shug`ullanganlar. Sohibkorlar xurmo va uzum ham yetishtirganlar. Mitanni aholisi
qo`y, echki, sigir, buqa, buzoq, eshak boqib, chorvachilikka katta ahamiyat bergan.
Mamlakatda ot boqib, yilqichilikni rivojlantirish katta ahamiyat kasb etgan.
Mitanni otlari butun Old Osiyo mamlakatlarida mashhur bo`lib, ularning narxi
yuqori baholangan.
Mitannida
kulolchilik, to`qimachilik, zafgarlik, qurolsozlik, ma`dansozlik ham
rivoj topgan edi.
Mitanni to`rt tomonga boradigan yo`l ustida,
shuningdek madaniyat rivoj
topgan mamlakatlar o`rtasida joylashgan edi. Shuning uchun bu yerda ichki va
tashqi savdo rivojlangan edi. Mitanni Misr, Suriya, Palastin,
Finikiya, Xett,
Mesopotamiya, Urartu va Ossuriya kabi davlatlar bilan qizg`in savdo-sotiq ishlari
olib borgan. Mitanni qo`shni xalqlar madaniyatidan bahramand bo`lgan.
4. Mesopotamiyaga xoldeylar hukmronligining boshlanishi. Miloddan
avvalgi XIII asr oxirlarida Bobil podsholigi kuchsizlanib qoladi. Bu vaziyatdan
foydalangan Ossuriya va Elam podsholari Bobilga bir
necha bor bostirib kirib
mamlakatning ko`p yerlarini bosib oladilar. Isen shahri hokimlari, xususan
Navuxodonosor I (1126–1105) elamliklarni Bobildan quvib chiqaradilar.
Miloddan avvalgi IX asr boshlarida Fors qo`ltig`i sohilida yashagan Xoldey
qabilalari Janubiy Mesopotamiyaga kelib joylashadilar. Shimoli-g`arbdan esa
aramey qabilalari o`rta Mesopotamiyaga kelib o`rnashadilar. Xoldey hukmdori
Do'stlaringiz bilan baham: