Predmetlarni to’G’ri va teskari sanash geometrik shakllar yordamida rasm xosil qilish maqsad
Download 0.9 Mb.
|
MAVZU GEOMETRIK SHAKLLAR 24 MTT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar
- Bolalar uchun amaliy ish.
- Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “Top- gan topaloq”.
- Payariq tumani maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 24-son DMTT vvb direktori Normamatova Gulmiraning OCHIQ
PREDMETLARNI TO’G’RI VA TESKARI SANASH GEOMETRIK SHAKLLAR YORDAMIDA RASM XOSIL QILISH Maqsad: bolalarning geometrik shakllar: doira, kvadrat va uchburchak haqida tasawurlarini mustahkamlash. Kutilayotgan natijalar: bolalarning doira, uchburchak va kvadrat shakl- lari haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi, ular doira, kvadrat va uchburchak shakllaridan foyda- lanib tasvirlar yasay olish malakasini egallaydilar. Kerakli jihozlar: rangli qog‘ozdan doira, kvadrat, uchburchak shakllari (katta va kichik о ‘Ichamda); oq qog‘oz, yelim, mo‘yqalam. MASHG‘ULOTNING BORISHI: TARBIYACHI: — Bolalar, o‘rmonda bo‘ri, tulki va quyon yashar ekan. Tulki juda ayyor, bo‘ri jahldor va ochko‘z, quyon esa aqlli lekin qo‘rqoq ekan. Bir kuni bo‘ri quyonni yemoqchi bo‘libdi-da, tulki bilan maslahatlashibdi. Tulkivoy, quyonni juda yegim kelyap- ti, biror bahona o‘ylab topgin, — debdi. Tulki o‘ylab-o‘ylab, “Kel, Bo‘rivoy, quyonga velosi- ped minish bo‘yicha musobaqa o‘ynaylik, dey- miz, Quyonvoy musobaqada yutqizib qo'ysa, uni yeyaverasan” — debdi. Ular quyon bilan mas- lahatlashib, musobaqa o‘ynashga kelishib oli- shibdi. Uchta velosiped turgan ekan. Ularning g‘ildiraklari har xil, ya’ni birining g‘ildiraklari uchburchak shaklida, birining g‘ildiragi kvadrat, yana biriniki doira shaklida ekan. Bo‘ri kvadrat shaklidagi, tulki uchburchak shaklidagi g‘ildirakli velosipedni tanlabdi. Quyon aqllilik qilib doira shaklidagi g‘ildirakli velosipedni tanlabdi. Qani bolalar, marraga kirn birinchi bo‘lib yetib kelar ekan? (Bolalar jay obi.) To‘g‘ri bolajonlar, marraga birinchi bo‘lib quyon yetib kelibdi va bo‘ri bilan tulkini yengib- di. Buning sababi nimada ekan-a? Bolalar, sizlar nima deb o‘ylaysizlar? Awal uchburchak shaklini hanimamiz qo‘li- mizga olib stol ustida aylantirib ko‘ramiz. Bolalar, uchburchak yaxshi aylanar ekanmi? (Bolalar javobi.) Yo‘q, yaxshi aylanmas ekan. Endi kvadrat- ni aylantirib ko‘ramiz. Kvadrat yaxshi aylanar ekanmi? (Bolalar javobi.) Yaxshi aylanmas ekan. Doirani aylantirib ko‘- ramiz. Doira juda yaxshi aylanar ekan, bunga sabab uning aylanishiga to‘siq bo‘ladigan bur- chaklari yo‘qligi. Bolalar, atrofingizga qarab kvadrat shaklidagi buyumlarni topib aytib beringlar. (Uchburchak va doira shaklidagi buyumlar ham so ‘raladi.) Bolalar uchun amaliy ish. Hozir barchamiz oldimizdagi oq qog‘oz- ga doira, kvadrat, uchburchak shakllari, yelim va cho‘plar yordamida mashina shaklini hosil qila- miz (Bolalar mashina shaklini yasashga kirishadi- lar. Qiynalgan bolalarga tarbiyachi yordam berib turadi). 5-rasm. Hamma mashinani yasab bo‘ldimi? Endi o‘r- ningizdan turib, mashq bajarishga tayyorlaning. Barmoqlarimizni jim-jima qilamiz (3 marta). Suvda suzish harakatini qilamiz (3 marta). Qo‘l bilan belni ushlab, belimizni aylanti- ramiz (3 marta). Qo‘limiz bilan tizzamizni ushlab, tizzamiz- ni aylanma harakat qildiramiz. To‘g‘ri turib olamiz. Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “Top- gan topaloq”. TARBIYACHI — Bolajonlar, kelinglar endi “Topgan topaloq” o‘yinini o‘ynaymiz. Bolajonlar, hozir men sizlarga jumboqli she’rlar ayta- man. Jumboqlarning javobini topganlar yulduzli medalyon bilan mukofotlanadi. Uchta uch-u, uchta burchak Va yana uchta tomon. Uchovi qo ‘shilishib, Yashaydi omon-omon. (Uchburchak) To ‘rt burchagi to ‘g ‘ri burchak, Bordir to ‘rtta tomoni. Hamma tomoni teng uning Buning, ayting nomini. (Kvadrat) Boshi bor-u, oxiri у о ‘q, Ketaverasan bir yo ‘Ida. Oxiriga yetay dema Yetolmaysan ming yilda. (Doira) Bolalar, siz doira, kvadrat, uchburchak shakllarini yaxshi bilib oldingiz. Endi sizlarning bilimingizni oshirish va mustahkamlash uchun savollar beraman. Kvadrat va doira shakllariga o‘xshash bu- yumlardan 3 tadan ayting. Uchburchak va kvadrat shakllarining yuma- lashiga nima xalaqit beradi? Doiraning yaxshi yumalashiga sabab nima? Uchburchak shakli nima uchun uchburchak deyiladi? Mashg‘ulot davomida va yakunida hamma bo- lalar rag ‘batlantiriladi. Payariq tumani maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 24-son DMTT vvb direktori Normamatova Gulmiraning OCHIQ MASHG’ULOT ISHLANMASI Mavzu: PREDMETLARNI TO’G’RI VA TESKARI SANASH GEOMETRIK SHAKLLAR YORDAMIDA RASM XOSIL QILISH Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling