Php da satr tipi va massivlar tipi String (satr) tipi Satr


Download 24.66 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi24.66 Kb.
#1345459
  1   2   3
Bog'liq
3.-PHP da satr tipi va massivlar tipi


PHP da satr tipi va massivlar tipi
String (satr) tipi
Satr – bu belgilar to‘plamidir. PHP dasturlash tilida belgi bu bir bayt va 256 ta turli belgilar mavjud. PHP dasturlash tili Unicode tipidagi belgilarni qabul qilmaydi. PHP dasturlash tilida amalda satrlarga chegirma mavjud emas, shuning uchun satrlarni ishlatganda uning aniq uzunligi haqida o‘ylash shart emas.
PHP dasturlash tilida satrlar uchta turli xil usullarda aniqlanadi:
1. bittalik qo‘shtirnoqlar yordamida (‘’);
2. qo‘shtirnoqlar yordamida (“”);
3. heredoc-sintaksisi yordamida.
Bittali tirnoqlar
Satrlarning aniqlashning oddiy usuli – u «'» bittali qo‘shtirnoqlar ichida yoziladi. Agarda satr ichida ham bittali tirnoq shlatishga to‘g‘ri kelib qolsa, bittali tirnoqdan oldin «\» belgini qo‘yish, ya’ni uni ekranlash shart. Agarda «\» belgi bittali tirnoqdan oldin yoki satrning oxirida bo‘lsa, u holda belgini ikkilantirish kerak, ya’ni «\\'». Agarda bittali tirnoq ichidagi satr ichida ixtiyoriy belgidan oldin («\» va «'» lardan farqli ravishda) teskari slesh «\» belgisi uchrasa, u holda uni oddiy belgi deb qarab barcha belgilarni o‘z holicha ekranga chiqaradi. SHuning uchun teskari slesh «\» belgisini satr oxirida yopiladigan qo‘shtirnoqdan avval turganini ekranlash shart.
PHP dasturlash tilida teskari slesh «\» belgisi bilan ifodalanadigan bir qator belgilar majmui mavjud. Ularni ketma-ketlikni boshqaruvchilar deb ataladi hamda ular maxsus vazifalarni bajaradi. Ular haqida keyinroq to‘xtalib o‘tamiz. O‘zgaruvchilar va ketma-ketlikni boshqaruvchilar bittalik qo‘shtirnoqlar satri ichida uchrashsa, ular o‘rtasidagi farq ketma-ketlikni boshqaruvchilarni qayta ishlanmaydi.
echo 'Satrlar majmui';
// Ekranga chiqaradi: ' belgini chiqarish uchun undan oldin \ belgi qo‘yiladi.
echo ' Belgini \' chiqarish uchun undan oldin'
' \\ belgini qo‘yish kerak';
// Ekranga chiqaradi: Siz shuni o‘chirmoqchimisiz C:\*.*?
echo ' Siz shuni o‘chirmoqchimisiz C:\\*.*?';
// Ekranga chiqaradi: Buni qo‘ymang: \n
// yangi qatorga
echo ' Buni qo‘ymang: \n yangi qatorga ';
// Ekranga chiqaradi: o‘zgaruvchi $expand ham
// $either qo‘yilmaydi
echo 'o‘zgaruvchi $expand ham $either' .
'qo‘yilmaydi';
?>

Download 24.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling