Pedagogik nizolar va ziddiyatlarning falsafiy pedagogik psixologik tasnifi


Download 4.6 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi4.6 Kb.
#1643031
Bog'liq
Pedagogik nizol-WPS Office

Pedagogik nizolar va ziddiyatlarning falsafiy pedagogik psixologik tasnifi

Pedagogning mutaxassis sifatida salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi.

O‘qituvchi-tarbiyachi yoshlarning yetakchisi sifatida maktablarda tom ma’noda o‘zining ijodiy vazifalarini to‘liq bajarishni ta’minlashi va pedagogik yo‘naltirilganligini shakllantirishi kerak.

Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri - nizo sanaladi.

Nizo - qarama-qarshi, bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan kuchlar to‘qnashuvi, ikki yoki undan ko‘p taraflar orasida o‘zaro kelishuvning yo‘qligini, manfaatlar to‘qnashuvini ifodalovchi ziddiyat.

Pedagogik nizo bu - pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar yoki rahbariyat o‘rtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to‘qnashuvi, o‘zaro qarama-qarshilik o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv va mojarodir.

Pedagog har tomonlama tarbiyalangan, aqliy, ahloqiy, ma’naviy bo‘lib, bilim doirasi keng, nutqi ravon, pedagogik bilim mahorat egasi bo‘lishi lozim.

O‘qituvchining pedagogik bilim mahorati asosan sinf, auditoriya mashg‘ulotlarida yaqqol ko‘rinadi. O‘qituvchi bilan o‘quvchi, talabalar o‘rtasida o‘zaro jonli til, fikr olishuv, samimiy munosabat, hurmat izzat, asosiy maqsadga erishishga hamkorlik lozim. Pedagog o‘z guruhida nechta bola bo‘lsa, ularning har birining xarakterini, oilaviy muhitini, psixikasini, xulqi-atvorini, bilim saviyasini yutug‘i va kamchiliklarini o‘rganib, keyin shunga qarab har bir bolaga qanday yondashishi lozimligini bilishi kerak.

Guruxlarda har-xil toifali bolalar uchraydi. Ularning har – biri o‘z xarakteriga ega bo‘ladi. Pedagog har bir bolani o‘rganib chiqishi, ular bilan yakka (induvial) holda yondashib tanishib chiqishi kerak.

Yosh o'qituvchilar hayotida uchraydigan yana bir tipik xatolardan biri yaxshi o'qiydigan o'quvchi bilan yomon o'qiydigan o'quvehini bir-biriga taqqoslash va a'lochi o'quvchini misol qilib ko'rsatishdir.

Umuman olganda, bolalarni bir-biri bilan taqqoslash, birini ikkinchisiga ibrat qilib ko'rsatish pedagogik tomondan ham, axloq tomondan ham noto'g'ri, katta xatodir.

Bundan tashqari, o'qituvchi tomonidan o'quvchilar bilimini baholashda ham xatoliklarga yo'l qo'yilishi o'quv-bilish faoliyatini o'zgarishiga olib keladi, o'qituvchini esa o'quvchilar jamoasida obro'sizlantiradi.

V.D.Suxomlinskiy o'qituvchining "...maktab hovlisida gapirgan har bir so'zi puxta o'ylangan, aql va mulohazalarga boy, ma'lum bir tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo'lishi kerak" deb ta'kidlaydi. O'qituvchining har bir so'zi olimning fikricha, nafaqat o'quvchi qulog'iga aytiladi, balki uning qalbiga ham qaratilgan bo'lishi shart. Umuman ilg'or o'qituvchilarning fikricha, ta'lim va tarbiya faqat o'qituvchi va o'quvchining o'zaro hamkorlik pozitsiyasi asosidagi muloqot jarayonida quriladi.

O'qituvchining o'z psixik holatini o'zi tartibga solishi lozim.

Sabr-toqat, tashqi vazminlik nuqtai nazaridan o'z his-tuyg'alarini qo'lga olishigina nixoyatda muhim bo'lib qolmasdan, shu bilan birga turli hissiyotli xolatlarning ro'y berishi va kechishini ma'lum darajada boshqara bilish, kechinmalarning ijobiy tusda boiishiga erishish ham muhimdir. Chunki hatto janjalli vaziyatlarga ham turlicha yondoshishi mumknin. Bu ko'p jihatdan kishining qnday yo'l tutishiga bog'liq bo'ladi.


Download 4.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling