7-ma’ruza. Yerlarning miqdor va sifatini hisobga olish


Download 74.22 Kb.
bet1/8
Sana23.04.2023
Hajmi74.22 Kb.
#1387334
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-ma\'ruza


7-ma’ruza. Yerlarning miqdor va sifatini hisobga olish
Reja:

  1. Yerlarning miqdorini hisobga olish

  2. Yerlarning sifatini hisobga olish.

  3. Tuproq bonitirovkasi.

  4. Yerlarning qiymat bahosi.

Tayanch so’zlar:Yer hisobi, plan-xarita, sifat, foydalanuvchi, mulkdor, asosiy (birlamchi) hisob, joriy hisob, miqdor, reyestr, kadastr daftari.

Yerlarning miqdori va sifatini hisobga olish davlat yer kadastrini yuritishning tarkibiy qismi hisoblanib O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining hududiy bo’limlari tomonidan amalga oshiriladi.


Yer resurslarining holati to’g’risidagi milliy hisobot har yili tayyorlanadi hamda butun mamlakat va ma’muriy-hududiy birliklar bo’yicha yerlarning miqdor va sifat holati hamda ularning bahosi, yerlarning toifalarga bo’linishi, tarmoqlar, yer uchastkalarining egalari, yer uchastkasidan foydalanuvchilar, yer uchastkasi ijarachilari, mulkdorlari bo’yicha taqsimlanishi to’g’risidagi ma’lumotlarni va yer kadastriga oid boshqa axborotni o’z ichiga oladi.
Yer hisobi ishlari o’z vazifasiga, mazmuniga va o’tkazish xususiyatiga qarab asosiy (birlamchi) va joriy (kundalik) turlarga bo’linadi.
Asosiy yer hisobining vazifalariga quyidagilar kiradi:
- hisob qilinadigan hudud uchun barcha mavjud plan-xarita materiallarini olish, bir tizimga keltirish va tahlil qilish;
- zarur bo’lgan birlamchi ma’lumotlar va plan-xarita materiallarini olish maqsadida tasvirga olish hamda kuzatuv bo’yicha dala qidiruv ishlarini o’tkazish;
- hisob qilinadigan barcha yerlar o’lchamlarini, sifat holatini, taqsimlanish va foydalanish xolatini aniqlash;
- maxsus yer hisobi xaritalarini tayyorlash va matn xujjatlariga birlamchi yozuvlarni kiritish;
- yer fondi tarkibini yer toifalari, yerdan foydalanuvchilar, mulkdorlar
va yer turlari bo’yicha aniqlash, yerlarni ma’muriy birliklar (tuman, shahar,
viloyat, respublika) bo’yicha sifat jihatidan tavsiflash.
Asosiy yer hisobini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan ishlar miq’yosini
umumiy holatda baholash uchun misol tariqasida quyidagi ma’lumotlarga
murojaat qilamiz: Respublikamiz yagona yer fondi 44410,3 ming ga bo’lib,
Qorakalpog’iston Respublikasi, 12 viloyat, 165 ma’muriy tuman, 40 dan
ortiq Respublika va viloyat ahamiyatidagi shaharlar bo’yicha hisobga olinadi va tavsiflanadi.
Asosiy (birlamchi) hisobni o’tkazish paytida aniqlangan va qayd
qilingan ma’lumotlar vaqt o’tishi bilan haqiqiy holatga mos kelmay qolishi mumkin. Yerlardan foydalanish natijasida ular tarkibida va taqsimlanishida ma’lum o’zgarishlar sodir bo’ladi, yer maydonlarida turli xil agrotexnik va meliorativ tadbirlarning muvaffaqiyatli olib borilishi natijasida yer turlarining sifat holati o’zgaradi.
Yer kadastri xujjatlariga tushirilgan boshlang’ich ma’lumotlar vaqt o’tgan sayin eskiradi, shuning uchun ularni tizimli tarzda yangilab turish zarur bo’ladi. Bu ishlar joriy yer hisobi sifatida amalga oshiriladi.

Download 74.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling