7-ma’ruza. Yerlarning miqdor va sifatini hisobga olish


Download 74.22 Kb.
bet6/8
Sana23.04.2023
Hajmi74.22 Kb.
#1387334
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-ma\'ruza

Nazorat savollari:
1. Yer miqdorini hisobga olish tartibi?

  1. Yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari to’g’risidagi davlat reyesti tuzilishi va unga kiritiladigan ma’lumotlar?

  2. Yerlarni asosiy turda hisobga olishda joriy yilning 1 yanvaridagi holatiga yer kadastri daftariga kiritiladigan ma’lumotlar?.

  3. Tuman (shahr) yer fondining yer uchastkalari egalari,foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga taqsimlanishi davlat reyesti tuzilishi va unga kiritiladigan ma’lumotlar?

  4. Yerlarning miqdori hisobi bo’yicha yuritiladigan toifalar?

  5. Tuman (shahr) umumiy yer fondini toifalar va turlar bo’yicha taqsimlash to’g’risida hisobot davlat reyesti tuzilishi va unga kiritiladigan ma’lumotlar?

  6. Yerdan foydalanuvchilar va ekinzorlar tarkibidagi joriy o’zgarishlarni kiritish tartibi?

  7. Muhofaza zonalariga kiritilgan yer uchastkalari to’g’risidagi ma’lumotlarni xisobga olish tartibi?,

2. Yerlarning sifatini hisobga olish tartibi




Tayanch so’zlar: Yer sifati, tuproq va yerlarni tasniflash, sifat, joriy hisobga olish, tuproq unumdorligi, tuproq bonitirovkasi, tuproq sifati, tabiiy unumdorlik, yer bahosi, ball, yuz balli shkala.

Yer sifatini hisobga olish tabiiy-qishloq xo’jaligi bo’yicha rayonlashtirishni, tuproq va yerlarni tasniflashni, ularni agronomik, ekologik, texnologik va shaharsozlik belgilari bo’yicha tavsiflashni, tuproqni guruhlarga ajratishni o’z ichiga oladi.


Yerlarning sifatini joriy hisobga olishda yer kadastri daftarida faqat yangi tashkil etilgan yuridik v jismoniy shaxslar hamda hisobot yilining yanvaridan keyin yerlarning tarkibi, maydoni va sifatida o’zgarish yuz bergan yuridik va jismoniy shaxslar aks ettiriladi.
Yerlarning sifatida yuz bergan joriy o’zgarishlar yer kadastri daftariga muntazam ravishda ham yuridik va jismoniy shaxslarning ma’lumotlariga, ham Kadastr Agentligining tegishli tuman (shahar) bo’linmalari ixtiyorida bo’lgan hujjatlarga asosan kiritiladi.
Joriy o’zgartirishlar yerlarni hisobga olishni yuritishga bo’lgan shaxsning imzosi bilan, o’zgartirishlar uchun asoslarni, o’zining lavozimini, familiyasini va o’zgartirish kiritilgan sanani ko’rsatib tasdiqlanadi.
Yerlarning sifatini hisobga olish qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan sug’oriladigan va lalmi yerlar tuproqlarining unumdorligi (bonitet ballarida), ularning tavsifi to’g’risida har bir yerdan foydalanuvchi bo’yicha aniq ma’lumotlar olish maqsadida 6.4-reyestrga muvofiq shakl bo’yicha yuritiladi.
Yerlarning sifatini hisobga olishning asosiy turi sifatida yer kadastri daftariga joriy yilning 1 yanvaridagi mavjud ma’lumotlar kiritiladi.
Tuproq bonitirovkasi - qishloq xo’jaligi ekinlari agrotexnikasi o’rtacha darajada bo’lganidagi tuproq sifati hamda tabiiy unumdorlik quvvatiga beriladigan qiyosiy baho.
Tuproq bonitirovkasi qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning keyingi qiymat bahosini chiqarish, mulkiy paylarning miqdorini aniqlash, yer tuzishni amalga oshirish va yerlardan oqilona, samarali foydalanishni rag’batlantirish uchun asosdir. Tuproq bonitirovkasi tegishli qishloq xo’jaligi maydonlari uchun yuz balli shkala bo’yicha o’tkaziladi. Yaxshi xossalarga ega bo’lgan, g’oyat unumdor tuproq yuqori ball bilan baholanadi.
Tuproq bonitirovkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o’tkaziladi va ushbu ma’lumotlar yer bahosiga oid axborotni tashkil etadi.
Tuproqlarning yangi bonitirovkasi amalga oshirilganda ushbu ma’lumotlar hisobga olishning asosiy turi sifatida kiritiladi.



Download 74.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling