Pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari


Download 21.74 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi21.74 Kb.
#202522
  1   2   3

Pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari

Hozirgi iqtisodiy sharoitida xo’jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish
jarayonida doimo boshqa xo’jaliklar bilan iqtisodiy aloqada bo’ladilar. Bunday
aloqalarini olib borish xo’jaliklarning asosiy faoliyati hisoblanadi va ishlab
chiqarish jarayonining uzluksizligi, mahsulotlarni o’z vaqtida jo’natish hamda
sotish jarayoni ta’minlanadi. Xo’jalik aloqalari shartnomalar bilan
rasmiylashtirilib, ularga asosan bir tomon mahsulot (ish va xizmat) larni taklif
etuvchi (sotuvchi), ikkinchi tomon esa – xaridor sifatida qatnashib, to’lovni
amalga oshiruvchi bo’lib qatnashadi.
Mahsulot (ish va xizmat)larni yetkazib beruvchi bilan uning haqini
to’lovchilar orasidagi hisoblashishlar o’z vaqtida tashkil etilishi aylanma
mablag’larning aylanish tezlashishiga ta’sir qilib, olinadigan va to’lanadigan
mablag’larning paydo bo’lishiga barham beradi.
Shuningdek, xo’jaliklarning budjet va budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha
tegishli idoralar hamda ishlab chiqarishda, boshqaruv apparatida faoliyat
ko’rsatayotgan xodimlar bilan hisoblashishlar vujudga keladi.
Xo’jalikning boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hisoblashishlari naqd pullik yoki
naqd pulsiz, ya’ni pul o’tkazish yo’li orqali to’lovni oluvchining hisob raqami
ochilgan bankka o’tkazib beriladi. Bugungi kunda subyektlar o’rtasida o’zaro
hisob-kitob operatsiyalari bo’yicha hisoblashishlar nizomga2 ko’ra pul o’tkazish
yo’li orqali amalga oshiriladi.
Pul mablag’lari - bu kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar,
shuningdek, hisob-kitob, valyuta va boshqa bank hisobvaraqlardagi mablag’lardir.
Hisob-kitoblarni naqd pul bilan amalga oshirish uchun xo’jalik sub’ektlari kassaga
ega bo’lishi kerak.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag’lari hisobini to’g’ri va aniq
tashkil qilinishi hamda uni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan
biri hisoblanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotning rivojlanishi jarayonida shartnomaviy asoslari
mehnat vositalari va kreditlarini xarid qilish, mahsulo (ishlar, xizmatlar)ni sotish
bobida bitimlar bitimlar tuzayotgan xo’jalik yuritiuvchi sub’ektlar o’rtasida
munosabatlar kengayib bormoqda. Bundan tashqari, byudjet, banklar, sug’urta
tashkilotlari, turli jamoat tashkilotlari, hayriya fondlari, bevosita xodimlar va
boshqa jismoniy va yuridik shaxslar to’lov munosabatlari amalga oshiriladi.
Korxonalar o’rtasida har xil to’lovlar va o’zaro hisob-kitoblar moddiy, mehnat
yoki bevosita pul munosabatlari asosida paydo bo’lishi mumkin, lekin oxiroqibatda ular odatda muayyan tomonlarning foydasiga pul qarzini tusini olgan
mulkiy majburiyatlar ko’rinishida namayon bo’ladi.
Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan barcha mulkchilik shaklidagi
korxonalarning pul mablag’lari, xoh u o’z mablag’i bo’lsin, xoh qarzga olmngan
mablag’lar bo’lsin, kassadaga pul qoldiqlari va korxona faoliyatida
foydalaniladigan tushumning bir qismidan tashqari, uning bankdagi hisob-kitob
schyotida saqlanishi lozim. Tijorat banklari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
hisobvaraqlaridagi pulni o’tkazish va berish to’g’risidagi hamda bank qoidalari va
bank bilan korxona o’rtasidagi shartnomada ko’zda tutilgan boshqa muomalalarni
o’tkazish haqidagi farmoyishlarini bajaradi. SHu bilan birga O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi
Qonunga muvofiq aktib va majburiyalatlarni baholashda pul ko’rinishidan
foydalaniladi. Jumladan, “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunning 12-
moddasiga muvofiq “Oborot aktivlarni baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti
bo’yicha - balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarxi bo’yicha (sotib olish narxi
yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo’yicha (sof sotish qiymati)
amalga oshiriladi.
Asosiy mablag’lar va nomoddiy aktivlar ularning to’liq boshlang’ich qiymati
bo’yicha hisobga olinadi.
Asosiy mablag’lar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish
ularning qiymati to’liq to’langunga yoki ob’ekt safdan chiqib ketgunga qadar
bo’lgan eskirishini (amortizasiyani) hisoblash yo’li bilan amalga oshiriladi.
Amortizasiya ajratmalari ob’ekt foydalanishga topshirilganidan keyingi oydan
boshlab amalga oshiriladi. Erning qiymati amortizasiya qilinmaydi.
Moliyaviy qo’yilmalar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq hisobga
olinadi.
Majburiyatlar taraflarning kelishuviga binoan pul bilan aks ettiriladi.
Sud qarori bo’yicha yuzaga kelgan majburiyatlar tegishli summada aks
ettiriladi.
Potensial majburiyatlar dastlabki haqiqiy bahosi bo’yicha aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobi milliy valyuta - so’mda yuritiladi.”3
Buxgalteriya hisobi oldida pul mablag’lari, to’lovlar, hisob-kitoblar va
kreditlarni hisobga olish borasida quyidagi asosiy vazifalar turadi:
- xo’jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag’larini samarali boshqarish
maqsadlari uchun kerakli axborot bilan ta’minlash;
- naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga
rioya etgan holda naqd pulsiz hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish;
- hisob registrlarida to’lov va hisob-kitob muomalalari pul mablag’larining
mavjudligi hamda harakatini to’liq va tezkor aks ettirish; - naqd pul mablag’laridan xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlab chiqilgan
limitlar va smetalarga muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya qilish;
- pul mablag’lari va o’zaro hisob-kitoblar holatining inventarlanishini tashkil
etish hamda belgilangan muddatlarda o’tkazish, debitorlik va kreditorlik qarzlarini
uzish muddatlari o’tib ketishiga yo’l qo’ymaslik;
- kassada, banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarda pullar
mavjudligi va to’liqligini nazorat qilish;
- pul resurslarining harakat oqimini bashorat qilish va pul mablag’larining
harakat oqimini maqbul holga keltirishni tartibga solish bo’yicha tegishli
boshqaruv qarorlarini tayyorlash.
Bugungi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan pul mablag’lari
hisobini yuritishda avvalo naqd pul va naqd pulsiz hisob-kitob operasiyalarini
amalga oshirishni taqozo etadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt kassasidan naqd pulni olish va xarajatlash bilan
bog’liq bo’lgan muomalalar kassa muomalalari deb yuritiladi. Xo’jalik yurituvchi
sub’ektning bu boradagi xatti-harakatlari O’zbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan “Kassa muomalalarini olib borish tartibi ”da belgilab berilgan.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z kassalarida ularga belgilangan limitdan ortiq
naqd pullarni faqat ish haqi, mukofot, ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar,
stipendiya va pensiyalarni to’lash uchun, bank muassasasidan pul olingan kunni
ham qo’shib hisoblaganda 3 bank ish kunidan oshmaydigan muddatda (bank
muassasasidan ancha olisda joylashgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun 5 ish
kuni) saqlab turishlari mumkin. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda kassa
muomalarini hisobga olish jarayoni quyidagi 1-chizmada keltirib o’tilgan.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar naqd pullarni hisobot topshirish sharti bilan
xizmat safarlariga, xo’jalik xarajatlari, ekspedisiyalar, geologiya-razvedka
guruhlari, xo’jalik sub’ekti rah-barlari ularga kassa xizmatlari ko’rsatuvchi tijorat
banki bilan kelishgan holda belgilagan miqdorlarda beradilar.
Buxgalteriya hisobiga doir iqtisodiy adabiyotlarda umumiy tarzda pul
ekvivalentlari sifatida asosan pul mablag’lariga o’xshaydigan, lekin boshqacha
tasniflanadigan aktivlar misol qilib keltirilgan. Ular xazina veksellari, tijorat
qog’ozlari, depozit sertifikatlari, pochta markalari, davlat boji markalari, haqi
to’langan aviapattalar, dam olish uylariga va sanatoriyalarga haqi to’langan
yo’llanmalardan iborat. Kechikishlar va jarima sanksiyalari pul ekvivalentlarining
pul mablag’lariga almashtirilishiga ta’sir qilishi mumkin. SHuning uchun,
ekvivalentlar kassa hisobvarag’idan olinadi. Ko’pincha pul ekvivalentlarini hisobkitob vositasiga aylantirishga ehtiyoj yo’q. Ekvivalentlar odatda qisqa muddatli
investisiya hisobvarag’iga olib boriladi. Hisobot davri oxirida to’liq olinmagan pul
o’tkazmalari cheklar pul mablag’lari hisobvarag’i qoldiqlaridan ayrilmaydi.

Download 21.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling