O’zbekistoning yangi tarixi


Download 116.94 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi116.94 Kb.
#1028331
Bog'liq
1-mavzu Lobar

O’zbekistoning yangi tarixi

Tayyorladi: Qiyomiddinova Lobar

Mavzu: Oʻzbekiston Respublikasidagi ijtimoiy oʻzgarishlar

Reja

  • Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat. Ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi.
  • Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari – sog`liqni saqlash, xalq ta`limi, maktabgacha bolalar muassasalarini rivojlantirish. Onalar va bolalar salomatligi muhofazasi. Keksalarni himoya qilish.
  • O`zbekistonda millatlararo munosobatlar va bag`rikenglik. Millatlararo totuvlik g`oyasi. Dinlararo bag`rikenglikning shakllanishi. Turli din vakillariga munosabat.

Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo`nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o`rtacha darajasini muntazam oshirib borishi hisoblanadi.
Aholining ijtimoiy himoyasini ta`minlash davlat siyosatining bosh yo`nalishi hisoblanadi
Mamlakatda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo qilishda davlat tomonidan kuchli ijtimoiy himoya siyosati olib borildi
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo`nalishi – ichki iste`mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste`molini muayyan darajada saqlab turish bo`ldi.
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo`nalishi – aholining kam ta`minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo`llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar o`tkazilganligi bo`ldi. Bu yo`nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, ko`p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o`quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo`llar bilan himoya qilib borildi.
UNICEF hozirda O`zbekiston hukumatiga yuqori darajadagi texnik yordamni ko`rsatmoqda, bu esa bolalar uchun milliy harakat rejasini ishlab chiqish orqali siyosatni ishlab chiqish va tizimni isloh qilishga qaratilgan. Bolalarni himoya qilish tizimini takomillashtirish rejasi, holatlarni o`rganish va asosiy xizmatlarni yondashuv doirasida taqdim etuvchi ijtimoiy ishlarga sarmoyani kiritadi. Mahalliy hokimiyat organlari va xizmat ko`rsatuvchilar tomonidan tuman darajasidagi ehtiyojmand bolalar va oilalarning ehtiyojlarini aniqlash va ularni ehtiyojlarini qondirish uchun salohiyatini oshirish, bolalarni muasssasalarga joylashtirishni oldini olish va bolani farovon oila muhitida yashash huquqini amalga oshirishga yordam beradi.

2017-yil 19-mayda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni qabul qilindi.

Bugungi kunda ham millatlararo totuvlik va dinlararo bag`rikenglik g`oyasi dunyoda eng dolzarb muammolardan biridir. Shu munosabat bilan YuNESKO 1995-yil Parijda “Bag`rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi”ni qabul qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti esa har yilning 16-noyabrini “Xalqaro bag`rikenglik kuni” deb e`lon qildi.

O`zbekistonda ta`lim 7 tilda olib boriladi. Bular sirasiga o`zbek va qoraqalpoq tillaridan tashqari rus, qozoq, turkman, tojik va qirg`iz tillarini kiritish mumkin. Teleradio, ko`rsatuv va eshittirishlar 12 tilda efirga uzatilmoqda, gazeta va jurnallar 10 dan ortiq tillarda chop etilmoqda. Bu O`zbekistonda millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Baynalmilal – (arabcha – millatlar o`rtasidagi, millatlararo) xalqaro, umuminsoniy, umumxalqiy mazmunlarida qo`llaniladi.


Download 116.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling