O’zbekiston Respubliksi Xalq ta’limi vazirligi Qashqadaryo viloyat xtb


Download 59.66 Kb.
Sana15.04.2020
Hajmi59.66 Kb.
#99334
Bog'liq
5 sinf botanika fanidan nazorat ishl


Aim.Uz


O’zbekiston Respubliksi Xalq ta’limi vazirligi

Qashqadaryo viloyat XTB
Dehqonobod tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 77-umumiy o’rta talim maktabining

V-«____» sinf o’quvchisi ___________ ____________ _________________ ning botanika fanidan nazorat ishlari




Dehqonobod-2017



5 sinf Botanika fanidan nazorat ishlari.

Nazorat ishi NI-1
Mavzu: Gulli o‘simliklar. Hujayra.

Nazorat shakli: Test topshiriqlari.

1. O‘zbekistonda tabiiy holda o‘sadigan yuksak o‘simliklarning qancha turi bor?

A. 3500 B. 4000 D. 4500 E. 5000

2. Dorivor o‘simlikni belgilang.

A. Zubturum. B. Rovoch. D. Xolmon. E. Shirach.

3. Ikki yillik o‘t o‘simliklari keltirilgan qatorni belgilang.

A. Sigirquyruq. B. Jag‘-jag‘. D. Shuvoq. E. Zubturum.

4. Hasharotxo‘r o‘simlikni belgilang.

A. Rafleziya. B. Nepentes. D. Safsan. E. Yantoq.

5. Hujayra kim tomonidan kashf etilgan?

A. Robert Guk. B. Robert Broun. D. Stelluti. E. Ch. Darvin.

6. Mikroskopning okulyari 15x bo‘lib, ob’yektiv x40 bo‘lsa, buyumni necha marta kattalashtirib ko‘rsatadi?

A. 400 B. 500 D. 600 E. 1000.

7. Plastidalarning necha xil turi ma’lum?

A. 2 xil. B. 3 xil D. 4 xil. E. 5 xil.

8. Qaysi to‘qimaning eng muhim funksiyasi fotosintez jarayonini amalga oshirishdan iborat?

A. Asosiy to‘qima. B. Mexanik to‘qima. D. Qoplovchi to‘qima. E. Biriktiruvchi to‘qima.

9. Hujayraning muhim tarkibiy qismi mag‘iz ekanligi kim tomonidan kashf etilgan?

A. Robert Guk. B. Robert Broun. D. Stelluti. E. Ch. Darvin.

10. O‘zbekistonda o‘sadigan o‘simliklarning ko‘pchiligini qanday o‘simliklar tashkil etadi?

A. Bir yillik. B. Ikki yillik. D. Ko‘p yillik. E. Daraxtlar.


Savol

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Javob

































Nazorat ishi NI-II
Mavzu: Ildiz.

Nazorat shakli: Test topshiriqlari.

1. Qaysi o‘simlikning yon ildizlari atrofga 20-30 metrga tarqaladi?

A. Juzg‘un. B. Yong‘oq. D. Yantoq. E. Saksovul.

2. Ildizning uchki qismini nima o‘rab turadi?

A. Ildiz tukchalari. B. Ildiz qinchasi. D. Iildiz naychalari. E. Ildiz hujayralari.

3. Qaysi o‘simlikning ildizi 30 metr chuqurga kirib boradi?

A. Juzg‘un. B. Yong‘oq. D. Yantoq. E. Chinor.

4. Ildiz tizimi qanday ildizlardan tashkil topgan?

A. Asosiy ildiz, yon ildiz, qo‘shimcha ildiz. B. Yon ildiz, qo‘shimcha ildiz. o‘q ildiz.

D. O‘q ildiz, popuk ildiz, qo‘shimcha ildiz. E. O‘q ildiz, asosiy ildiz, yon ildiz.

5. Tuzilishiga ko‘ra ildiz tizimi qanday turlarga bo‘linadi?

A. O‘q ildiz, yon ildiz, qo‘shimcha ildiz. B. Yon ildiz, qo‘shimcha ildiz, o‘q ildiz.

D. O‘q ildiz, popuk ildiz, asosiy ildiz. E. Asosiy ildiz, yon ildiz, qo‘shimcha ildiz.

6. Qaysi o‘simliklar o‘q ildiz tizimiga ega?

A. O‘rik, olma, na’matak. B. Bug‘doy, makkajo‘xori, qovoq.

D. No‘xot, loviya, bug‘doy. E. Lavlagi, sabzi, rediska.

7. Ildiz qaysi qismi orqali tuproqdan suv va unda erigan moddalarni shimadi?

A. Bo‘linuvchi qism. B. O‘suvchi qism. D. So‘ruvchi qism. E. O‘tkazuvchi qism.

8. Qaysi o‘simliklar ildizmeva hosil qiladi?

A. Sabzi, yantoq, lavlagi, piyoz, rediska. B. Kartoshka, piyoz, turp, sabzi, sholg‘om.

D. Lavlagi, pomidor, qalampir turp, sholg‘om. E. Bodring, piyoz, turp, sabzi, qovoq.
9. Ildiz tukchalari ildizning qaysi zonasida joylashgan?

A. Bo‘linuvchi zona. B. O‘suvchi zona.

D. So‘ruvchi zona. E. O‘tkazuvchi zona.

10. Ildiz tukchalari necha kun yashaydi?

A. 10-20 kun. B. 1-2 kun D. 5-7 kun. E. 20-30 kun.


Savol

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Javob
































Nazorat ishi NI-III
Mavzu: Poya.

Nazorat shakli: Test topshiriqlari.

1. Tut daraxti novdasining pishiqligi va elastikligi nimaga bog‘liq?

A. O‘zak. B. Kambiy. D. Epiderma. E. Floema – lub

2. Yosh poyaning po‘sti qanday hujayralari bilan qoplangan?

A. Epiderma. B. Po‘kak. D. Po‘stloq. E. Kambiy.

3. Poyaning lub qavati nima deb ataladi?

A. Kambiy. B. Ksilema. D. Floema. E. Po‘kak.

4. Elaksimon naylar poyaning qaysi qavatida joylashgan?

A. Kambiy. B. Ksilema. D. Floema. E. Po‘stloq.

5. Poyaning yog‘ochlik qavati nima deb ataladi?

A. Kambiy. B. Ksilema. D. Floema. E. Po‘kak.

6. Poya qaysi hujayralar hisobiga eniga o‘sadi?

A. Kambiy. B. Yasmiqchalar. D. Po‘kak. E. Floema.

7. Poyasi bo‘yiga va eniga sekin osadigan daraxtlarni aniqlang.

A. Terak. B. Archa. D. Tol. E. Chinor.

8. Qaysi o‘simlik bir yozning o‘zida 10 metrgacha o‘sadi?

A. Nok. B. Tok. D. Tol. E. Terak.

9. Yo‘g‘ochlikning bir yil davomida hosil qilgan qavati nima deyiladi?

A. Po‘stloq. B. Yillik halqa. D. O‘sish nuqtasi. E. Po‘kak.

10. Qaysi o‘simlik tanasida bir yil davomida bir nechta halqa hosil bo‘ladi?



A. Saksovul. B. Terak. D. Evkalipt. E. Tol.



Savol

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Javob
































Nazorat ishi NI-IV

Mavzu: Barg.

Nazorat shakli: Jadvallar va rasmlar bilan ishlash.

1-ish. Quyidagi rasmga izoh yozing.

1 ________________________________________________


2 _________________________________________________

3 _________________________________________________

4 ____________________________________________________

5_____________________________________________________

6 ____________________________________________________

7 __________________________________________________

8 ________________________________________________


2-ish. Jadvalni to‘ldiring.



Taqqoslanadigan jihatlar

Fotosintez

Nafas olish

Qaysi hujayralarda sodir bo‘ladi






Kislorod (yutiladi yoki ajraladi)






Karbonat angidrid

(yutiladi yoki ajraladi)







Organik modda

(hosil bo‘ladi yoki

parchalanadi)








Yorug‘lik

(zarur yoki zarur emas)









Sutkaing qaysi vaqtida sodir bo‘ladi.







Download 59.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling