Pulning metalilik nazariyasi


Download 29.17 Kb.
bet1/2
Sana21.02.2023
Hajmi29.17 Kb.
#1218123
  1   2
Bog'liq
Pulning metalilik nazariyasi1111


Pulning metalilik nazariyasi

Metallik nazariyasi – dastlab XVI – asrning oxiri XVII – asrning boshlarida kapitalizmning rivojlangan mamlakati Angliyada yuzaga keldi. Bu nazariyaning asoschilaridan biri U.Steffard (1554-1612 y.) edi. U o`z qarashlarini 1581-yilda Londonda chop etilgan “Vatandoshlarimizning ba`zi odatiy arizalarining qisqartmasi” nomli pulning metallik nazariyasiga oid asarida bayon etdi. Uning davomchilari bo`lib Angliyada T.Men (1571-1641 y.), D.Nors (1641-1691 y.), Fransiyada A.Monkretyen (1575-1621 y.), Italiyada F.Tamani (1528-1787 y.) va boshqalar hisoblanadi.


Ushbu nazariya namoyondalari:



  1. Faqat qimmatbaho metallar (oltin va kumush) pul vazifasini o`tay oladi.

  2. Jamiyatning boyligi qimmatli metallarning mavjud zahirasi bilan o`lchanadi.

  3. Bu boyliklarning manbai savdodadir deydilar.


Yevropa davlatlari tomonidan qimmatli metallarga boy bo`lgan yerlarni bosib olinishi kabi shart-sharoitlar ushbu nazariyani kelib chiqishiga asos bo`lgan. Ushbu nazariya asoschilari vaqti kelib muomaladagi metal pullar o`rnini qog`oz pullar egallashi va bu jarayonning qonuniyligini tushinib yetmaganlar. Ular savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilgan.
Nominallik nazariyasi XVII-XVIII- asrlarda Angliyada paydo bo`lgan. Bu nazariyaning namoyondalari bo`lib ingliz ruhoniysi Dj.Berkli (1683-1775 y.) va iqtisodchi Dj.Styuart (1712-1780 y.) lar hisoblanadi. Keyinchalik bu nazariyani Germaniyalik G.Knappi (1842-1926 y.), ingliz iqtisodchilari J.Styuart va N.Barbonnilar davom ettirishgan.
Nominalistlar:



  1. Pulni davlat vujudga keltiradi, pulni qiymati davlat tomonidan aniqlanadi. (shuning uchun uni davlat pul nazariyasi deb ham yuritiladi – G.Knappi).

  2. Pulni qiymati unda ko`rsatilgan nominali bilan aniqlanadi. Ular to`la vaznga ega bo`lgan muomaladagi metal pullar borgan sari ma`lum qismi eskirib yo`qolib borishini unitadilar. Ular pulning barcha tovarlar qiymatini o`zida aks ettiruvchi umumiy ekvivalent sifatidagi tabiatini tushunadilar. Pulni tarkibi undagi oltin gramm bilan belgilanishini unutdilar. Ular pulning o`ziga xos qonuniyatlar asosida harakat qilishi va bu qonuniyatlar inson tomonidan bevosita boshqarilmasligini anglab yetmadilar.

Pulning metallik nazariyasi kapitalning dastlabki davrida taraqqiy etdi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og’irlik miqdorini kamaytirish)ga qarshi kurashda progressiv rol o’ynadi. Bu nazariyalar o’sha davr ruhi va tuzilayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullari tarfdori bo’lib chiqdilar. Bu nazariya o’sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati Angliyada maydonga keldi.
Metallik nazariyaning asoschilari
Metallik nazariyaning asoschilaridan biri U.Stefford (1554-1612y.) edi. U o’z qarashlarini o’zining Londonda 1581 yilda chop etilgan «Vatandoshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi. Bu oqim tarafdorlari Angliyada T.Men (1571-1641y.), D.Nors (1641-1691y.), Frantsiyada bu ta’limotni A.Monkreten (1575-1621y.), Italiyada F.Tamani (1728- 1787y.) va boshqalar rivojlantirdi. Ularning fikricha barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a’zolarining jamg’arishga bo’lgan intilishi iqtisodchilarning boylikning manbaini o’rganishlariga sabab bo’ladi. Ular bu manbani savdodan izladilar. Ularning e’tirof etishlaricha aktiv savdo balansi mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta’milaydi.
 Ilk metall nazariya tarafdorlarining asosiy kamchiliklari qo’yidagilardan iborat edi:

  • ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi maqsadga muvofiq kelishini tushunib etmadilar;

  • ilk metallchilar pulning jamiyat taraqqiyotida tovar muomalasi asosida yuzaga kelgan tarixiy kategoriya ekanligini tushunmadilar;

  • ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg’arishni tushundilar va «bunday boylik manbai savdodir» degan noo’rin fikrga keldilar.

XIX asrning ikkinchi yarimiga kelib nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K.Knis (1821-1898 y.) bu nazariyani himoya qilib chiqdi. Bu g’oyaning qayta tiklanishiga 1871-1873 y. da Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab bo’ldi. K.Knis targ’iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi. Knis pul sifatida faqatgina metallni emas, balki markaziy bank banknotalari ham e’tirof etdi. Bu paytga kelib xo’jalikda asosiy rolni kredit o’ynay boshladi va bu oltin monetalar bilan birga muomalada bo’lgan va ularga almashtiriladigan banknota emissiyasining asosini tashkil etdi. K.Knis banknotalarni tan olgan holda hech nima bilan ta’minlanmagan qog’oz pullarga qarshi chiqdi. Uning fikricha pul muomalasi metall bilan ta’minlangan banknotalar va metall monetalarga asoslanishi shart. Qog’oz pullar uning fikricha, xuddi «qog’oz bulka» kabi ma’nosiz narsadir. K.Knis ta’kidlashicha oltin o’z tabiatiga ko’ra puldir. Birinchi jahon urushidan so’ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartni qayta tiklash mumkin emasligini tan olib o’z nazariyalarini himoya qilish maqsadida oltin quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishini yoqlab chiqdilar.
XIX asrning ikkinchi yarimiga kelib nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K.Knis (1821-1898 y.) bu nazariyani himoya qilib chiqdi. Bu g’oyaning qayta tiklanishiga 1871-1873 y. da Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab bo’ldi. K.Knis targ’iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi. Knis pul sifatida faqatgina metallni emas, balki markaziy bank banknotalari ham e’tirof etdi. Bu paytga kelib xo’jalikda asosiy rolni kredit o’ynay boshladi va bu oltin monetalar bilan birga muomalada bo’lgan va ularga almashtiriladigan banknota emissiyasining asosini tashkil etdi. K.Knis banknotalarni tan olgan holda hech nima bilan ta’minlanmagan qog’oz pullarga qarshi chiqdi. Uning fikricha pul muomalasi metall bilan ta’minlangan banknotalar va metall monetalarga asoslanishi shart.
Xulosa
Qog’oz pullar uning fikricha, xuddi «qog’oz bulka» kabi ma’nosiz narsadir. K.Knis ta’kidlashicha oltin o’z tabiatiga ko’ra puldir. Birinchi jahon urushidan so’ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartni qayta tiklash mumkin emasligini tan olib o’z nazariyalarini himoya qilish maqsadida oltin quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishini yoqlab chiqdilar.


Download 29.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling