Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi kaltsiy va magniyni massaviy ulushlarini aniqlash Ishning maqsadi
Download 19.88 Kb.
|
Laboratoriya ishi №2 oziq-ovqat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Idish va asbovlar: A
- Ishning b ajarilishi : Tekshirilayotgan materialni tayyorlash (mineralizatsiya
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi kaltsiy va magniyni massaviy ulushlarini aniqlash Ishning maqsadi: Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi kaltsiy va magniyni massaviy ulushlarini aniqlashning kompleksometrik usulini o’rganish. Kerakli reaktiblar: Eriohrom qora T ning quruq indikatorli aralashmasi; mureksidni quruq indikatorli aralashmasi; qizil metilen eritmasi; 0.005n trilon B eritmasi; ammiak-ammoniyli bufer aralashmasi (PH 9.3); 2n, 10% li NaOH eritmasi; (Na SO4) 2% li natriy sulfat eritmasi; 25 % li HCl. Idish va asbovlar: Analitik tarozi; mufel pechi; elektorplitka; suv hammomi; pipetkalar; byuretkalar; o’lchov silindrlari; boronkalar; titrlash uchun konussimon kolvalar. Kaltsiy – qiyin hazm bo’ladigan element bo’lib, uning birikmalari oziq-ovqat bilan organizmga tushganda erimaydi. Ingichka ichakdagi ishqoriy muhit qiyin hazm bo’ladigan birikmalar hosil bo’lishini ta`minlaydi, faqatgina o’t qopi kislotasi kaltsiy so’rilishiga yordam beradi. To’qimalarning kaltsiyni assimilyatsiyalashi faqatgina mahsulotlardagi miqdoriga emas, balki ularni Yog’lar, magniy, fosfor va oqsillar bilan nisbatiga bog’liqdir. Oziq-ovqat mahsulotlaridagi kalsiy va fosforning eng yaxshi nisbati quyidagicha: 1:1, 2....1,5, kal tsiy va magniyniki: 1:0, 25...0,3. Fosforni oshib ketishi suyaklardagi kalsiyni yuvilib ketishiga, buyrakka yuk tushishini oshishiga, temirni o’zlashtirilishini kamayishiga olib keladi. Magniyni oshib ketishi kalsiyni so’rilishiga ta`sir etadi. Bunday nisbatga rioya qilish qiyinligi shundaki, ko’pchilik oziq-ovqat mahsulotlarida kalsiyga nisbatan fosfor ko’pdir. Kalsiyga nisbatan: fosfor go’shtda – 1:20; tuxumda – 1:4; kartoshkada – 1:5; non va non mahsulotlarida 1:5 bo’ladi. Fosfor va kalsiyni bir-biriga nisbati tengligi sabzabot va poliz mahsulotlarida bo’ladi. O’simlik mahsulotlaridagi fitin va shabel kislotasi kalsiyni so’rilishiga salbiy ta`sir etadi. Kalsiyni oshib ketishi buyrak, o`rta va boshqa organizmlarning kaltsinoziga olib keladi. Fosforning oshib ketishi organizmda tuz almashinishi buzilishiga sababchi bo’ladi, ichaklarda kalsiy so’rilishi tormozlanadi. Fosfo-kalsiy almashinishi ko’pgina kasalliklarga olib keladi: rahit, osteoporoz va boshqalar. Oziq-ovqat mahsulotlaridagi kalsiy va magniy massaviy ulushlarini aniqlashni kompleksometrik usuli ishqoriy muhitda trilon B bilan kompleks hosil qilishi hususiyatiga asoslangan. Ekvivalant nuqtani metallxrom indikator (mureksid, hromogen) bilan topiladi. Bu usul namunani ishqoriy muhitda trilon B eritmasi bilan titrlab mineralizatsiya qilishga asoslangan. Ishning bajarilishi: Tekshirilayotgan materialni tayyorlash (mineralizatsiya) Avvaldan 5000C haroratda qizdirilgan va sovutilgan tigelga 5...25 g tahlil qilinayotgan mahsulot solamiz. Namunani mineralizatsiya qilishni kul miqdorini aniqlash usuli bo’yicha o’tkazamiz. Kul solingan tigelga 5 ml 25 % li HCl eritmasi solib, ustini soat oynasi bilan yopamiz. Cho’kmani eritish uchun qaynayotgan suv hammomiga qo’yamiz. Hosil bo’lgan eritmani filtrlab 50 ml li o’lchov kolbasiga solamiz. Tigelni chayib, chizig’igacha distillangan suv bilan yetkazamiz. O’lchov silindrida 10 ml filtratni o’lchab, uni 100 ml li tubi tekis kolbaga solamiz. Uni 2n li NaOH eritmasi va metil qizil bilan rangi sariq rang bo’lguncha neytrallaymiz. Download 19.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling