Oʻzbekistonning jahon bozoriga chiqish muammolari va bu borada amalga oshirilayotgan isloxotlar


Download 216.16 Kb.
bet1/13
Sana05.10.2023
Hajmi216.16 Kb.
#1692447
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
OʻZBEKISTONNING JAHON BOZORIGA CHIQISH MUAMMOLARI VA BU BORADA AMALGA


OʻZBEKISTONNING JAHON BOZORIGA CHIQISH MUAMMOLARI VA BU BORADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOXOTLAR.


M U N D A R I J A:
Kirish
1-bob. O’zbekistonning iqtisodiy geografik joylashuvi va eksport salohiyati

    1. Jahon bozori va unda O’zbekistonning ishtiroki

    2. Respublikamizda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdagi olib borilayotgan islohotlar

    3. O’zbekiston Respublikasining Osiyo va Jahonning yuqori darajada rivojlangan davlatlari bilan amalga oshirayotgan iqtisodiy aloqalari.

2-bob. Mamlakatimizning jahon bozoriga kirib borishdagi muammolari, jahon bozoridagi o‘rni va rivojlanish dinamikasi
2.1 Mamlakatimizning jahon bozoriga kirib borishdagi mavjud muammolari va ularning yechimlar.
2.2 O’zbekiston iqtisodiyotining jahon bozoridagi o‘rni va iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi..
2.3 O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining tarkibi va rivojlanish dinamikasi.
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikka erishilgan ilk yillarda Respublikamiz har jihatdan zaiflashib qolgan edi. Ma‘lumotlarga ko‘ra, 1-Prezidentimiz I.A.Karimov O‘zbekitonni Mustaqil Respublika deb e‘lon qilganlarida davlatning oziq – ovqat zaxirasi 12 kunga yetadigan darajada bo‘lgan ekan. Bu bilan uzoqqa borib bo‘lmas edi. Ammo, muhtaram Prezidentimizning ichki bozorni to‘ydirish maqsadida ilk yillardanoq olib brogan oqilona iqtisodiy siyosatlari natijasida mamlakatning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari asta – sekin yaxshilana boshladi. Bunga misol, Prezidentimiz tomonlaridan, vaqtida, O‘zbekistonning o‘z taraqqiyon yo‘lini ishlab chiqilgani va unga mos ―O‘zbek modeli‖ning yaratilgani Jahonga Yer yuzida O‘zbekiston degan mustaqil davlatning paydo bo‘lganini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi. Endilikda mamlakatimiz oldida turgan muhim masalardan biri bu Jahon bozorida o‘z o‘rniga erishish va boshqa davlatlar bilan mustahkam va uzilmas iqtisodiy – birodarlik aloqalarini bog‘lash va mustahkamlashdan iboratdir.
Bugungi kunda har qanday davlat o‘zi uchun qulay iqtisodiy muhit, kuchli ijtimoiy jamiyat, chegaralari mustahkamligi va eng asosiysi aholi farovonligiga to‘laqonli erishish uchun faqatgina o‘z doirasidagina emas, balki jahon mamlakatlari bilan ham do‘stona iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish kerakligini to‘li anglab yeti. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganiga endigina 25 yil bo‘lganiga qaramasdan bu yo‘nalishda har qaysi davlat havas qilsa arziydigan muvofaqiyatlarga erishdi. Buni yaqqol isboti, Respublikamiz bugungi kunda dunyoning 130dan ortiq mamlaktlari bilan ikki tomonlama samarali shartnimalarga ega. Hozirda O‘zbekiston dunyoning 80 mamlakatiga zarur bo‘lgan sifatli oziq – ovqat mahsulotlarini yetkazib beradi. Bundan tashqari, 2015-yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO)ga a‘zo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun
Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslik ko’pgina chalkashliklarga olib keladi.
Ayrim adabiyotlarda daromadlar yaratiladi va ishlab chiqariladi degan fikrlarning uchrab qolishining sababi ham ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslikdan deb o’ylaymiz. Ma’lumki, ishlab chiqarishda faqat mahsulot ishlab chiqariladi, ular sotilib taqsimlangandan keyingina turli ko’rinishdagi daromadlar shakllanadi. Shuning uchun biz ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganish ilmiy va uslubiy ahamiyatga ega deb o’ylaymiz va, shunga ko’ra, bu jarayonni batafsil ko’rib chiqish zarur deb hisoblaymiz.
Bu bobda bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi. Dastlab ishlab chiqarishning omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, so’ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog’liq masalalar bayoni beriladi. Tahlilda ‘ishlab chiqarish imkoniyati’ tushunchasiga ham o’rin ajratiladi. Bobning oxirida keyingi qo’shilgan mahsulot va uning kamayib borishi, keyingi qo’shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik g’oyalar bilan tanishtiriladi. beriladigan mukofotiga sazovor bo’lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e‘tirof etildi1. Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Bu borada O‘zbekistonning yetakchi olimlari A.V.Vahobov, D.A.Tadjibayeva, Sh.X.Xajibakiyev, To‘laxadjayeva M.M, Urazaqov K.B, N.To‘xliyev, Musayev H.N, Zaynalov J.R, G‘ozibekov D.G‘, Dustmuratov R, Fayziyev Sh, Mamatov Z.T, Ilhomov Sh.I, Xudoyberdiyev A.X, A. O‘lmasov va boshqalar keng to‘xtalib, bu mavzuda o‘zlarining nomzodlik dissertatsiyalari, monografiyalari, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklari va ilmiy maqolalarini chop ettirmoqdalar. Ishning maqsadi va vazifalari. Ushbu kurs ishining maqsadi – O‘zbekistonning Jahon bozorida tutgan o‘rni, xorijiy davlatlar bilan olib borayotgan iqtisodiy aloqalari va eng muhumi mamlakatning Jahon bozoriga kirib borishdagi muammolarini va ularnining sabalarini o‘rganib chiqishdan iborat. Kurs ishining obyekti va predmeti. Kurs ishining tadqiqot obyekti bo‘lib O‘zbekistonning eksport salohiyati, Jahon bozorida taklif etadigan mahsulotlari va davlatning tashqi iqtisodiy aqloqalari hisoblanadi. Predmeti esa mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borilayotgan islohotlarni, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xoirjiy hamkorlarni jalb qilish va ular bilan har tomonlama manfaatli kelishuvlarni imzolash, shuningdek jahon bozorida faqat xomashyo bilan emas, balki tayyor mahsulotlar bilan faol qatnashishni ta‘milaydigan har jihatdan qulay, soda va tezkor chora – tadbirlarni rivojlantirish va yaxshilashdir.

Download 216.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling