O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
“Psixologiya” fakulteti
Iqtisodiyot(tarmoq va sohalar bo’yicha) yo’nalishi
Statistka fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Statistik tasniflashning mohiyati va ahamiyati
Bajardi: 558-22-guruh talabasi: Salayev Jasur
REJA:
1. Statistik kuzatishning mohiyati, ob’ekti va sub’ekti
2. Statistik kuzatish shakllari va turlari
3. Statistik tasniflashning mohiyati va ahamiyati
4. Statistik guruhlash va uning turlari
1. Statistik kuzatishning mohiyati, ob’ekti va sub’ekti
Har qanday statistik tekshirish o’sha o’rganilayotgan ob’ekt haqida tegishli ma’lumotlarni to’plashdan, ya’ni statistik kuzatishdan boshlanadi, shuning uchun ham statistik kuzatish har qanday statistik tadqiqotning birinchi bosqichi deyiladi.
Kuzatish so’zi quyidagi lug’aviy ma’noga ega:
1) biror narsa ( predmet, ob’ekt )ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab ko’zdan kechirish;
2) biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta’qib qilish;
3) voqealarni o’rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish.
Statistik kuzatish – o`rganilayotgan ommaviy hodisalar haqida boshlang`ich ma`lumotlarni to`plash jarayonidir.
Statistik kuzatish deganda o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur bo’yicha qayd qilishga va to’plashga tushuniladi. Statistik kuzatish qanchalik to’g’ri, bir necha bor ilmiy-tashkiliy ekspertizalardan o’tgan dastur bilan o’tkazilsa, uning ma’lumotlar aniq qo’yilgan maqsadga erishish uchun kerakli bo’ladi.
Statistik kuzatish ommaviy hodisalarni, jarayonlarni sinchiklab tekshirish uchun ular haqida boshlang’ich materiallarni to’plashdir. U o’rganilayotgan ob’ektlarni va ularning unsurlarini hisobga olish bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |