Parodont kasalliklari bor bemorlar xirurgik operatsiyada suyak to`qimasi plastikasi va transplantatsiyasi. Auto va transplantatsion osteoplastik materiallar


Download 72.24 Kb.
bet1/5
Sana07.03.2023
Hajmi72.24 Kb.
#1248051
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Parodont kasalliklari bor bemorlar xirurgik operatsiyada suyak to

Parodont kasalliklari bor bemorlar xirurgik operatsiyada suyak to`qimasi plastikasi va transplantatsiyasi. Auto va transplantatsion osteoplastik materiallar.

.

.

Parodontda o‘tkaziladigan operativ aralashuvlar ko‘pgina va aniq masalalarni hal etishni talab qiladi. Bu jarayonning og‘irlik darajasida farqlanadi, parodontning bir qator anatomik xususiyatlari va regeneratsiyaga qaratilgan membrana, osteoplastik materiallarni qo‘llash bilan kechadi. Parodontologiyaning aktual masalalaridan biri bo‘lib, xirurgik davolash usulini qo‘llashga bo‘lgan ko‘rsatmani aniqlash va uni adekvat o‘tkazish hisoblanadi.

.

Osteoplastik materiallarni qo‘llagan holda parodont kasalliklarini davolash. Yo‘qotilgan suyak to‘qimalarining o‘rnini to‘ldirish uchun to‘qima transplantatlari qo‘llaniladi.

Autosuyak. Osteoplastikaning boshqa turlariga (kortikal autosuyak, allotransplantatlar) nisbatan biologik mos kelish xususiyati yanada ertaroq adaptatsiya va vaskulyarizatsiya qilinishiga yordam beruvchi nativ gubkasimon autotransplantatlar yaqqol namoyon bo‘luvchi osteogen xususiyatlarga egadir. Ulardagi intensiv suyak hosil bo‘lish jarayoni erta boshlanib, bunda yuqori osteogen imkoniyatga ega bo‘lgan autologik suyak ko‘migi hujayralari ishtirok etadi. Biroq autoplastika usulining jarohatga oid xususiyati yuqori bo‘lib, operativ aralashuv hajmidan katta bo‘lgan qo‘shimcha operatsion jarohatni talab etadi, shuning uchun parodontitni davolashda ushbu usulni qo‘llamaslik kerak. Bundan tashqari, autotransplantatlar funksional, anatomik va kosmetik natijalarning ishonchliligini kafolatlay olmaydi

.

Brefosuyak. Odam embrioni suyak to‘qimalari asosidagi materiallar embrion-donor va resipient to‘qimalari o‘rtasidagi ziddiyatlarni maksimal ravishda kamaytiradi, almashuv jarayonlari boshqa turdagi transplantatlarni qo‘llagandagiga nisbatan yanada faollashadi. Embrioplast reparativ osteogenezning faol stimulyatori hisoblanib, shuningdek, oddiylashtirilgan antigen tuzilmasi hisobiga past immunogenlikni namoyon qiladi. Biroq ba’zi mualliflar embrioplastning klinik amaliyotida qo‘llanilishiga salbiy qaraydilar, chunki ona qornidagi 3 oylik davrda to‘laqonli suyak materiali shakllanishga ulgurmaydi. Shuning uchun 5-7 oylik homilaning suyak to‘qimasidan tayyorlangan brefoplastni qo‘llash tavsiya etiladi. Brefosuyak va tog‘ay asosida “Brefoosteoplast” nomini olgan transplantatsion material ishlab chiqilgan. U o‘zining plastikligi bilan ajralib turadi, bu esa yo‘qotilgan suyak hajmini ideal ravishda to‘ldirish va reparativ regeneratsiya jarayonlarini optimallashtirish imkonini beradi. Biroq brefoosteoplast past biomexanik pishiqlikka ega bo‘lib, suyak ichida tezda so‘rilib ketadi. Material rezorbsiyasi va suyak to‘qmasining shakllanish jarayonlarida sinxronlashuvning yo‘qligi preparatning kamchiligi hisoblanadi.


Download 72.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling