Pedagogikaning predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 10.75 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi10.75 Kb.
#1609343
  1   2   3   4

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Maktabgacha ta`lim fakulteti kechki ta’lim 1-kurs MMT-223 o’zbek talaba Mustaqil ish Bajardi : Sanoyeva Dilshoda

TAQDIMOTI

TIL BILGAN EL BILADI

Mamlakatimizda til masalasiga ko‘rsatilayotgan eʼtibor, xususan, davlat tilining nufuzi va obro‘sini ko‘tarish, ona tilimizni asrab-avaylash borasidagi saʼy-harakatlar o‘z mohiyat-eʼtibori bilan maʼrifatparvar bobolarimizning ushalmagan orzu-armonlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi amaliy harakatlar ekanligi jihatidan beqiyosdir. Barchaga maʼlumki, jahon hamjamiyatiga integratsiya jarayonida, dunyo bozoriga dadil va faol kirib borilayotgan pallada xorijiy til bilimlariga ehtiyoj ortishi tabiiy. Shu bois bugungi kunda soha mutaxassisining har tomonlama yetukligi mezonlari o‘z ona tili bilan bir qatorda, bir emas, bir necha chet tilini bilishi lozimligini taqozo etmoqda. Shu yilning 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi ana shu dolzarb masalaga bag‘ishlandi.

“Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qatʼiy talab har bir taʼlim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim”,– deya taʼkidlaydi qatʼiyat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Til bilgan kishi dunyoni kezadi, do‘stlar orttiradi, hamkorlar topadi. Dunyo xalqlarining madaniyatidan, tarixidan xabardor bo‘ladi. Bugun shuni faxr bilan aytishimiz kerakki, yoshlarimizda xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqish nihoyatda katta. Prezidentimizning Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori keng qamrovli ta’lim islohotlarining uzviy davomi bo‘ldi. Ushbu qarorda chet tili o‘qitishning barcha jihatlari qamrab olingan bo‘lib, unga ko‘ra chet tilini o‘rgatish 1-sinfdan o‘yin va og‘zaki nutq mashg‘ulotlari shaklida, 2-sinfdan esa alifbo, o‘qish va sodda grammatik qoidalarni o‘rganish bilan boshlanishi belgilangan. Ma’lumki, o‘quvchilar boshlang‘ich sinflarda chet tilini og‘zaki nutq orqali o‘rganib borsa, keyinchalik grammatikani ham yaxshi o‘zlashtiradi. Yuqorida nomi keltirilgan qaror biz, chet tili fani o‘qituvchilari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Endi biz malakamizni oshirishimiz, o‘quvchilarning chet tiliga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish, darslarni puxta o‘zlashtirishi uchun yangi pedtexnologiyalardan, o‘quv qo‘llanmalardan foydalanishimiz kerak. O‘quvchilarning chet tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari va bilimlarini yanada oshirish bo‘yicha doimiy o‘tkaziladigan seminar-treninglarda qatnashayotganimiz bizga qo‘l kelayapti. Chunki o‘quvchilarni darsga qiziqtirish, butun e’tiborini jalb etish oson emas.


Download 10.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling