О‘zlik olmoshi. О‘zlik olmoshi yagona, о‘z sо‘zidir va har uchala shaxsda qо‘laniladi: о‘zim, о‘zing, о‘zi


Download 15.53 Kb.
Sana04.05.2023
Hajmi15.53 Kb.
#1424326
Bog'liq
О\'zlik olmoshlari


Sana “__” _________” 20__-yil. To’garak rahbari:____________________
О‘ZLIK OLMOSHI.
О‘zlik olmoshi yagona, о‘z sо‘zidir va har uchala shaxsda qо‘laniladi: о‘zim, о‘zing, о‘zi. О‘zlik olmoshi kishilik olmoshlari о‘rnida (о‘zim – men, о‘zing – sen) qо‘llaniladi. Egalik va kelishik qо‘shimchalarini oladi: о‘zimga, о‘zimdan.
O‘zlik olmoshi. O‘zbek tilida o‘zlik olmoshi о‘z so‘zidangina iborat. Rus tilida esa bu vazifani egalik olmoshlari bajaradi. O‘z olmoshi otlar bilan birikib kelganda rus tilidagi svoy olmoshiga, egalik qo‘shimchasi bilan kelganda sam belgilash olmoshiga to‘g‘ri keladi: o‘zimning uyim, o‘zingning fikring, o‘zim, o‘zing kabi. O‘zlik olmoshi avval egalik, keyin kelishik qo‘shimchalarini olib turlanadi:

Birlik sonda

Ko‘plik sonda

I sh. o‘zim

I sh. o‘zimiz

II sh.o‘zing

II sh. o‘zingi'z

III sh. o‘zi

III sh. o‘zlari

Kelishiklar

Bosh kelishik:

o‘zim

Qaratqich kelishigi:

o‘zimning

Tushum kelishigi:

o‘zimni

Jo‘nalish kelishigi:

о‘zimga

O‘rin-payt kelishigi:

o‘zimda

Chiqish kelishigi:

о‘zimdan

Egalik qo‘shimchalarini olgan o‘zlik olmoshi uchala shaxsdagi kishilik olmoshlariga sinonim bo‘ladi: men — o‘zim, sen — o‘zing, и o‘zi, biz o‘zimiz, siz —о‘zingiz, ular о‘zlari kabi. Bu xatni men yozdim. Bu xatni o‘zim yozdim.
So‘roq olmoshlari shaxs, narsa, belgi, vaqt, miqdor va hokazolar to‘g‘risidagi so‘roq ma’nosini bildiradigan so‘zlardir. Bu tur olmoshlarga quyidagi so‘zlar kiradi:kim?nima?qanday?qanaqa?qaysi?necha?nechta?qancha? qachon ? nega ? nimaga? qani? nechanchi? kimniki? kabi.
O‘zbek tilida aksariyat so‘roq olmoshlari ko‘plikda ham qo‘llana oladi: kimlar? nimalar? qaysilari? nechtalar? qanchalar? nechalar? qachonlar? kabi.
So‘roq olmoshlari ham egalik va kelishik qo‘shimchalarini olib turlanadi:
Birlik va ko‘plik sonda Kelishiklar
Ish. kimim Bosh kelishik: kimim
Qaratqich kelishigi: kimimning
II sh. kiming Tushum kelishigi kimimni
III sh. kimi Jo‘nalish kelishigi: kimimga
I sh. kimimiz O‘rin-payt kelishigi: kimimda
II sh kimingiz Chiqish kelishigi: kimimdan
Ill sh. kimlari
Maktab MMIBDO’____________________ ________sana___ _____ 20__ yil
Download 15.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling