Sanoat portlovchi moddalarining qisqacha rivojlanish


Download 396.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi396.91 Kb.
#1444856
  1   2   3
Bog'liq
1-maruza



1-MA’RUZA. 
SANOAT PORTLOVCHI MODDALARINING QISQACHA RIVOJLANISH 
TARIXI. TOG’ JINSLARINING XOSSALARI HAQIDA ASOSIY 
MA’LUMOTLAR. 
Sanoat portlovchi moddalarining qisqacha rivojlanish tarixi.Portlovchi 
modda bu tashqi turtki (impuls) ta'siri natijasida portlash xususiyati mavjud
bo'lgan kimyoviy birikma yoki mexanik aralashma. 
Sanoat portlovchi moddalari deyilganda saqlashda, tashishda va 
tayyorlashda havfsiz bo'lgan portlovchi moddalar tushiniladi. Sanoat portlovchi
moddalarining rivojlanish tarixi VII asrga borib taqaladi. Ayrim manbalarda
yozilishicha Xitoy va Hindistonda qora poroxdan bayram va tadbirlarda va 
mushakbozlikda foydalanishgan. VII asrda Vizantiyada qora poroxdan grek olovi
sifatida foydalanishgan. XIII asrga kelib qora porox Yevropada keng tarqaldi . 
Porox tarkibini XIII asrda Bertold Shvarts tomonidan o'rganib chiqilgan:
uning tarkibi 78 % kaliy selitrasi, 12 % yog'och ko'mir, 10 % oltingugurtdan 
iborat.
Manbalarda yozilishicha konchilik sanoatida XVI asrlarda porox qo'llanila
boshlangan. Rossiya hududlarda suv ostidagi qoya toshlarni portlatishda
poroxdan foydalanishgan. Slavakiyada shtolniya o'tishda porox qo'llanilgan. 
1632 yilda Shvetsiyada poroxdan kumush konlarida foydalalanilgan. 
Dastlab porox zaryadlari qog'oz patronlarda qo'lda kovlangan (shpurlar) ichiga 
joylashtirilib portlatilgan. Qog'oz patronlar nam tortmasligi uchun smola bilan
o'ralgan. 
XIX asrlarning o'rtalarigacha qora porox asosiy portlovchi modda sifatida 
qo'llanilgan. 
1770-1780 fransuz kimyogarlari A. Lavuaze va K. Bertolle kaliy xlarat 
asosida portlovchi modda ishlab chiqishdi. 
1771 yilda Vulf tomonidan yuqori brizantli portlovchi modda trinitrafenol
sintez qilindi. 
1847 -yilda italiyalik olim Sobrera nitroglitserinni sintez qildi va shu 
davrdan boshlab undan qora porox o'rnida foydalana boshlandi. 
1854 yili rus olimi akademik N.N. Zinin rus armiyasi offitseri V/F. 
Petrushevskiy bilan nitroglitserin hossalarini o'rganib granata va minalarda porox 
o'rniga foydalanishni taklif qildi. 
1864 yilda A.Nobel nitroglitserindan portlovchi modda sifatida
foydalanishga patent olgan hamda Germaniya va Shvetsiyada uni ishlab
chiquvchi zavod qurdirgan. 


1865 yilda birinchi kapsul detonator rus armiyasi kapitani
D.I.Andriyevskiy tomonidan ixtro qilingan. 
1867 yilda kapsul detonatorning yangi takomillashgan konstruksiyasi A. 
Nobel tomonidan patentlashtiriladi. 
1887 yili K. Martens tomonidan tetril kashf qilindi. 
1894 yilda Tollen va Vigan tomonidan ten, 1897 yilda Lents tomonidan 
geksogen, 1890 yil Kurtsius tomonidan qo'rg'oshin azidi ixtiro qilingan. 1939
yilga kelib konchilik sanoatida ammiak selitrali portlovchi moddalar keng 
qo'llanila boshlandi.
Bizga ma’lumki 1948 yildan konchilik korxonalari O'zbekistonda rivojlana 
boshlagan. Bugungi kunda konchilik sanoatida ammiak selitra tarkibli emulsiyali
portlovchi moddalar keng qo’llaniladi. 

Download 396.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling