O`zbekiston Respublikasi yer kodeksini organish
Download 25.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqO`zbekiston Respublikasi yer kodeksini organish. Yer togrisidagi qonun xujjatlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer fondi, yer tuzish, yer monitoringi, davlat yer kadastri va boshqa moddalarini organish
Mavzu: O`zbekiston Respublikasi yer kodeksini organish. Yer togrisidagi qonun xujjatlari. Yer fondi, yer tuzish, yer monitoringi, davlat yer kadastri va boshqa moddalarini organish. Fermyer xojaligini tashkil etish boyicha hukumat qarorlarini organish. Reja: O`zbekiston Respublikasi yer kodeksini organish Yer togrisidagi qonun xujjatlari. Yer fondi, yer tuzish, yer monitoringi, davlat yer kadastri va boshqa moddalarini organish O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Er kodeksi”, “Suv va suvdan foydalanish to'g'risida”, “O'rmon to'g'risisda”, “Muxofaza qilinadigan xududlar to'g'risida” gi va boshqa qonunlar, shuningdek “Er monitoringini yuritish tartibi to'g'risidagi Nizom” hamda qator qonunosti me'yoriy xujjatlari mamlakatda yer munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish, ob'ektlar monitoringini, jumladan yer monitoringini bugungi bozor munosabatlariga mos tarzda yuritish zaruriyatini tug'diradi. Bu esa, o'z navbatida, uslubiy yo'nalishda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bilan uzviy bog'liqdir. Mamlakatda yuritilayotgan ob'ektlar monitoringi, jumladan yer monitoringi barcha yer fondidan foydalanishda uning mavjud xolatini kuzatib borish, yuz berayotgan salbiy jarayonlarni aniqlash hamda ularni oldini olish va bartaraf etish bo'yicha zaruriy tadbirlarni amalga oshirish kabi majmuali tadbir sifatida mavjuddir. Shu bilan birga davlatning qonunlariga mos ravishda yer munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solib borish, bugungi islog'otlarga xizmat qiluvchi yerdan foydalanish artibini rivojlantirish ham muhim amaliy ahamiyatga egadir. Bularning barchasi birgalikda 5311500- “Geodeziya, kartografiya va kadastr” ta'lim yo'nalishining umumkasbiy fani sifatida shakllangan.Ushbu fan bo'yicha talabalarga bilim berish bo'lg'usi mutaxassislarnishakllantirishda muhim o'rin tutadi. “Er xuquqi va kadastri” ilmiy fan sifatida yerni va boshqa tabiiy-iqtisodiy ob'ektlarni xalq xo'jaligining ishlab chiqarish vositasi hamda huquqlari ob'ekti ekanligi to'g'risidagi ma'lumotga, rivojlanayotgan demokratik jamiyatni uslubiy ob'ektlarga bo'lgan huquqiy monosabatlariga hamda dunyoni bilishning diolektik uslubiyatiga asoslanadi. “Er huquqi va kadastri” ni o'rganish u bilan bog'liq bo'lgan fanlar (iqtisodiyot nazariyasi, fuqarolik va mehnat huquqlari, davlat kadastrlari asoslari, ko'chmas mulklar kadastri, geodeziya, kartografiya va boshqalar) ning nazariy, uslubiy va amaliy ishlarmalariga asoslanadi. Yer to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash va tahlil qilishda matematik, statistik, geodezik, fotogrammetrik va kartografik uslublaridan foydalaniladi. Respublikamizda yer islohatlarini amalga oshirilishi yer tuzish va kadastr sohasida, geodeziya mutaxassislarining faoliyatini yanada kengaytirdi. Xususan, 2009-2017 yillar davomida 81 992 ta uy qurildi, 6 624 ta uy-joy massivi barpo etildi, zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari o‘tkazilishi ta’minlandi. 2016-yildan qishloq aholisi uchun yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurilishini nazarda tutuvchi sifat jihatidan yangi davlat dasturi amalga oshirilmoqda. 2017-yilning o‘zida qishloq joylarida 18 mingdan ortiq qulay shart-sharoitga ega bo‘lgan uylar barpo etildi. Shuningdek, fuqarolarning qonunchilikda meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibda uy-joy qurish huquqi kafolatlangan.Shu bilan birga, yer tuzish va kadastr organlari tomonidan o‘tkazilgan respublika ko‘chmas mulk fondining yalpi xatlovi yakka tartibda uy-joy qurish sohasida, ayniqsa, qishloq joylarida qonuniylikni ta’minlash masalalarida tizimli xatolar va jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligini ko‘rsatdi. Xususan, uy-joyga ega bo‘lish va qurishning qonuniy mexanizmlari mavjud bo‘lishiga qaramasdan minglab fuqarolar ko‘p yillar davomida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yakka tartibda uy-joylarni noqonuniy barpo etishgan.Bunday holatlarning yuz berishiga davlat organlari, eng avvalo, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, shu jumladan, yer kadastri, arxitektura va qurilish sohasidagi vakolatli organlarning beparvoligi sabab bo‘ldi. Fuqarolarga yer uchastkalarini uy-joy qurish uchun muayyan to‘lov evaziga noqonuniy berish yuzasidan fermer va dehqon ho‘jaliklarining til biriktirishi bo‘yicha ko‘plab holatlar mavjud.Natijada ushbu muammo butun respublika bo‘yicha ommaviy tus oldi va uy-joy uchun zarur hujjatlarning mavjud emasligi aholida boshqa ijtimoiy muammolarning kelib chiqishiga, xususan, haqiqatda yashab turgan joyga propiska qilinishi, mulk huquqiga ega bo‘lish va uni amalga oshirish imkoniyati mavjud emasligiga olib keldi. Fuqarolarning uy-joy mulkiga kadastr hujjatlarini berishni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 5 mingdan ortiq, deputatlar, senatorlar, davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda 3 mingdan ziyod murojaatlari kelib tushgan. Uy-joyga doir huquqlarning amalga oshirilishi va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, fuqarolarga tegishli bo‘lgan turar joylarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ko‘maklashish maqsadida: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini (keyingi o‘rinlarda bir martalik aksiya deb yuritiladi) e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi. 2019-yil 1-mayga qadar: a) mazkur Farmon qabul qilingan vaqtga qadar qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joyga (keyingi o‘rinlarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat deb yuritiladi) nisbatan mulk huquqi ushbu obyektga o‘z shaxsiy mulki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilayotgan shaxsga quyidagi shartlar asosida: Ushbu yer uchastkasi (uchastkaning bir qismi) unga qonun hujjatlariga muvofiq turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashmagan bo‘lsa; O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini buzmayotgan bo‘lsa, shuningdek, uning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasa yoxud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasa e’tirof etiladi. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilmaydigan aniq holatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilandi; b) o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etiladigan Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha komissiyaning taqdimnomasiga ko‘ra tuman (shahar) hokimining qarori bilan;umumiy mulk huquqi haqidagi fuqarolik va oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qoidalariga amal qilish sharti bilan; Eng kam ish haqining besh baravari miqdorida bir martalik yig‘im to‘langandan keyin amalga oshirildi; v) o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etishda mulkdorga u qurilgan yer uchastkasiga (uchastkaning bir qismiga) qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilib, ortiqcha qismi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 121-moddasida nazarda tutilgan jarima solinmasdan zaxira yerlariga olib qo‘yildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bir martalik aksiyaning amal qilish muddati tugagunga qadar: Sudlarga o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash bo‘yicha da’vo kiritish to‘xtatib turilishini, qonun hujjatlariga asosan turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashgan yer uchastkasida (uchastkaning bir qismida) qurilgan obyektlar bundan mustasno; Sudlarning turar joy sifatida foydalanilayotgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash to‘g‘risidagi ko‘rib chiqilayotgan da’volar hamda ijro qilinmagan qarorlari bo‘yicha belgilangan tartibda kelishuv bitimlari tuzilishini ta’minlasindi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oy muddatda: Bir martalik aksiyaning amal qilish muddati tugagandan keyin o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkinligi to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini bekor qilishni; O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur Farmonning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etildi. 1.1 Yer ququqi - yerga oid munosabatlarni iqtisodiy nuktai .nazardan ququqiy tartibga soladigan mustaqil huquq sohasi. Yerga oid huquqiy munosbatlar mulkiy, ishlab chiqarish, ekologik, iqtisodiy, makon-bazis va shunga o'xshash turli xil jihatlardan iborat bo'lishi mumkin. 1.2 Yer huquqining predmeti - huquqiy yo'l bilan tartibga solib turiluvchi yer munosabatlari, ya'ni iqtisodiy xarakterga ega bo'lgan yer jarni bo'lib berish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan kelib chiqadigan ijtimoiy munosabatlarni yer qonunchiligi normalari orqali tartibga solishdir. 1.3 Yer huquqining maqsadi — yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish uchun yer munosabatlarini huquqiy tartibga solish.Yer huquqi tizimi — yer munosabatlarining o'ziga xos tomonlari va qonuniyatlariga qarab ma'lum bir tartibda joylashgan Yer huquqi.ismlari va institutlari majmui. Yer huquqi tizimini go'yo "uy" deb tasavvur qilsak, uning qismlari "poydevor", institutlari esa "g'isht"laridir. 1.4 Yer huquqining o'ziga xos tomonlari - faqat ushbu huquq sohasiga taalluqli bo'lgan yer munosabatlarini huquqiy tartibga solib turishda mustaqil mavjud bo'lgan printsip (qoida), predmet, ob'ekt, metodologiyasi va tatbik qilish joyining borligidir. Masalan, yer Ekologiya huquqining alohida bir ob'ekti bo'lishi bilan birga kishilar xo'jalik faoliyatining makon-bazisi sifatida namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham Yer huquqi Ekologiya hukuqidan farqli o'laroq yerlarni ma'lum bir toifalarga ajratadi va ulardan foydalanishning huquqiy tartibi bilan bir qatorda ularni huquqiy muhofazalash choralarini ishlab chiqadi va amalga tatbiq qiladi. 2.1 Davlat yer kadastri — Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u yerlarning tabiiy, xo'jalik, huquqiy holati, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining o'rni va o'lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o'rtasidagi taqsimoti to'g'risidagi ma'lumotlar hamda hujjatlar tizimidir (Davlat yer kadastri to'g'risidagi qonunning 3-moddasi). 2.2 Davlat yer kadastrining maqsadi -Davlat yer kadastri to'g'risidagi qonunning 1-moddasiga binoan iqtisodiyotni rivojlantirish, yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarning kafolatlarini ta'minlash, yerdan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish uchun kadastr ma'lumotlaridan foydalanishning huqukiy asoslarini belgilashdan iborat. 2.3 Davlat yer kadastrining huquqiy-me'yoriy asoslari - 1998 yil 28 avgustda qabul qilingan "Davlat yer kadastri to'trisida"gi qonun, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 31 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritish to'g'risida"gi 543-sonli qarori va unga ilova qilingan "Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to'g'risidagi Nizom" va boshqa qonun hujjatlari.Yer kadastrini olib borish — viloyat va tumanlarda Yer resurslari davlat qo'mitasining tegishli viloyat va tuman, shaqar va qishloqlarda tuman va shahar davlat ko'chmas mulk kadastri hamda Geodeziya, kartog'rafiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi xizmati bo'linmalarining tegishli faoliyati.Yer kadastri xujjatlari - yer uchastkalariga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlari, tuman (shahar) yer kadastri daftari, yerlarning miqdor, sifat holati va ularning bahosi to'grisidagi hisobotlar, kadastr xaritalari, planlari va qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan boshqa hujjatlar yig'indisi (Davlat yer kadastri to'grisidani qonunning 12-moddasi). 3.1 Yerlarni o’zboshimchalik bilan egallab olish-deb erlardan huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanish aytiladi. 3.2 O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat —deb qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki shaharsozlik normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa imorat, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk. 3.3 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi. Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. «Snos» va o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy joylarni buzish o‘rtasidagi farqlar, qaysi hollarda tovon puli to‘lanishi, qaysi hollarda esa aybdorlar jarimaga tortilishi.«Snos» va o‘zboshimalik bilan noqonuniy ravishda qurib olingan uylarni buzish o‘rtasidagi farqlarni sanab o‘tamiz. Quyida ushbu ma’lumotlarni to‘liqligicha e’tiboringizga havola etamiz.Gap «snos» haqida ketar ekan, uni o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylardan farqini bilib olish har qachongidan dolzarb masaladir. «Snos» deganda fuqarolar va yuridik shaxslarga faqatgina qonuniy tartibda tegishli bo‘lgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi olib qo‘yilishi va unga yarasha kompensatsiya berilishi tushuniladi.Rostdan ham shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, aholiga munosib turmush sharoitini yaratish, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishi doirasida fuqarolar va tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan ayrim hollarda kamchiliklarga, qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yildi. Ayni masalada qonun buzilishlar bo‘lganligi sababli bu borada umuman yangicha tartib joriy etildi.Endilikda Yer uchastkasini olib qo‘yish Hukumatning 2019 yil 16 noyabridagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida hamda unda ko‘rsatib o‘tilgan asoslar mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi. Unga ko‘ra: Yer uchastkasini olib qo‘yishga zarurat tug‘ilganda birinchi navbatda hokimlik yoki investor va mulkdorlar o‘rtasida OAV ishtirokida ochiq muhokama o‘tkaziladi; Hokimlik yoki investor tomonidan dastlabki hisob-kitoblar amalga oshiriladi, shuningdek, kompensatsiya berish uchun yetarli resurslar mavjudligi o‘rganiladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari tomonidan yer uchastkasi olib qo‘yilishidagi foyda va xarajatlar o‘rganib chiqiladi, resurslar yetarli bo‘lganida hamda foyda va xarajatlardan ustun kelgan taqdirda yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi. Hokimliklar yer uchastkasi olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishga vakolatli emas; Hokimlik yoki investor va mulkdorlar o‘rtasida kompensatsiya turi, miqdori va berish muddati kelishiladi va ushbu kelishuv notarial tartibda tasdiqlanadi. Kelishilgan kompensatsiya berilmaguncha ko‘chmas mulklar buzib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bundan tashqari olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan binoni buzish ham adliya organlarining ijobiy xulosasidan keyingina amalga oshirilishi belgilandi.Ta’kidlab o‘tish lozimki, yangi tartib kuchga kirgandan keyin (2020 yil 1 yanvar) «snos» masalasida muammo bo‘lgani yo‘q.«Snos»ning ikkinchi to‘lqini haqidagi gaplar esa mutlaqo asossiz, «publika»ga o‘ynashdan boshqa narsa emas. Xo‘sh unda masala nimada? Hozirda ba’zi hududlarda ayrim fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yoki noqonuniy hujjat asosida ajratilgan yerlarda qurilgan uy-joylar belgilangan tartibda buzilishi rejalashtirilgan.Noqonuniy hujjat albatta o‘z-o‘zidan qabul qilinmaydi (tanish-bilish, korrupsiya borligi kunday ravshan biroq isbot yo‘qligi uchun bu haqda yozmaymiz), bu hujjat qabul qilishga mas’ul bo‘lgan shaxslarning javobgarligi masalasi albatta tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.Ta’kidlab o‘tish lozimki, davlat organining noqonuniy qarori natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanadi. Bunday zararning o‘rni davlat organining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanishi, agar u yerda mablag‘lar bo‘lmasa zarar davlat byudjetidan qoplab beriladi. Bundan tashqari 2019 yilda Jinoyat kodeksiga yangi modda qo‘shilib, yer berish tartibini buzganligi uchun javobgarlik chorasi kiritildi. Bugungi kunda fuqarolarimiz tomonidan hududlardagi sug‘oriladigan ekin maydonlarida ruxsatnomasiz, o‘zboshimchalik bilan qurilish qilish holatlari ko‘p uchramoqda. Aytib o‘tish joizki, Hukumatning 2019 yil 16 noyabridagi 911-son qarorida o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joyning ham qoplanishi lozimligi qayd etilgan. Shuni unutmasligimiz kerakki, bunda kompensatsiya fuqarolarga qonuniy tartibda tegishli bo‘lgan yer uchastkalaridagi mulklar «snos»ga tushganida, unda joylashgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar uchun to‘lanadi xolos. Boshqa har qanday holatda o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar uchun kompensatsiya to‘lanmaydi. Ya’ni yer egallab olingan hech bir holatda kompensatsiya to‘lanmaydi. Konstitutsiyamizda belgilanganidek yer umummilliy boyligimiz hisoblanadi. Shu o‘rinda uni asrab-avaylash har birimizning burchimiz ekanligini unutmasligimiz lozim. Yerga nisbatan qonuniy munosabatni shakllantirish esa davlatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Yurtimizda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 20,2 mln gektar yerlarning atigi 20,7 foizi sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi. So‘nggi 15 yil mobaynida aholi jon boshiga sug‘oriladigan yerlar 24 foizga (0,23 ga dan 0,16 gacha) kamaygan. Mazkur holatda albatta ayrim shaxslar tomonidan qonunlarni ochiqchasiga buzgan holda yerlarni egallab olishi ham rol o‘ynagan albatta. Mamlakat aholisining qariyb 16,4 millioni (jami aholining 49,4 foizi) qishloq hududlarida istiqomat qilishini hisobga olsak, bu kabi noqonuniy harakatlarga qa’tiy ravishda kurashilmasa qishloq aholisi bandligini ta’minlash, mamlakat oziq ovqat xavfsizligi kabi strategik o‘ta muhim masalalar ijtimoiy portlashni keltirib chiqaradi.Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2019 yil 1 mayga qadar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga «amnistiya» e’lon qilindi. Ushbu davrda 589 991 nafar fuqaroga o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga mulk huquqi berildi. Bu juda ham katta ko‘rsatkich. Davlat tomonidan imkoniyat berildi, lekin mazkur imkoniyatni suiste’mol qilib yana noqonuniy yerlarda uy-joylarni qurib olish esa ayrim fuqarolar tomonidan o‘rnatilgan tartiblarni ochiqdan ochiq mensimasligini anglatadi. Bu holatda davlat organlarining pozitsiyasi aniq. Noqonuniy bino buziladi, aybdor javobgarlikka tortiladi. O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy va boshqa bino va inshootlarga kadastr hujjatlari tayyorlanib davlat ruyxatidan o‘tkaziladimi? O‘zboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlar (bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining sud tomonidan tan olinishi hollari bundan mustasno) shuningdek qurilish davrida foydalanish uchun qurilgan vaqtinchalik imoratlarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. O‘zbekistonda qancha yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi.Bosh prokuratura hokimliklar zaxirasidagi qishloq xo‘jaligi yerlarining holati, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish va ularda noqonuniy qurilgan uy-joy, bino, inshoot va boshqa ko‘chmas mulk obektlarini buzish bilan bog‘liq amaliyotni tahlil qildi. Aniqlanishicha: – 3 884 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallangan (22 789 ta holat); – 6 024 gektar maydonda noqonuniy qurilishlar amalga oshirilgan (52 292 ta holat); – 9 741 gektar maydondan samarasiz foydalanilgan (477 ta holat); – 1 418 gektar maydondan maqsadsiz foydalanilgan (591 ta holat). Bosh prokuratura bu yo‘nalishda huquqni qo‘llash amaliyotida aniqlangan muammolar va qonunbuzilish holatlarini barataraf etishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. «Qonun loyihasiga muvofiq, mamlakat iqtisodiyotining tayanchi bo‘lgan yer resurslarini talon-taroj qilish holatlarining oldini olish maqsadida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini qaytarish va bunday yerlarda noqonuniy qurilgan uy-joy va boshqa ko‘chmas mulk obektlarini buzishga oid ishlarni sudda ko‘rib chiqish tartiblari soddalashtirilmoqda. Loyihada Yer kodeksining 91-moddasiga hamda Fuqarolik protsessual kodeksining «Sud buyrug‘i» deb nomlangan 18-bobiga qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish va o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy, bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mulk obektlarini buzish to‘g‘risidagi masalalar sud buyrug‘i tartibida ko‘rib chiqiladi.Bu boradagi amaldagi tartibga muvofiq esa, bitta noqonuniy qurilmani buzdirish haqidagi hal qiluv qarori Majburiy ijro byurosiga kelib tushishi uchun o‘rtacha 80 kun muddat talab etiladi.«Bu esa, noqonuniy qurilish u boshlangan vaqtda aniqlangan taqdirda ham davom etishiga sharoit yaratmoqda, kelgusida uni qonuniy asoslarda buzish jarayonida mulkdor hamda vakolatli organlar o‘rtasida tushunmovchilik va ziddiyatni yuzaga keltirmoqda». Adliya vazirligi mas’ul xodimi Shahnoza Soatova aholi tomonidan ekin maydonlariga noqonuniy qurilgan uy-joylar mavzusini tahlil qilib, sabab va oqibatlarga to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3- fevraldagi 3-sonli “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 18-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 7-sonli “Sud hujjatlarini bajarishdan bo‘yin tovlash va ularning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi Afsuski, hayotda hammasi bunday oddiy va ayon ajralib turmaydi. U yoki bu hodisaning sabablarini o‘rgana boshlar ekansan, vaziyat chalkashligi, murakkabligi va turli jarayonlarga bog‘liqligini ko‘rasan. Shunday holatda sabablarni topish, oqlash yoki qoralash emas, tahlil qilish lozimligini anglaysan. Bugungi kunda noqonuniy qurilgan uy-joylar masalasiga to‘xtalganda ham, shunday: tortishuv, ko‘z yoshi, hatto qon tasvirlariga qarab ehtiros bilan turli baholarni beravermay, shunga olib kelgan sabablar haqida mushohada qilish va bundan keyin nima bo‘ladi degan savol ustida o‘ylash muhim. Noqonuniy uy-joylar masalasida bu qadar tushunmovchilik va ziddiyatlar kelib chiqishining sabablari nima? Bu voqealarni o‘tgan yilgi «snos» bilan umumlashtirib taqdim qilish naqadar to‘g‘ri? Bundan keyin davlatning noqonuniy qurilgan uy-joylarga nisbatan siyosati qanday bo‘ladi? Avvalo, sabablar xususida Demografiya va uy-joy qurilishi. Fuqarolarni arzon uy-joylar bilan ta’minlash yuzasidan uzoq yillar yetarlicha harakat qilinmadi. Ayniqsa, qishloq joylarda aholi uchun hamyonbop turar joy binolari qurish masalasi e’tiborga olinmadi. Xususan, 2009 — 2017 yillar davomida 81 992 ta uy qurildi, 6 624 ta uy-joy massivi barpo etildi.Mamlakat aholisi soni esa bu davrda 27 milliondan 32 milliongacha oshdi. Tabiiyki, uy-joy qurilishi shiddati aholi o‘sish shiddatidan ancha ortda qoldi. Qolaversa, namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylarni sotib olishga qishloq aholisining qurbi yetmaydigan holat ham ko‘p edi. Loyihani «realizatsiya» qilish uchun bu uylar uy-joyi bor, o‘ziga to‘q aholiga, fermerlarga, tadbirkorlarga majburlab sotildi. Shunga qaramay, loyiha qishloq aholisining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qoplay olmadi. Odamlarga sharoitiga mos va hamyonbop uylar qurilmagani va shiddatli demografik o‘sish bugun uy-joy tanqisligi muammosini keltirib chiqardi. Mentalitet. So‘nggi yillarda aholi uchun ko‘p qavatli va arzon uy-joylar qurish ishlari ancha jadallashib qoldi. Prezident qaroribilan tasdiqlangan2017 — 2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylarni qurish Dasturiga muvofiq yangilangan namunaviy loyihalar asosida 53 mingdan ziyod arzon uy-joylar va kvartiralar qurildi, turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj 65 mingga yaqin oila uy-joy bilan ta’minlandi.Biroq odamlarimiz yerga yaqin bo‘lishni istaydi. Andijonda ko‘p qavatli uydan kvartira emas, kottej kerak deb talab qo‘ygan ayol yodingizdadir. Ko‘pchilik o‘z qarindosh-urug‘i, ota-onasiga yaqin joydan, o‘zi yashayotgan mahalladan hovli-imorat qurishni istaydi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, O‘zbekiston Markaziy Osiyoning aholi eng zich yashaydigan o‘lkasi hisoblanadi va aholi soni bo‘yicha MDH davlatlari o‘rtasida «bepoyon» Rossiyadan so‘ng 2-o‘rinda turadi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston yer resurslari nihoyatda cheklangan, aholisi esa shiddat bilan oshib borayotgan mamlakat hisoblanadi. Aholi soni o‘sishi shiddati sug‘oriladigan yer maydonlari oshishidan ancha yuqori. Har bir gektar sug‘oriladigan yerga 8 kishi to‘g‘ri keladi. Umumiy qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer maydoni 17,8 mln gektar bo‘lib, Osiyo taraqqiyot bankining prognozlariga ko‘ra yaqin 30 yilda sug‘oriladigan yerlar miqdori yana 20−25 foizga kamayadi. Yer uchastkalari ajratishdagi qonunbuzarliklar. Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 2018 yil davomida hokimliklar tomonidan 335 gektar yer maydonlari noqonuniy ajratib berilgani va natijada mahalliy byudjetlarga 20 mlrd 400 mln so‘mdan ko‘proq zarar yetkazilgani aniqlangan.Xususan, namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurilishi uchun birgina 2018 yilda tuman hokimliklari tomonidan ajratilgan 1065 gektar yerning 60 gektarga yaqini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasiga kiradi. Bugun shu xatolar uchun qimmat badal to‘lanyapti. Sust urbanizatsiya. Aholi yashaydigan uylar yaqinida bog‘chamaktab, poliklinika kabi zarur muassasalar qad ko‘tarishi, gaz-suv, kommunikatsiya masalalari hal etilishi lozim. Odamlar yangi qurilgan, ammo infrastukturasi yaxshi rivojlanmagan kvartallarda yashashni istamaydi. Lekin tanganing orqa tomoni ham bor: rejasiz, tartibsiz, stixiyali ravishda kengayib borayotgan mahallalar va qishloqlarda infrastuktura yaratish ham imkonsiz. Kompakt yashaydigan kvartallar uchun infrastuktura yaratish arzonroq va qulayroq. Korrupsiya va huquqiy madaniyat. Odamlarda qonuniy yashash noqonuniy yashashdan foydaliroq degan xulosa bo‘lishi kerak. Masalan, men qonuniy yo‘llar bilan tegishli to‘lovlarni amalga oshirib yer maydoniga ega bo‘lsam-da, qo‘shnim shu ishni noqonuniy yo‘l bilan osongina kimgadir pulini berib hal qilsa — qonunga asosan yashash kerakligiga kim ishonadi, men ham qo‘shnim kabi yo‘l tutganim afzalga aylanmaydimi? Xuddi shunday, barcha uddaburonlar o‘z ishlarini bitirib ketaversa, unda uzoq emas, yaqin kelajakda qanday parokandalikka yuz tutamiz?Demak bunday holat yuz bermasligi uchun biz jamiyat sifatida tish-tirnog‘imiz bilan kurashishimiz kerak. Buning uchun esa uzoq yillardan beri ildiz otib ketgan korrupsiyani jilovlash, mansabdorlarning qonunlarga itoatda xalqqa namuna bo‘lishiga erishish, uy-joy, yer va boshqa turli imtiyozlar berilishining shaffof mexanizmlarini takomillashtirish hamda qonunbuzarlarga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlash lozim. Shunda odamlar bilan og‘zaki kelishib davlat yerini berib yuboradigan fermer, bunga yo‘l qo‘yadigan hokimliklar, bundan ko‘z yumadigan kadastr, «uchastkovoy», mahallakom kabi mas’ullar va nihoyat katta riskli avantyuraga bosh qo‘shib peshona teri bilan topgan pulini noqonuniy yer va imoratga tikadigan fuqarolar kamayadi. Har bir holat o‘ziga xos Sabablar bundan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Lekin noqonuniy qurilgan uy-joylar haqida fikr bildirishda, har bir holat alohida o‘rganishni talab etishini unutmaslik lozim. Agar uy-joy qurish uchun yer hokim qarori bilan ajratilgan, ammo keyin, masalan keyingi hokim kelgach, qaror bekor qilingan bo‘lsa, «fuqaro yoki yuridik shaxsning davlat organi qaroriga bo‘lgan ishonchi qonun bilan qo‘riqlanishi» prinsipi amal qilishi lozim. Agar yer hech bir hujjatsiz, noqonuniy egallangan bo‘lsa, tegishli tartibda davlat tasarrufiga qaytarilishi shart va albatta javobgarlik masalasi hal etilishi kerak.Shuningdek, har holatning o‘ziga yarasha sababi bo‘lishini nazarda tutgan holda umumlashmalar va tizimlashtirishlarga ehtiyot bo‘lish kerak. Ayniqsa, buni «snos» masalasi bilan chalkashtirmaslik va aholining ehtiroslari bilan o‘ynashmaslik lozim. Xulosa Yer to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash va tahlil qilishda matematik, statistik, geodezik, fotogrammetrik va kartografik uslublaridan foydalaniladi. Respublikamizda yer islohatlarini amalga oshirilishi yer tuzish va kadastr sohasida, geodeziya mutaxassislarining faoliyatini yanada kengaytirdi. Xususan, 2009-2017 yillar davomida 81 992 ta uy qurildi, 6 624 ta uy-joy massivi barpo etildi, zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari o‘tkazilishi ta’minlandi. 2016-yildan qishloq aholisi uchun yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurilishini nazarda tutuvchi sifat jihatidan yangi davlat dasturi amalga oshirilmoqda. 2017-yilning o‘zida qishloq joylarida 18 mingdan ortiq qulay shart-sharoitga ega bo‘lgan uylar barpo etildi. Shuningdek, fuqarolarning qonunchilikda meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibda uy-joy qurish huquqi kafolatlangan.Shu bilan birga, yer tuzish va kadastr organlari tomonidan o‘tkazilgan respublika ko‘chmas mulk fondining yalpi xatlovi yakka tartibda uy-joy qurish sohasida, ayniqsa, qishloq joylarida qonuniylikni ta’minlash masalalarida tizimli xatolar va jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligini ko‘rsatdi. Download 25.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling