O‘zbekiston respublikasi xorijiy mamalakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi to‘G‘risida


Download 32.95 Kb.
bet2/3
Sana08.01.2022
Hajmi32.95 Kb.
#244441
1   2   3
Bog'liq
O

TASHQI IQTISODIY ALOQALAR

Siz shaxsiy tomorqa yoki xususiy fermer xo‘jaligingizda yetishtirgan

mahsulotni o‘zingizda bo‘lmagan mahsulotga almashtirish yoki bozorda

sotishga ehtiyoj sezasiz. Bunday holatni davlatlararo munosabatlarda ham

kuzatamiz. Darhaqiqat, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan muayyan mahsulot,

buyumga talab xorijda katta bo‘lsa, uni mamlakat ehtiyojidan ortiq

ishlab chiqarish maqsadga muvofiq. Aksincha, o‘zimizda ishlab chiqarishdan

ko‘ra xorijdan keltirilsa arzon tushadigan mollarni sotib olish ma’qul.

O‘zbekiston mashinalar, kimyo mahsulotlari, qora va rangli metall,

elektr energiya, gaz, paxta tolasi, oziq-ovqat mollari, pilla, qorako‘l singari

mahsulotlarni eksport qiluvchi mamlakatlardan hisoblanadi. O‘z navbatida

O‘zbekiston o‘zida yetishmagan oziq-ovqat va sanoat mollarini, shuningdek,

xalq iste’moli buyumlarini import qiladi.

O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy hamkorlikka faol kirishgan. Hozirgi kunda

140 dan ortiq davlat bilan savdo aloqalari olib boradi. Ayniqsa, dunyoda

yetakchi bo‘lgan Germaniya, AQSH, Rossiya, Yaponiya, Fransiya, Italiya,

Koreya Respublikasi, Turkiya, Xitoy kabi davlatlar bilan hamkorligi jadal

sur’atlarda rivojlanmoqda. O‘zbеkistоngа ekspоrt vа impоrt qilinаyotgаn

mаhsulоtlаrning eng ko‘pi Хitоygа to‘g‘ri kеlmоqdа (82-rаsm).

Tovarlarni tashqi bozorga, xorijga chiqarilishi eksport deb ataladi.

Aksincha, chet mamlakatlardan zarur mahsulotlarni, mollarni olib

kelish import deb ataladi.

2018-yilda eksport 14,3 mlrd, import esa 19,6 mlrd AQSH dollarini

tashkil qildi. O‘zbekistonning tashqi savdosi yildan yilga ortib borishi nati-

jasida mamlakatimiz xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etmoqda.

Mamlakat tashqi savdo siyosatining asosi milliy iqtisodiyot raqobatbardoshl

igini oshirish hamda mamlakatning eksport salohiyatini kengaytirish va

tarkibini takomillashtirishdir. So‘nggi yillarda eksport tarkibida katta ijobiy

o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Jumladan, xomashyo mahsulotlari eksporti

kamayib, yuqori sifatli tayyor mahsulotlar eksportining ulushi oshmoqda.

Kelgusida eksportga mo‘ljallangan avtomobillar, yuqori kuchlanishli agregatlar,

maishiy elektr asboblari, tibbiyot va qurilish hamda to‘qimachi lik

va tikuvchilikka oid qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish kuchayadi.

Ayniqsa, mamlakatimizda yetishtirilgan meva va sabzavotlar eksportini

kuchayti rish zarur. Yana bir muhim vazifalardan biri – bu dehqon va fermer

xo‘jaliklarga tashqi bozorda barqaror xaridorlarni topishdir.

O‘z be kis ton ning xorijiy mamlakatlar bilan tashqi savdosi

(umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida, 2017).

Ishlab chiqarishning rivojlanishiga hamohang ko‘plab mahsulotlarning,

jumladan, yoqilg‘i, oziq-ovqat va xalq iste’moli buyumlarining importi

qisqarmoqda (83-rasm). Umumiy importning 3/4 qismini texnik va ishlab

chiqarish jihozlari hamda asbob-uskunalar tashkil qiladi. Bu mamlakat iqti-

sodiyotining rivojlanish istiqbollariga aynan mos keladi.

O‘zbekistonda 4200 dan ortiq xorijiy korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Endi-

likda O‘zbekiston Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, Islom Taraqqiyot Bank

i, OPEC Xalqaro Rivojlanish Jamg‘armasi, Saudiya Taraqqiyot Jamg‘arma -

si kabi xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qilmoqda.

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, mamlakat ishlab

chiqarish kuchlarini modernizatsiya qilish va yangilash uchun chet

el sarmoyasini kiritish shakli investitsiya deb ataladi.

Mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish uchun investitsiyalarni yanada

ko‘proq jalb etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlanish istiqbollari taqozosi o‘laroq mamlakat

imiz hududida maxsus erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilаyotgаnligi хususidа

avvalgi dаrslardаn хаbаrdоrsiz.


Download 32.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling