O‘zbekiston tarixi


Download 102.71 Kb.
bet1/3
Sana13.01.2023
Hajmi102.71 Kb.
#1091554
  1   2   3
Bog'liq
tarix (2)


1. “O‘zbekiston tarixi” fan sifatida, uning predmeti, maqsadi va axamiyati.
Markaziy Osiyoda, jumladan, Ozbekistonda yashab kelayotgan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga munosib hissa qo'shib kelmoqdalar. Ozbek xalqi Markaziy Osiyodagi barcha xalqlar qatorida doimo erkinlik, hurlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilar va yot kelgindilarga qarshi kurash olib borgan va shu jihatdan u o'zining chuqur ildiz otgan ananalariga egadir.

Ozbekiston tarixi fanining manbalari quyidagilardan iborat:


1. Arxeologik yodgorliklar.
2. Yozma yodgorliklar.
3. Etnografik materiallar.
4. Xalq og'zaki ijodi.
5. Texnik vositalar.

Ozbekiston tarixi fani o'rganishda uning oldiga quyidagi vazifalari: l.Vatan tarixini o'qish va o'rganish jarayonida yoshlarda tarixiy bilimlar, ilmiy-nazariy tushunchalar va tasavvurlar shakllanmog i lozim. Chunki voqea va hodisalarni bilmasdan, ular haqida tushuncha va tasavvurga ega bo'lmasdan turib g'oyaviy-siyosiy dunyoqarash haqida gap yuritish mumkin emas; 2.Vatan tarixini yoritish, o'qitish va o'rganish jarayonida chuqur ilmiylik, xolislik, tarixiy haqiqatning ustivorligi asosiy va bosh yo'nalish bo'lishi lozim; 3. Vatan tarixining har bir satri, har bir varag'i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug'orilgan bo'lishi va milliy g'oya va milliy mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi darkor;“O‘zbekiston tarixi” fan sifatida, uning predmeti, maqsadi va axamiyati


2. Markaziy Osiyo - qadimgi sivilizatsiyasining uchog‘laridan biri


Sivilizatsiya so’zi – lotincha so’z bo’lib, fuqoraviy va ijtimoiy ma’nosida jamiyatning o’z taraqqiyoti jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarning, ularni yanada ko’paytirib va takomillashtirib borish usullarning majmuidir.

Insoniyat o’z boshidan katta uch davrni: yovvoyilik, vahshiylik va sivilizasiyani kechirdi. Sivilizasiya bundan 5-6 ming yil muqaddam boshlangan.


Sivilizasiya ayrim hududiy, bir-biri bilan bog’lanmagan sivilizasiya maskanlari sifatida shakllana boshlab (Qadimgi Misr sivilizasiyasi, Qadimiy Hind sivilizasiyasi, O’rta yer dengizi sivilizasiyasi, Markaziy Оsiyo sivilizasiyasi va hakozo), bozor munosabatlari iqtisodiy hukmronlik shakillanishi davrida umumjahon sivilizasiyasiga aylandi.


Janubiy Qozog’iston, Tojikiston, O’zbekistonning Toshkent viloyatidagi Ko’lbuloq va Farg’ona vodiysidagi Selung’ur g’ori arxeologik qazishmalar natijalariga ko’ra, odamzotning O’rta Оsiyodagi ilk faoliyati ashel davriga, ya’ni bir million yilga yaqin yillarga tegishli ekanligi aniqlanmoqda. Endilikda hududimiz jahonda odamzodning ilk ajdodlari yashagan mintaqaga kiradi.
3. O‘zbekiston ibtidoiy jamoa davrida, uning asosiy davrlari va xususiyatlari.
Ushbu tamoyilga koʻra, insoniyat tarixi asosan ilk tosh davri, oʻrta tosh davri, so'ngi tosh davri, oʻrta tosh davri, yangi tosh davri, yangi tosh davri (barcha xalqlar emas), mis davri boʻlinadi. barcha xalqlar) bronza va temir davri.

1940-yillarda sovet olimlari P. P. Efimenko, M. O. Kosven, A. V. Pershits va boshqalar ibtidoiy jamiyatni davrlashtirish tizimini taklif qildilar, ularning mezoni mulk shakllarining evolyutsiyasi, mehnat taqsimoti darajasi, oilaviy munosabatlar va boshqalar edi. Umumlashtirilgan shaklda bunday davrlashtirishni quyidagicha ifodalash mumkin:


Ibtidoiy toʻda davri;


Babilaviy tuzum davri;
Jamoa-qabilaviy tuzumning yemirilish davri (chorvachilik, shudgorchilik va metallni qayta ishlashning paydo boʻlishi, ekspluatatsiya va xususiy mulk unsurlarining paydo boʻlishi — zamonaviy tasnifga koʻra kech mezolit va neolit).
4. Qadimgi diniy e’tiqodlari, asosiy turlari, xususiyatlari
Din arab tilida “ishonch” “ishonmoq” degan ma’nolarini bildirib, din insondan tashqarida bo’lib, uni yaratgan iloxiy qudratga ishonch va e’tiqodni ifoda etadigan maslak, qarash hamda ta’limotdir.Odamlarda ilk diniy tasavvurlarning paydo bo’lib, shakllanib, rivojlanib, takomillashib borishi jarayoni insonda ong, tafakkurning shakllanishi bilan bevosita bog’liq bo’lib, insonning paydo bo’lib shakllanib borishi jarayoni fanda antroposotsiogenez deyiladi. Insoniyatning ibtidoiy davrdagi eng qadimgi tarixini o’rgangan arxeolog olimlar dastlabki davrlarda odamlarda diniy tassavurlar bo’lmaganligi, odamlar birga yashab, ov qilib, o’zaro muloqotga kirishganlaridan so’ng insoniyat ongsiz faoliyatdan ongli faoliyatga o’tgani, inson o’zini o’rab turgan tashqi olam, tevarak atrofdagi narsa va xodisalarni jonlantirib tasavvur qilishlari natijasida odamlarda ilk diniy tasavvurlar vujudga kelganligi haqidagi fikrni bayon qiladilar.ANIMIZM - (lotincha anima - jon, ruh) - jon va ruhlar borligiga ishonish.TOTEMIZM (Shimoliy Аmеrikа indеyslаrining оjibvе qаbilаsi tilidаgi «оtоtеm» - «uning urug`i» so`zidаn) - ibtidоiy diniy e`tiqоdlаrning ilk shаkllаridаn biriFITESHIZM (portugalcha fetico, fransuzcha fetiche - sehrli narsa, tumor) - g`аyritаbiiy xususiyatlarga ega deb hisoblanadigan jonsiz narsalar - fetishlarga sig`inish.
5. “Avesto”- O‘rta Osiyodagi qadimgi sivilizatsiyani o‘rganishda tarixiy manba
sifatida
«Avesto» ta'limotining asoschisi, tarixga payg'ambar nomi bilan kirgan Zardusht (Zaratushtra Avesto tilida, Zoroastr yunon tilida) ismli shaxsdir. Zardusht «Oltin tuyali» yoki «Oltin tuya yetaklovchi» degan ma'noni bildiradi.Avval boshda «Avesto» 21 kitobdan iborat bo'lgan. Abu Rayhon Beruniyning «O'tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida ta'kidlanishicha, Eron podshohi Doro davrida «Avesto» to'liq holda 12 ming qora mol terisiga zarhal xarflar bilan bitilgan. Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa istilosi davrida uning buyrug'i bilan zardush-tiylik ibodatxonalari vayron qilinganidek, muqaddas «Avesto»ning 5 dan 3 qismi ham kuydirib yuborilgan.
6. Davlat tushunchasi, uni kelib chiqish shart-sharoitlari, asosiy funksiyalari
Davlat huquqiy qonunlar himoyasida boʻlgan koʻpchilik odamlarning birlashmasidir" (Kant
).Davlat — jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi. Davlatlar mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada boʻladi, qonunchilik bilan shugʻullanadi va hokazo. Mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilib, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma hisoblanadi. Davlat jamiyatni oʻz qonun-qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. Davlat boshqaruv shakli — davlat hokimiyati va boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibidir. Boshqaruv shaklining eng qadimgi va hozirgi kunga qadar rivojlanib kelayotgan shakli monarxiya va respublikadir. Monarxiya koʻproq Qadimgi Sharq, shu jumladan, Turon zaminida tashkil topgan davlatlar shakli edi. Monarxiyaning oʻzi ham mutlaq monarxiya va cheklangan monarxiya koʻrinishlariga ega. Mutlaq monarxiya davlatlarida davlat boshligʻining huquqi cheklanmagan, hokimiyat muddatsiz, taxt meros sifatida avloddan avlodga oʻtadi, davlat boshligʻining ustidan nazorat yoʻq va u hech kimga hisobot bermaydi.
7. Markaziy Osiyoda ilk davlatchiligini shakllanishi. Osiyo ishlab chiqarish usuli.
Miloddan avvalgi IV-III-II asrlarda qadimgi Xorazm mustakil davlat bo’lib, Iskandar, Salavkiylar va YOsiyocha ishlab chiqarish usuli — qad. jamiyat rivojlanishining alohida bosqichi tasnifi. Bu tushuncha dastlab 1859-yilda K. Marks tomonidan kiritilgan boʻlsada, oʻtgan asrning 20—30- va 60—80-yillarida ijtimoiy fanda keskin tortishuvlarga sabab boʻldi, lekin oʻzining uzil-kesil yechimini topmadi.

Ikki ming yil oldin paydo boʻlgan ishlab chiqarishning bu usuli Meksika, Peru, Shumer, Qad. Xitoyda, hatto Rossiyada mavjud boʻlgan degan fikrlar ham bor. Osiyocha iqtisodiyotning miloddan avvalgi 8—4 a.larda qad. Spartada, 3—1 a.larda Misrda, 6—14 a.da Vizantiya imperi-yasida va, nihoyat, 1917—1991-yillarda sobiq Sovet Ittifoqida amal qilgani maʼlum.unon-Baktriya davlatlari tarkibiga kirmagan


8. O‘rta Osiyo xalqlarning ajnabiy bosqinchilarga qarshi kurashi ( m.a.VI

Kirning massagetlar yurtiga bostirib borishi, Eron shohi bilan massagetlar malikasi, mard va jasur ayol To'maris o'rtasidagi munosabatlar, ularning o'zaro urushi, uning yakunlariga oid Gerodot ma'lumotlari alohida e'tiborga loyiqdir.


200 minglik katta jangovar qo'shin tuzib To'maris yurtiga kelgan Kir II harbiy mahoratda tengsiz bo'lgan massaget qabilalarini ochiq jangda yengish qiyinligini his etib, turli hiyla-nayranglar ishlatishga urinib ko'radi. Shu maqsadda, To'maris huzuriga elchilar yuborib, go'yo o'zini malikaga jazman ekanligini va shu bois unga uylanmoq-chiligini bildiradi.


Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, Doro I 519-518— yillardagi harbiy yurishlari davomida sak qabilalarini yengib, itoatga keltirishga musharraf bo'ladi. Lekin bunga osonlikcha erishgan emas. Loaqal, bu yurtning oddiy cho'poni Shiroq singari mard shunqorlarining ajnabiy bosqinchilar bilan mardona kurashganligi buning yorqin isboti bo'la oladi.
9. M.a. III- m.III a. O‘rta Osiyodagi davlatlari ( Dovon, Kang‘, Xorazm).
10Qadimgi Qang` davlati va ijtimoiy hayo
O’rta Osiyo yunon-makedon istilosi va salavkiylar sulolasi hukmronligidan keyin mil. avv. III asr boshida hozirgi Toshkent vohasida va Sirdaryoning o’rta va shimoliy oqimi hududlarida Qang’ davlati vujudga kelgan. Bu davlatning etnik tarkibini turli qabila, elatlar tashkil etgan. Unda etakchi qang’arlardan tashqari katarlar, kamarlar, toharlar, apasshaklar, asiylar va boshqa qabila, urug’lar ham yonma-yon istiqomat qilganlar. Mil. avv. II-I asrlar Qang’ davlatining eng kuchaygan davri edi. Shu davrlarda Qang’ bir qator viloyatlarni o’z tobeligiga bo’ysundirgan edi. Xitoy solnomalarida bu viloyatlarning 5 ta nomi tilga olinadi. Bular – Susye (Kesh-Shahrisabz), Fumu (Zarafshon vodiysi), Yuni (Toshkent viloyati), Gi (Buxoro vohasi), Yuegyan (Urganch shahri va viloyati). Mil. avv. II-I asrlarda Orol dengizining shimoliy sharqidagi Yantsay (Hozirgi Qizil O’rda) va Yan erlari ham qang’arlar tobeligida bo’lgan. Shunday qilib, o’z davrida Qang’ davlati O’rta Osiyoda yirik davlatga aylangan edi. Bu davlatning yirik shaharlari sirasiga Aris daryosi sohilidagi O’tror va hozirgi Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumani hududida joylashgan Qanqa (Qang’iz) shaharlari kiradi. Bu shaharlar o’sha davr shaharsozligining yuksak namunalarini o’zida mujassamlashtirgan. Qang’ davlatini boshqarishda podshohning roli va o’rni katta bo’lgan. Shu bilan birlikda davlat va jamiyat hayotiga oid ko’plab muhim masalalarni hal etishda urug’ va qabila oqsoqollaridan iborat Oliy Maslahat kengashining mavqei ham alohida o’rin tutgan. Binobarin, podshoh o’z ichki va tashqi siyosatini yuritishda kengash bilan maslahatlashgan. Viloyat boshliqlari turkiy maqomda jobu yoki yobg’ular deb atalganlar. Ular o’z hududlarini boshqarishda bir muncha mustaqillikka ega bo’lib, markaziy hokimiyatga boj to’lab turganlar. Qang’ hukmdorlari mintaqadagi siyosiy vaziyatga ham faol aralashib, undagi muvozanatni saqlash bobida izchil siyosat olib borganlar. Ayniqsa ular Xitoyga nisbatan mustaqil siyosat yuritganlar. Shuning uchun ham Qang’ davlati o’z qo’shnilari - Davan, Qashg’ar, Yorkent singari mustaqil hududlarga nisbatan Xitoyning da’vosi va istilochilik yurishlariga keskin qarshi chiqqan va lozim bo’lganda o’z harbiy kuchlari bilan ularga yordamga kelgan. Mamlakat aholisining asosiy tarkibini turkiy etnoslar tashkil etgan. Ularning ancha qismi o’troq hayot kechirganlar. Aholining ma’lum qismi ko’chmanchilik bilan shug’ullangan. Daryo va soylarga tutash vohalarda dehqonchilik madaniyati rivojlangan. Shaharlarda savdo-sotiq, hunarmanchilik rivoj topgan

10.Kushon podsholigini tashkil topishi


Kushon podsholigi — oʻrta osiyo va shimoliy hindistondagi qadimiy davlat (milodiy 1—3-asrlar). Milodiy 1-asrning 1-yarmi yohud oʻrtalarida yuechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan.


Massagetlar (Xitoy yilnomalarida — yuechji) miloddan avvalgi 140 yil Sirdaryo ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon-Baqtriya podsholigi oʻrnida 1 asr davomida 5 ta qabilaga boʻlinib yashagan. Bulardan kushon (Xitoy yilnomalarida guyshuan) qabilasi jabgʻusi Kujula Kadfiz (Kadfiz I) milodiy 1-asrda qolgan 4 ta qabilani boʻysundirib, oʻzini hukmdor deb eʼlon qilgan.


„Kushon“ nomi yo sulola yoki qabilaga oid boʻlib, u ilk bor miloddan avvalgi 1-asr oxiri — milodiy 1-asr boshida hukmron boʻlgan podshoh „Geray“ — Sanab zarb qildirgan tangalarda qoʻllangan. Kushonlarning dastlabki mulklari hududiga Shim. Baqtriya (Tojikiston hamda Oʻzbekistonning janubi, Turkmanistonning janubi-sharqidagi hududlar) kirgan. Dastlab jabgʻu, keyinchalik podsho unvoni bilan davlatni idora qilgan Kadfiz I Kushon podsholigiga asos solgan boʻlib, uning davrida kushonlar hozirgi Afgʻoniston bilan Pokistonning aksariyat qismini istilo qilgan. Kadfiz I ning vorisi Vima Kadfiz hukmronligi davrida Hindistonning aksariyat qismi Kushon podsholigiga qoʻshib olingan. Kushon podsholigining eng ravnaq topgan davri Kanishka hukmronlik qilgan vaqtga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoda kushon mulklarining shim. chegarasi Hisor tizmasi boʻylab, u yerdardagi togʻ daralarida gʻoyatda mustahkam chegara devorlari qurilgan


11. Buyuk Ipak yo‘li- Shark bilan G‘arbni bog‘lovchi omil sifatida.


buyuk ipak yoʻli qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan savdo yoʻlidir.
Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim ahamiyat kasb etgan.
Buyuk Ipak yoʻli — insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining oʻziga xos boʻlgan hodisasidir. Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: „Oʻtirgan — boʻyra, yurgan — daryo“. Harakatlanish — bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan edi. Insoniyat tarixida eng ulkan boʻlgan ushbu qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta, sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish qaʼriga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho toshlar — Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp jihatdan koʻmaklashgan. Masalan, Yasminadan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan „lazurit yoʻli“ mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yoʻli“ ham tarkib topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkent tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb hisoblaydilar, oʻsha davrda xitoyliklar uchun ilk bora Gʻarb oʻlkalari — Markaziy Osiyo davlatlari kashf etilgan edi.
12. Oʻrta Osiyoda kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishda Buyuk Ipak yoʻlining oʻrni
Buyuk ipak yoʻli miloddan avvalgi I ming- yillikning ikkinchi yarmidan to milodiy XV asrgacha Xitoy, Hindiston, Oʻrta Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda Oʻrta dengiz mamlakatlarini gʻarb bilan tutashtiruvchi savdo-sotiq iqtisodiy va madaniy aloqalarining rivojlanishida asosiy vosita boʻlgan. Nemis sharqshunos olimi Ferdinand fon Rixtgofen 1877- yilda Xitoy nomli asarida bu karvon yoʻllar tarmogʻini avvallari ular orqali asosan ipak va shoyi tashilgani uchun "ipak yoʻli" deb atadi. Keyinchalik “Buyuk ipak yoʻli” atamasini koʻpchnlik tadqiqotchi va olimlar ishlatadigan boʻldilar. Lekin miloddan burungi bir necha asrlar qimmatbaho toshlar tashiladigan “Lojuvard yoʻl” Badaxshonni Eron, Mesopatamiya, Suriya Misr kabi davlatlar bilan bogʻlangan. “Nefrit yoʻli” esa Turkistonni Sharqiy Xitoy bilan bogʻlangan.

Miloddan avvalgi II asr oxiridan boshlab Oʻrta Osiyo bilan Xitoy oʻrtasida muntazam diplomatik va savdo munosabatlari amalga oshirila boshlangan. Xitoy hukmdorlari oʻz elchilarini katta sovgʻa-salomlar bilan nafaqat Oʻrta Osiyoga, balki Buyuk ipak yoʻli orqali Eron Mesopotamiya va Kichik Osiyo davlatlariga ham yuborganlar. Buyuk ipak yoʻlida yangi-yangi shaharlar, karvonsaroylar va savdo nuqtalari bunyod etildi. Oʻrta Osiyo hududlari oʻzining geografik joylashgan mavqeiga koʻra Buyuk ipak yoʻli taraqqiyotida munosib oʻrin egallagan. Chunki, savdogarlar Sharqiy Turkiston, Xorazm, Buxoro, Naxshab, Termiz, Samarqand kabi shaharlarda oʻz mollarini sotib bu hududlardan oʻzlariga kerakli boʻlgan buyumlarni harid qilib qaytar edilar.


Buyuk ipak yoʻli 12 ming km uzunlikda boʻlgan. U Sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali Oʻrta er dengizi sohillarigacha borgan. Ikkinchi yoʻnalish Markaziy Osiyo orqali Hindistonga olib borgan. Bu yoʻlda qator qadimiy shaharlar joylashgan: Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv va boshqalar. Markaziy Osiyo kumushiga ehtiyoj sezgan mamlakatlarga boradigan "Kumush yoʻli" ham boʻlgan. Bu yoʻl Xazar xoqonligi va Bulgʻor davlati orqali Kiev, Rusi va Yevropa mamlakatlariga borgan. U Buyuk ipak yoʻlning shimoliy tarmogʻi hisoblanib, VI asrdan boshlab ishga tushgan.
Fargʻona vodiysida ipak yoʻli ikki tarmoqqa boʻlingan. Birinchisi Oʻzgandan Axsi, qamchiq davoni orqali (yozda) Iloq vohasi va Toshkentga kelgan. Ikkinchisi janubiy tarmoq boʻlib, oʻzgandan Oʻsh, Quva, Margʻilon, Qoʻqon orqali Xoʻjand, Samarqand, Buxoroga oʻtgan. Asosiy karvon yoʻllaridan tashqari ichki savdo yoʻllari ham boʻlgan. Biri Axsidan Koson orqali Chust vohasiga oʻtgan. Yana biri Pop, Zarkent orqali konchilar qarorgohlari va yaylovlariga borgan. Qurama va Oloy togʻlari qazilma boyliklari va Zarafshon daryosi boyliklari tufayli bu yoʻl tarmogʻi “Oltin yoʻl” deb atalgan.
Bu yoʻl XV-XVI asrlarga kelib oʻzining dastlabki mavqeini yoʻqota bordi. Chunki bu davrlarda dengiz yoʻli kashf etildi, savdo kemalari orqali turli yurtlar bilan bordi-keldi qilinadigan boʻldi. Keyingi asrlarda oʻzaro iqtisodiy va oʻzga munosabatlar birmuncha osonlashdi, yangidan-yangi transport vositalari kashf etildi.
13. Eftaliylar davlati: siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy xayoti
Eftallar davlati. V asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyoda Eftaliylar davlati faoliyat ko‘rsatgan. Yozma manbalarda eftaliylar, eftallar, eftalitlar, xaytallar kabi turli nomlar bilan atalgan bo‘lib, bu nomlar Eftallar shohi “Eftalon”, ba’zi manbalarda “Vaxshunvar” dan olingan. Eftallar davlati - ilk o‘rta asrlarning qudratli davlati. V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida Eftallar davlati O‘rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston hududlarini o‘z ichiga olgan
Eftallar V asr boshlarida O‘rta Osiyo hududiga Sharqdan kirib kelganlar. Eftaliylar davlatining dastlabki poytaxti Buxoro yaqinidagi Poykant va Varaxsha shaharlari bo‘lgan. Bu davlatga O‘rta Osiyodan tashqari Sharqiy Turkiston, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston va hozirgi Pokiston hududlari ham kirgan. Eftallar davlati o‘zaro aloqa o‘rnatish maqsadida 456-yilda Xitoyga elchi yuborgan.
Eftallarning tobora kuchayib borayotganidan xavfsiragan sosoniylar ularga qarshi yurish qiladi. Sosoniylar shohi Pero‘z 484-yilda eftallarga qarshi bo‘lgan urush Pero‘zning halokati bilan tugaydi. Shundan so‘ng eftallarga qaram bo‘lib qolgan sosoniylar ularga kumush hisobida belgilangan bojni uzluksiz to‘lab turganlar.
ü Boj - o‘lpon, soliq. Bir davlat tomonidan ikkinchi davlatga to‘lanadigan, shuningdek, shahar va qishloq bozorlarida savdogarlardan olinadigan maxsus to‘lov
Eftaliylar davrida saltanat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan. Taxt otadan bolaga qolmay, shu suloladan kim loyiq deb topilsa o‘sha taxtga o‘tirgan. Nomzodni aniqlab taqdim etadigan kengash ham mavjud bo‘lgan. Bu kengash sulolaning mo‘tabar namoyandalari hamda saltanatning obro‘li a’yonlaridan iborat bo‘lgan. Viloyatlarda boshqaruv mahalliy xonadonlar (sulolalar) tomonidan olib borilgan. Mazkur mulklar hukmdor - Sho (shoh)ga tobe sulolalar tomonidan boshqarilgan. Hatto ularning har biri o‘zining kumush yoki mis tangasini zarb etgan.
V asr oxiri — VI asr boshlarida Xorazm, So‘g‘diyona, Choch va Baqtriya viloyatlarida hashamatli binolari bo‘lgan alohida-alohida qo‘rg‘onlar yuzaga kelgan. Eftaliylar davlat boshqaruvida ma’lum qonun-qoidalar mavjud bo‘lgan. Davlat harbiy kuchga tayangan. Jinoyat uchun juda qattiq jazolar belgilangan. 563-567-yillarda Eftallar davlati Turk hoqonligi hamda Eron sosoniylarining zarbasiga uchragan va tamomila barbod bo‘lgan.
Xo‘jalik hayoti. Eftallar davlatiga birlashgan aholining etnik tarkibi xilma-xil bo‘lgan. Iqtisodiy-savdo munosabatlarining izchil yo‘lga qo‘yilishi mamlakatda dehqonchilik, sun’iy sug‘orish, chorvachilik, bog‘dorchilik va hunarmandchilik ravnaq topishiga asos bo‘lgan. Hozirgi vaqtda ham Toshkent vohasi va Janubiy Qozog‘iston yerlarining bir qismini suv bilan ta’minlab turgan Zog‘ariq (Zovariq) va Bo‘zsuv, Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi Darg‘om kanali V asrda barpo etilgan eng yirik sug‘orish tarmoqlaridan hisoblanadi.
Savdo va pul muomalasi. Tashqi savdo bojidan manfaatdor bo‘lgan eftallar “Ipak yo‘li”ni o‘z nazoratlari ostida tutib turishga harakat qilgan. Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya bilan bo‘lgan xalqaro savdoda faol qatnashgan. Ipak yo‘li savdosida sosoniy savdogarlari bilan raqobatda asosan sug‘diylar vositachi bo‘lgan. Bu esa o‘z o‘rnida yo‘l, qatnov, ta’minot, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining kengayib borishiga yo‘l ochgan. Tashqi savdoda ipak, lok, bo‘yoqlar, rangli shishalar, qimmatbaho toshlar, arg‘umoq otlar, matolar, shirinliklar, qurol-yarog‘ kabi noyob mahsulotlar bozori chaqqon bo‘lgan. Xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi bilan mamlakatda tanga pul muomalasi tartibga solinadi.
Ichki va tashqi savdo munosabatlarida eftallar dastavval sosoniy hukmdorlarining kumush tangalaridan keng foydalanadilar. Bulardan tashqari, Buxoro, Poykand, Vardona, Naxshab, Samarqand va Xorazmda mahalliy hokimlar tomonidan chiqarilgan chaqa tangalar mamlakatning ichki savdosida keng muomalada bo‘lgan.
Til va madaniy aloqalar. O‘rta Osiyo aholisining bir qismi sug‘d tilida, ikkinchi qismi turkiy tilda so‘zlashgan. Bu davrda sug‘d tili xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv va Farg‘ona, Sharqiy Turkiston, Xitoy hududlarida foydalanilgan. V-VI asrlarda sug‘d, xorazm va eftal yozuvlari tarqalgan. Eftallar alifbosi Baqtriya yozuvi asosida shakllangan. Eftallar alifbosi 25 harfdan iborat bo‘lgan. Yozuv chapdan o‘ngga tomon yozilgan.
V asrda O‘rta Osiyoda shishasozlik rivojlangan. O‘rta Osiyo shishasi rangdorligi, yarqit oq t igi va tiniqligi jihatidan Vizantiya shishasidan ustun turgan. Xitoy imperatorlari o‘z saroylarini bezashda O‘rta Osiyodan keltirilgan rangli shishadan foydalanganlar.
Ulkan saltanat ahli zardushtiylik, qadimiy e’tiqodlardan Siyovush, Anahita, Mitraga, buddaparastlik (asosan Shimoliy Hindistonda) kabi dinlarga sig‘ingan. Shu bilan birga o‘lkada Moniy va Mazda (mazdakiylik) ta’limotlari ham tarqab borgan.
O‘rta Osiyo aholisining madaniy an’analari qo‘shni mamlakatlar, xususan, Hindiston va Eron tasviriy uslublari bilan uyg‘unlashib, ilk o‘rta asrlar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylangan.

14. O‘rta Osiyoda yangi yerga egalik munosabatlarini shakllanishi. Jamiyat tarkibidagi o‘zgarishlari


Mamlakatimiz hududida milodning IV-V asrlaridan e’tiboran yerga egalik munosabatlari qaror topa boshlagan.


Vohalarda yirik sug`orish tarmoqlari qazilib, sug`orma dehqonchilik maydonlari kengaydi. Suv tegirmoni, chig`ir va charxpalaklar kabi suv inshootlari kashf etildi. Ziroatchilikda g`allakorlik va polizchilik bilan bir qatorda paxtachilik va bog`dorchilik maydonlari kengaydi.


Shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivoj topishi bilan qishloq xo`jalik mahsulotlariga bo`lgan ehtiyoj ortib bordi. Natijada mamlakatning iqtisodiy hayotida xomashyo yetkazuvchi qishloqlarning nufuzi ko`tarildi. Mamlakatning dasht va tog` oldi mintaqalarida yashovchi ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi aholining o`troq hayotga o`tishi kuchaydi. Oqibatda dehqonchilik uchun yaroqli obikor yerlarga bo`lgan muhtojlik tobora oshib bordi. Natijada qo`riq va bo`z yerlarga suv chiqarib katta-katta yer maydonlarini ochish ishlari jadallashdi.


Bunday obodonchilik ishlarini amalga oshirishda el-yurtning ijtimoiy hayotida kattagina nufuzga ega bo`lgan mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari hamda urug` va qabila boshliqlari sarkor-ishboshi sifatida faol qatnashadilar. Qo`riqlarda ochilgan yangi yer maydonlarining ma'lum bir ulushi ularning qo`liga o`tadi va vorisiy mulkiga aylanadi. Shu tariqa katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllanadi.


Avvalda o`z qaramog`idagi xizmatkorlari mehnatidan foydalanib kelgan dehqonlar keyinchalik turli yo`llar bilan qishloq jamoalari ustidan hukmronlik qiladigan, bora-bora ular kuchidan foydalanadigan bo`ladilar. Shunday qilib, mamlakatda yerga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi bilan qishloq jamoalari ichida yirik yer egalari bo`lmish dehqonlar bilan bir qatorda kadivarlar tabaqasi ham paydo bo`ladi. Mamlakatda yer-suv mulkchiligining xususiyligi ortib borishi bilan kadivarlarning soni ko`payib, dehqonchilik xo`jaligining asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarining biriga aylangan.


Shunday qilib, yer egaligi munosabatlarining tarkib topishi bilan mamlakatning ijtimoiy hayotida keskin o`zgarishlar sodir bo`ldi. Patriarxal qishloq jamoalari ijtimoiy jihatdan tabaqalanib, u yerli mulkdor dehqon va unga qaram bo`lgan yersiz va erksiz kadivarlarga ajralib bordi. Qishloq jamoalari yerlarida yashab yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo`lgan erkin ziroatchilar tabaqasi kashovarzlar deb atalardi. Ularning ma'lum bir qismi jamoa yerlaridan mahrum bo`lib, bora-bora kadivarlarga aylanib borganlar. Ayrim dehqonchilik vohalarining katta yerlarga ega bo`lgan dehqonlari o`z viloyatlarida hatto mustaqil hokim bo`lib oladilar.


15. O‘rta Osiyo xalqlari Turk hoqonligi davrida: siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy xayoti.
Turkiy elatlarning keng sharqiy hududlarda qadim-qadim davriardan buyon yashab, o'zlaridan munosib madaniy iz qoldirib kelganligini juda ko'plab tarixiy manbalar ham tasdiq etadi; Mo'tabar Xitoy manbalari, mashhur «O'g'iznoma», O'rxun-Enasoy yozuvlari, Kultegin bitiklari bunga ishonchli guvohdir. Oltoy, Tuva hamda ularga tutash hududlarda turli turkiy qabilalar, chunonchi, Ashin, Arg'u, O'g'iz, To'qqiz o'g'iz, O'ttuz tatar, Karluq, Kitan, Tolis, Turk, Uyg'ur, To'qri (toharlar), Quriqan, Duba (tuba-tuva)va boshqalar yashardilar.

VI asr boshlarida Oltoy o'lkasida siyosiy jarayonlar faollashadi. O'sha paytda hozirgi Mo'g'uliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI asr boshlarida Oltoydagi turkiy qavmlar orasida Ashin urug'ining mavqeyi ko'tariladi. 1 Ashin urug'iga mansub Asan va Tuu 460-545— yillarda boshqa ' urug'larni o'zlariga bo'ysundiradilar va Oltoyda turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar./Tuuning o'g'li Bumin Tele qabilasini ham bo'ysundiradi.^ Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551— yilda Jujan xonining qo'shinlarini yengib, ularni o'ziga bo'ysundiradi; Bumin 552— yilda Xoqon deb e'lon qilinadi va yangi davlat - Turk xoqonligiga asos soladi. Uning poytaxti Oltoydagi O'tukan shahri edi. Xoqonlik tez orada kuchayib, uning dovrug'i ortib borgan. U ko'p bor Xitoyga yurishlar qilib, uning bir qancha hududlarini bosib olgan. Xitoy podsholigi Turk xoqonligiga har yili o'lpon tariqasidayuz bo'lakdan iborat ipak mato berib turishga majbur bo'lgan.


553— yilda Buminxon vafot etgach, hokimiyatga uning katta o'g'li Mug'anxon (553-572) o'tiradi. Mug'anxon 558— yilda jo'janlarga so'nggi bor qaqshatqich zarba berib, o'z davlati hukmronligini Tinch okeangacha bo'lgan hududlarda mustahkamlaydi. Uning amakisi Istami (unga «Yabg'u» - bahodir unvoni ham berilgan) bo'lsa, bu davrda xoqonlik hududini g'arbga tomon kengaytirib, Yettisuv, Qashqar va boshqa hududlarni egallaydi.


563-567—yiliar davomida Istami yabg'u qo'shinlari eftaliylar dav-latiga ketma-ket zarbalar berib, O'rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo'lgan yerlarni egallashga muvaffaq bo'ladi. Buning oqibatida Eftaliylar davlati qulaydi. Turk xoqonligi O'rta Osiyo yerlarini ishg'ol etgach, uning hududlari bevosita Eron chegarasiga tutashadi.


Xoqonlik Eron bilan yaxshi qo'shnichilik, savdo-sotiq aloqalarini o'rnatishga intiladi. Shu maqsadda, Eron shohi Xusrav 1 Anushirvonga turk malikasi uzatiladi, Eronga elchilar yuboriladi. Biroq Turk xoqonining Eronga ikki bor yuborgan elchilari faoliyati muvaffiyatsiz chiqqach, Eronning xoqonlik bilan murosaga bormasligi, uning qat'iy dushmanligi ma'lum bo'ladi. Buning boisi Eron shohining O'rta Osiyo hududlariga da'vogarligida edi. Bu esa, shubhasiz, bir necha bor xoqonlikning Eron bilan urushlar olib borishiga sabab bo'ladi. Istami qo'shinlari Eron shohi Xisrav I ni yengadi. Eron shohlari Turk xoqonligiga 400 ming Vizantiya tillasi hajmida tovon to'lashga majbur bo'ladi. Mug'anxon va uning avlodlari g'arbda Qora dengizga qadar hududlarni zabl etib o'zlariga bo'ysundirganlar.


Turk xoqonligi 568-569—yillarda o'sha davrning qudratli davlati-Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o'rnatishga intilib, So'g'd savdogari Maniax boshchiligidagi elchilarni u yerga yuboradi. Elchilar imperator Yustinian II qabulida bo'ladi. Shundan so'ng Vizantiyannig Zemarx boshliq elchilari xoqonlik davlatiga keladi. Bu esa shu davlatlar o'rtasida o'zaro ishonch va savdo-tijorat munosa-batlarini o'rnatishda muhim ahamiyat kasb etgan.


Turk xoqonlari O'rta Osiyoda hukmronlik qilsa-da, biroq o'zlari bu hududga ko'chib kelmaganlar. Ular Yettisuv va boshqa hududlardagi bosh qarorgohlarida qolib, bo'ysungan hududlarni mahalliy hukm-dorlar orqali boshqarib, ulardan olinadigan soliq-o'lponlar va to'lovlar bilan kifoyalanganlar. Bundan ko'rinadiki, Turk xoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy davlat tuzilmalari, ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat bobidagi mustaqil faoliyatlari davom etgan. Xoqonlik istisno hollardagina o'lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashgan. Bu narsa ko'proq tashqi siyosat, xalqaro savdo-sotiq masalalariga daxl etardi. Xitoy manbalarida ta'kidlanganidek, Zarafshon, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida bu davrda 9 ta mustaqil hokimlik mavjud bo'lgan: Samarqand, Ishtixon, Maymurg', Kesh, Naqshab, Kushon, Buxoro, Amul va Andxoy shular jumlasidandir. Ayniqsa, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Choch (Toshkent) hokimliklari o'zlariga ancha mustaqil bo'lganlar. Buxorxudotlar zarb etgan tanga pullar keng muomalada bo'lgan. Shu bilan birga, bu nisbatan mustaqiJ hokimliklar o'rtasida o'zaro kurash, ichki ziddiyatlar ham to'xtovsiz bo'lib turgan. Bu esa mahalliy aholi hayoti, turmushini nochor ahvolga duchor etgan. Masalan, 585-586— yillarda Buxoroda zodagon dehqon va boy savdogarlarga qarshi qo'zg'olon ko'tariladi. Unga Abro'y boshchilik qiladi. Xoqon Qoracho'rin qo'shinlari qo'zg'olonni bostirib, qo'zg'olonchilarni qattiqjazolaydi.


Bo'ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqarish tartibi xoqonlikni zaiflashtira bordi. Natijada VI asrning 80— yillari oxirlarida Turk xoqonligi ikki qismga bo'iinib ketadi.


G'arbiy turk xoqonligi (uning tarkibiga O'rta Osiyo, Sharqiy Tur-kiston hududlari kirgan). Sharqiy turk xoqonlik (uning tarkibiga Mo'g'uliston hududlari kirgan). VII asrda g'arbiy xoqonlikda shaharlar rivojlanishi, Eron vaXitoy bilan qizg'in savdo-sotiq vadiplomatik aloqalar kuzatilgan.


Darhaqiqat, Xitoyda Tan sulolasi (618-907— yil) hukmronligi davrida G'arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o'rtasida foydali aloqalar keng yo'lga qo'yiladi. Masalan, 627-644— yillarda O'rta Osiyodan Xitoyga 9 marta savdo karvonlari yuborilgan. VII asrning 30— yillarida xoqonlik hududlarini kezgan xitoylik sayyoh Syuan Tsin Issiqqo'l, Chu vodiysi, Choch, Samarqand, Buxoro kabi joylarning ancha gavjum va obod bo'Iganligini qayd etadi. Tan sulolasi 659— yilda Sharqiy Turk xoqonligini o'ziga bo'ysundiradi.


VII asr ikkinchi yarmida ancha kuchaygan Xitoy O'rta Osiyo hududlarini ham o'z qo'l ostiga kiritish payiga tushadi. Biroq 670— yilda tibetliklar bosh ko'tarib, sharqiy Turk xoqonligini yangidan tiklaganlaridan so'ng va bu davlat Xitoy uchun kutilmagan xavf-xatarni keltirib chiqargach, endilikda Xitoy O'rta Osiyoga bo'lgan o'z da'vosidan vaqtincha voz kechadi. Uning endigi butun diqqati Tibetga qaratiladi. Bu davrda O'rta Osiyo hududlarida G'arbiy Turk xoqonligi ta'siri tobora zaiflashib boradi. Bunga mahalliy hokimliklar o'rtasidagi ichki ziddiyatlar, yer-mulk uchun o'zaro kurashtar ham sabab bo'ladi. Bu esa pirovardida bu hududlarning arab istilochilari tomonidan bosib


16. O‘rta Osiyoga arablar istilosi, uning oqibatlari. Arablashtirish siyosati uning maqsadi va usullari. Ulkada islom dinini yoyilishi.
Arab manbalarida Movarounnahrni arablar istilo qilishi 650-yillarda boshlagan, degan taassurot uygʻotsa-da, aslida dastlabki harbiy harakatlar faqat oʻlja olish va oʻlpon undirishga qaratilgan edi. Dastlab arablar Marvdagi kichik harbiy boʻlinma bilan cheklanishgan, Iroqdagi voliylar har yili Movarounnahrdagi mahalliy hokimliklarni talon-taroj qilish uchun qoʻshin joʻnatib turishgan[16]. 652-yilda Axnaf ibn Qays boshchiligidagi birinchi harbiy ekspeditsiyasi Quyi Toxaristonning birlashgan qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchrab, Marvirudga qaytib ketishadi. Ammo al-Aqra ibn Habis boshchiligidagi ikkinchi harbiy ekspeditsiya Joʻzjon hokimini magʻlub etib, Joʻzjon, Foryob, Taliqon va Balxni egallashga muvaffaq boʻladi. Arab qoʻshinlari Xorazmgacha boʻlgan hududlarni talon-taroj qiladilar. 654-yilda Soʻgʻdiyonaning Maymurgʻ shahri arablar bosqiniga uchradi[17]. Biroq oradan koʻp oʻtmay, Karin (ehtimol, Karin-pahlaviylar sulolasi vakili) boshchiligidagi mahalliy aholi qoʻzgʻolon koʻtaradi. Natijada arablar Xuroson (hozirgi Afgʻonistonning shimoli, Eonning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistonning Amudaryogacha boʻlgan yerlari)ni tark etishadi. Xitoy manbalariga koʻra, Toxariston hokimlari Yazdigard III ning oʻgʻli Peroʻzni bir muddat rasman Fors shohi etib taxtga oʻtqazadilar. Bunga qarshi arablar hech qanday harakatni amalga oshira olmaydilar, chunki ular Birinchi fitna (656-661) bilan mashgʻul boʻlib qolishgandi. Lekin 655-658-yillarda ham talonchilik yurishlari davom etavergan[18].

Fuqarolar urushi tugagach, Xuroson ustidan xalifalikning hukmronlik nazoratini tiklash vazifasi Abdulloh ibn Amirga yuklatildi. Ibn Amirning bu hududga ilk marotaba harbiy yurishi bilan keyingi yillarda sodir boʻlgan voqealar orasida tarixiy chalkashliklar mavjud, ammo mahalliy yozma manbalar koʻra, bu yillarda aholi arablarga qarshi isyonlar koʻtarishgan. Shuningdek, ibn Amirning oʻrinbosari Qays ibn al-Xattam tomonidan Navbahordagi buddaviylik stupasi (me'moriy inshoot) buzib tashlanadi[19]. Faqatgina Ziyod ibn Abu Sufyon Iroq va xalifalikning sharqiy qismiga voliy etib tayinlangach, arablar Xurosonni egallash uchun toʻlaqonli yurishlarni boshlaydilar. Ziyod ibn Abu Sufyonning Xurosondagi noibi al-Hakam ibn Amr al-Gʻafriy 667-yildan 670-yilgacha, ya'ni vafotiga qadar Toxaristonga bir qator yurishlar uyushtiradi, bu yurishlar davomida arab qoʻshinlari Amudaryodan oʻtib, Chagʻoniyonga kirib boradilar. Peroʻz taxtdan agʻdarilib, Xitoyga qochib ketadi. Al-Hakamning oʻlimidan keyin hududda keng koʻlamli qoʻzgʻolonlar avj olib ketadi, ammo uning vorisi Rabi ibn Ziyod al-Horisiy Balxni egallab, Amudaryoni kechib oʻtib, Chagʻoniyonga bostirib kirishdan avval Koʻhistondagi isyonchilarni magʻlub qiladi. Arab manbalarida shu yillarning oʻzida Xorazmning bosib olinishi, arablarning gʻarb tomonda joylashgan Zam va Amulni muhofaza qilganliklari qayd etilgan[20]. Kelajakda oʻlkada musulmonlarning oʻrni oshirish uchun 671- yilda Ziyod ibn Abu Sufyon Basra va Kufada 50 ming jangchini oilalari bilan Marvga joylashtiradi. Bu harakati tufayli Xurosondagi musulmonlarning rolini mustahkamlabgina qolmay, balki kelajakda Movarounnahrga yurish qilish uchun zarur boʻlgan kuchlarni ta'minlashga zamin yaratadi[21][22].


Ziyod vafot etgach, uning ishini oʻgʻli Ubaydulloh ibn Ziyod davom ettirdi, u Xuroson noibi etib tayinlanadi va 673-yil kuzida Marvga keladi. Keyingi yil bahorida Ubaydulloh Amudaryodan kechib oʻtib, Buxoro muzofotiga kiradi, bu paytda shahzoda goʻdakligi tufayli uning nomidan onasi Buxoro malikasi Xotun (turkiycha aslzoda ayol) hukmdorlik qilayotgandi. Arablar Buxoroni egallashdan avval Poykand va Romitanni bosib oladilar. Mahalliy yozma manbalarda arablarning Buxoroni qamal qilgani, turklar esa yordamga kelganligi qayd etilsada, bu arab manbalarida uchramaydi, akisncha, ularda arablar buxoroliklar ustidan katta gʻalaba qozongani keltiriladi. Oʻlja sifatida Ubaydulloh oʻziga shaxsiy qoʻriqchisi sifatida barchasi „mohir kamonchilar“ boʻlgan 2000 nafar asirni qoʻlga kiritadi. Harbiy yurishdan soʻng Buxoroning keyingi taqdiri noaniqligicha qolgan, ammo xalifalikning markaziy hokimiyatini tan olib, unga oʻlpon toʻlovchi boʻlgani aniq[23].


VII—VIII asrlarga oid Toxaristondan topilgan erkak kishi haykali


Ubaydullohning muvaffaqiyatlarini uning davomchilari Aslam ibn Zura va Abdurahmon ibn Ziyodlar takrorlay olmadilar. Faqat 676-yilda Said ibn Usmonning qisqa hukmronligi davrida arablar Soʻgʻdiyonaga katta harbiy yurish qiladilar. Al-Balozuriy va Narshaxiyning yozishicha, Said Kesh, Nasaf, Buxoro va turkiylarning shaharlaridan tuzilgan mahalliy harbiy ittifoq kuchlarini tor-mor etib, Buxoroni xalifalikka boʻysunishiga Xotunni majbur qiladi va shundan keyin Samarqandni qamal qiladi. Shaharni egallab, 50 nafar yosh aslzodalarni garovga oladi, keyinchalik ularni Madinada qatl ettiradi. Yoʻl-yoʻlakay Termiz egallab, Xuttalon hokimini ham taslim qiladi[24].

Arablarning Shosh va Xorazmga Amudaryo orqali dastlabki hujumlari Ikkinchi fitna (683-692) davrida Xurosonda boshlangan oʻzaro qabilaviy urushlar sababli toʻxtab qoladi. Keyingi Xuroson noiblari, jumladan al-Muhallab ibn Abu Sufra Movarounnahrni egallab olishga urinadi, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchraydi[25]. Mahalliy hokimlar oʻz navbatida arablar oʻrtasidagi ixtilofdan foydalanib, 689-yilda Termizni egallab olgan arab qochqini Muso ibn Abdulloh ibn Xozim yordamida arablarni oʻlkadan quvib chiqarishga erishadilar[26]. Biroq Movarounnahrdagi mahalliy hokimlar arablar istilosiga qarshi kurashda toʻliq birlasha olmadilar, bundan esa 705-yildan soʻng Qutayba ibn Muslim oʻrinli foydalanadi[27]

17. Arablar zo‘lmiga qarshi Movaraunnaxr xalqlar olib borgan kurashi.
720—722 yillarda birinchilar katorida arablarga qarshi Sug’diyonada qo`zgolon ko`tarilgan. Bu ko`zgalonga Sa­marqand hokimi G’o’rak va Panjikеnt xukmdori Divashtich boshchilik qilganlar. Har safar bo`lganidеk so’g’dliklarning ozodlik va erk uchun kurashlarini turklar qo’llab- quvatlaganlar. Еttisuvdan, Turkash xoqon shahzoda Kursul boshchiligida katta qo’shinni yordam berish uchun Sa-
marqandga yuborgan. Sug’dliklarning birlashgan kuchlari arablar qarshi muvaffaqiyatli janglar qilib bir nеcha zarbalar berganlar. Bu paytda Xurosonda Sayd ibn Abdulaziz noib edi. U yumshoq tabiatli va ayni zamonda kiyim-kechakka o’ch bo’lganligidan «Xuzayna» (uy bekasi) laqabini olgan edi. Xurosonga yangi tayinlangan Said ibn Amr Al-Haroshiy (721) so’g’dliklarga qarshi kеskin cho ralarro’rgan. U Iroqda ko`tarilgan xalq ko`zg’olonini bostirishda o’zining shafqatsizligi bilan nom qozongan edi. Haroshiy ko`rgan kеskin choralardan jabr ko’rib norozi bo`lgan So’g’d axolisi mamlakatni tark etib, Farg’onaga ko’chishga qaror qilgan. So’g’d aholisidan taxminan 10 min kishi yo`lga otlanib, Xo’jand shaxriga еtib kеlganlarida Farg’ona podshosi ularni shaharda joy-lashtira olmay Isfara hududlarida joylashishini taklif etgan, Bu birinchi guruh edi. Ikkinchi guruh Panjikеnt hokimi Divashtich boshchiligida Zarafshon bo’ylab tog’lar oshib Obgar (Obargar) qalasi oldidan o’tib ilgarilab borgan.
Birinchi guruh hali Isfaraga еtib bormasdan Al-Haroshiy yuborgan arab qo’shinlari Xo’jandga еtib borganlar va so’g’dlilarni qamal qilganlar. Farg’ona hokimi so’g’dliklarga yordam bermagan.Qamalda qolgan so’g’dliklarni arablar batamom qirib tashlaganlar. Ba'zi ma'lumotlarda uch ming, yana boqalarida esa еtti ming odam ana shu qirg’inda halok bo`lganligi ta'kidlanadi. Arablar juda katta o’ljalarni qo’lga olganlar.

Sayd Al-Haroshiy Divashtich boshchiligida Obargar yaqinida turgan panjikеntliklarni tugatishga kirishadi. Shu maqsadda u Sulaymon ibn Abussari boshchiligida katta qo’shin jo’natadi. Bu ko’shin tarkibida O’rta Osiyo hududlaridagi bir nеcha hokimlar, jumladan Xorazm vohasi kuchlari ham bor edi. Umumiy qo’shinga rahbarlik qilish Musayyob ibn Bashir Ar-Riyohiyga yuklatiladi.


Ko`zg’olon ko`targan Divashtich boshchiligidagi kuchlar Obargar qal'asidan chiqib dushmanni qarshi oladi. Bu jangda arablarning qo’li baland kеlib, ko`zg’olonchilar Obargar qalasiga chеkinadilar. Qala arablar tomonidan qurshovga olinadi. Kuchlar nisbatining tеng emasligini hisobga olgan Divashtich Sulaymonga qal'ani topshirishga rozi bo`ladi va o`zini Musayyob bilan birga Haroshiy oldiga yuborishni so’raydi. Haroshiy Divashtichni izzat-ikrom bilan kutib oladi, samimiy qabul qiladi, so`ngra Arbinjonga (ba'zi manbalarda Rabinjon — Kattaqo’rgonga yaqin joyda) olib borib qatl etadi. Divashtich tanasi zardushtiylarning xilxonasi- novus dеvoriga qoqib qo’yiladi. Haroshiy suvdliklar qo`zgolonini bostirgach, Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida «tartib» o’rnatadi. Unda ayniqsa Kеsh va Yasaf katta tassurot uyg’otadi. U Sulaymon ibn Abussariyni bu shaharlarga xukim qilib tayinlaydi. Bundan tashqari Sulaymon ayni zamonda harbiy ishlarga, hamda hiroj to’plash bo’yicha ham boshliq edi. Bunday mas'uliyatli ikkita lavozimga bir vaqtning o`zida u davrda hech kim qo’yilmasdi. Bu Sulaymonga bo`lgan o`ziga hos katta ishonch edi, albatta.


Arab istilochilariga qarshi kurash bir daqiqa bo`lsada to’xtamadi va u muttasil davom etdi. 723 yilda, Farg`ona podshosi bosh ko`tardi. Uni Shosh, Nasaf aholisi va turklar qo’llab-quvvatladilar. Ittifoqchilarning birlashgan kuchlari arablarni Xo’janddan to Samarqandgacha bir nеcha zarbalar berib ta'qib etib bordilar. Bu voqealar shundan dalolat beradiki, so’g’dliklar arablardan bir nеcha bor mag’lubiyatga uchragan bo`lsalarda, ular o`zlarini hali batamom zabt etilgan dеb hisoblamas edilar va arablarga qarshi kurashni davom ettira berdilar.


18. Arab xalifaligi davri davrida Movarounnahrda ijtimoiy-iqtisodiy hayot

Download 102.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling