Проект новой редакции налогового кодекса


Download 0.67 Mb.
bet1/3
Sana15.02.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1199309
  1   2   3
Bog'liq
ERGASHEV SAMANDAR BOZORNI SIGMENTLASH

BOZORNI SIGMENTLASH XUSUSIYATLARI

REJA


Bozorni maqsadli sigmentlarini tanlash
Bozor sigmentni nma?
Bozor segmentlari va bozor segmentatsiyasiga misollar

Bozor segmentatsiyasining mohiyati va ahamiyati


Bozor segmenti - marketing termini bo‘lib, tovarlar yoki xizmatlar bozorining bo‘lagi sifatida tariflanadi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, tovar yoki xizmatlarni muvaffaqiyatli sotish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, umumlashtiruvchi belgilar bo‘yicha guruhlangan iste’molchilar yig‘indisiga aytiladi. Umumiy belgilar sifatida, masalan, umumiy moyilliklar, ehtiyojlar, madaniy va milliy xususiyatlar va h.k. o‘rin egallaydi.
Bozor segmenti, deganda, aynan iste’molchilar guruhi ko‘zda tutiladi va o‘z navbatida alohida tovarlar turlari bozor segmentini tashkil eta olmaydi.
Segment so‘zi “segmentum” lotin so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘lak, qism, bo‘g‘inlarga bo‘lish, yo‘lak, biror narsaning qismi ma’nolarini bildiradi.

Bozor segmenti – bu bozorning bir bo‘lagi bo‘lib, u o‘zining iqtisodiy intizomi bo‘yicha tavsiflanuvchi bir xildagi xaridorlar guruhini ko‘rsatadi. Iste’molchilar talabini qondirishda tovarlarning turi, modellari, sifat va miqdoriga ko‘ra tabaqalangan holda yondashuv bo‘lib, ularni guruhlarga ajratishda turli xil mezonlar qo‘llashga asoslanadi. Bozor bir jinsli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar majmuyi tarzida, har bir segment doirasida alohida o‘ziga xos bir talab namoyon bo‘ladigan hodisa tarzida olib qaraladi. Segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash ko‘p jihatlardan tovar yoki xizmatning turiga, shuningdek, korxona bozor faoliyatida hal qilmoqchi bo‘lgan masalaga bog‘liq. Shu sababli bozorni segmentlarga ajratishning universal mezonlari yo‘q. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat tovarlari va keng iste’mol mollari uchun tanlov mezonlari bir-biridan juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga juda mos keladigan maqbul mezon tovarni bozorda joylashtirish masalalariga umuman to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Segmentlarni aniqlashning ko‘p usullari bor. Mazkur usullardan biri – iste’molchilar talabiga ko‘ra bozorni bo‘lish.

  • Bozor segmenti – bu bozorning bir bo‘lagi bo‘lib, u o‘zining iqtisodiy intizomi bo‘yicha tavsiflanuvchi bir xildagi xaridorlar guruhini ko‘rsatadi. Iste’molchilar talabini qondirishda tovarlarning turi, modellari, sifat va miqdoriga ko‘ra tabaqalangan holda yondashuv bo‘lib, ularni guruhlarga ajratishda turli xil mezonlar qo‘llashga asoslanadi. Bozor bir jinsli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar majmuyi tarzida, har bir segment doirasida alohida o‘ziga xos bir talab namoyon bo‘ladigan hodisa tarzida olib qaraladi. Segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash ko‘p jihatlardan tovar yoki xizmatning turiga, shuningdek, korxona bozor faoliyatida hal qilmoqchi bo‘lgan masalaga bog‘liq. Shu sababli bozorni segmentlarga ajratishning universal mezonlari yo‘q. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat tovarlari va keng iste’mol mollari uchun tanlov mezonlari bir-biridan juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga juda mos keladigan maqbul mezon tovarni bozorda joylashtirish masalalariga umuman to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Segmentlarni aniqlashning ko‘p usullari bor. Mazkur usullardan biri – iste’molchilar talabiga ko‘ra bozorni bo‘lish.

Bozor segmenti bir qancha mezon talablariga mos bo‘lishi lozim. Bozor segmentining kerakli belgisi bu uning unsuridagi bir xillik, o‘xshashlikdir. Shunga ko‘ra, sotish xarajatlarini sezilarli qisqarishiga va ushbu bozor segmentiga xizmat qiluvchi marketing kompleksining yuqori darajadagi ixtisoslashuviga erishish mumkin. Bozor segmenti mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini minimallashtirish uchun kompaniya imkoniyatlariga mos keluvchi sig‘imga ega bo‘lishi lozim. Shu bilan birga qisqarib borayotgan bozor sig‘imi sharoitida sotish hajmlarini oshirishni oldini olish uchun bozor sig‘imidagi o‘zgarishlarni muntazam kuzatib borish muhim. Bozor segmenti mahsulotni qulay sotish kanallarini, iste’molchilar bilan ikki tomonlama aloqani ta’minlovchi kommunikatsion vositalarni o‘zida jamlaydi. Aks holda, kompaniyaning sotuv hajmlari qisqarib boradi. Bozor segmentini to‘g‘ri tanlash uchun iste’molchilarning kompaniya mahsulotiga bo‘lgan munosabatini aniqlash, mahsulotga nisbatan o‘xshash talabdagi iste’molchilar guruhini shakllantirish, aynan mazkur tovarni ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlash, uning raqobatbardoshligi va iqtisodiy samaradorligini baholash, marketing dasturini yaratish lozim.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling