7-ma’ruza. Yerlarning miqdor va sifatini hisobga olish
Joriy yer hisobning vazifasi
Download 74.22 Kb.
|
7-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 1. Yerlarning miqdorini hisobga olish Tayanch so’zlar
Joriy yer hisobning vazifasiga quyidagilar kiradi:
birinchidan, yerlarning miqdori, sifati va taqsimlanishida yuz beradigan o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlarni aniqlash va yer hisobi xujjatlarida qayd qilish; ikkinchidan, birlamchi hisobda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni aniqlash hamda yer hisobi xujjatlariga aniqliklar kiritishdir. Korxona, muassasa va tashkilotlar yerlarini yo’qlama qilish – yer maydonining o’lchamini aniqlash, foydalanish huquqini beruvchi xujjatlarni ko’rib chiqishdan iborat bo’lgan tadbir hisoblanadi. Yer kadastri xujjatlari Kadastr agentligining tuman bo’limlaridan olinadi. Bu ishni o’tkazishdan maqsad – yer uchastkasi o’lchamini, nazoratini hisobini aniq olib borish va mahalliy byudjetga yer solig’ini to’liq undirilishini ta’minlashdan iboratdir. Yerlarning miqdori va sifatini hisobga olish ularning haqiqiy holati va ulardan foydalanilishiga qarab, yer uchastkalari va maydonlari, aholi punktlari, tumanlar, viloyatlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi va umuman O’zbekiston Respublikasi bo’yicha amalga oshiriladi. Nazorat savollari: 1. Yer hisobi ishlari mazmuni? Yer hisobi ishlari turlari? Joriy yer hisobning vazifalari? Asosiy yer hisobining vazifalari? Yerhisobini o’tkazish maqsadi? 1. Yerlarning miqdorini hisobga olish Tayanch so’zlar:bonitet, ball, sug’oriladigan, lalmi, tuproq, unumdorlik, subijara, pudrat, ta’qiq, irrigasiya, meliorasiya tizimlari, ulush. Yer miqdorini hisobga olish yer uchastkalarining o’lchami, ularning qimmati va talab qilinadigan o’lchash aniqligiga qarab, geodezik va (yoki) kartometrik usullarda amalga oshiriladi. Yer maydonlari bo’yicha yer miqdorini hisobga olish yer uchastkalari doirasida asosan kartometrik usulda amalga oshiriladi. Yerlarning miqdorini hisobga olish asosiy va joriy turlarga bo’linadi. Yerlarni hisobga olishning asosiy turi (inventarizasiya) joyning o’zida yer uchastkalarining va maydonlarining chegaralari, joylashgan o’rni, holati va ulardan foydalanish xususiyatiga doir o’zgarishlar talaygina to’planganligiga qarab, davriy ravishda o’tkaziladi, bunda yerlarning plan-kartografik asosi tegishli masshtablarda yangilanishi, tuproq, geobotanik va boshqa xil tekshiruvlar o’tkazilishi shart. Yerlarning joriy hisobi kadastr hujjatlari va ma’lumotlarining to’g’ri bo’lishini ta’minlash maqsadida yuritiladi, bunda yerlarning huquqiy holatida, miqdori va sifat holatida va ulardan foydalanish borasida yuz bergan o’zgarishlar aniqlanadi hamda ro’yxatga olinadi. Yerdan foydalanuvchilar va yer uchastkalariga bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi umumiy ma’lumotlar yer fondi ma’lumotlarini har xil ko’rsatkichlar bo’yicha dasturiy mahsulot asosida tahlil qilish imkonini ta’minlash maqsadida yer kadastri daftariga “Yer kadastrini yuritish tartibi to’g’risidagi Nizom”ning 1-ilovasidagi jadvalga muvofiq shakl bo’yicha yuridik shaxslarning yer toifalari bo’yicha yer uchastkalari to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar kiritiladi. Zimmasiga davlat yer kadastri yuritish vazifasi yuklatilgan tegishli organlarga yer uchastkalarining egalari, ulardan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari sodir bo’lgan asosiy va joriy o’zgarishlar to’g’risida bir oy muddatda axborot berishlari shart. Yerlarning o’lchami, joylashgan o’rni, maydon turlari va sifat holatiga oid qayd etiladigan ma’lumotlar yerni hisobga olish axborotini tashkil etadi. Bunda yerlarni toifalarga taqsimlash, ularning xususiyatlarini hisobga olib, ham qishloq joylardagi yerlar, ham aholi punktlarining yerlari uchun yagona tamoyil bo’yicha amalga oshiriladi. Yerlarning maydoni 0,001(10m2) gektargacha aniqlikda hisobga olinadi. Yer kadastri daftarini yuritishda har bir yer uchastkasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kadastr raqami beriladi. Yerlarni asosiy turda hisobga olishda yer kadastri daftariga yuridik va jismoniy shaxslarning joriy yilning 1 yanvaridagi holatiga ko’ra barcha yerlari kiritiladi. Ushbu daftarga vakolatli organlar tomonidan tugatilishi to’g’risida qaror qabul qilingan yuridik shaxslar ham kiritiladi, agar ular keyingi yilning 1 yanvarigacha korxona va tashkilotlarning yagona davlat registridan chiqarilmagan bo’lsa. Hisobot yilining 1 yanvarigacha boshqa yuridik shaxslarni qayta tashkil etish natijasida yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hisobga olishning asosiy turi tariqasida hisobga olinadi. Nizomga Download 74.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling