O`zbekiston Respublikasining Xalqaro tashkilotlarga a’zoligi


Download 13.29 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi13.29 Kb.
#1613939
Bog'liq
O‘zbekiston xalqaro tashkilotlar


O`zbekiston Respublikasining Xalqaro tashkilotlarga a’zoligi

O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lib, turli xil ko‘p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda.




Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXXT)
YeXHT -xavfsizlik sohasida ko`pqirrali faoliyat olib boruvchi yagona umumyevropa tashkiloti hisoblanadi.
Tashkilot o`z ishini Xelsinki yakunlovchi aktining imzolanishi bilan 1975-yilning 1-avgustida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi (YeXHK) sifatida boshlagan va unga 35 ta davlat a’zo bo`lgan.
YeXHT tarkibiga 56 ta a’zo-davlat va 9 ta hamkor davlatlar kiradi. O`zbekiston Respublikasi YeXHTga 1992-yilning 30-yanvarida a’zo bo`lgan.
Islom konferensiyasi tashkloti (IKT) 
Islom konferensiyasi tashkiloti tarkibiga 56 davlat kiradi. U 1969-yili Rabot (Marokash)da bo`lib o`tgan oliy darajadagi yig`ilishda tashkil etilgan.
Tashkilot BMTda kuzatuvchi maqomiga ega. O`zbekistan 1996-yil 2-oktyabridan boshlab IKTning teng huquqli a’zosidir.


Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti - EKO
EKO - xalqaro mintaqaviy tashkilot bo`lib, a’zo-davlatlar o`rtasida iqtisodiy, madaniy va ilmiy-texnik hamkorlikni ta’minlash maqsadida tuzilgan. Uning tarkibiga 10 ta davlat kiradi.
EKO 1985-yilda tuzilgan va qarorgohi Tehron shahrida joylashgan. O`zbekiston EKOga 1992-yilning 28-noyabrida a’zo bo`lgan.


Shanxay hamkorlik tashkiloti - ShHT
2001-yilning 15-iyunida Qozogiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirgiziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi va O`zbekiston Respublikasi rahbarlari maxsus Deklaratsiya bilan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) tuzilganligini e’lon qildilar. Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy tashkilot hisoblanadi.
Eron, Hindiston, Mongoliya va Pokiston kuzatuvchi davlat, Afgoniston, MDH, va ASEAN mehmon sifatida ShHTning tadbirlarida ishtirok etadi.
Hozirgi kunda ShHTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar hududida 3 milliarddan oshiq aholi istiqomat qiladi va ularning umumiy maydoni Yevrosiyo materigining 61 foizini tashkil etadi.
Download 13.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling