Poliakrilonitril (pan) tolalarini olinish usullari reja


Download 138.28 Kb.
bet1/4
Sana22.06.2023
Hajmi138.28 Kb.
#1645905
  1   2   3   4
Bog'liq
9 лекция


POLIAKRILONITRIL (PAN) TOLALARINI OLINISH USULLARI


Reja:
1. Poliakrilonitril asosida tola olish
2. PAN tolasining texnologik xususiyatlari va ishlatilishi

Tayanch so’zlar va iboralar


Poliakrilonitril tola, sopolimer, suspenziya, dimetilformamid, quritish barabani, tola olish eritmasini, shtapel tolalar, cho‘ktirish vannasi, modifikatsiyalangan nitron tolasi, yumshatish vannasi, gel tolasi, yumshatish vannasi,

Poliakrilonitril tolasi hona va yuqori haroratda o‘rtacha konsentratsiyali kislota eritmalari ta’siriga chidamli, ammo konsentrlangan sulfat va nitrat kislotalarda eriydi. Suyultirilgan ishqor eritmalari qisqa vaqt ichida tolaga deyarli ta’sir etmaydi. Ammo uzoq vaqt ta’sir etganda tolaga sezilarli ta’sir etib, Yuqori haroratda parchalanishga olib keladi, umuman olganda PAN tolalar poliamid tolalarga nisbatan ishqor eritmalariga turg‘un emas. Keng tarqalgan organik erituvchilar, masalan, atseton, benzol, efir, spirt, xloroform va boshqalar uzoq vaqt ta’sir etganda ham tola sifatini o‘zgartira olmaydi. Ko‘p qo‘llaniladigan oksidlovchilar deyarli ta’sir etmaydi. Bu tola 2% gacha namlik yutishi mumkin. Tolaning g‘ovakligi, funksional gruppalardan sul’fo - va karboksil gruppalarni mavjudligi uni bo‘yalishiga imkon beradi (gidrofil bo‘lmasa ham). Sian-gruppalarni mavjudligi va mustahkam sian-sian bog‘larni borligi uning shaklini turg‘un qiladi, radiasiya ta’siriga chidamli, yuqori deformasiyalanish modulga egaligi uni yuqori, harorat ta’siriga turgun qiladi, ammo ishqalanishga chidamliligi kamayadi. Qizdirilganda makromolekulalar orasida bog‘lar hosil bo‘lib, uni issiqqa chidamligini yanada ham oshiradi. Gidrofob bo‘lgani sababli u oson elektrlanadi. Shuning uchun antistatik ishlov bermay uni ishlatib bo‘lmaydi. Bu tola bakteriya va namlik ta’sirida chirimaydi. PAN tola yorug‘lik ta’siriga chidamliligi bilan qolgan barcha kimyoviy va tabiiy tolalardan ustun turadi. Sian-sian bog‘larni mavjudligi bu tolani qayishoqligini kamaytirib, uni mo‘rtligini oshiradi. Shuning uchun uni regulyar tuzilish tartibini buzib, uning bu kamchiligi bartaraf etiladi. Masalan uning sopolimerlaridan tola olishda bunday bog‘lanishi kamayadi va uning tarkibiga yangi aktiv gruppalar kiritiladi.





Download 138.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling