O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi Din sotsiopsixologiyasi kechki ta'lim shakli 1-bosqich talabasi amaliyot bo‘yicha hisoboti


Download 22.41 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi22.41 Kb.
#1634133
Bog'liq
Amaliyot hisoboti




O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi
Din sotsiopsixologiyasi
kechki ta'lim shakli 1-bosqich
talabasi
amaliyot bo‘yicha

HISOBOTI
1-kun 12.06.2023
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida din sotsiopsixologiyasi yo‘nalishida o‘qiydigan
talabalarning kunduzgi, rus guruh va kechki ta'lim shaklida tahsil olayotgan barchalariga amaliyot
o‘tash masalasi bo‘yicha majlis tashkil etildi. Majlis avvalida amaliyot o‘tash jarayonida biriktirilgan
o‘qituvchilar tanishtirib o‘tildi. Rus guruh va kechki ta'lim shakli uchun Nasimdjanova Maxsuma
Majidovna biriktirilgan ekan. Ustozimiz bizga amaliyot o‘taydigan joylarimiz, ulardagi shart-sharoitlar, tartib-qoidalar, odob-axloqimiz hamda kiyinishimiz haqida tushuntirib o‘tdilar. Bundan
tashqari “Mumtoz Sharq filologiyasi” fakulteti dekani Chiniyeva Sayyora Abdumo‘minovna va mehnat
xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar kirib bizga texnika xavfsizligi haqida tushunchalar berishdi. Fakultet
dekani Chiniyeva Sayyora Abdumo‘minovna amaliyot jarayoniga mas'uliyat bilan yondashishimiz,
amaliyot o‘tash joylarimiz ichki tartib qoidalariga rioya etishimiz, belgilangan me'yordan chiqmagan
holatda o‘z vaqtida bizga ajratilgan muassasalarda amaliyot o‘tashimiz haqida aytib o‘tdilar. Mehnat
xavfsizligi xodimi esa amaliyot jarayonida foydalanayotgan transport vositalarida ehtiyotkorlik bilan
harakatlanishimiz bundan tashqari amaliyot olib borayotgan joylarimizdagi texnika xavfsizligi
qoidalariga rioya qilgan holatda ish olib borishimiz haqida tushunchalar berib o‘tdilar. Shundan keyin
bizga biriktirilgan o‘qituvchimiz bizning qaysi muassasalarga borishimiz, amaliyotni bajarish
jarayonida foydalanadigan kundalikchamiz haqida ham ma'lumot berib, ushbu amaliyot
kundaliklarini barchaga tarqatdilar. Shunday qilib birinchi kunimiz tartib qoidalar hamda nizomlar
haqida tanishtirilish orqali o‘tkazildi.
2-kun 13.06.2023
Olmazor tumani Probatsiya xizmati bo‘limi

Bugungi amaliyot muassasamiz Toshkent shahar Olmazor tumani Probatsiya xizmati bo‘limida


o‘tkazildi. Ustozimiz Nasimdjanova Maxsuma Majidovna bilan birgalikda barchamiz u yerga bordik.
Avvalo Probatsiya xizmati bo‘limi xodim va xodimalari bilan tanishdik. Ular bizni yaxshi kutib olishdi.
Xonalar hamda ulardagi sharoitlar bilan tanishtirishdi. Xodimlar bilan suhbatlar uyushtirildi. Axloq
tuzatish koloniyalaridagi mahbuslar uchun ajratilgan hujjatlarni ajratish uchun ularga yordam berdik.
Talabalarning sharoitidan kelib chiqqan holda ularni tumanlardagi Probatsiya xizmati bo‘limlariga
ustozimiz 3-4 tadan ajratdilar. Olmazor tuman Probatsiya xizmati bo‘limi xodimlari biz ajratilgan
tumanlar Probatsiya xizmati bo‘limi xodimlari bilan aloqaga chiqib, suhbat o‘tkazishdi. Barcha
belgilangan tumanlardan kelgan xodimlar biz bilan suhbat ishlarini olib borishdi. Har bir tumandan
tashrif buyurgan xodimlar o‘z muassasalari haqida qisqacha ma'lumotlar berib o‘tishdi. U yerga
borish jarayonida foydalanadigan transport vositalarimiz hamda joylashuvi haqida ma'lumotlar berib
o‘tishdi. Bugungi amaliyot kuni men uchun juda yaxshi o‘tdi. Chunki oldindan men bu sohaga qiziqar
edim. Endi esa yana ham bu kasbga bo‘lgan ishtiyoqim ortdi.


3-kun 14.06.2023
Sergeli tuman Probatsiya xizmati bo‘limi
Bugungi amaliyotimiz o‘zimizga ajratilgan joylarda olib boriladigan bo‘ldi. Bizga ajratilgan joy esa
Sergeli tumani Probatsiya xizmati bo‘limi edi. Bizni xodimlarning o‘zlari ushbu joyga olib borishdi.
Ularning barchasi xushmuomala kishilar bo‘lib, bizni juda yaxshi kutib olishdi. Bizga probatsiya aslida
nima ekanligi, xodimlarning vazifalari haqida yetarlicha ma'lumot berishdi. Bundan tashqari ozodlikni
cheklash, axloq tuzatish ishlari, muayyan huquqlardan mahrum qilish va shartli cheklash haqida ham
tushuntirib o‘tdilar. Biz ishimizni ro‘yxatda turgan shaxslarning hujjatlaridagi kamchiliklarni to‘ldirish
bilan boshladik. Bundan tashqari ba'zi jinoyat sodir qilgan kishilar hujjatlari bilan tanishib chiqdik.
Amaliyot o‘tash jarayonimizda ushbu hududga televideniye xodimlari tashrif buyurib, Probatsiya
xizmati bo‘limi xodimlari bilan suhbatlar uyushtirishdi.
Bugungi kun ham juda yaxshi o‘tdi. Biz o‘zimizga kerakli ko‘pgina narsalarni ushbu amaliyot
davomida o‘rganib oldik.

4-kun 15.06.2023
Sergeli tuman Probatsiya xizmati bo‘limi
Bugungi amaliyotimiz ham yana Sergeli tumanidagi Probatsiya xizmati bo‘limida bo‘lib o‘tdi. Bugun
Probatsiya xizmati bo‘limi xodimlari aholi bilan uyushtirgan suhbatlarga bevosita guvoh bo‘ldik . Bu yerdagi sharoitlar, xodimlarning muomalasi, bizga hamma narsani birin- ketin tushuntirib o‘tishlari
hamma-hammasi bizga yoqdi. Xodimlarni o‘zimiz uchun namuna qilib oldik va ularni ish davomida
kasbiga o‘ta mas'uliyatni ekanliklariga ham amin bo‘ldik. Bu kasbga, Vatan uchun sidqidildan xizmat qilishga bel bog‘lagan kishilar bilan ozgina vaqt bo‘lsa-da bir safda turganimizdan juda ham mamnun bo‘ldik.
Download 22.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling