O`zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari reja: Kirish I bob auditorlik tashkilotlari faoliyati


Download 119.08 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi119.08 Kb.
#1585944
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Audit kurs ishi. Xalilova Mahliyo



O`zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari


REJA:


Kirish………………………………………………………………………………3
I BOB Auditorlik tashkilotlari faoliyati…………………………………………4
1.1.“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar sharhi…………………………………………………….…………….4
1.2.Auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi…………...……….14
II BOB Auditorlik talablari ………………………………………………..…..18
2.1.Auditorlik kasbiga qo’yiladigan malakaviy talablar……………………...18
2.2..Auditorlik faoliyatini tartibga solishda professional tashkilotlar roli…..24
Xulosa...………………………………………………………………….……….28
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………………………………….30


Kirish
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va respublikamizda bozor iqtisodiyoti asoslarini mustahkamlashga yo'naltirilgan islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida bank-moliya tizimi va xususiy tadbirkorlik sektori barqarorligini ta’minlovchi audit tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini samaradorlik va unumdorlik ko'rsatkichlariga asosan baholash, korxonalar boshqaruv va moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq muammoli masalalar yuzasidan asosli tavsiya hamda yo'nalish berishda zamonaviy mustaqil auditning xizmati beqiyos. Bu esa milliy iqtisodiyotning xususiy sektori rivojida, shu jumladan, xususiy tadbirkorlik va moliyaviy munosabatlarini qo'llab-quvvatlash hamda mustahkamlashda katta ahamiyatga ega.
O`zbekiston Respublikasining Auditorlik faoliyati to`g`risidagi qonuni mavjud bo`lib bu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan tomonidan 2020-yil 10-noyabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2021-yil 5-fevralda ma`qullangan. Ushbu qonunda -Auditor, Auditor reestri, auditorlik tashkiloti, auditorlik tashkilotlarining reestri, auditorlik faoliyati, audit qo`mitasi, renking, talabgor kabi asosiy tushunchalar qo`llanilgan.
Auditor- auditorning malaka sertifikatiga ega bo`lgan jismoniy shaxs.
Auditorlik tashkiloti- auditorlik tekshiruvlarini o`tkazish va turdosh xizmatlar ko`rsatish bo`yicha auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti.
Auditorlik faoliyati- auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha tadbirkorlik faoliyati.
Auditorlik tashkiloti o`zi haqidagi ma`lumotlar Auditorlik tashkilotlarining reestiriga kiritilgan sanadan e`tiboran auditorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir. Auditorlik tashkiloti o`z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Auditorlik tashkiloti vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar hamda boshqa davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishi taqiqlanadigan boshqa shaxslar auditorlik tashkilotining muassislari bo`lishi mumkin emas.



Download 119.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling