Pedagogika va psixologiya


Download 0.72 Mb.
bet1/3
Sana25.08.2020
Hajmi0.72 Mb.
#127602
  1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi.R.Moxira



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA FAKULTETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI
IJTIMOIY PEDAGOGIKA” FANIDAN

KURS ISHI
MAVZU:IRSIYAT, MUHIT VA BOLA RIVOJI.
Bajardi: “Pedagogika-psixologiya” yo’nalishi

2-bosqich talabasi Raximberganova Moxira

Qabul qildi: Nafasov D.SH.
URGANCH-2020
MUNDARIJA:


  1. KIRISH.

  2. ASOSIY QISM.

1.Bolaning har tomonlama rivojlanishida irsiyatning ta’siri.

2.Bola ijtimoiylashuvida muhit va uni tashkil etuvchi omillarning ahamiyati.

3.Hikmatlar va ulug’ allomalarning qarashlarida barkamol avlodni tarbiyalash to’g’risida fikrlar.

4.Turli millat va elatlarda bolaning rivojlanishi.




  1. XULOSA.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

ILOVALAR.

KIRISH

Hayotda inson tushunchasi paydo bo’libdiki, xar bir shaxs bilimini, o’zi bilgan ko’nikma, maxorat, odat va boshqa shunga o’xshash o’zi o’zlashtirib olgan jamiyatdan ma’naviy boyliklarini boshqaga berish ya’ni boshqalarga shuni o’rgatib keladi. Odatda ta’lim beruvchi va tarbiyachilik bir shaxs faoliyatida nomoyon bo’ladida , ko’pincha bu xol ta’lim-tarbiya bilan qo’shib yuritiladi. Vaxolanki bilim berish, ayniqsa xar bir soxada tarbiyadan umuman uzilgan bo’lishi mumkin. Bu borada mustaqil bilimolish, bugungi kun imkoniyatlaridan yuzaga chiqqan uzoqdan turib bilim olishlar, fikrimizni aloxida takidlaydi. Aytaylik, xozirgi zamonaviykompyuter orqali uzoqdan turib o’qitish . tarbiya esa shaxsning xususiy sifatlarini zamon va jaxon talabalariga moslashtirish bo’lganligidanjuda kam xollardagina bevosita olib borilishi mumkin. Tarbiya ibtidosi. Xar bir shaxs oilada tug’ulib ijtimoiy xayotga mana shu o’z koshonasi orqali kirib borar ekan, demak shaxs tarbiyasining ibtidosi, deb uning ona ko’ksidalik payti, yani xomila paytiyu va u tug’ulganidan atrof muhitini qamrab olgan, uni mana shu xayotga olib kelgan oilasi va ota-onasining ilk tarbiyaviy ta’sirlarini aytib o’tamiz. Bo’lg’usi bolaning ota onasi o’z o’rnida o’z ota-onasidan qanday tarbiya olgan bo’lsa, qisman, ba’zan to’liq yoshligida ko’rgan kechirganlarini o’z bolasiga xayotiy tajriba sifatida olib o’tadi. Bu jarayon uzluksiz davom etib odam xayotiy tajribasida brogan sari sayqallanib, mukammallashib,xar birimizni umr tajribamizda yangilanib boraveradi. Xar qaysi oilada xar xil tarbiya mezoni yashiringanbo’ladi, ya’ni xar bir inson bir maqsadga bola turlicha yondoshadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki muxabbat bor joyda go’zal farzandlar tug’ilib komil insonlar voyaga yetadi, ya’ni shaxs shakllanishining tamal toshi va asl poydevori ota-ona va ularning o’zaro munosabati bo’ladi. Muxabbat va rozilik bilan qurilgan oilada bo’lg’usi farzand uchun u xali onaning qornida ekanligidayoq aloxida ruxiy qulay xolat vujudga keladi.Medisina tarixi to’plagan ruxshunoslarning oxirgi davrlarda erishilgan yutuqlari shuni ko’rsatmoqsatmoqdaki onadan xomiladorlik jarayoni qanchalik osoyishda kechib, xam moddiy, xam ma’naviy talablar ta’minlangan bo’lsa, bo’lg’usi farzand shunchalik ruxan va jisman sog’lom tug’iladi. Demak shaxs shakllanishi ona qonidanoq izchillik bilan davom etadi. Shaxs tarbiyasi ota-onaning iliq muomalasi, ular orasidagi muxabbat rishtalaridan boshlanib xomila ayon bo’lganidan amaliy jarayonga kiradi. Shakllanib kelayotgan shaxs uchun tarbiyaning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich mukammallanib boradi.



Kurs ishining maqsadi:

Bolaning rivojlanishiga irsiyat va muhitning ta’sirini o’rganish.



Kurs ishining vazifalari:

  • mavzuga oid tarixiy, ilmiy-falsafiy, pedagogik - psixologik manbalarni tahlil qilish va umumlashtirish.

  • organizm irsiy tuzilmasining rivojlanishga ta’sirining mohiyati

  • muhit va uni tashkil qiluvchi omillarning bola rivojidagi ahmiyatini o’rganish

Kurs ishining tuzilishi:

Kurs ishi kirish, asosiy qism, 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.




      1. ASOSIY QISM.

  1. Bolaning har tomonlama rivojlanishida irsiyatning ta’siri.



Odam bolasining rivojlanishi bu muhim jarayon sanaladi. Ma’lumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy tomondan o’zgarib boradi. Lekin bolalaik, o’smirlik va o’spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo’ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o’sishi, o’zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muofiq ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murrakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi. Odamning hayotiy yo’lini boshi, kamol topishining negizi aslida ollohning inoyati bilan bola dunyoga kelishiga asos solingan dastlabki onlardan boshlanadi.

Keyingi taraqqiyot bosqichlari qator ijtimoiy, biologik, ruhiy, jismoniy omillarga bog’liqdir. Shaxsning, ayniqsa bolaning rivojlanishi va shakllanishi biologik omil

(irsiyat) ga bog'liqdir. Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan, ya'ni nasldan-naslga o'tadigan biologik xususiyat va o'xshashliklar tushuniladi. Odam shaxsining va xulqining rivojlanishida biologik omillarning ta'sirini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi oqimlardan biri bixeviorizm bo'lib, u XX asrning boshlarida psixologiya fanida keng tarqaldi. Bunga amerikalik pedagog va ruhshunos E. Torndayk asos soldi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldannaslga o'tadi, guyo odamning ko'zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyat ham tabiatan berilgandir.

G'arb pedagog olimlaridan yana biri, nemis ruhshunosi V.Ptern yangi tug'ilgan bola hali inson emas, deb hisoblaydi. U faqat sut emizuvchi hayvondir. Yarim yoshdan oshgandan so'ng u maymunga tenglashadi. Ikki yoshida bola boshlang'ich insonlik holatiga etadi (yuradi, gapiradi). Besh yoshgacha bo'lgan

bolalarning ruhiy hususiyatlari ibtidoiy davr odamlari xususiyatlariga mos keladi. o'smirlik yillarida kishi o'zida o'rta asr ongini aks ettiradi va etuklik yoshidagina mavjud jamiyatning madaniy darajasiga mos ong egasi bo'ladi, deydi. Ya'ni, inson 17-18 yoshida mavjud jamiyatning a'zosi bo'ladi deb hisoblaydi. Avstriyalik ruhshunos K.Byuller hatto bolaning axloqiy jihatdan o'sishini ham irsiyatga bog'laydi. Bola hayotining dastlabki kunlaridan boshlab o'zini o'rab olgan muhitning ta'siri ostida o'sadi, ulg'ayadi. Ayrim pedagog va ruhshunoslar orasida bolaga boshqacha qarash ham mavjud. Ularning fikricha, insonning kamoloti ikki omilga-irsiyat va ijtimoiy muhitga bog'liqdir. Irsiyat o'zgarmaydi, ijtimoiy muhit ham hamma davrlar uchun o'zgarmasdir. Irsiyat bor va biologic omillarni inkor etolmaymiz. Lekin irsiyatni mutlaqo o'zgarmas deb ham tushunmaslik kerak. Demak, bola shaxsining rivojlanishiga irsiyatning ta'siri deganda ota-onaga, avlod-ajdodlarga o'xshashlikni ifodalovchi biologik belgilar va fiziologik xususiyatlarning takrorlanishini tushunmoq kerak. Inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror-bir qobiliyatning

ruyobga chiqishi va rivojlanish manbai - layoqat bilan tug'iladi. Layoqat o'z holicha emas, balki uning rivojlanishi uchun qulay muhit ta'sirida zarur. Muhit deganda kishiga ta'sir etadigan tashqi voqealarning yig'indisini tushunamiz. Bunga tabiiy muhit (geografik), ijtimoiy muhit, oila muhiti va boshqalar kiradi va ular bolalarning rivojlanishiga alohida ta'sir ko'rsatadi. Agar bola o'z tug'ma layoqatiga mos sharoitda o'sib, zarur faoliyat bilan shug'ullansa, layoqat erta ko'rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo'lmasa, yo'q bo'lib ketishi ham mumkin. Kishilarning o'zaro muloqotlari natijasida bolada nutq paydo bo'ladi, shakllanadi. Boladagi irsiy belgilarning o'sishi, kamol topishi insonlar muhiti, yashash sharoiti va tarbiyaga bog'liq bo'ladi. Inson bolasi, agar



ijtimoiy-insoniy muhitga emas, boshqa muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko'rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-harakat bo'lmaydi. Demak, inson biologik mavjudot sifatidagina emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida ham taraqqiy etadi. Odob, axloq, xulqiy sifatlar - shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o'zaro ta'siri asosida vujudga keladi. Shuning uchun irsiyat rivojlanishga ta'sir etadi, ammo hal qiluvchi omil bo'la olmaydi.


  1. 2. Bola ijtimoiylashuvida muhit va uni tashkil etuvchi omillarning ahamiyati.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling