O’zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib borgan siyosati
Download 15.89 Kb.
|
O’zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib borgan siyosati.
O’zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib borgan siyosati. MDH davlatlari o'rtasidagi munosabatlarda ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish haqida Ashgabad Deklaratsiyasi qabul qilindi. Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikis-ton, Turkmaniston bilan hamkorlik, do'stlik aloqalarini mus-tahkamlashga qaratilgan.Mintaqadagi beshta davlat o'rtasida o'xshash jihatlar ko'p. Tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, diiimizning birligi, tomirlari-mizning tutashib ketganligi bu mamlakat xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir.Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining birinchi uchrashuvi 1990-yil iyunda Almati shahrida boiib o'tdi. Uchrashuv sobiq Ittifoq hali mavjudligi sharoitida, uning ahvoli tobora yomonlashib borayotgan, xalq xo'jaligining barcha sohalarida tanglik kuchayib borayotgan, pul qadrsizlanayotgan, narx-navo qimmatlashib borayotgan sharoitda bo'lgan edi.Shuning uchun ham Markaziy Osiyodagi besh davlat iqtisodiy tanglikdan chiqish uchun resurslarni birlashtirish zarur degan xulosaga keldilar. Beshta respublika davlat boshliqlari — I. Karimov, N. Nazarbayev, A. Masaliyev, Q. Mahkamov va S. Niyozovlar O'rta Osiyo va Qozog'iston xalqlariga murojaat-noma hamda respublikalar rahbarlarining Bayonoti nomli hujjatlarni imzoladilar.Almati uchrashuvida davlat boshliqlari har yili uchrashuv o'tkazish to'g'risida ahdlashib oldilar. Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining navbatdagi uch-rashuvi 1991-yil 13—15-avgust kunlarida Toshkent shahrida bo'ldi. Unda uchrashuv yakunlari xususida Axborot hamda respublikalararo Maslahat kengashini tuzish to'g'risida bitim imzolandi. Maslahat kengashining vazifasi beshta mamlakat o'rtasida iqtisodiy hamkorlik qilish uchun shart-sharoit yara-tishdan, bozor munosabatlariga o'tishda mintaqa manfaatlarini himoya qiluvchi kelishilgan siyosat yuritishdan, iqtisodiyotning umumiy muammolarini hal etishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat deb belgilandi.1991- yil 13- dekabrda Ashgabatda O'rta Osiyo Respublikalari va Qozog'iston davlat boshliqlarining uchrashuvi bo'lib, unda Tajan-Seraxs temiryo'l qurilishi bo'yichaiqtisodiy hamkorlik qilish haqida bitim imzolandi. Uni O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston prezidentlari—I. Karimov, N. Nazar-bayev, A. Akayev va S. Niyozovlar imzoladilar. Temiryo'l qurilishi haqidagi bu bitim yagona Osiyotrans magistralini yaratishda muhim ahamiyatga egadir. Besh davlat boshliqlari Chernobil halokati, Orol fojiasi oqibatlarini tugatish masalasida birgalikda harakat qilish haqida qaror qabul qildilar. Halokat zonalari aholisiga tezlikda gumanitar yordam jo'natishga ahdlashdilar. 1993- yil 4- yanvarda I. Karimov tashabbusi bilafi Toshkentda O'rta Osiyo Respublikalari va Qozog'iston prezidentlarining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Markaziy Osiyo atamasi tilga olindi va bundan keyin Markaziy Osiyo deganda O'rta Osiyo Respublikalari va Qozog'iston tushuniladigan bo'ldi. Uchrashuv qatnashchilari mintaqa davlatlaridagi siyosiy va iqtisodiy ahvolni muhokama qildilar. Mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnomalar, savdo-iqtisodiy bitimlar qanday bajarilayotganligi tahlil etildi.Tojikistonda 1992-yilda boshlangan birodarkushlik urushi to'g'risida fikr almashindi va Tojikistonga ko'rsatilayotgan yordamni davom ettirishga kelishildi. Mintaqa xavfsizligini va tinchlikni mustahkamlash yuzasidan hamkorlik qilish masa-lalari xususida maslahatlashib olindi. Bir-birlariga elchilar yuborishga qaror qilindi va uni 1993- yil 1- fevralgacha belgi-langan tartibda hal qilish tashqi ishlar vazirliklariga topshirildi. Hukumatlarga narx siyosati, energiya manbalari bilan ta'min-lash, Orol va Kaspiy dengizlari muammolarini tomonlar manfaatini ko'zlab ishlab chiqishni topshirdilar. Toshkent uchrashuvida Orolni saqlab qolish xalqaro jamg'armasini tuzishto'g'risida qaror qabul qilindi. Jamg'arma majlislarini Qizil O'rda, Nukus va Tashovuzda o'tkazish zarur deb topildi. Besh davlat boshliqlari hamkorlik haqidagi bitimni imzoladilar.ishtirokida anjumani bo'lib o'tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo'yi muammolarini hal etish, Orol mintaqasi ekologiyasini sog'lomlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlash sohasida birgalikda qilinadigan harakatlar to'g'risida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug'ul-lanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish Xalqaro jamg'armasi ta'sis etildi.Uchrashuv qatnashchilari Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbe-kiston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya nomidan BMT Bosh kotibi Butros G'oliyga maktub yo'llab, Orol bo'yidagi murakkab ahvol va ro'y bergan muammolarni hal etish uchun belgilangan chora-tadbirlar haqida, shuningdek Orol dengizi havzasi muammolarini hal qilishga xalqaro hamjamiyatning diqqat-e'tiborini jalb qilish zarurligi to'g'risida uni xabardor etdilar.1993- yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug'ullanuvchi Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasining qo'shma majlisi bo'ldi. 1994-yil 11-yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlarining Rossiya Federatsiyasi davlat delegatsiyasi (Yuriy Yakovlev, RF Bosh vaziri o'rinbosari) ishtirokida konferensiyasi bo'lib o'tdi. Konferensiyada Orol dengizi havzasidagi hozirgi ahvol bilan bog'liq ko'pgina masalalar, Orolni qutqarish Xalqaro jamg'armasi mablag'lari qanday to'planayotgani muhokama qilindi, faoliyati ma'qullandi. Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin 3—5 yil ichida bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilandi. Orol dengizini qutqarish bo'yicha Davlatlararo kengash Nizomi tas-diqlandi hamda uning ijroiya organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar bo'yicha qarorlar qabul qilindi.O'zbekiston rahbariyati mintaqadagi mamlakatlar va xalqlar o'rtasida teng huquqli va o'zaro manfaatli hamkorlik o'rnatib, uni mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini qadam-ba-qadam amalga oshirib bordi. Tojikiston xalqi boshiga musibat tushganda O'zbekistonning bergan siyosiy va iqtisodiy madadi, Orolni qutqarish harakatida O'zbekistonning faol ishtiroki fikrimizning dalilidir. Download 15.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling