Portlovchi moddalarni avtotransportlarda tashish qoidalari ombor


Download 0.66 Mb.
bet1/13
Sana14.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1003384
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
PORTLOVCHI MODDALARNI AVTOTRANSPORTLARDA TASHISH QOIDALARI


PORTLOVCHI MODDALARNI AVTOTRANSPORTLARDA TASHISH QOIDALARI

Omborlar tasnifi
Sanoat portlovchi moddalari saqlanadigan ombor deganda yordamchi inshootlar bilan umumiy chegaralargan hududda joylashgan bir yoki bir nechta saqlash binolari majmuasi tushuniladi.
Portlovchi moddalarni saqlash muddati bo‘yicha omborlar quyidagilarga bo‘linadi:
1.Doimiy omborlar– saqlash muddati 3 yildan ko‘p; 2.Vaqtinchalik omborlar– saqlash muddati 3 yilgacha;
3.Qisqa muddatli omborlar– saqlash muddati 1 yilgacha bo‘lgan omborlar. Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar er yuzasiga nisbatan joylashishi
bo‘yicha quyidagi sinflarga bo‘linadi:
1. Er yuzasida joylashgan omborlar - ombor binosining asosi er yuzasida joylashadi;
2. YArim chuqurlashtirilgan omborlar – ombor binosining ko‘pi bilan karnizigacha er ostida qolgan qismi esa er yuzasida joylashadi.
3. CHuqurlashtirilgan omborlar – omborxona binosi er ostida joylashib, bino ustidagi grunt qalinligi 15 m gacha bo‘ladi;
4. Er osti omborlari- ombor binosi ustidagi grunt qalinligi 15 m dan oshadi. Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar qanday maqsadda qo‘llanilishi
bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Bazis (asosiy) omborlar;

2. Sarflovchi omborlar.



Bazis omborlar
Portlovchi moddalar saqlanadigan bazis omborlar sarflovchi omborlarni portlovchi moddalar bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bazis omborlarda portlovchi moddalar qadog‘ini buzish va ularni portlatuvchiga tarqatish qat’iy ta’qiqlanadi. Faqatgina katta hajmdagi portlatish ishlarini olib borish talab etilganda sarflovchi ombor xodimiga bazis omboridan portlovchi moddalarni portlatish ishlari bajariladigan joyga olib borishga ruxsat etiladi, bunda ro‘yhatga olish kitobidagi shakllar bazis omborida rasmiylashtiriladi. Bazis ombori binosi er yuzasida joylashgan, yarim chuqurlashtirilgan va chuqurlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Har bir ombor hududida portlovchi materiallarni sinash uchun laboratoriya va poligon bo‘lishi shart.
Portlovchi materiallar turiga bog‘liq holda bazis ombori alohida binolarida quyidagi miqdorlarda portlovchi materiallar saqlanishi mumkin: tarkibida suyuq nitroefirlar 15% dan ko‘p bo‘lgan portlovchi moddalar – 60 t; ammiak selitrali PM lar, trotil va uning boshqa nitrobirikmalar bilan qorishmalari, tarkibida suyuq nitroefirlar 15% dan kam bo‘lgan PMlar 240 t; tutaydigan va tutamaydigan porox – 120 t; DSH va detonatorlar uchun (idishi bilan birgalikda) – 120 t;

portlatgich o‘rnatilgan perforator snaryadlari uchun (idishi bilan birgalikda) – 120 t; OSH – cheklanmagan.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling