«pul va banklar» fani bo‘yicha keys топшириқ №1: Қуйидаги сўзларга таъриф беринг


Download 77.92 Kb.
bet1/12
Sana15.06.2023
Hajmi77.92 Kb.
#1485673
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
amaliy mashg\'ulot


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«PUL VA BANKLAR»
FANI BO‘YICHA
KEYS

Топшириқ №1: Қуйидаги сўзларга таъриф беринг.

  1. Бартер -

  2. Декадрахма-

  3. Фулус -

  4. Ҳақиқий пуллар –

  5. Кредит пуллар –

  6. Ўринбосар пул -

  7. Натурал пуллар –

  8. Пластик карта –

  9. Пул –


Keys «Dollar»
Amerika kontinentida pul muomalasi XVIII asrlarda asosan xorijiy valyutalarda, ya’ni Angliya funt sterlingi va Ispaniya kumush dollari bilan amalga oshirilgan.
AQSH dollari Kongress qarori bilan 1785 yilda milliy valyuta sifatida e’lon qilingan. 1792 yilda bimetallizm tizimi joriy etilib, dollar oltin va kumushdan zarb etilgan. Banknotlar xususiy banklar tomonidan muomalaga kiritilgan. 1859 yilda AQSHda 1000 dan ortiq xususiy banklarning 5400 turdagi banknotlari to‘lov vositasi vazifasini bajargan.
AQSHda XVIII – XIX asrlarda pul emissiyasini markazlashtirish va tartibga solishga ikki marta (1791 va 1816 yy.) urinib ko‘rildi, biroq ushbu harakatlar muvafaqqiyatsizlikka uchradi. AQSHda 1863 yilda milliy (davlat) banklari tashkil etilib, ularga emissiya huquqi berildi. SHtat banklari 10 foizlik soliqqa tortish evaziga emissiya qilish xuquqidan bosqichma – bosqich bekor qilindi. SHu bilan birga, 1873 yildan boshlab kumushni erkin zarb etish bekor qilindi.
1900 yilda rasmiy ravishda oltin standarti joriy etilib, dollarning oltin qiymati 1,504632 gr etib belgilandi.
Federal hukumat qonunchiligiga asosan 1913 yilda AQSH Federal zaxira tizimi tashkil etildi. Uning a’zolari o‘z kapitalining 6 foizini pay sifatida FZTga o‘tkazishlari, shuningdek, muddatli depozitlarining umumiy summasini 3 foizi, talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlarning 7 foizdan 13 foizgachasini zaxira sifatida ushlab turishlari belgilab qo‘yildi.
FZT mamlakat Markaziy banki sifatida muomalaga banknotlarni chiqarish bo‘yicha monopol xuquqqa ega bo‘ldi, dastlab uning banknotlari tijorat va bank veksellari bilan, 1917 yildan boshlab oltin bilan ta’minlanishi belgilab qo‘yildi. Natijada 1920 yilga kelib, uning muomalaga chiqargan biletlari mamlakatdagi mavjud pul biletlari hajmidan bir necha barobar ortib ketdi.
FZT tomonidan qilingan emissiya hajmining ortib ketishi natijasida 1932 yilda qabul qilingan Blass – Stigalla qonuniga asosan davlatning qimmatli qog‘ozlari banknotlarning ta’minoti sifatida qabul qilindi.
AQSH G‘arbiy evropa mamlakatlaridan farqli o‘laroq, birinchi jahon urushi davrida banknotlarni oltinga almashtirish tartibini bekor qilmadi, lekin muomalada oltin tangalar miqdori keskin kamayib ketdi.
AQSHda yuz bergan 1929 – 1933 yildagi Buyuk inqirozga qadar muomaladagi oltin tangalar xususiy shaxslar va banklar tomonidan olib qo‘yila boshladi. 1929 – 1933 yildagi Buyuk inqiroz 1933 yil aprelda AQSHda oltin standartini bekor qilishga majbur etdi.
1934 yil 31 yanvardagi qonunga ko‘ra dollarning 40,8 foizi oltin bilan ta’minlanishi belgilanib qo‘yildi, shuningdek, bir dollarning oltindagi qiymati 1,50463 grammdan 0,888671 grammga tushirildi, AQSH g‘aznasi bir unsiya oltinni sotib olish bahosini 20,67 dollardan 35 dollargacha ko‘tardi. AQSHning yuridik va jismoniy shaxslarga oltinni tanga shaklida saqlashni ta’qiqlab qo‘yildi.
1934 yilda FZT ta’sarrufidagi oltin zaxirasi bir unsiyasi 26,67 dollar bahosida davlat g‘aznasiga topshirildi. FZT uning o‘rniga federal g‘aznasi tomonidan banknotlarni ta’minlanganligiga xizmat qiluvchi oltin sertifikatlarni oldi. AQSH hukumati 2,8 mlrd dollar oltin zaxirasi hisobidan 2 mlrdga teng bo‘lgan barqarorlashtiruvchi valyuta fondini tashkil etdi.
1960 yillarning oxiri 1970 yillarning boshida AQSHning valyuta pozitsiyasi sezilarli darajada yomonlashdi. Mamlakat oltin zaxirasi ikki martadan ziyodroqqa kamaydi. 1949 yilda 24,6 mlrd dollar 1987 yil sentyabrda 11,1 mlrd dollarni tashkil etdi.
1960 yillarda mamlakat oltin zaxirasi muomaladagi jami banknotlarning 25 foizi atrofida tashkil etdi, buning natijasida dollarning oltin bilan ta’minlanishi bekor qilindi.
1971 yilda oltining bir unsiyasi 38 dollarni, 1973 yil fevralda 42,22 dollarni tashkil etdi. 1975 yilda AQSH o‘z fuqarolariga oltin tanga va slitkalarni sotib olishga ruxsat berdi, 1970 yilda oltinning bahosini pasaytirish maqsadida oltin auksioni o‘tkazildi. Natijada, YAmayka kelishuviga asosan oltining rasmiy bahosi bekor qilindi va uni valyuta pariteti sifatida foydalanishni ta’qiqladi. Dollarning kursi talab va taklif asosida o‘rnatiladigan bo‘ldi, buning natijasida oltinning bozor bahosi birdan oshib ketdi.
AQSHning zamonaviy pul muomalasi juda rivojlangan bo‘lib, AQSH davlat g‘aznasi, FZT va ayrim shtat banklari pullarni muomalaga emissiya qilish bilan shug‘ullanadi. Davlat g‘aznachiligi mayda banknotalarni (1 – 10 dollarlik qiymatdan), kumush dollar va tangalarni muomalaga chiqardi.
Muomaladagi asosiy pullarning ulushi FZT tomonidan chiqarilgan bo‘lib, kredit tizimini takomillashuvi barobarida naqd pul bilan hisob – kitob tizimi qisqarib bormoqda.


Download 77.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling