O`zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi


Download 29.49 Kb.
bet1/5
Sana10.11.2021
Hajmi29.49 Kb.
#173205
  1   2   3   4   5
Bog'liq
akbar



O`ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATINING

SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI

Reja:


  1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari.

  2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari.

  3. Saylov tizimi.

  4. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy

bosqichlari va istiqbollari

O‘zbekistonda demokratikhuquqiy davlat barpo etish jarayonida ko‘plab vazifalar belgilangan edi,Eng muhim vazifalardan biri respublikada davlat hokimiyatining vakillik

va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yangi sharoitlarga mos keladigan tizimini yaratish edi. Hozirgi amalda bo‘lgan mahalliy vakillikorganlari yangi organlar bo‘lmasdan, xalq deputatlari Sovetlari negizidatashkil qilingan.1992-yil 4-yanvarda «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Bu qonun mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi – vakillik va ijro organlari tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi

joriy etildi. 1992-yilda ilk bor Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 163 ta qishloq

tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi

va tasdiqlandi, ularning apparati — hokimiyatlar tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi «Mahalliy

davlat hokimiyati asoslari» deb nomlanib, unda mahalliy davlat hokimiyati

organlarining tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi mustahkamlandi.

Konstitutsiyaga ko‘ra, avvalgi mahalliy vakillik organlarining nomi Kengashlar

deb o‘zgartirildi. Ularning samarali ishlashini ta’minlash uchun

viloyat, tuman va shahar Xalq deputatlari Kengashlari vujudga keltirildi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinguncha mahalliy vakillik organlarining

uch bo‘g‘inli tizimi mavjud bo‘lib, ular:

1) viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari (Sovetlari)

– yuqori bo‘g‘in hisoblanardi;

2) tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari – o‘rta bo‘g‘in;

3) qishloq, posyolka, ovul xalq deputatlari Kengashlari – quyi bo‘g‘in.

Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining ikki bo‘g‘inli tizimini

mustahkamladi, ya’ni quyi bo‘g‘in olib tashlandi. Ular o‘rniga fuqarolarning

o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuziladigan bo‘ldi.

Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvifiq,

mahalliy davlat hokimiyati, hokimiyat organlari ikki mustaqil organlarga –



vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo‘lindi.

Mahalliy vakillik organlariga – xalq deputatlari Kengashlari kiradi. Ular

o‘z faoliyatini jamoaviy (kollegial) asosda olib boradi. Xalq deputatlari

Kengashlari ishining asosiy tashkiliy – huquqiy shakli sessiya hisoblanadi.

«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov

to‘g‘risida»gi Qonunda vakillik organlariga 21 yoshga to‘lgan fuqarolar

saylanadi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60

tadan ko‘p bo‘lmagan, tuman va shahar Kengashlariga esa 30 tadan ko‘p

bo‘lmagan deputatlar 5 yil muddatga saylanadi.



Ijroiya hokimiyatiga – hokim va uning ijroiya apparati kiradi. Hokim

tegishli hududda oliy mansabdor shaxs hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasining 101-moddasiga ko‘ra hokimlarning vakolat muddati –

besh yil.

Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.

Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan

tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari

Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shaharlardagi tumanlarning hokimlari

tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi

hamda xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.Tumanlarga

bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi

va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi

tomonidan tasdiqlanadi.Vakillik organlari tuzilmaydigan shahar tarkibidagi

tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda ham hokimiyatlar ta’sis

etildi, ularning apparati – hokimiyat tashkil etildi. Viloyat hokimlari va

Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Prezidentining shu joylardagi vakili

hisoblanadi.

Mahalliy davlat hokimiyat organlari sud hokimiyati organlari, prokuratura,

ichki ishlar organlari, adliya singari huquqni muhofaza qilish organlari bilan

o‘zaro hamkorlikda ish olib boradi.


Download 29.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling