Parvona Spektakl ssenariy O`tkirbek


Download 26.12 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi26.12 Kb.
#1121526
Bog'liq
Parvona




Parvona Spektakl ssenariy 

O`tkirbek: (She`r yozib turgan payt) …Mushtam redaksiyasiga. O`tkuriy

Marhamat: (Qo`shiq hirgoya qilib keladi)

O`tkirbek: (Dutor chalib qo`shiq aytadi)
Bir boqishda aqlim oldi, dardga soldi, qaro shahlolaring, jon
Aqlimni lol ayladi, o`rtandi jonim ko`rib zebolaring ,jon (2x) 
Menga ayol.. ,senga do`styor dilga ozor berar oshnolaring jon (2x) 
Shu tufayli maskanimdir, mani endi mudom sahrolaring jon (2x) 

Marhamat: Yashang , O`tkirbek men ishga ketayotgan edim , ish bo`lmasa shundoq eshikni bekitib oling . 

O`tkirbek: Eee shoshmang

Marhamat: Emotsiya (hov) 

O`tkirbek: ochiq turaversin . Keldi ketdi ko`p eshik ochib yopaverib tinkam quriydi.

Marhamat: Voy mayli ixtiyoriz ! 

O`tkirbek: Eee shoshmang

Marhamat: Emotsiya (hov) 

O`tkirbek: Bu aytgancha hali Abror aka ishdan qaytganlari yo`q chamasi 

Marhamat: Voy yog`a hali qaytmadila 

O`tkirbek: Eee shoshmang

Marhamat: Emotsiya (hov) 

O`tkirbek: Ichgariga kiring 

Marhamat: Voy ichkarida nima qilaman

O`tkirbek: Gap borde 

Marhamat: Gapiz bo`lsa shu yerda aytaqoling ,men kechga qolayotgandimde O`tkirjon

O`tkirbek: Xat bersam pochta tashlab ketasizmi ? 

Marhamat: Xatmi ?, mayli jonim bilan shunday yo`limda tashlab ketaman . 

O`tkirbek: (Dutor chalib qo`shiq aytadi)
Tun-u kun oh aylaram, sen shodi hurram mani qalbimda g`am jon (Marhamat:Voybu shuncha kitob o`qisizmi ?) 
Nega ohim yetmagay ul bag`ri tosh yor menga aylar karam jon 
Botiringman, sani derman necha ming bor yana cheksam alamjon 
Dog`-u kuyingda sani, man rahm aylab topay daryolaring jon (2x) (Marhamat:Yashang kuyov, yashang)

Marhamat: Voy haligi xatiz qani ? Bo`laqoling kech qolyapman …(xatni oladi) hop yaxshi mayli ! 

O`tkirbek: Voy Boo bilagiz buncha yumshoo ! 

Marhamat: Voy qo`yib yuboring ,voy uyalmisizmi ? qo`yib yuboring ! 

O`tkirbek: Shuncha vaqtdan beri uyalib tortinib o`zimga jabr qilyapman , jonim ichkariga kiring , (Marhamat: 
nega ?) ichkariga kiring


Marhamat: nega ? (Qichqiradi ) qo`yib yubor. Voy tovba…. hay esiz joydami o`zi ?

O`tkirbek: Sizni ko`rganda esimni yo`qotib qo`yaman ! 

Marhamat: Bu gapizni Abror akangiz eshitsa, bilasizmi nima bo`ladi ?

O`tkirbek: Bilaman , yo hovliga chiqib bo`gizlaydi , yo daraxtga osadi . Siz meni bo`gizlatib qo`ymasiz ? 

Marhamat: Voy tovbayee 

O`tkirbek: Hhh hushomat qilish gunohmi ? 

Marhamat: Kimga hushomat qilayotganizni bilasizmi o`zi ? 

O`tkirbek: Bilaman , sizga ! Siz hali yoshsiz, o`yin-kulgu, hush chah-chahlikni yaxshi ko`radigan oq bilak , 
do`mbillama ayolsiz ! Abror aka bo`lsa yoshini yashab qo`ygan odam ! 


Marhamat: E bo`ldi, ha deb vaysayvermang, voy o`lib qoya qolang , mana shu yerdagi gap huddi shu yerda 
qolsin, agar Nazokat bilib qolsa…


O`tkirbek: Uyumiz buzilib ketadi , uyumizni buzmassiz 

Marhamat: Hali shunaqa odammisiz ? Voy men sizdan hecham shunday gaplarni kutmagandim. Voy sho`rim 
qursim …


O`tkirbek: Aytgancha shu xatni tashlab ketish esizdan chiqmasin hopmi

Marhamat: Xat ! Voyy xating boshingdan ordona qolsin ! Ol ee xatingni

O`tkirbek: Nima shuni o`g`irligi bormi , shuni… yo`lni yuzidaku (Marhamat qochadi) … Hop mana mana

Marhamat: Eee afting qursin kuyov bo`lmang (Ухажёр) 

O`tkirbek: Bugun bo`lmasa ertaga kelib o`sha oq bilakni menga o`zingiz uxshlatasiz. Yuragiga g`ul-g`ula solib 
qo`ydim . Endi o`ylagani o`ylagan , meni o`ylaydi . 
Ayollarni qalbini ochadigan kalit hushomat , ta`rif-u tavsif , hamdu sano

Abror: Kuyov bormisiz , qayerdasiz (uzoqdan aytadi) 

O`tkirbek: Obbo ovozing o`chkuray! 

Abror: Iya shu yerda ekansiz-ku. Mana biz ham keldik , ishni tugatdik , smenni topshirdik. 

O`tkirbek: Juda soz ! 

Abror: Kuni bo`yi tramvay haydayverib miyyalarim qaynab ketdi 

O`tkirbek: Unday bo`lsa uyizga kirib dam oling ! 

Abror:  Oldin biroz… qittay-qittay qilmaymizmi aa ? Mana (aroqni qo`yadi)

O`tkirbek: Yo yo yo ,keyin keyin keyin 

Abror: Iya betob ko`rinasiz , biror gap bo`ldimi ? 

O`tkirbek: Yog`e

Abror: Iye Marhamat ko`chada nimadandir jahli chiqib, tutaqib, bo`zarib, qizarib ketayapti. Nima bo`ldi desam , 
aytmadi. Biror gap o`tdimi ? 

O`tkirbek: Men ham bilmadim , nimadandir hunob bo`lib , kimnidir qarg`ab eshikni tars etib, yopib chiqib ketdi
hayronman ! 


Abror: Eeee xotin kishi o`zi shunaqa , bir qaynog`I ichida bo`ladi, hali qarasang maqtagan, hali qarasang 
qarg`agan. Keling qo`ying shularni, keling otamlashaylik ! 


O`tkirbek: Yo yo yo , keyin keyin keyin

Abror: Hafa ko`rinasiz inim , (O`tkirbek: yo hafa emasman) agar Marhamat biror narsa deb hafa qilgan bo`lsa 
yashirmay aytavering , men bunaqa oltinlar anosiyini to`girlab qo`yaman ! 
Download 26.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling