Pedagogika va Psixologiya yo‘nalishi 4- kurs 19-8 guruh talabasi
Download 177.97 Kb.
|
1 2
Bog'liqKonfilikt
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “Pedagogika va Psixologiya yo‘nalishi” 4- kurs 19-8 guruh talabasi Gapparova (Axmedova) Nazokat Mavzu: “Konfliktlarni boshqarishni fan sifatida vujudga kelishi tarixi” MUSTAQIL ISH CHIRCHIQ 2023 Reja: 1. Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari 2. Konfliktologiya ilmiy fan sifatida 3. Konfliktlarni boshqarishni fan sifatida vujudga kelishi tarixi 4.Xulosa 5.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Inson o’z hayotida bolalik davridanoq boshqa insonlar bilan turli ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Inson hayoti boshqalar bilan bo’ladigan turli munosabatlarning uzluksizligidan iborat bo’lgan jarayondir. Ana shu munosabatlar esa har doim ham bir tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis davom etishini turli nizo va ziddiyatlar buzib turadi. Biz ularni konfliktlar deb ataymiz. Konflikt har bir inson hayotiga aloqador bo’lgan o’ziga xos jarayon bo’lib, hech bir inson o’zini komil ishonch bilan konflikt vaziyatlardan muhofaza qilinganman deb ayta olmaydi. Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki har bir inson o’z hayoti davomida konfliktlar bilan to’qnash keladi. Konfliktlar tabiiy hodisa bo’lib, konflikt bilan to’g’ri munosabat o’rnatish inson tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy talablaridan biridir. So’nggi vaqtlarda zamonaviy jamiyatlardagi insonga bo’lgan turli ilmiy-texnik, ma’naviy, iqtisodiy ta’sirlarning haddan ziyod ortib borishi, zamonaviy jamiyatlarda yashash tarzining murakkablik tomon ortib borayotganligi odamlar to’qnash kelishi mumkin bo’lgan turli konflikt vaziyatlarni ham oshiradi. Bolalik davrida o’yinchoqlarni talashish, birovlarga hasad qilish, yoki o’g’il bolalarning janjal qilib urishganini ko’p kuzatgansiz. Mana shunday konfliktlar keyinchalik oilada, eru-xotin, qaynona-kelin, aka-opalar, yaqinlar, do’stlar, ijtimoiy guruhlar, turli kompaniyalar o’rtasida, shuningdek mehnat faoliyatida ham vujudga kelishi mumkin. Hayot konfliktlarga to’la. Insonning jamiyatdagi yashash tarzini turli ziddiyatlarsiz tasavur etib bo’lmaydi. Turli nizo va ziddiyatlar bilan umr davomida, har qanday yoshda, har joyda, har qanday vaziyatda to’qnash kelish mumkin. Konfliktlar uyda, maktabda, ko’chada, o’quvchilar orasida, ota-onalar va farzandlar, xodim va uning rahbariyati orasida, jamoa a’zolari o’rtasida sodir bo’lishi mumkin. Konfliktlar, odatda, ko’p vaqt odamlar birga bo’ladigan hollarda, ya’ni ular uzoq muddat bir-birlari bilan psixologik va ruhiy muloqotda bo’ladigan holarda, ular ma’lum muddat o’zaro birga bo’lishga majbur bo’lgan paytlarida ko’proq sodir bo’ladi. Hech bir inson o’zini konfliktlardan doimiy muhofaza qilingan deb hisoblay olmaydi. Chunki konfliktlar ba’zan qo’qisdan, hyech kutilmagan holda vujudga kelishi hamda inson hayot tarzini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin. Konflikt har bir inson hayotining ajralmas qismi bo’lib, hyech bir inson konfliktlardan o’zini kafolatlanganman deb ishonch bilan ayta olmaydi. Har birimiz bolalik davrlarimizdan konflikt vaziyatlarga tushamiz va bu holatlardan chiqib ketish yo’l va usullarini qidiramiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, konflikt ijtimoiy xodisa hisoblanadi. Chunki u ko’pchilik insonlarning kundalik turmush tarziga oid voqyea va hodisalarni qamrab oladi hamda konflikt rivojidan har bir inson, yaqin qarindoshlar, mehnat jamoasi o’rtasidagi tinch va totuvlikka asoslangan osuda hayot tarzi zarar ko’rishi mumkin. Ulg’ayganimiz sari konflikt voqyea, hodisalar o’z kuchi va ta’sirini ham kuchaytirib boradi. Ammo biz konflikt nimaligini bilamizmi \? Har doim ham konflikt vaziyatga tushib qolganda o’zimizni to’g’ri tutamizmi? Konflikt bizning hayotimiz uchun tahdid ko’rsatadimi? Konfliktning o’z ichki tabiati qanday? Konfliktdan qanday qutilish va yoki undan qanday chiqib ketish kerak? Ziddiyat qanday qonuniyatlar asosida rivojlanadi? Nizoni rivojlantiruvchi omillarni oldindan bartaraf etsa bo’ladimi? Inson ziddiyatlarsiz yashashga o’rganishi mumkinmi?! Mana shunday savollar ko’pchilikni o’ylantirishi tabiiy. Har bir inson konfliktlar bilan to’qnash kelishi aniq bo’lganligi sababli konfliktlar hakida keng bilimlarni tarbiyalash va shakllantirish muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Shu bois konfliktlar to’g’risida ham nazariy bilimlar, ham amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish hozirgi zamonda yoshlarni mustaqil hayotga tayorlash hamda jamiyatda o’z o’rni va mavqyeiga ega bo’lishida zarur ehtiyojlardan bo’lib, ana shunday bilimlarni targ’ib etish davrimizning dolzarb vazifalaridandir. Konfliktlarni tabiiy hodisa dedik. Konflikt – oddiy hol. Chunki konflikt har birimizning turmushimiz va tirikchiligimizga xos bo’lgan, hayotimizga tegishli narsa. Ammo ko’pchilik ongida an’anaviy mavjud bo’lgan fikrga ko’ra, konflikt bu – oddiy hol emas, u ziddiyatli hol, undan o’zini muhofaza qilish kerak, undan o’zini tortish zarur, konfliktdan qochish kerak. Insonlararo, oilalar ichida bo’layotgan konfliktlardan o’zini tortishni bizga bolaligimizdan o’rgatib kelishadi. Konflikt oldida, unga nisbatan fobiya, ya’ni konfliktdan qo’rqish hollari ko’pchilikni tashkil qiladi. Bizni bolaligimizdan konflikt vaziyatlardan o’zimizni tortishga, janjalkash bo’lmaslikka, nizolarni keltirib chiqargan va unda qatnashgan odamlardan o’zimizni tortib yurishga o’rgatishadi. Konflikt – bizning milliy menetalitetimizda ―yaxshi bo’lmagan holat va vaziyatga tenglashtiriladi. Konflikt bo’lganidan ko’ra, konflikt bo’lmaganini biz afzalroq ko’ramiz. Biz konfliktni hayotimizdagi eng ―yomon davr sifatida baholaymiz. Konfliktdan uzoqroqda yashash ko’nikmalari bizning tafakkurimizga chuqur singdiriladi. Konflikt har kunlik hayot tarzimizga xos bo’lgan voqyelik bo’lishiga qaramay, insonlar ko’pincha ularni noto’g’ri talqin etadi hamda ularni ―anglangan‖ holda qabul qilishga o’rgatilmaydi. Konflikt vaziyatga tushib qolgan vaqtimizdagina mana shu konflikt vaziyatni tahlil qilishga urinamiz. Ammo har doim ham bizning bilim va ko’nikmalarimiz konflikt vaziyatdan chiqib ketish uchun yetarli bo’lmaydi. Chunki bizning hayotiy tajribamiz kam, chunki biz konfliktlar yechimi bo’yicha maxsus bilimlarni egallamaganmiz. Tabiiyki, har bir inson konfliktlarni tushunadi, ular mohiyatini to’g’ri anglaydi hamda ularni yenga biladi deyish, xato hisoblanadi. Shu bois, konfliktlarni o’rganish, ularni ilmiy anglash davr talabi bo’lib, konfliktlar bo’yicha zamonaviy bilimlarni egallagan mutaxassislarni tarbiyalab – voyaga yetkazish davr bilan hamnafas bo’lishni anglatadi. Xorijiy ellarda yuqori va quyi bosqisdagi barcha rahbar hodimlar, biznes menejerlarning barchasi konfliktlar yechimi bo’yicha ta’lim oladilar. Konfliktlar va ularning yechimi bo’yicha ma’lum bilimlar va ko’nikmalarni egallamasdan turib, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda faoliyat olib borib hamda ularni boshqarib bo’lmaydi. Konfliktlar inson hayotining tabiiy tarkibiy qismidir. Har doim konflikt vaziyatga tushib qolish imkoniyati mavjud bo’lib, har birimiz hyech bo’lmaganda bir bor konflikt vaziyatlarning faol ishtirokchilari bo’lganmiz. O’zini konfliktlardan to’la ajratib olish, yoki konfliktlardan himoya qilinganman, ulardan kafolatlanganman deb o’ylash, noto’g’ridir. Demak, konflikt vaziyatda har bir tomonning o’z qarashlari, o’ylari, fikrlari tizimi, majmuasi mavjud. Mana shu o’y va fikrlar tizimi xuddi mana shu tomonning o’z shaxsiy manfaatlarini anglatadi. Inson o’z shaxsiy manfaatlarsiz yashay olmaydi. Har bir odam, xatto eng kichkina yoshdagi bolakaylarning ham o’z shaxsiy manfaatlari mavjud. Agar kichkina chaqaloqning so’rib turgan ―soskasini qo’lidan tortib olsangiz, u darrov baqirib yig’lashga tushadi. Chunki uning shaxsiy manfaatlariga qarshi ish amalga oshirilgan bo’ladi. Chaqaloq ―mening narsamni qaytarib beringlar, deb uvvos solib yig’laydi. Shunday ekan, konflikt mazmuni - inson manfatlarining holati bilan uzviy bog’liq bo’lgan voqyelikka aylanadi. Demak, konflikt – bu ikki, yoki undan ko’p tomonlarning o’z maqsadlariga yetish yo’lidagi turli manfaatli to’qnashuvidir. Konfliktlar yomon holatmi, yoki konfliktlarda ham o’ziga xos ijobiy tomonlar mavjudmi?! Konflikt – buzg’unchilikmi, yoki unda yaratuvchanlik xususiyatlari ham mavjudmi?! Konflikt – zo’ravonlikmi, yoki insonlarni muloqotga o’rgatuvchi asosmi?! Tabiiy ravishda mana shu savollarning javoblari aslida konfliktning mazmuni va mohiyati biz o’ylagan qarashlardan anchayin keng ekanligini, bizning an’anaviy qarashlarimiz esa chegaralangan va haqiqiy ahvoldan ancha uzoq ekanligini isbotlaydi. Bizning konflikt borasidagi tasavvurimiz uning faqat bir tomoniga yo’naltirilgandir. Biz odatda konfliktning faqat bir qirrasini ko’rishga o’rganganmiz. U ham bo’lsa, konfliktda odamlar ziddiyatga kirishib, o’zaro urush, nizo, janjallar chiqarishidir. Ammo har doim ham shunday bo’laveradimi?! Konflikt – bu tabiiy holat. Konflikt har doim ham buzg’unchilik yoki zo’ravonlik emas. Konfliktni to’g’ri hal etilsa, u yaratuvchanlik qudratiga ega bo’ladi. Konflikt tomonlar munosabatlarini yanada mustahamlashi, ularni yangi mazmunda qayta qurishi mumkin. Masalan, o’zbeklar ―eru-xotinning urushi, doka ro’molning qurishi‖ deb bejiz aytishmagan. Oilada er va xotin o’rtasidagi ziddiyatlar mavjud bo’lsa ham, ko’p hollarda umumiy manfaatlar ularning tez hal etilishi, manfaatlar asosida tomonlar uyg’unligi vujudga kelishini isbotlaydi. Demak, konflikt vaziyatni vujudga keltiruvchi turli manfaatlarni o’zaro birlashtirish, ularni muvofiqlashtirish imkoniyati tabiiy mavjud. Shunday qilib, konfliktlar inson hayotining ajralmas tarkibiy qismi bo’lar ekan, konfliktlarni tan olmaslikning, ularning inobatga olmaslikning ilojisi yo’q. Faqat konfliktlarni boshqarish, ularni echimini topishga o’rganish darkor. Konfliktlar echimini quydagi guruhlarga ajratish mumkin: - tomonlarning ixtiyoriy kelishuviga ko’ra ziddiyatning echimiga kelishish va to’xtatilishi. - konfliktning simmetrik echimining topilishi va to’xtatilishi (ikki taraf ham bir xilda yo yutib chiqadi, yo yutqizadi). - konfliktning asimmetrik hal bo’lishi (ziddiyatdan faqat bir tomon yutib chiqadi). - konfliktning bir katta nizoni keltirib chiqarishi; - konfliktning asta «o’chib», «so’nish» va yo’qolib borishi. Eng yangi davrga kelib konfliktlar nazariyasi yanada rivojlantirildi. Konfliktlarni tadqiq qilishning nazariy jihatlarini ishlab chiqishda amerikalik sotsiolog Tolkott Parsons (1902-1979) tomonidan asoslantirilgan tashkilotning tuzilmaviy funktsional modeli muhim o’rin egallaydi. U jamiyatga insonlar o’rtasidagi munosabatlar tizimi, normalar va qadriyatlarga uni bog’lovchi bo’g’in deb qaragan. U quyidagi qoidalarga amal qilgan: a) har qanday ijtimoiy tizim nisbatan barqaror, doimiy va yaxshi tashkil etilgan tuzilmadan iborat ; b) bu tizimning har bir elementi muayyan funktsiyani bajarishi bilan tizim barqarorligini saqlashga o’z ulushini qo’shadi; v) bu ijtimoiy tuzilmaning amal qilishi zarur barqarorlik va hamkorlikni ta’minlovchi jamiyat a’zolarining qo’llab-quvvatlashiga asoslanadi. Parsonsning fikricha, ijtimoiy harakatning me’yoriy komponenti quyidagi to’rtta darajada namoyon bo’ladi: organizm, shaxs, ijtimoiy tizim, madaniyat. Konfliktning bo’lishi ijtimoiylashuv jarayonining o’zida mavjud, bunda inson nafaqat ijtimoiy tizimning namoyon bo’lish usullariga, shuningdek, tegishli madaniyatning me’yorlari va qadriyatlariga ham jalb qilinadi. Ijtimoiylashuv jarayonida organizmning ichki fiziologik ehtiyojlari bilan insonning ijtimoiy munosabatlardagi ehtiyojlari o’rtasida shakllanadigan nomuvofiqlik, muayyan tanglik konfliktga aylanishi mumkin. Bunda ijtimoiy tizimning ichki qarama-qarshiligini, va demak, konfliktlarni vujudga kelishining realligini tan olinishi juda muhim edi. Biroq , umuman olganda, Parsons tizim elementlari o’rtasidagi konfliktsiz, “uyg’un“ munosabatlar tarafdori bo’lgan. U konfliktni ijtimoiy anomaliya, o’ziga xos kasallik va uni engish zarur deb hisoblagan. Ijtimoiy konflikt tabiatiga nisbatan Parsons tomonidan bildirilgan nuqtai nazar XX asrning 30-40-yillarida “kishilar munosabatlari “maktabi vakillari tomonidan qo’llab-quvvatlangan. Ular ham sanoati rivojlangan mamlakatlar qurishi kerak bo’lgan jamiyatning tabiiy holati uyg’unlik va ijtimoiy konsensus holati bo’lishi lozim deb hisoblaganlar. Bu maktabning yirik vakili, Garvard universiteti professori Elton Meyo (1880-1949) “hozirgi zamonning bosh muammosi“bo’lgan “sanoatda tinchlik“ni o’rnatishga yordam qilish zarur deb ta’kidlagan. U konfliktni xavfli “ijtimoiy illat” deb bilgan. Undan iloji boricha qochish kerak, “ijtimoiy muvozanat“ga va “hamkorlik holati“ga intilish kerak. Turli mamlakatlar olimlari hech bir nuqsonsiz faoliyat ko’rsatadigan va boshqariladigan tashkilotlarda ham konfliktlar paydo bo’lishiga e’tibor qaratganlar. Bu holat barqaror konsensusni ta’minlashga qodir qandaydir ijtimoiy tizim modeli borligiga shubhalanishga olib keldi. SHu bilan birga konfliktlarga o’sib o’tuvchi ijtimoiy ziddiyatlarning tabiiy muqarrarligi va qonuniy xarakter kasb etishini hisobga olish zarurligini tushunish ham mustahkamlanib bordi. Natijada XX asrning 50-yillarida AQSH, Germaniya, Frantsiya va qator g’arb mamlakatlarida konfliktning hozirgi zamon kontseptsiyalari shakllandi va keng tarqaldi. Hozirgi zamon tadqiqotchisi amerikalik Lyuis Kozer 1956 yilda nashr qilgan “Ijtimoiy konflikt funktsiyalari” nomli kitobida konfliktli munosabatlarsiz ijtimoiy guruhlar mavjud bo’lmasligini hamda ijtimoiy tizimlarning amal qilishi va almashinishida konfliktlarning ijobiy amaliy ahamiyat kasb etishini to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatdi. Uning fikricha, butun jamiyatning barqarorligi unda mavjud konfliktli munosabatlarning miqdoriga va ular o’rtasidagi aloqalar tipiga bog’liq. L.Kozerning ijobiy-funktsional konflikt nazariyasining mohiyati shundaki, konfliktlar jamiyat uchun begona, anomal hodisa emas ; ular ijtimoiy tizim ichki holatining, undagi alohida shaxslar va ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi odatiy munosabatlarning elementi, mahsulidir. Uning fikricha, konfliktlar muhim funktsiyalarni bajaradilar, ular vaqti-vaqti bilan jamiyatdagi tarang vaziyatni yumshatish, alohida shaxslar va ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi ziddiyatlar va kolliziyalarni hal etish usuli sifatida zarurdir. Nemis sotsiologi Ralf Darendorf jamiyatning konfliktli modeli kontseptsiyasini ishlab chiqqan. Uning 1965 yilda chop etilgan “Sinfiy tuzilma va sinfiy konflikt“ asarida har bir jamiyat hukmronlikka, majburlash va bo’ysunishga asoslangan deb hisoblaydi. Qarama-qarshiliklar, konfliktlarning bo’lishiga sabab, faqat odamlarning ijtimoiy notenglikka mahkumligi emas, shu bilan birga hokimiyat, shon-shuhrat, avtoritet uchun bo’lgan kurash, boshqaruv munosabatlaridagi noteng mavqega ega bo’lishdir, bunda bir xil odamlar faqat buyruq berish huquqiga, boshqa odamlar bu buyruqlarni bajarishga va bo’ysunishga majburdirlar. Darendorf konfliktlarni ijtimoiy hayotda bartaraf etib bo’lmaydigan va har qanday ierarxik tizimga xos xususiyat deb hisoblaydi. Biroq, odamlar konfliktlarni tartibga solish imkoniyatiga egadirlar. Buning uchun uchta shartning bo’lishi zarur: birinchidan, konfliktlashuvchilarning tafovutlanishini va qarama-qarshiligini tan olish ; ikkinchidan, taraflarning, shu jumladan, jamiyatning uyushganlik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, bitimga kelishish shuncha engil bo’ladi; uchinchidan, konfliktda ishtirok etuvchi taraflar o’rtasidagi munosabatlarni saqlashga olib keluvchi muayyan qoidalarning o’zaro maqbulligi. Konfliktlarning umumiy nazariyasi deb nomlangan kontseptsiyaga amerikalik sotsiolog va iqtisodchi Kennet Boulding asos solgan. U ham konfliktlar hamma erda uchrashi, odamlar o’ziga o’xshaganlarga nisbatan doimiy dushmanlik qilishga va kurash olib borishga intilishlarini ko’rsatib, zo’rlik ishlatish eskalatsiyasi inson tabiatida yotadi deb bilgan. SHu bilan birga konfliktlar umumiy xususiyatlar bilan paydo bo’ladi va rivojlanadi, yagona elementlar orqali namoyon bo’ladi deb ko’rsatgan hamda ularni ijtimoiy sharoitlardan ajratib bo’lmasligini, ularning oldini olish va engish mumkinligini ta’kidlagan. Boulding fikricha, konfliktlarni barham toptirishga qaratilgan “ijtimoiy terapiya” asosini uchta narsa tashkil qiladi: yuzaga keluvchi qarama-qarshiliklar sababini tushunish; ularni tugatishning kelishilgan usullarini oqilona tanlash; insonlarning ma’naviy takomillashuvi. Xulosa Hayot konfliktlarga to’la. Insonning jamiyatdagi yashash tarzini turli ziddiyatlarsiz tasavvur etib bolmaydi. Turli nizo va ziddiyatlar bilan umr davomida, har qanday yoshda, har joyda, har qanday vaziyatda toqnash kelish mumkin. Konfliktlar uyda, maktabda, kochada, oquvchilar orasida, ota- onalar va farzandlar, xodim va uning rahbariyati orasida, jamoa azolari ortasida sodir bolishi mumkin. Konfliktlar, odatda, kop vaqt odamlar birga boladigan hollarda, yani ular uzoq muddat bir- birlari bilan ruhiy muloqotda boladigan hollarda, ular malum muddat ozaro birga bolishga majbur bolgan paytlarida koproq sodir boladi. Hech bir inson ozini konfliktlardan doimiy muhofaza qilinganman deb hisoblay olmaydi. Chunki konfliktlar bazan qoqqisdan, hech kutilmagan holda vujudga kelishi hamda inson hayot tarzini tubdan ozgartirib yuborishi mumkin. Konflikt har bir inson hayotining ajralmas qismi bolib, hech bir inson konfliktlardan ozini kafolatlanganman deb ishonch bilan ayta olmaydi. Konfliktologiya yoki konfliktlar yechimi sohasi yangi rivojlanib kelayotgan va taraqqiy etayotgan fan sohalaridan biri bolib hisoblanadi. Shu bois, konfliktologiya sohasining nazariy asoslari, uning milliy xususiyatlari, ijtimoiy oziga xosliklari, konfliktlarning jamiyat hayoti bilan aloqadorligi, shaxslararo konfliktlar, konfliktlarning huquqiy aspektlari, mehnat jamoasidagi konfliktlar masalalari kopchilik tadqiqotchilarni qiziqtiradi. AQSHning bir necha universitetlari qoshida konflikt yechimlarini organishga yonaltirilgan ilmiy- amaliy tadqiqot markazlari faoliyat olib boradi. Mayamida tashkil etilgan «Tinchlik talimi tadqiqotlari markazi ana shunday tashkilotlardan hisoblanadi. Rossiya Fanlar Akademiyasi Sotsiologiya instituti qoshida ham Konfliktologik tadqiqotlar markazi ish olib boradi. Konflikt - lotincha sonflictus so`zidan olingan bo`lib, toqnashuv demakdir. Konfliktlarni kelib chiqishini, sabab va oqibatlarini organuvchi fan Konfliktologiya deb ataladi. Fan nuqtai-nazaridan ilk marotaba konfliktni ilmiy organish davlat hokimiyati, jamiyat azolari hamda alohida ijtimoiy guruhlar orasidagi ziddiyatlarni organishdan boshlangan. Keyinchalik ilmiy qiziqishlarning ortib borishi bilan ijtimoiy, siyosiy, milliy, guruhlararo va shaxslararo konfliktlar fan obyektiga aylana boshladi. Konfliktologiya XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan sifatida shakllana boshlagandan song, jamiyatda konfliktning tutgan ornini organish jamiyat hayotida juda muhimligi sababli, etnik va guruhlararo konfliktli munosabatlarni organish, sistematik asosda ularni tahlil qilish va ozaro togri yechimga kelish zaruriy ehtiyojlardan biriga aylandi. Konfliktologiya inson haqidagi fanlar tizimida. Konfliktlar inson hayotining tabiiy tarkibiy qismidir. Har doim konfliktli vaziyatga tushib qolish imkoniyati mavjud bolib, har birimiz hech bolmaganda bir bor konfliktli vaziyatlarning faol ishtirokchilari bolganmiz. Ozini konfliktlardan tola ajratib olish yoki konfliktlardan himoya qilinganman, ulardan kafolatlanganman, - deb oylash, notogridir. Konflikt - toqnashuv jarayonida ikki tomonning bir-birini tushunmagan holatda vujudga keladi. Konfliktologiya inson haqidagi fanlar tizimida o`ziga xos tarzda chambarchas bog`liq holda rivojlanadi. Jumladan falsafa, psixologiya, valeologiya, pedagogika, manaviyat va sotsiologiya fanlari bilan bevosita bogliq bolib, shu fanlar bilan birgalikda hamkorlikda ish olib boradi. Konflikt rivojlanishining asosiy pogonalari Konfliktni vujudga kelishida va uni hal etishda konstruktiv yondashuv ziddiyatni ijobiy yangi pogonaga olib chiqadi va togri yechimga olib keladi. Ziddiyatni hal etishda destruktiv yondashuv esa konfliktni yanada chuqurlashtirib uni boshi berk kochaga olib kiradi. Shunga qaramasdan konfliktning dastlabki bosqichi uchun dekonstruktiv yondashuv xos bolib, konfliktning davomiyligining ma’lum davrida konstruktiv yondashuv talab etiladi va konfliktni hal etish ijobiy bosqichga o’tadi. Download 177.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling