Oʻzbekiston-Tojikiston rektorlar 1-forumi


Download 14.16 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi14.16 Kb.
#1500782
Bog'liq
Tojikiston bo\'yicha ma\'lumot


O‘zbekiston Respublikasi
Transport vazirligiga

“Oʻzbekiston-Tojikiston rektorlar 1-forumi”da ikki qo‘shni mamlakatlar OTM uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Forum doirasida Akademik M.S.Osimi nomidagi Tojikiston texnika universiteti, Tojikiston texnologiya universiteti, Tojikiston texnika universiteti qoshidagi Xo‘jand politexnika instituti hamda Tojikiston texnologiya universitetining Isfara shahridagi instituti bilan oʻzaro hamkorlik shartnomalari imzolandi.


Anglashinuv memorandumida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha xalqaro Yevropa tarmoqlariga aʼzo boʻlgan agentliklarda taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish masalalari, universitetda tahsil olayotgan chet el fuqarolari ulushini oshirish, talabalar va oʻqituvchilarning xalqaro akademik harakatchanligini taʼminlash, boshqa universitetlarda, shu jumladan xorijiy universitetlarda oʻquv dasturida amalga oshirilayotgan kreditlarni tan olish, yangi akademik va kasbiy maqsadlarga erishish uchun xorijiy universitetlar tomonidan berilgan malakalarni tan olish, fanlararo xalqaro tadqiqot tarmoqlarida ishtirok etish, transmilliy va transchegaraviy taʼlim shaklida taʼlim xizmatlari eksportini amalga oshirish, xalqaro agentliklar tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan, ta’lim xizmatlarini eksport qilishga qodir mutaxassislarni tayyorlash uchun qo‘shma taʼlim dasturlarini amalga oshirishga kirishgan universitetni jahon ta’lim tizimining subyekti sifatidagi mavqeini mustahkamlash kabi dolzarb masalar o‘rin egalladi.
Akademik M.Osimi nomidagi Tojikiston texnika universitetida Xitoy Respublikasi tomonidan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini qo‘llab-quvvatlash va o‘quv, ilmiy-amaliy jarayonlarni jahon andozalari darajasiga olib chiqish maqsadida yaratilgan Lu Ban laboratotiyalari tajribasi ham oʻrganildi. Hozirda universitetimizda umumiy miqdori 1 926 000 dollarga teng boʻlgan zamonaviy Logistika hamda IT yo‘nalishlarida faoliyat yuritadigan Lu Ban laboratoriyasi qurish rejasi amaliyotga ko‘chdi.
Shu bilan birgalikda, akademik M.S.Osimi nomidagi Tojikiston texnika universiteti bilan professor-o‘qituvchilar, talaba va magistrlar uchun akademik almashinuv dasturlari, malaka oshirish va tojikistonlik tadqiqotchilar hamda pedagog xodimlarning Toshkent davlat transport universitetida ilmiy izlanishlar olib borish, Tojikiston talabalari uchun onlayn va oflayn o‘qish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida urg‘u berildi hamda yangi o’quv yilidan 200 nafargacha Tojikiston talabalarini universitetga akademik mobillik yo’nalishida jalb qilish harakatlari boshlangan.


Xalqaro hamkorlik yo‘nalishi
bo‘yicha prorektor B.X.Turayev
Download 14.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling