Pulning metallilik nazariyasi. Pulning nominallik nazariyasi


Download 74.69 Kb.
bet1/19
Sana29.09.2023
Hajmi74.69 Kb.
#1689954
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Pulning metallilik nazariyasi. Pulning nominallik nazariyasi-fayllar.org


Pulning metallilik nazariyasi. Pulning nominallik nazariyasi

III BOB. PUL NAZARIYALARI



Reja:

    1. Pulning metallilik nazariyasi.

    2. Pulning nominallik nazariyasi.

    3. Pulning miqdoriy nazariyasi va uning evolyutsiyasi.

    4. Pulning Djon Meynar Keyns nazariyasi.

    5. Zamonaviy monetarizm nazariyasi.



Tayanch iboralar: pul tabiati, nominal, metallilik, ishlab chiqarish, miqdoriylik, monetarizm, metal, davlat pul nazariyasi.

    1. Pulning metallilik nazariyasi

XX asr boshigacha pullarning iqtisodiy nazariyasida quyidagicha ikki masala: pullarning kelib chiqishi va mohiyati haqidagi va pullarning qiymati va xarid qilish kuchi haqidagi masalalar markaziy o‘rin egallab kelgan. Birinchi masala bo‘yicha siyosiy iqtisodda ikkita yo‘nalish – pullarning metallistik va nominalistik nazariyalari amal qilgan.

Pulning metallik nazariyasi bu turli davlatlarda bir nechta tadqiqotchilar tomonidan aytilgan ilmiy qarashlarning jamlanmasi bo‘lib, ular pul sifatida faqat oltin va kumushni ko‘rdilar va bu jamiyat boyligining manbai deb hisobladilar.
Pulning metallilik nazariyasi XVI asrda fransuz olimi Nikolo Orezme tomonidan nazariya sifatida shakllantirildi. Keyinchalik angliyalik iqtisodchi olimlar U.Stefford, T.Men, P.Nors, Chayld, Fransiyada A.Monkreten, Germaniyada U.Yust; Italiyada G.Skaruffi, F.Galiyani tomonidan rivojlantirildi.
Pulning metallilik nazariyasi merkantilizm g‘oyalariga asoslanadi.
Merkantilizm – dunyo tarixidagi birinchi iqtisodiy maktab hisoblanadi.
Merkantilistlar 2 yirik guruhga bo‘linadi:

  1. Ilk merkantilistlar.


  2. So‘nggi merkantilistlar.


Ilk merkantilistlar - akti pul balansi degan g‘oyani ilgari suradilar. Ularning fikriga ko‘ra, oltin va kumush o‘z tabiatiga bo‘yicha pul hisoblanadi. Har bir jamiyatning boyligi uning oltin va kumush zaxiralari bilan belgilanadi.


Aktiv pul balansi - oltin va kumushning har doim mamlakatga kirib kelish miqdori ularni mamlakatdan chiqib ketish miqdoridan katta bo‘lishini tushiniladi.
Ilk merkantilistlar davlat proteksionizm siyosatini qo‘llash shart deb hisoblaydilar. Ular aytadiki, davlat mamlakatdan oltin va kumush pullarni chiqib ketishini to‘sqinlik qilishi zarur.
So‘nggi merkantelistlar pulning asosiy funksiyasi bu jamg‘arish funksiyasi deb hisoblaydilar. XVI asrning ikkinchi yarimidan XVII asr oxiriga qadar Yevropada so‘nggi merkantelistlarning qarashlari hukmron g‘oyaga aylandi.
So‘nggi merkantelistlarning eng taniqli vakili Tomas Men hisoblanadi. T.Men ilk merkantalistlardan farqli ravishda pulning muhimligi jamiyat boyligining manbai ekanligida emas, balki mamlakat ichidagi tovarlar va pullarning harakatiga ta’siridadir, degan xulosaga keldi.
T.Men birinchi bo‘lib, metallilik nazariyasiga yangilik kiritdi.
Ushbu yangilik quyidagilardan iborat:
  1. Mamlakat savdo balansi ijobiy saldoga ega bo‘lganda, tovarlarni import qilish mumkin.


  2. Agar mamlakat uchun foydali bo‘lsa, oltin va kumushni xalqaro savdoni rivojlantirish uchun ishlatish mumkin.


Tomas Men aytadiki, pul savdoni yaratadi, savdo esa pulni ko‘paytiradi. Tomas Men birinchi bo‘lib, umumiy savdo balansi degan tushunchani kiritgan.


So‘nggi merkantalistlar umumiy savdo balansi g‘oyasini ilgari surdilar. Bungacha xususiy savdo balanslari mavjud edi. Ular mamlakatning alohida olingan bitta mamlakat bilan savdo munosabatlarini aks ettirar edi.
Merkantilistlar oltin va kumush tangalarni yemirilib ketishini tan olmaganlar. Lekin amaliyot ko‘rsatadiki, oltin va kumush tangalar ishqalanish xususiyatiga ega. Ushbu tangalar vaqt o‘tishi
bilan o‘z vaznining bir qismini yo‘qotadi, natijada ayriboshlash munosabatlarida notenglik holati yuzaga keladi. VIII asrga kelib, metal tangalarning yemirilishi isbotlandi. Shuningdek, birinchi jahon urushi ta’sirida Yevropada oltin standarti bekor bo‘ldi.
Dastlab merkantilistlar Adam Smit va Jorj Styuard tomonidan qattiq tanqidga uchradi. Ushbu olimlarning fikriga ko‘ra, pul jamiyatning boyligi emas, balki shartli hisob birligidir. Pullar baho masshtabi sifatida ayriboshlash munosabatlarini ifoda etadi. Taniqli iqtisodchi olimlar P.Samuelson, J.Key metal pullar muomalasini inkor etganlar.


    1. Download 74.69 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling