan o‘tkazishni amalga oshirishdan;

O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tasarrufidagi tashqi iqtisodiy birlashmalar, firmalar va boshqa tashkilotlarning mutaxassislarni chet ellarga xizmat safariga yuborish va tashqi iqtisodiyot sohasida malakali kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarini muvofiqlashtirib borishdan hamda ana shu ish samaradorligini tahlil qilishdan;

Tashqi iqtisodiy aloqalarning xo‘jalik va tashkiliy-huquqiy tartibotini takomillashtirish yuzasidan qonunlar negizini ishlab chiqishda va takomillashtirish tadbirlarini amalga oshirishda faol qatnashishdan, respublikaning iqtisodiy idoralari, vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralarning, mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar korxonalar va tashkilotlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirib borishdan;

amaldagi qonunchilikka muvofiq respublika tashqi iqtisodiy tashkilotlarining, shuningdek, mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining chet ellardagi faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining savdo va iqtisodiy vakolatxonalari orqali muvofiqlashtirib borishdan;

transportning barcha turlarida xalqaro miqyosda yuk tashish, shu jumladan, tranzit yuklarni tashishni amalga oshirish yuzasidan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar idoralar va tashkilotlarning ishlarini muvofiqlashtirib borishdan, shuningdek, tashqi savdo yuklarini tashishni tartibga solishning huquqiy, tarifga doir va boshqa tadbirlarini ishlab chiqishda, kelishib olishda va amalga oshirishda qatnashishdan;

xoh respublika hududida bo‘lsin, xoh o‘z vakolatxonalari orqali Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida bo‘lsin, chegara punktlarida (portlarda, temir yo‘l stansiyalarida, yuklar tushirib, qayta ortiladigan bazalarda, shuningdek, aeroportlarda) eksport-import yuklarining holati ustidan davlat nazoratini yo‘lga qo‘yishda qatnashishdan;

tashqi savdo yuklariga ko‘rsatiladigan transport-ekspeditorlik xizmati tizimini takomillashtirish, respublika hududida, shuningdek, asosiy dengiz portlarida, temir yo‘l chegara stansiyalarida tashqi savdo yuklarini omborga joylashdan, qayta ishlash va mollarning e’lon qilinadigan ro‘yxati haqidagi ma’lumotlarni yozishni tashkil etish tadbirlarini amalga oshirishdan, eksport-import yuklari va tranzit yuklarning harakatini nazorat qilishdan;

tashqi bozorda umumdavlat manfaatlariga rioya etilishi ustidan nazorat natijalarini umumlashtirish va tahlil qilishdan, shu asosda tashqi iqtisodiy aloqalardagi, shu jumladan hamkorlikning yangi shakllari borasidagi, xususan qo‘shma tadbirkorlik, bevosita ishlab chiqarish va ilmiy-texnika aloqalari, mol almashuv a’mollari, sohil bo‘yi va chegara bo‘yi savdosi, O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin iqtisodiy tegralar barpo etish borasidagi salbiy holatlarni bartaraf etish to‘g‘risida takliflar tayyorlashdan;

O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari samaradorligini oshirishni, shu jumladan bu ishni eksport va import tuzilmasini yaxshilash, O‘zbekiston Respublikasining eksport imkoniyatlarini rag‘batlantirish va kengaytirish yo‘li bilan ta’minlash, hamkorlikning yangi shakllarini o‘zlashtirish, valyuta mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda respublika kreditlari qaytarilishini ta’minlash ustidan nazorat qilib borishdan;

O‘zbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib berishdan, respublika tashkilotlarining, mulkchilik shakli turlicha bo‘lgan korxonalarning tashqi iqtisodiy sohadagi amaliy faolligini rag‘batlantirishni ta’minlovchi umumiy iqtisodiy va huquqiy muhitni yuzaga keltirishda qatnashishdan iborat.

6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Vazirlikning respublika viloyatlari va Toshkent shahri bo‘yicha vakolatli vakillari boshqarmalari, ular huzurida barpo etilgan xo‘jalik hisobidagi tijorat tizimlari, ham respublika hududidagi, ham undan tashqaridagi ayrim mintaqalarda, punktlarda va obyektlarda ochilgan filiallar, chet ellardagi savdo va iqtisodiy vakolatxonalar, respublikaning xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisodiy, tashqi savdo birlashmalari va firmalari, tijorat-reklama markazi (Respublika xalqaro savdo majmui). transport vakolatxonalari va vazirlik tasarrufidagi boshqa tashkilotlar hamda chet ellardagi muassasalar yuridik shaxs huquqida Vazirlikning yagona tizimini tashkil etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining yagona tashqi iqtisodiy siyosati doirasida va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi rahbarligi ostida amalga oshiradi.

7. Mintaqaviy vakolatli vakillar boshqarmalari (matnda bundan keyin “Vakillar boshqarmalari” deb yuritiladi) hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralari tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi o‘z faoliyatini o‘zaro jips hamkorlikda olib boradilar.

Vazirlikning vakolatli vakili boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizomni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, vakolatli vakillar boshqarmalarining tarkibiy tuzilishi va shtatlari soni, ular huzurida barpo etilgan xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisodiy va tashqi savdo firmalari hamda tashkilotlarining ustavlari, nizomlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri tomonidan belgilab qo‘yiladi va tasdiqlanadi.

8. Vazirlik tasarrufida bo‘lgan tashkilotlar va bo‘linmalarning ustavlari va nizomlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri tasdiqlaydi.

9. Vazirlik tasarrufida bo‘lgan tashqi iqtisodiy va tashqi savdo birlashmalari, firmalari faoliyatni to‘la xo‘jalik hisobi sharoitida amalga oshiradilar.

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisodiy, tashqi savdo birlashmalari va firmalari, Vazirlik tasarrufidagi boshqa tashkilotlar qo‘shimcha daromad manbalariga ega bo‘lish maqsadida aksiyali jamiyatlar, uyushmalar, qo‘shma korxonalar, konsernlar va tadbirkorlikning (tijoratning) boshqa shakllarida qatnashish, shu jumladan bunday korxonalar, konsernlarni va tadbirkorlikning (tijoratning) bu xildagi shakllarini o‘zlari ta’sis etish, qolaversa faoliyatning boshqa turlarida ishtirok etish uchun, Vazirlikning roziligini oladilar.

10. Vazirlik o‘z tasarrufidagi xo‘jalik hisobidagi va boshqa xil tashqi iqtisodiy tashkilotlarning majburiyatlari yuzasidan mulkiy javobgar bo‘lmaydi, tashqi iqtisodiy tashkilotlar esa Vazirlik majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.

11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi:

O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy va. ijtimoiy rivojlantirishning tamoyillari va asosiy yo‘nalishlarini, shuningdek, istiqbolga mo‘ljallangan dasturlar va boshqa yechimlarning O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini ham yaxlit holatda, ham ayrim mamlakatlar, bir guruh mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha rivojlantirishga doir qismini ishlab chiqishda qatnashadi;

eksport-import bo‘yicha valyuta rejasi loyihasi yuzasidan kvota ajratish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi ishlab chiqqan uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalariga, vazirliklar, idoralar, konsernlar, tashkilotlar, “O‘zshartnomasavdo” buyurtmanomalariga muvofiq uskunalar, materiallar, xomashyoni, shu jumladan xalq xo‘jaligining ijtimoiy majmui tarmoqlari uchun ham uskunalar, materiallar, xomashyoni, xalq iste’mol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari va hokazolarni chetdan olib kelishning davlat rejasi loyihasini ishlab chiqadi;

O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligini rivojlantirish va uning ehtiyojlarini qondirish uchun valyuta mablag‘lariga bo‘lgan talabni inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi ajratadigan tegishli kvotalar asosida, korxonalar, tashkilotlarning chet elga mol chiqarishini rag‘batlantirish uchun Moliya vazirligi eksport dotatsiyalari va boshqa kerakli mablag‘lar ajratishini nazarda tutib, eksport va import qilish rejasining va chet elga mol chiqarish borasidagi davlat buyurtmasining loyihasini tayyorlaydi;

davlat buyurtmasi eksport va import rejasining muvozanatlashtirilgan loyihasini Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi bilan birgalikda tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi statistika hisoboti shakl-andozalarini, Standartlashtirish davlat qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda Respublika uyg‘unlashgan tizimini, Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda esa eksport-import a’mollarini tarif asosida va tarifsiz boshqarish tadbirlarini ishlab chiqadi;



Download 32.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling