Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari


Download 69.96 Kb.
bet1/2
Sana09.11.2023
Hajmi69.96 Kb.
#1759030
  1   2
Bog'liq
101-guruh G\'offorov Jasur (2)


Termiz Davlat Pedagogika Instituti
Matematika va Informatika fakulteti
Fizika va Astronomiya yo’nalishi
101-guruh talabasi
G’afforov Jasur
Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada psixologiya fanining tadqiqot metodlari, fanning
Predmeti, rivojlanish tarixi va psixologiyaning turlari haqida tushuncha berilgan.
Kalit so’zlar:Psixika,mehnat psixologiyasi, Pedagogik psixologiya, Tibbiyot psixologiyasi, Harbiy psixologiya, Sport psixologiyasi, Savdo psixologiyasi, Yosh psixologiyasi, Anomal taraqqiyot psixologiyasi, Qiyosiy psixologiya, Sotsial psixologiya, Geshtalt,Bixeviori,Psixoanaliz, Kognitivizm.
Psixologiya yunon tilidan tarjima qilinganda – ta’limot, jon bilim to‘g‘risida («psyche» – jon, ruh va «logos» – ta’limot, ilm) degan ma’noni anglatadi. Bu fan eng avvalo inson va insonlarning turli xil ijtimoiy guruhlarining psixik hayoti hamda faoliyati qonuniyatlari to‘g‘risidagi fandir. Psixologiya fan sifatida psixikaning qonuniyatlarini va mexanizmini, dalillarini o‘rganad.
Psixologiyaning predmetini xar birimizning tashqi olamni va o‘z-o‘zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, xodisalar, holatlar va shakllangan hislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika — bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks etishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi.
Psixologiyaning predmeti aniq bir shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli ichki kechinmalari, xulq-atvori va faoliyatlarining o‘ziga xos tarzda ong tomonidan aks ettirilishidir, deb ta’riflash mumkin.
Psixologiya tarmoqlarini tasnif qilish uchun quyidagi psixologik jihatlar asos qilib olinadi: 1. Konkret faoliyat; 2. Rivojlanish; 3. Odamning jamiyatga, o‘zi yashayotgan muhitga munosabatlari. Hozirgi zamon psixologiyasi tarmoqlarini uch guruhga ajratish mumkin: 1. Psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari-umumiy psixologiya, zoopsixologiya. 2. Kishilarga ta’sir etish, ularga ta’lim va tarbiya berish, psixik rivojlanishni boshqarish, ya’ni psixik taraqqiyot sharoitlarini o‘rganadigan soha psixologiyasi (yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya) 3. Har turli faoliyat sohalaridagi kishilar psixikasini o‘rganuvchi psixologiya-mehnat psixologiyasi, muxandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, yuridik psixologiya, savdo psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, san’at psixologiyasi va h.

Download 69.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling