Psixologiya” fаkulteti “yoshlar psixologiyasi ” yoʻnаlishi 320-21-guruh talabasi isomiddinova sarvinaning


Download 52.39 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi52.39 Kb.
#1569823
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Isomiddinova Sarvina kurs ishi1



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZАX FILIАLI
PSIXOLOGIYA” FАKULTETI
YOSHLAR PSIXOLOGIYASI ” YOʻNАLISHI 320-21-GURUH TALABASI ISOMIDDINOVA SARVINANING
UMUMIY PISIXOLOGIYA” FАNIDАN
KURS ISHI
Mavzu: K.Izard bo'yicha emotsiya differensial nazariyasi


Bajardi: Isomiddinova . S
Ilmiy rahbar: Boyqulova. M


Jizzax-2023


Kirish……………………………………………………………………………………3


1.BOB. Emotsiya psixologiyasining nazariy yondashuvlari………………………….9


1.1.Psixologiya tarixida emotsiya haqidagi taasavvurlarning rivojlanishi…………9


1.2. Zamonaviy psixologiyada emotsiya haqidagi nazariyalar……………………..17


2.BOB.K.Izard tomonidan emotsiya differensial nazariyasining ilgari surilishi…...23


2.1.K. Izardning emotsiya nazariyasi ………………….…..…………………………30


2.2.Emotsiyaning reaksiyalarining fiziologik mehanizlari………………………….35


Xulosa…………………………………………………………………………………...37

Adabiyotlar……………………………………………………………………………...38




Kirish


Emotsiya (frans. lot. — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) — odam va hayvonlarning tashqi va ichki qo’zg’atuvchilar taʼsiriga nisbatan subyektiv reaksiyalaridir. Emotsiya qoniqish yoki qoniqmaslik, quvonch, qo’rquv va boshqa shakllarda namoyon boʻladi. Emotsiya ixtisoslashgan miya tuzilmalarining faol holatidan iborat boʻlib, odam va hayvonlarda bu holatni minimal yoki maksimallashtirish (kuchaytirish, takrorlash) istagini paydo qiladi. Emotsiya xususiyati zarur ehtiyoj va uni qoniqtirish imkoniyati bilan belgilanadi. Ehtiyojni qoniqtirish ehtimoli kam boʻlganida emotsiya salbiy (qoʻrquv, gʻazab) shaklda namoyon boʻladi. Aksincha uni qondirish ehtimoli kutilganiga nisbatan yuqori boʻlganida emotsiyaga ijobiy tus (qoniqish, quvonch) beradi. Miyaning turli qismlariga elektr toki taʼsir ettirish orqali dastlab hayvonlarda, keyinchalik odamlarda salbiy va ijobiy emotsiya paydo qiladigan nerv markazlari aniqlanadi. Bu markazlar, asosan, bosh miya po’stlog’ining oldingi qismida, limbik sistemasi (uzunchoq miya, oraliq miya, o’rta miyaning bir qancha tuzilmalari majmui)da, joylashgan markaziy kulrang moddada va gipotalamusda hisoblanadi. Emotsiyani oʻrganish, hosil boʻlgan shartli reflekslarni mustahkamlash jarayonida benihoya katta ahamiyatga ega. Emotsiya bilimlarni oʻzlashtirish (zehn) chegarasini kengaytiradi, xotirani faollashtiradi, odam va hayvonlar kommunikatsiyasida qo’shimcha vosita (mimika, nutq yoki tovush intonatsiyasi va boshqalar) bo’ladi. Odamda oliy ijtimoiy ehtiyojlar asosida paydo bo’luvchi differension va turg’un emotsiyalar, odatda, hissiyot deb ataladi. Hissiyotlar o’zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari,qiziqishlari va intilishlari bilan bogʻliq boʻladi. Inson kayfiyati, affektlari, hislari va ehtiroslari yig’indisi uning emotsional hayotini va emotsionallik kabi individual sifatni tashkil etadi. Emotsionallikni insonning hayotiga tegishli bo’lgan turli xil sharoitlardan hissiyotli ta’sirlanishga moyillik, kayfiyatdan ehtirosgacha – kuchi va sifati turlicha bo’lgan emotsiyalarni kechirish layoqati, shuningdek, emotsiyalar kuchining tafakkur va xulq-atvorga ta’siri sifatida ta’riflash mumkin.
Shaxsning xususiyatlariga ta’rif berish ko‘p holatlarda ushbu odamning nimani yoqtirishini, nimadan nafratlanishini, mag’rurlanishi, uyalishi, hasad qilishi va qayg’urishi sababini aniqlashni bildiradi. Individ barqaror hislari predmeti, ularning jadalligi va xarakteri atrofdagilarga insonning emotsional olami, hislari va bu bilan, uning individualligini ochib beradi. S.l. rubinshteynning yozishicha, shaxsning xarakteri va aqliy qobiliyati, qiziqishlari va boshqa odamlarga munosabatlarining barcha o‘ziga xos xususiyatlari hissiyotlar va sezgilarning kamalak rangida namoyon bo’ladi va aks etadi.
Emotsionallik tug’ma bo’ladi, lekin affektlar, sezgilar hayot jarayonida rivojlanadi, bu esa insonning shaxs sifatida rivojlanishini bildiradi. Bunday rivojlanish inson emotsional sohasiga yangi ob’ektlarni kiritish, shaxs sezgilarini ongli irodaviy boshqarish va nazorat qilish darajasining oshishi axloqiy boshqarishga yuksak axloqiy qadriyatlar (vijdon, mas’uliyatlilik, nomus va boshqalar) ning asta-sekin kiritilishi bilan bog’liq.
Inson emotsional hayotining rivojlanishida ma’lum bo‘lgan izchillik mavjud. Lekin bir davr sezgisidan keyingi davr sezgisiga o’tish shaxsning har tomonlama rivojlanishi bilan bog’liq. Hissiyotlar odam energiyasini to’plovchi faoliyatga nisbatan kuchli rag’bat bo’lishi mumkin, asosiysi, ularni tegishli tarzda yo’naltirishdir.
Har bir inson uchun ijobiy emotsional ta’sirlanishlarni kuchaytirish va kengaytirish bilan bir vaqtda boshqa odamlar emotsional holatiga samarali ta’sir ko’rsatish malakasiga ega bo’lish juda muhimdir. Zararli emotsional ta’sirlanishlar ko’p hollarda yuqori emotsional zo’riqish vaziyatlarida, o’ta toliqqan holatlarda, frustratsiya vaqtida, odamlar ta’sirchanligida, ishlar ko’ngildagidek yurishmaganida, hayotiy muhim rejalar barbod bo’lganida yuzaga kelishini bilish va yodda tutish lozim.
Amaliy hayotda emotsiyalar sifatida, odatda, insonning turli-tuman javob reaksiyalari – ehtirosning to’lqinli portlashlaridan tortib, to kayfiyatning nozik tuslarini tushunamiz. Psixologiyada emotsiyalar deb kechinmalar shaklidagi inson hayotiy faoliyati uchun tashqi va ichki vaziyatlarni baholash va shaxsiy ahamiyatni aks ettiradigan psixik jarayonlarga aytiladi.



Download 52.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling