O`zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi


Download 29.49 Kb.
bet4/5
Sana10.11.2021
Hajmi29.49 Kb.
#173205
1   2   3   4   5
Bog'liq
akbar

demokratik partiyasidir. Ushbu partiya1995-yili iyunda tuzilgan. O‘zbekiston Milliytiklanish demokratik partiyasining asosiy maqsadvazifasimilliy an’analarni va qadriyatlarni

saqlashdan iborat. 2008-yil iyunda O‘zbekiston «Fidokorlar» milliydemokratik partiyasi va O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratikpartiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib, unda asosiy masala O‘zbekiston«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi va «Fidokorlar» milliy demokratikpartiyasini birlashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi. Qurultoyda

partiyalarning maqsadli dasturiy vazifalari mazmun-mohiyatiga ko‘ra birbiriga

yaqinligi ta’kidlandi va ular birlashtirildi.O‘zbekiston siyosiy tizimida o‘ziga xos o‘ringa

ega bo‘lib ulgurgan O‘zbekiston Liberal-Demokratikpartiyasi (O‘zLiDeP) 2003-yil noyabrda tashkil topgan.O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasiumum-milliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlarqatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon

xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori

malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini

ifodalaydi va himoya qiladi.

O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalarning o‘tgan yillar davomidagi

faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning rivojlanishi uchun

huquqiy asos yaratilganini ko‘ramiz. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasi, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi, «Siyosiy partiyalarni

moliyalashtirish to‘g‘risida»gi hamda «Davlat boshqaruvini yangilash va

yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda

siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy

qonuni shular jumlasidandir. Tabiiyki, siyosiy partiyalarning jamiyatda

qanchalik mavqega ega ekanligini belgilovchi asosiy mezon bu ularning davlat hokimiyati vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarda qanday

natijalarga erishganligi hisoblanadi.O‘zbekiston Ekologik harakati. 2008-yil O‘zbekistonRespublikasining «Saylov to‘g‘risidagiqonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilanO‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlarigao‘zgartish vaqo‘shimchalar kiritish haqida»giQonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston RespublikasiOliy Majlisining Qonunchilik palatasigabesh yil muddatga 135 deputat saylanib, Qonunchilik palatasining 15deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan, o‘z ichki qurultoyidan saylanishibelgilandi. Ushbu Qonun asosida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagideputatlarining soni 150 deputatdan iborat bo‘ldi.O‘zbekiston ekologik harakati– 2008-yil avgustda tashkil topgan.O‘zbekiston ekologik harakati o‘z faoliyatini fuqarolarning hozirgi vakelgusi avlodi qulay atrof-muhit sharoitida yashash, aholi salomatligini

yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona

foydalanish huquqlarini hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga

qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning

bor kuch va salohiyatini safarbar qilishga qaratgan. Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari. 2000-yildan – bugungi kungaqadar davrni qamrab olgan bosqichda mamlakatda faol demokratik yangilanishva modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Ushbu bosqichningasosiy vazifasi qilib milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qaratilgan

kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich

o‘tish masalasi qo‘yildi. Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida

demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haqhuquqlari

va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi,

fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va

siyosiy faolligi ortib bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik

jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish

konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini

yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish

sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini

takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan demokratik

bozor islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.

2002-yili bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning IX sessiyasida mamlakatning

Birinchi Prezidenti Islom Karimov ayni ana shu ko‘p qirrali islohotlarni

amalga oshirishning yangi tamoyillarini o‘rtaga tashladi. Unda islohotlarga

doir yettita masala – ustuvor yo‘nalish belgilab berildi. Ustuvor yo‘nalishlardan biri jamiyat hayotida nodavlat va notijorat

tashkilotlarining o‘rni va rolini oshirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo

etish jarayonlarini chuqurlashtirish, «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari»

tamoyilini amalga oshirish hisoblanadi.

Davlat siyosatining bosh yo‘li huquqiy, demokratik davlatni vujudga

keltirish, qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash, «fuqaro – jamiyat –

davlat» prinsipini joriy etish, ana shu yo‘l bilan fuqarolik jamiyatini vujudga

keltirish bo‘ldi.


Download 29.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling