Portlatish va portlovchi moddalar haqida umumiy malumot Portlovchi moddalar
Download 302.77 Kb.
|
vzriv
Portlatish va portlovchi moddalar haqida umumiy malumot Portlovchi moddalar - tashqi taʼsirlar (zarba, issiklik va boshqalar) natijasida katta tezlik bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, koʻp issiklik va gaz ajratib chiqaradigan kimyoviy bi-rikmalar yoki moddalar aralashmasi. Bu reaksiyalar Portlovchi moddalarning qizishi, unga berilgan zarb, ishqalanish, shuning-dek, boshqa Portlovchi moddalarning portlashi yoki qandaydir tashqi taʼsir natijasida sodir boʻladi va zaryad boʻylab issiqlik tashigich (yonish) yoki zarbiy toʻlqin (detonatsiya) yordamida energiya uzatish hisobiga tarqaladi. Kondensatlangan qattiq va suyuq moddalar, gazlar, shuningdek, gazlardagi qattiq yoki suyuq moddalarning muallaq zarralari Portlovchi moddalar boʻla oladi. Detonatsiyada reaksiya shid-datli boradi va gazsimon mahsulotning temperaturasi bir necha ming gradusgacha koʻtarilib, hajmi zaryadning dastlabki hajmigacha siqiladi, bosimi bir necha yuz ming kg.kuch/sm2 gacha koʻtariladi. Siqilgan gaz tez kengayib, tevarakka kuchli zarb bilan tarqaladi — portlash yuz beradi. Portlay oladigan koʻpgina moddalardan 20—30 ga yaqini Portlovchi moddalar si-fatida ishlatiladi. Shulardan asosiylari: trinitrotoluol, tetril, geksogen, oktogen, nitroglitserin, ten (tet-ranitropentaeritrin) va boshqa [1] Portlovchi modda (PM) - yuqori konstentrastiya va quvvatga ega bo’lgan manbaa bo’lib, u xalq xo’jaligi ishlarida keng qo’llanilmoqda. Bugungi kunda 90% ga yaqin rangli va qora metall qazib olish portlatish ishlari yordamida amalga oshirilmoqda. Shuningdek portlatish ishlari foydali qazilma konlarini ochish, irrigastiya qurilish ishlarini amalga oshirish, avtomobil va temir yo’l qurilish ishlarida, er osti tunnel, shaxta stvollari va boshqa kon laxmlarini qazish ishlarida keng qo’llaniladi. PM mashinasozlik sohasida - metallarni ishlash, shtampovka, svarka qilish va kesish ishlarida hamda, tuproqlarni zichlash, o’rmonlardagi yong’inni o’chirish va boshqa ishlarda keng qo’llanilmoqda. Bugungi kunda PM lar tuproq bilan bostirilgan transheyali zaryadlarni portlatish orqali uzaytirilgan kanal, kollektor va boshqa turdagi irrigastion qurilish ishlarida keng qo’llanilmoqda. Bugungi kunda portlatish energiyasini boshqarishga mo’ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish davom etmoqda. Dinamit - ilk aralashmali, brizantli portlovchi modda bo’lib, uning tarkibi 75% nitroglisterin va 25% kizilgur moddalaridan tashkil topgan. Dinamit rus olimlari tomonidan va A.Nobel ishtirokida yaratilgan. Dinamit portlatish ishlarini rivojlantirishda katta rol o’ynab, poroxga nisbatan portlatish kuchi va energiyasi (portlatishning issiqlik energiyasi 7100-10700kDj/m2) balandligi bilan ajralib, suvga mustahkam va plastik qobiliyatga ega bo’lgan portlovchi modda bo’lgan. Dinamit ishlab chiqarishga o’ta xavfli va olovga nisbatan sezgirlik qobiliyati balandligi uchun portlatish ishlarida keng qo’llanilmadi. Yuqorida keltirilgan asosiy sabablar munosabati bilan xavfsiz va arzon selitrali sanoatlashtirilgan portlovchi moddalar ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yildi. U 1939 yilga kelib sanoatda ishlab chiqarilgan portlovchi moddalar xajmining 80%ini tashkil etdi. Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalarning fizikaviy xolatini urganish orkali tasnifi: kukunsimon; - granula shaklda; presslangan; kuyilgan; suvga tuyingan. Download 302.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling