Oziq-ovqatlarni maxsus ishlovdan oʻtkazish


Download 8.88 Kb.
Sana17.10.2020
Hajmi8.88 Kb.
#134206
Bog'liq
3-mavzu nazorat savollari gigiyena


OZIQ-OVQATLARNI MAXSUS ISHLOVDAN OʻTKAZISH

Oziq-ovqat mahsulotlarini maxsus ishlovdan oʻtkazish turli usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun mahsulot turi, uning oʻrami (qanday idishdaligi), zararlanish xarakteri va darajasi xisobga olinadi. Bevosita harbiy qismning oʻzida faqat germetik idishlarga joylangan ovqat mahsulotlarinigina maxsus ishlovdan oʻtkazish mumkin, qolgan mahsulotlarni agar uni zararsizlantirishning iloji boʻlmasa, maxsus omborxonalarga topshiriladi. Sunʼiy radioaktivlikka ega boʻlganmahsulotlarni dezaktivatsiya qilish uchun ularni front ichkarisidagi omborxonalarga joʻnatilib, u yerda muddat davomida zararsizlantiriladi. Bunda RM-ning tabiiy parchalanishi natijasida zararlanish darajasi pasayadi (bu asosan yarim parchalanish davri 15 kungacha boʻlgan 24Na uchun).Qolgan turdagi radioaktiv zararlanishlar uchun dezaktivatsiyaning asosiy vazifasi zararlangan idishlar yoki yuzaki zararlangan mahsulotlarning ifloslangan qavatini zararsizlantirish xisoblanadi.

Ovqat mahsulotlarini maxsus ishlovdan oʻtkazish maxsus maydonchalarda amalga oshirilib, u ketma-ket joylashgan 5 ta maydonchadan iborat boʻladi:

1.ifloslangan mahsulotlarni qabul qilish, saralash va joylashtirish maydonchasi (iflos uchastka);

2.maxsus ishlov berish uchun keltirilgan ovqat mahsulotlari va buyumlarning zararlanish darajasini aniqlash maydonchasi;

3.maxsus ishlov berish uchun ishchi uchastka- ovqat mahsulotlari va buyumlarni zararsizlantirish;

4.maxsus ishlov berilganlikning toʻliqligini nazorat qilish maydoni ;

5..zararsizlantirilgan mahsulotlar va buyumlarni saqlash maydonchasi (toza uchastka).

2. SUV MANBASINI RAZVEDKA QILISHDA TIBBIY HODIMNING ASOSIY VAZIFALARI

Harbiy dala sharoitida tibbiy xizmat hodimining zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi.

-dala STP uchun sanitariya himoya zonasini belgilash.

-laboratoriya tekshiruvlari uchun , suv namunalarini olish muddatini va suv namunalarini olish va laboratoriyaga zaruriy hujjatlar bilan jonatish

-suv sifatini talab etiladigan darajalarga kelganligini nazorat qilish

-qismdagi hamma hizmatchilarni tola qiymatli va meyor boyicha sifatli suv bilan taminlanishini nazorat qilish.

Bundan tashqari tibbiy xizmat hodimlari zimmasida alohida vazifa borki , u ham bolsa har bir askarga meyor boyicha suvni qanday tarqatilishini nazorat qilish
Download 8.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling