Qadimgi Mitanni va Yangi Bobil podsholigi Reja


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana28.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1302941
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Qadimgi Mitani davlati



Qadimgi Mitanni va Yangi Bobil podsholigi 
Reja: 
 
1. Qadimgi Mitanni davlati 
2. Mitanni davlatining zaiflashuvi va parchalanishi.
3. Mitanni davlatining xo`jaligi. 
4. Yangi Bobil podsholigi.
5. Yangi Bobil podsholigining qulashi.
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
 


1. Qadimgi Mitanni davlati. Mitanni Mesopotamiyaning shimoliy-g`arbida 
joylashgan qadimgi davlatlardan biridir. Uning yer usti asosan tog`lik, janubiy 
qismi esa qisman tekisliklardan iborat. Dajla va Frot daryolari Mitanni yerlaridan 
boshlanadi. Miloddan avvalgi XII asr oxiri – XVI asr boshlarida bu o`lkada 
Mitanni davlati tashkil topdi. Mamlakat aholisining asosiy qismini hurritlar 
tashkil etganlar. Keyinchalik ular amoriylar bilan aralashib ketadilar. 
Miloddan avvalgi XVI–XV asrlarda Mitanni davlati kuchayadi. Mitanni 
Kichik Osiygi, Finikiya, Suriya va Palastinga o`z ta`sirini o`tkazgan. Miloddan 
avvalgi XV asrda Mitanni goh Misr, goh Xett, goh Bobil, goh Ossuriya bilan 
urushlar olib boradi. Janglarda Mitanni qo`shinlari goh yengadi, goh yengiladi. 
2. Mitanni davlatining zaiflashuvi va parchalanishi. Bu davrda Xett davlati 
kuchayib, Mitanni ustiga qo`shin tortadi. Jangda Mitanni podshosi Tushratti 
qo`shinlari yengiladi. Shu vaqtda podsho saroyida fitna uyushtirilib, Tushratti 
o`ldiriladi. Ossuriya Alshi davlatlarr ittifoqini tuzib, ittifoqchilar Mitanni 
qo`shinlariga zarba beradilar. Xett podshosi Tushrattining o`g`li Shattivasni taxtga 
o`tqizib, unga o`z qizini nikohlab beradi. Oqibatda Mitanni Xett daylatiga qaram 
bo`lib qoladi. Mitanni Xettlar yordamiga tayanib Ossuriyani o`ziga qaram qilib 
olmoqchi bo`ladi. Ammo ossur qo`shinlari yana g`olib chiqib, Mitanni podshosi 
oilasi bilan asir olinadi. Mitanni poytaxti Vashshukan ossur qo`shinlari tomonidan 
vayron etiladi. Keyingi janglarda ham ossurlar g`alaba qozonib, mamlakatni 
vayron etadilar. Ko`p kishi qirib tashlanadi. 15 mingdan ortiq kishi asir olinadi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling