O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligi tizimiga integratsiyalashuvi yo’nalishlari


Download 41.43 Kb.
bet1/3
Sana06.02.2023
Hajmi41.43 Kb.
#1170791
  1   2   3
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligi tizimiga integratsiyalashuvi yo’nalishlari


O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligi tizimiga integratsiyalashuvi yo’nalishlari

Globallashuv XXI asrdagi asosiy tendensiyalarni anglab olishda, jahonni global makon sifatida tasavvur qilishdan kelib chiqish zarurligini ko’rsatadi. O’z navbatida, global makon milliy tuzilmalar majmuasi emas, balki milliy iqtisodiyotlar simbiozi, o’z qonunlari bilan ishlay boshlagan geoiqtisodiyot va integratsiyalangan tizimdir. Jahonning turli qit’alarida - G’arbiy Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Afrikada umumiy iqtisodiy va geosiyosiy manfaatlar bilan aloqador bo’lgan yirik mintaqaviy birlashmalar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida ularning barchasi avvalombor a’zo davlatlarning korporativ manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan. Ushbu uyushmalarning alohida olingan mamlakat imkoniyatlari bilan taqqoslab bo’lmaydigan kuchi ham mana shundadir.

O’zbekiston Respublikasi 1991 yilning 31 avgustida mustaqillikka erishdi. Shu kundan boshlab respublikaning ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida rivojlanishning yangi davri boshlandi. O’zbekiston hududiy jihatdan O’rta Osiyo mintaqasining markaziy qismida joylashgan bo’lib, respublikada Markaziy Osiyo aholisining 45 % yashaydi. O’zbekiston qo’shni Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg’oniston davlatlari bilan chegaralanib, Yevropa va Osiyoning bir qator mamlakatlari bilan transport va telekommunikatsiya va axborot vositalari orqali bog’lanib turuvchi muhim strategik koridor hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi jahonning ko’zga ko’ringan yirik va obro’li xalqaro tashkilotlari, dunyoning o’nlab davlatlari bilan aloqalarni o’rnatgan bo’lib, ularning yirik bank va moliyaviy tashkilotlari bilan, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o’zaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirib kelmoqda. O’zbekistonda xorijiy mamlakatlarning 43ta elchixonasi, 49ta nodavlat va shuningdek 15 ta davlatlararo tashkilotlari akkreditatsiya qilingan. Respublikamiz eng muhim xalqaro konvensiyalarning qatnashchisidir. O’zbekiston turli davlatlar bilan xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar asosida intensiv rivojlanib boruvchi davlatlardan biridir.

Rivojlanish va taraqqiyot yo’liga o’tgan O’zbekiston nufuzli xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotlarning teng huquqli a’zosidir. Respublikamiz Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon banklar guruhi, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro elektr aloqalari ittifoqi, Osiyo - Tinch okeani mintaqasining iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) kabi mashhur xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning a’zosi hisoblanadi. Respublikamiz Xalqaro atom energiyasini nazorat qilish bo’yicha tashkilotga, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lib kirishi uchun faol tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotini erkinlashtirish sharoitida jahon hamjamiyatiga qo’shilish jarayonlarini rivojlantirish va yanada chuqurlashti­rish­ning ustuvor yo’nalishlarida kuch-g’ayratni jamlash zaruriyati yuzaga keldi. Yetakchi xalqaro iqtisodiy, moliyaviy, va gumanitar tashkilotlar, ilg’or Yevropa mamlakatlari va AQSh, Osiyo -Tinch Okeani mintaqasi davlatlari, MDH mamlakatlari jumladan, Rossiya, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash ana shunday yo’nalish hisoblanadi. Prezidenti I. Karimov integratsiya haqida fikr bildirib, “ O’zbekiston bir vaqtning o’zida turli darajalarda dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida-integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: “bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir subyekt bilan sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi serqirra jarayondir”, - deb alohida ta’kidlagan edi1.

O’zbekiston milliy iqtisodiyotining jahon xo’jaligi tizimiga chuqur integratsiyalashuvi muammolarini hal qilish uchun respbulikaning eksport salohiyatini mustahkamlash, eksport qilinayotgan tayyor mahsulotlar hajmini oshirish va kengaytirish, shuningdek, respublikaning jahon bozoridan o’z o’rinini olishini ta’minlash zarur. Hozirgi kunda amal qilayotgan rag’batlantirishlar va imtiyozlardan foydalangan holda milliy ishlab chiqarishning eksportga yo’naltirilganligini kuchaytirish, import qilinadigan mahsulotlarning o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni amalga oshirish muhimdir.

Aytib o’tilganlardan kelib chiqqan holda, bizning nazarimizda, davlatlararo iqtisodiy integratsiya–iqtisodiy rivojlanish darajasi bir-biriga yaqin bo’lgan davlatlarning birlashishining obyektiv jarayonidir. U faqat tegishli mamlakatlarning tashqi savdo almashuvi sohasini, ularning bozor aloqadorligini (xalqaro hamkorlikda bu ko’pincha uchrab turadi) qamrab qolmay, balki mazkur mamlakatlarning moddiy ishlab chiqarishi sohasiga ham chuqur kirib boradi va turli darajadagi qayta ishlab chiqarish tuzilmalarining o’zaro hamkorligiga olib keladi.

Jahon xo’jalik aloqalarining moddiy-ashyoviy asoslarini u yoki bu mintaqaviy guruhlar yoki ittifoqlarga birlashgan mamlakatlarning integratsion salohiyati tashkil qiladi. Mamlakatning integratsion salohiyati deganda, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning subyektlari (integratsiyalashayotgan mamlakatlar) amalga oshiradigan xalqaro ishlab chiqarish va iqtisodiy hamkorlik predmeti bo’lgan tabiiy, mehnat, ishlab chiqarish, moliya-kredit, savdo resurslari, ilmiy xodimlar va insonlarning aqliy qobiliyati bilan bog’liq bo’lgan majmuini tushunmoq zarur. O’zbekistonning integratsion aloqalarini jadallashtirishga xizmat qiladigan omillarning (integratsion salohiyatining) quyidagi ustunliklarini ko’rsatib o’tish mumkin:


  • O’zbekistonning YevroOsiyo mintaqasida qulay geostrategik joylashuvi;


  • yer, mineral-xomashyo va o’simliklarning katta zaxirasi;


  • qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun qulay bo’lgan tuproq-iqlim sharoitlari;


  • tashqi savdoda eksport salohiyati;


  • davlatlararo kooperatsiyalashuv va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilishga imkon beradigan yirik ishlab chiqarish salohiyati;


  • insonlar salohiyati, nisbatan arzon va tez ko’payib borayotgan mehnat resurslarining, (jahon miqyosida olib qaraganda) mavjudligi;


  • rivojlangan ishlab chiqarish infratuzilmasi, birinchi navbatda MDHning boshqa mintaqalari bilan bog’lab turadigan, avtomobil va temir yo’l magistrallari, telekommunikatsiya tizimining mavjudligi;


  • respublikada chet el kapitalini investitsiya qilish va o’zaro foydali tashqi iqtisodiy integratsion hamkorlikni kafolatlaydigan barqaror siyosatning mavjudligi.


Yuqorida ko’rsatilgan pozitsiyalar bo’yicha milliy iqtisodiyotning bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan sharoitida mamlakatning integratsion salohiyatidan samaraliroq foydalanish uchun uning hozirgi holatiga baho berish kerak.

Birinchi navbatda, bu salohiyatning tarkibiy qismlari bo’lgan geostartegik joylashuv, tabiiy xom ashyo va mehnat resurslari, shuningdek eksport imkoniyatlarni tavsiflash lozim.

XX-XXI asrlar bo’sag’asida jahon mamlakatlari o’rtasida integratsion moyillik yaqqol ko’zga tashlandi. Xalqaro mehnat taqsimoti shu darajaga yetdiki, milliy xo’jaliklar tobora ko’proq integratsiyalashuv xususiyatini kasb eta boshladi. Bu esa o’z navbatida xalqaro xo’jalik faoliyatining baynalminallashuviga olib keldi. Ushbu sharoitda o’zaro hamkorlikning an’anaviy shakllari–xalqaro savdo, kapitalning ko’chishi, ishchi kuchi migratsiyasi yangi va aniq ifodalangan institutsional shakllarga ega bo’ldi. Bir tomondan, davlatlararo iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan mintaqaviy tashkilotlar tashkil topdi (Yevrohukumat va Yevroparlamentga ega bo’lgan YeI kabi), boshqa bir tomondan esa o’z faoliyatining xususiyati bo’yicha jahon mamlakatlarining iqtisodiy hayotiga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan yirik transmilliy korporatsiyalar (TMK) keng faoliyat ko’rsata boshladi. Integratsiya haqida Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov shunday degan edi: “-Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv iqtisodiy jihatdan rivojlangan bozor tizimiga ega bo’lgan demokratik davlatlar tushunchasiga muvofiq kelgandagina mumkin bo’ladi. Ayni paytda mamlakatni zamonaviylashtirish uning, shubhasiz, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, ya’ni xalqaro mehnat taqsimotida o’zining munosib o’rnini topishi, mintaqaviy va global xavfsizlik tizimini yaratish shartlari mavjud bo’lgandagina mumkin bo’ladi”.

Respublikada iqtisodiyotni va eksport salohiyatini rivojlantirish jahon iqtisodiyotiga xos bo’lgan milliy iqtisodiyotlarning o’zaro bir-biri bilan bog’liqligi va xo’jalik hayotining baynalminallashuvi bilan tavsiflanuvchi globalizatsiya jarayonlarida faol ishtirok etish imkonini beradi. (28-jadval)

Ko’p tomonlama xalqaro iqtisodiy, valyuta-moliyaviy va savdo tashkilotlarining aloqalari milliy iqtisodiyot uchun ham, jahon iqtisodiyoti uchun ham katta ahamiyat kasb etadi, chunki aynan ana shu tashkilotlar shunday huquqiy makonni yaratishga yordam beradi, jahondagi tashqi iqtisodiy va integratsion aloqalar shu makon doirasida amalga oshiriladi.

O’zbekistonning BMT, YETTB, YeI, NATO, Jahon banki, XVF, IXT, va boshqa tashkilotlar bilan faol aloqalari mamlakatimizga ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish borasidagi jahon tajribasidan foydalanish, zamonaviy ilmiy-texnikaviy axborotlar, “nou-xau”larni, beg’araz beriladigan yordam va materiallarni olish imkoniyatini beradi. BMTning ixtisoslashtirilgan muassasalari turli tarmoqlarda ko’p tomonlama hamkorlikni tartibga solishning tengi yo’q mexanizmidir. Valyuta-moliya va savdo muassasalari esa savdo hamda valyuta-kredit sohalarini tartibga soluvchi rolni o’ynab, O’zbekistonga davlat va xususiy investitsiyalarni jalb qilishga ko’maklashadi.

28-jadval




Download 41.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling